Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Namangan yoshlari | Yoshlar ittifoqi

Namanganyoshlari_yi

🇺🇿
Namangan yoshlari hayotiga oid so'ngi yangiliklar va foydali ma'lumotlarni bizning sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.
©️
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi

Subscribers
1 150
Post views
280
ER
24,37%
Posts
22 093
October 29, 08:32
Media unavailable
9
Show in Telegram

AQShlik olim Bahman Baktiyari Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutiga tashrif buyurdi
AQShning Yuta shtatida joylashgan Baskerville notijorat instituti ijrochi direktori, Stirling fondi vakili, xalqaro munosabatlar sohasidagi taniqli olim doktor Bahman Baktiyari
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutiga tashrif buyurdi.
Tadbirda Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Bozorov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari Nabijon Xolov va Doston Saidov, viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig'i  Baxtiyor Mirzatov, O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi Bilolxon Umarov  shuningdek, institut rektori Rivojiddin Karimov, o'quv ishlari bo‘yicha prorektor Po‘latxon Lutfullayev hamda institut rahbariyati ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ta’lim va ilmiy sohada qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish, o‘qituvchi va talabalar almashinuv dasturlarini tashkil etish hamda ingliz tili va raqamli ta’lim yo‘nalishida o‘quv kurslarini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, ijtimoiy diplomatiya, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish va “Dil diplomatiyasi” tashabbusi doirasida hamkorlik loyihalarini amalga oshirish istiqbollari belgilab olindi.
Uchrashuv yakunida Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti va Baskerville instituti o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi.
Mazkur muloqot ta’lim va ilm-fan sohasidagi xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish hamda o‘zaro manfaatli aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Bizning sahifalarimiz:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook

October 29, 08:13
Media unavailable
4
Show in Telegram

#SuvniBirgaAsraymiz
#YoshlarIttifoqi
🙋
Suv — hayot manbai! Uni asrash esa barchamizning burchimiz!
🤔
Ko‘pchilik bir kunda qancha suv sarflayotganini o‘ylab ham ko‘rmaydi. Ammo raqamlar hayratlanarli: Birgina tish yuvish paytida jomrak ochiq tursa
9 litr
suv oqib ketadi. Agar siz kuniga 2 marotaba tish yuvsangiz — bu
18 litr
suv degani. Yiliga esa bu miqdor
6,5 tonnaga
yetadi!
🎓
Endi tasavvur qiling, O‘zbekistondagi
1,5 million talaba
har kuni shunday suv sarflasa —
➡️
kuniga
27 ming tonna
,
➡️
oyiga
810 ming tonna
,
➡️
yiliga esa
10 million tonna
suv isrof bo‘ladi!
🔎
Agar har bir talaba
stakanda suv bilan tish yuvish odatini
shakllantirsa,
➡️
biz
yiliga 9,5 million tonna
suvni tejab qolamiz.
➡️
Bu esa aholimiz uchun deyarli
32 milliard so‘m
tejash degani!
📍
Keling, suvni asrash madaniyatini birgalikda targ‘ib qilaylik.
Bizning sahifalarimiz
:
1️⃣
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
📺
You tube

October 29, 06:17
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#YoshlarOvoziGazetasi
🖋
“Yoshlar ovozi” gazetasining yangi soni bilan tanishing
➡️
Chekka hududda katta o‘zgarish;
➡️
Iqlim uchun birlashuv;
➡️
Kitobxon yosh oilalar;
➡️
Men Radikalizmga qarshiman;
➡️
Labirintda yo‘qolayotgan haqiqat;
➡️
“Yashil iqtisodiyot” bizga suv va havodek zarur;
➡️
Malika Amannisaxon - turkiy xalqlar tarixidan eng mungli qissa;
➡️
7600 ochiq muloqot.
⬇️
Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish
🇺🇿
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Markaziy Kengashi muassisligidagi
“Yoshlar ovozi”
gazetasining
telegram sahifasida
yoshlar hayotidagi muhim yangiliklar va ijtimoiy-siyosiy xabarlarni kuzatib boring!
Bizning sahifalarimiz
:
1️⃣
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
📺
You tube

October 29, 05:33
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🇺🇿
"Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakatini ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
📌
So‘nggi yangiliklar va e’lonlar;
🏆
Qiziqarli musobaqalar va tanlovlar;
⚡️
Interaktiv o‘yinlar va ajoyib viktorinalar.
💫
Har bir qadamda o‘zingizni sinab ko‘ring, bilim va jasoratingizni oshiring, vatanparvarlik ruhingizni yuksaltiring!
Sohaga doir rasmiy e’lonlar va barcha yangiliklar rasmiy sahifalarimizda.
Vatan tayanchi rasmiy kanaliga obuna bo'ling:
@Vatantayanchi_rasmiy
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi axborot xizmati
Bizning sahifalarimiz:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook

October 28, 08:14
Media unavailable
2
Show in Telegram

#SuvniBirgaAsraymiz
#EkologikMadaniyat
🙋
Siz har kuni necha litr suvni ortiqcha sarflaysiz?
🔎
Biz yangi avlodni ekologik ongli odatlarga o‘rgatish maqsadida suvni tejashga qaratilgan tashabbusni boshladik. Bu tashabbus orqali yoshlarni suv resurslarini asrash, mas’uliyat bilan foydalanish va sog‘lom hayot tarzini shakllantirishga chorlashni maqsad qilganmiz.
💬
Shu munosabat bilan yoshlar o‘rtasida so‘rovnoma tashkil etdik.
📌
Statistik ma’lumotlar
➡️
Butun dunyo bo‘yicha — bir kishining kundalik “uy-ichida” suv ishlatishi odatda 100 litrdan 150 litrgacha ekanligi
aytiladi
.
➡️
Toshkent shahrida uy-xona sarfi bo‘yicha ma’lumot: bir kishi kundalik o‘rtacha 230–270 litr suv
ishlatadi
.
➡️
Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda muayyan tumanlarda 112 litr/kun shunday ko‘rsatkich sifatida
keltirilgan
.
➡️
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ma’lumotiga ko‘ra — o‘zining shaxsiy va uy-maishiy ehtiyojlari uchun bir kishi kuniga kamida 50–100 litrgacha suv ishlatishi yetarli deb
hisoblanadi
.
Bizning sahifalarimiz
:
1️⃣
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
📺
You tube

October 28, 06:46
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

🎯

Vodiy Quiz” — bilim va ziyraklik sinovi!
🕌
Namangan davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetida talabalar o‘rtasida “
Vodiy Quiz
” nomli qiziqarli viktorina o‘yini tashkil etildi.
⭕️
Tadbirda barcha fakultetlardan jamoalar faol ishtirok etib, o‘z bilim va tafakkur salohiyatini sinovdan o‘tkazishdi.
🔥
☄️
Mazmunan boy va ruhiy jihatdan ko‘tarinki muhitda o‘tgan viktorina yoshlarning mantiqiy fikrlashini, jamoaviy ishlash ko‘nikmasini yanada oshirishga xizmat qildi.
👏
Bizning sahifalarimiz:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook

October 28, 06:45
Media unavailable
8
2
Show in Telegram

📽
Namangan davlat universitetida tarbiyaviy instaserial namoyishi!
🇺🇿
Namangan davlat universiteti Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan boshlang‘ich koordinatorlar va faol talabalar ishtirokida
“Drug Dealer”
nomli instaserial namoyish etildi.
🎯
Ushbu loyiha yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, psixotrop dorilarning zararli oqibatlari haqida chuqur tushuncha berish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga qaratilgan.
☄️
Tadbir davomida talabalar giyohvandlikning inson hayotiga, oilaga va jamiyatga salbiy ta’siri haqida fikr almashdilar.
🇺🇿
Yoshlar ongida hushyorlik, mas’uliyat va to‘g‘ri hayot tanlovini shakllantirish — barchamizning burchimiz!
Bizning sahifalarimiz:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook

October 25, 04:11
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#25Oktabr
#IIVxodimlariKuni
👤
25-oktabr – Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni
!
🇺🇿
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi sharafli va masʼuliyatli yoʻlni bosib oʻtayotgan tizimning barcha fidoyilarini kasb bayramlari bilan samimiy qutlaydi.
🎉
Sizlarga mustahkam sogʻlik, faoliyatingizda zafarlar tilaymiz!
Bizning sahifalarimiz
:
1️⃣
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
📺
You tube

October 24, 14:37
Media unavailable
2
Show in Telegram

🇺🇿
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Namangan viloyati Kengashi
tashabbusi bilan Milliy Gvardiya Namangan viloyati bo'yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda
“Rahbar va yoshlar
” uchrashuvi tashkil etildi.
Bizning sahifalarimiz:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook

October 24, 14:20
Media unavailable
2
Show in Telegram

🇺🇿
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Namangan viloyati Kengashi
tashabbusi bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Namangan viloyati bo'yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda
“Rahbar va yoshlar
” uchrashuvi tashkil etildi.
Bizning sahifalarimiz:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook