
KBE.uz | Rasmiy Kanal
Toshkent bozorlaridagi avtoturargohlar narxi dam olish kunlari oshiriladi
Shanba va yakshanba kuni bozorlardagi avtorurargohlarda 3 soatgacha to‘xtab turish narxi 25 ming so‘m bo‘ladi. Undan oshsa, yana ko‘tariladi. Poytaxt hokimligiga ko‘ra, uzoq vaqt turishning yuqori narxi joylarni o‘z vaqtida bo‘shatishga yordam beradi.
Toshkent shahar hokimining qarori bilan poytaxtdagi bozorlar va savdo komplekslarida avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash uchun to‘lovlar miqdori dam olish kunlari oshirilishi belgilangandi. Hokimlik bu borada qo‘shimcha tushuntirish berdi.
Poytaxt hokimining 18-noyabrdagi qaroriga ko‘ra, narxlar quyidagicha belgilandi:
Ma’lum qilinishicha, “Munitsipal aktivlarni boshqarish” davlat unitar korxonasi avtomobil to‘xtash maydonchalarida transport vositalarining haqiqiy bo‘lish vaqtini kuzatib chiqdi. Tahlillar aksariyat xaridorlar uchun zarur xaridlarni amalga oshirishga ikki soatgacha vaqt yetarli ekanligini ko‘rsatgan. Shu sababli, dastlabki ikki soatlik to‘xtash narxi o‘zgarishsiz qoldirildi — bu oddiy tashrif buyuruvchilar uchun qulay va odatiy vaqt oralig‘idir.
“Ikki soatdan ortiq qolish, odatda, bozor xodimlari, savdogarlar va faoliyati bozor hududi yoki unga tutash hududga bog‘liq bo‘lgan shaxslarga xos. Yangilangan tariflar asosan ushbu toifadagi foydalanuvchilarga ta’sir ko‘rsatadi, oddiy xaridorlarga emas”, deyiladi hokimlik tushuntirishida.
Qayd etilishicha, narxlarni o‘zgartirish to‘xtash maydonchalarini tartibga solishga, dam olish kunlaridagi ortiqcha yuklanishni kamaytirishga va barcha tashrif buyuruvchilar uchun bo‘sh to‘xtash joylarini ta’minlashga qaratilgan. Uzoq vaqt turishning yuqori narxi joylarni o‘z vaqtida bo‘shatishni rag‘batlantiradi, bu esa boshqa xaridorlarga to‘xtash joyini tezroq topish imkonini beradi va atrofdagi yo‘llardagi transport vaziyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ushbu qaror to‘xtash maydonchalaridan foydalanish xavfsizligi va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Yangilangan tariflar to‘xtash joylarini tartibga solish va oqilona taqsimlash vositasi bo‘lib, oddiy tashrif buyuruvchilarning manfaatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Toshkent shahar hokimining qarori bilan, shuningdek, poytaxt bozorlarida tijoriy videoga olish pulli bo‘ldi.
Telegram
|
LIVE
|
Instagram
|
YouTube
|
Donat Qilish
💸
O‘zbekistonda 21-noyabr kuni harorat yana pastlaydi
Juma kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechasi 0 darajagacha tushishi kutilmoqda. Boshqa hududlarda ham kechasi harorat payshanbaga nisbatan sovuqroq bo‘ladi.
Toshkent shahrida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 16-18 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, baʼzi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 16-21 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.
Telegram
|
LIVE
|
Instagram
|
YouTube
|
Donat Qilish
💸
“Rossiyada kelayotgan qish 250 yillikdagi eng sovugʻi boʻlishi mumkin” — sinoptiklar
Butun mamlakat bo‘ylab qishda kuchli sovuq va qor yogʻishi kutilmoqda.
Sinoptiklarning ogohlantirishicha, kelayotgan qish 250 yildagi eng sovug‘i boʻlishi mumkin. Markaziy va Volgaboʻyi hududlarida havo harorati Selsiy boʻyicha -35 darajagacha pasayib, qor yogʻishi 400 millimetrga, shamol esa soniyasiga 22 metrgacha kuchayishi mumkin.
Uralsda havo harorati minus 40 darajagacha pasayib, qor boʻronlari va 350 millimetrgacha yogʻingarchilik boʻlishi kutilmoqda. Krasnoyarsk oʻlkasi va Novosibirsk viloyatida qariyb 900 millimetr qor yogʻishi va harorat Selsiy boʻyicha -38 darajagacha tushishi mumkin.
Uzoq Sharqda harorat meʼyordan past boʻlishi kutilmoqda: Primoryeda harorat baʼzi joylarda -35 darajagacha, Kamchatka va Magadanda esa -32 darajagacha pasayib, yogʻingarchilik 450 millimetrdan oshib, sekundiga 30 metrgacha shamol esadi.
Ehtimoli yuqori ssenariyga koʻra, Rossiyada kelayotgan qish oʻtgan yilga qaraganda sovuqroq boʻladi.
Maʼlumot uchun, Skandinaviyada allaqachon anomal sovuqlik toʻlqiniga yaqin qutbiy sovuq oqim shakllangan.
Telegram
|
LIVE
|
Instagram
|
YouTube
|
Donat Qilish
💸
O‘zbekistonlik migrantlar o‘n oyda qancha pul yuborgani ochiqlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyevga tashqi mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish va migratsiya jarayonlarini xalqaro standartlar asosida yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan axborot berildi. Taqdimotda xorijiy mehnat bozorida malakali mutaxassislarga katta talab borligi qayd etildi. Hozirda 140 ming nafar mutaxassisga buyurtma mavjud.
So‘nggi yillarda fuqarolarni mehnat qilish uchun chet elga tartibli jo‘natish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli ishlar tufayli mehnat bozori diversifikatsiya qilinmoqda, fuqarolar asosan yuqori maoshli ish o‘rinlarida ishlash uchun xorijga ketmoqda. Natijada 2016-yilga nisbatan chet elda ishlayotgan fuqarolarning soni kamaygan bo‘lsa-da, ular tomonidan yuborilgan mablag‘ 3,8 milliard dollardan 2025-yilning o‘n oyi yakunida 15,8 milliard dollarga yetdi.
Taqdimotda xorijiy mehnat bozorida malakali mutaxassislarga katta talab borligi qayd etildi. Hozirda 140 ming nafar mutaxassisga buyurtma mavjud, ammo til va kasbiy malaka bo‘yicha talablarga javob bera oladigan mutaxassislarni tayyorlash borasida qilinadigan ishlar hali ko‘pligi ko‘rsatib o‘tildi. Bundan tashqari, mehnat migratsiyasi xizmatlari tarqoq bo‘lgani uchun odamlar ovoragarchilikka duch kelmoqda.
Shu maqsadda sohadagi xizmatlarni tartibga solish, barcha jarayonlarni “yagona darcha” tamoyili asosida birlashtirish vazifasi qo‘yildi. Toshkent shahri Uchtepa tumanida “Xorijga ishga tayyorlash markazi”, Termiz shahrida “Yagona migratsiya xizmatlari” markazi tashkil etiladi. Poytaxtning Yashnobod tumanida esa xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda nemis va yapon tillariga o‘qitish maktablari ochiladi.
So‘nggi yillarda Yevropa mamlakatlariga migratsiya oqimi 4 barobar ko‘paygani ta’kidlandi. U yerda ishlayotgan fuqarolarning huquqiy himoyasini kuchaytirish muhimligi qayd etildi. Ayni paytda qator Yevropa davlatlari bilan mehnat migratsiyasi bo‘yicha kelishuvlar mavjud emas. Prezident tomonidan tegishli hukumatlararo hujjatlarning imzolash ishlarini jadallashtirish bo‘yicha topshiriq berildi.
Shuningdek, xorijiy davlatlarda migratsiya bo‘yicha attashe va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonalarini ko‘paytirish, mamlakatimiz hududlarida esa viza markazlarining ko‘chma ofislarini ochish rejalashtirilgan.
Taqdimotda migratsiya xizmatlarini raqamlashtirish masalasi ham ko‘rib chiqildi.
“Xorijda ish” platformasida 25 turdagi xizmat taqdim etilmoqda, joriy yil boshidan buyon 524 ming fuqaro onlayn xizmatlardan foydalangan. Lekin xizmatlarning barchasi ham raqamlashmagan.
Prezident tizimga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yanada takomillashtirish zarurligini qayd etdi. Platformada biometrik identifikatsiya, xorijdagi ish o‘rinlarini real vaqt rejimida kuzatish, fuqarolarga masofaviy maslahat berishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha rejalar haqida axborot berildi. Migratsiya agentligida fuqarolarga tun-u kun tezkor yordam beradigan situatsion markaz tashkil etish taklif qilindi.
Taqdimotda noqonuniy migratsiya va konsalting xizmatlari ko‘rsatishda firibgarlik holatlari ko‘payib borayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Shu munosabat bilan mehnat migrantlarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida xalqaro aeroportlarda interaktiv migratsiya infokiosklarini o‘rnatish, litsenziyasiz faoliyatni amalga oshirgan konsalting tashkilotlari uchun jarima miqdorini oshirish taklif qilindi. Jinoyat kodeksiga noqonuniy migratsiyani tashkil etish va ko‘maklashish uchun javobgarlik kiritish masalasini o‘rganish topshirildi.
Davlat rahbari taqdim etilgan takliflarni ma’qullab, mehnat migratsiyasi jarayonlarini yanada qulay, xavfsiz va shaffof qilish bo‘yicha mutasaddilarga qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi.
Telegram
|
LIVE
|
Instagram
|
YouTube
|
Donat Qilish
💸
Goool
🗣️
🇮🇹
Italiya 1:1 O'zbekiston
🇺🇿
⚽️
Amirxon Murodov 56 Olg'a O'zbekiston
💪
👍
Yaqinlarga ulashing!!! Telegram | LIVE | Instagram | YouTube | Donat Qilish
💸
Goool
🗣️
🇮🇹
Italiya 1:1 O'zbekiston
🇺🇿
⚽️
Amirxon Murodov 56 Olg'a O'zbekiston
💪
👍
Yaqinlarga ulashing!!! Telegram | LIVE | Instagram | YouTube | Donat Qilish
💸
Goool
🗣️
🇮🇹
Italiya 1:1 O'zbekiston
🇺🇿
⚽️
Amirxon Murodov 56
Olg'a O'zbekiston
💪
👍
Yaqinlarga ulashing!!!
Telegram
|
LIVE
|
Instagram
|
YouTube
|
Donat Qilish
💸
“Jarayon 2026-yildan boshlanadi”— Oʻzbekistonda 12 ta yirik davlat korxonasini xususiylashtirishga hozirlik koʻrilayotgani aytildi
Birjaga chiqarilishi kutilayotgan korxonalar orasida Uzbekistan Airways, Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari, “Hududgaztaʼminot” AJ ham bor. Hozircha qaysi korxona birinchi boʻlib IPO’ga chiqishi aniq emasligi bildirildi.
Toshkent shahrida kapital bozorni rivojlantirish va yirik korxonalarni xalqaro savdoga chiqarish boʻyicha seminar oʻtkazildi. Tadbirda hukumat, FTI Consulting, Citibank, Rothschild and Co, White and Case kabi yirik xalqaro kompaniyalar vakillari hamda investorlar qatnashdi. Muloqotda IPO’ga (birlamchi ommaviy taklif) tayyorgarlik jarayonlari toʻgʻrisida suhbatlashildi.
Seminar qatnashchisi Bobur Abdunazarovning bildirishicha, hozirda davlatga qarashli 12 ta yirik korxonani xususiylashtirishga tayyorgarlik ketmoqda.
“Biz 2026-yil I chorakdan korxonalarni IPO’ga chiqarishni boshlaymiz. Savdo jarayoni dual listing shaklida amalga oshiriladi. Aksiyalarning bir qismi Toshkent fond birjasida, ikkinchi qismi GDR (global depozitar tilxatlari) koʻrinishida xalqaro birjalarda joylashtiriladi”, dedi kompaniya rahbari.
2025-yil 22-apreldagi prezident qarorida 12 ta yirik davlat korxonasi aksiyalarini xalqaro va mahalliy fond bozorlarida birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifini oʻtkazish belgilangan. Qarorga koʻra, quyidagi korxonalar aksiyalari 2026—2028-yillarda savdoga chiqarilishi kerak:
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ;
“Oʻzbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamgʻarmasi” AJ;
“Navoiyuran” DK;
Uzbekistan Airways AJ;
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ” AJ;
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ;
“Oʻzbektelekom” AJ;
“Oʻzbekgidroenergo” AJ;
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ;
“Oʻztransgaz” AJ;
Uzbekistan Airports AJ;
“Hududgaztaʼminot” AJ.
Foto: FTI Consulting
Mazkur korxonalar orasida faqatgina “Oʻzbektelekom” AJ ikkilamchi (SPO) birja savdolariga chiqariladi. Qolganlari dastlabki (IPO) savdoga olib chiqiladi.
Bobur Abdunazarovning aytishicha, hozircha qaysi korxona birinchi boʻlib IPO’ga chiqishi aniq emas. Chunki bu kompaniyaning tayyorligi va xalqaro bozor konyunkturasiga bogʻliq jarayon hisoblanadi.
Telegram
|
LIVE
|
Instagram
|
YouTube
|
Donat Qilish
💸
O‘zbekistonda avtomobilni sotishda haqiqiy “probeg”ini yashirganlar endi jarimaga tortilishi mumkin
Foydalanilgan transport vositalarini qimmat narxlarda sotish maqsadida odometr ko‘rsatkichini soxtalashtirganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etish taklif etildi.
Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan qonun loyihasida ko‘zda tutilgan. Unda qayd etilishicha, hozirgi kunda ijtimoiy xavfli qilmishlarning yangi shakllari, xususan, foydalanilgan transport vositalarini qimmat narxlarda sotish maqsadida odometr ko‘rsatkichini soxtalashtirish holatlari kuzatilmoqda.
Shu bois, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksni 121−1-modda (transport vositasining odometr ko‘rsatkichlariga o‘zgartirishlar kiritish yoki odometrni almashtirish to‘g‘risida xabardor qilmaslik) bilan to‘ldirish taklif etilmoqda.
Unda avtotransport vositasining bosib o‘tgan masofasini ko‘rsatuvchi odometr uskunasi ko‘rsatkichlari o‘zgartirilgani yoki odometr uskunasi almashtirilgani haqida avtotransport vositasini realizatsiya qilishdan oldin xaridorni xabardor etmaslik BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (4,12 million so‘mdan 6,18 million so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilanmoqda.
Ushbu qonun loyihasi muhokamasi 20-noyabrga qadar davom etadi.
Telegram
|
LIVE
|
Instagram
|
YouTube
|
Donat Qilish
💸