Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Namangan yoshlari | Yoshlar ittifoqi

Namanganyoshlari_yi

🇺🇿
Namangan yoshlari hayotiga oid so'ngi yangiliklar va foydali ma'lumotlarni bizning sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.
©️
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi

Подписчики
1 170
Просмотры
176
ER
14,94%
Посты
21 042
July 24, 10:52
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

⚖️
“Yoshlar va qonun” – huquqiy madaniyat poydevori!
Namangan viloyatida navbatdagi muhim tashabbus –
“Yoshlar va qonun”
Respublika koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi!
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi hamda Namangan viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tanlov yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, ularda qonunga sadoqat va fuqarolik ongini yuksaltirishga xizmat qildi.
👥
Ishtirokchilar:

Amaliy va nazariy bilimlar sinovidan oʻtdilar

Qonunchilikdagi dolzarb masalalar yuzasidan bahs-munozaralarda qatnashdilar

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda yoshlarning oʻrni haqida fikr yuritdilar
🏅
Eng faol va bilimdon yoshlar tanlov gʻolibligiga sazovor boʻldilar hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
📷
Tadbirdan fotolavhalar
Bizning sahifalarimiz:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook

July 24, 09:39
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

⚖️
Yoshlar va qonun – hayotda muhim qadriyat!
🇺🇿
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi hamda
🇺🇿
Namangan viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi hamkorligida "Yoshlar va qonun" Respublika koʻrik-tanlovining Namangan viloyati bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
🔹
Tanlovdan koʻzlangan asosiy maqsad – yosh avlodning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, yigit-qizlarni qonunga hurmat, fuqarolik burchiga masʼuliyat bilan qarash ruhida tarbiyalash, shuningdek, yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga xizmat qilishdir.
🎤
Tadbir davomida ishtirokchilar:
▪️
Huquqiy bilim va savodxonlik boʻyicha bellashdilar
▪️
Qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan muhokamalar olib bordilar
▪️
Jamoaviy ishlash va ijodiy yondashuv orqali oʻz iqtidorlarini namoyon etdilar
🏆
Gʻolib va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Bizning sahifalarimiz:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook

July 24, 08:00
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

#ShavkatMirziyoyev
🖋
Bugun, 24-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kunlari.  Davlatimiz rahbari 68 yoshni qarshilamoqdalar
🙋
Yurtimiz rivoji , xalqimiz farovonligi, barqaror iqtisodiyotimiz, qudratli armiyamizni barpo etish hamda tenglik tamoyillariga asoslangan  diplomatiyamizni rivojlantirishdan charchamang, yaratganning oʻzi madadkor boʻlsin!
🎉
Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin!
Bizning sahifalarimiz
:
1️⃣
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
📺
You tube

July 24, 07:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, muhtaram Prezident!
Bugun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 68 yoshni qarshi oldi.
Yurtimiz taraqqiyoti va yoshlar kamoloti yo’lida qilayotgan ezgu ishlaringiz bardavom,sog’ligingiz mustahkam,kuch-quvvatingiz ziyoda bo’lsin!
O’zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati kengashi jamoasi davlatimiz rahbarini samimiy muborakbod etadi!

July 23, 14:16
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

#InstaSerial
#Premyera
▶️
Yangi serial premyerasi…
📷
DRUG DEALER…
📷
Bu yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilgan tarbiyaviy ahamiyatga ega psixotrop dorilarning yoshlar orasida keng tarqalishi va uning salbiy oqibatlarini yoritib beruvchi instaserial.
💭
U
taqdirlar, afsuslar, ko‘z yoshlar va najot haqida!
👤
Barcha yurtdoshlarimizni ushbu serial premyerasiga taklif etamiz!
📍
Manzil: Yoshlar ijod saroyi
📅
Kun va soati: 30-iyul, 14:00da

Kutamiz, albatta, keling!
Bizning sahifalarimiz
:
1️⃣
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
📺
You tube

July 22, 12:57
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

📸
Fotoreportaj......
Men qutqaruvchiman harbiylashtirilgan sport musobaqasi doirasida Namangan garnizonida joylashgan kuch va tuzilmalar tomonidan yoshlar orasida vatanparvarlik ruhini yanada kuchaytirish, yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini singdirish maqsadida turli vatanparvarlik tadbirlari tashkil etildi.
Uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar va amaliy mashg‘ulotlar orqali yigit-qizlarga Vatan himoyasining sharafli burch ekani, har bir yoshning qalbida ona yurtga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Bunday tadbirlar yoshlar ongida kuchli vatanparvarlik g‘oyalarini mustahkamlashga, ular orasida sog‘lom raqobat va ezgu maqsadlar sari intilish ruhini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Bizning sahifalarimiz:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook

July 22, 12:57
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

MEN QUTQARUVCHIMAN harbiy sport musobaqasi o'tkazildi.
🔰
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Namangan viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan, Namangan garnizonida joylashgan kuch va tuzilmalar hamda
🙋‍♂️
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi hamkorligida “Barkamol avlod” sport majmuasida yoshlar orasida vatanparvarlik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida
“Men qutqaruvchiman”
harbiylashtirilgan sport musobaqasi tashkil etildi.
Mazkur musobaqada ishtirokchilar nafaqat kuch va epchillikda, balki qutqaruvchilarga xos fidoyilik, jasorat va jamoaviy hamjihatlikda sinovdan o‘tishdi. Qutqaruv amaliyotlariga yaqinlashtirilgan bellashuvlarda yigit-qizlar o‘zlarining jismoniy tayyorgarliklari va chaqqonliklarini namoyish etib, qiyinchiliklarga bardosh berish va tezkorlik bilan to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.
Tadbir yakunida eng yaxshi natijalarni qayd etgan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan faxriy diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
“Men qutqaruvchiman” musobaqasi yoshlar qalbida ona Vatanga sadoqat, fidoyilik va inson hayotini asrashdek yuksak burchga hurmat tuyg‘usini shakllantirish sari yana bir muhim qadam bo‘ldi.
Bizning sahifalarimiz:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook

July 18, 13:48
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi tashabbusi bilan Namangan viloyatidagi harbiy qismlar oʻrtasida Quvnoqlar va zukkolar koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
😄
Jamoalar oʻzlarining quvnoqligi, topqirligi va sahnadagi chiqishlari orqali tomoshabinlarga koʻtarinki kayfiyat ulashishdi. Bellashuv davomida kulgi, ijodkorlik va harbiy jamoalar oʻrtasidagi do‘stlik yanada mustahkamlandi.
🏆
Tanlov yakunida:
🥇
1-oʻrin – Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlariga qarashli 07648-harbiy qismning “Oʻzbegim” jamoasi,
🥈
2-oʻrin – Mudofaa vazirligiga qarashli 99216-harbiy qismning “Oqtepa” jamoasi,
🥉
3-oʻrin – Ichki ishlar vazirligi Qorovul qoʻshinlariga qarashli 7552-harbiy qismning “Vohaning oʻgʻlonlari” jamoasi.
😄
Milliy gvardiyaning “Yosh Gvardiyachilar” jamoasi “Eng quvnoq jamoa” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.
🎁
Gʻolib va faol jamoalar diplom va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan mukofotlandilar.
📹
Hozir esa sizlarni yorqin lahzalar aks etgan videolavha orqali harbiylarimizning sahnadagi chiqishlaridan bahramand boʻlishga taklif qilamiz. Videoni tomosha qilib, kulgi va ijobiy kayfiyatni biz bilan birga baham ko‘ring!
Bizning sahifalarimiz:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook

July 18, 13:13
Файлы недоступны
9
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan Quvnoqlar va zukkolar koʻrik-tanlovi harbiylar ligasining viloyat bosqichi gʻoliblari aniqlandi!
🏆
1-oʻrin – Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlariga qarashli 07648-harbiy qismning “Oʻzbegim” jamoasi;
🥈
2-oʻrin – Mudofaa vazirligiga qarashli 99216-harbiy qismning “Oqtepa” jamoasi;
🥉
3-oʻrin – Ichki ishlar vazirligi Qorovul qoʻshinlariga qarashli 7552-harbiy qismning “Vohaning oʻgʻlonlari” jamoasi.
😄
Milliy gvardiya Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasining “Yosh Gvardiyachilar” jamoasi esa “Eng quvnoq jamoa” sifatida tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
🎁
Tanlovda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalar diplom va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan mukofotlandi.
💥
Quvnoqlik, ijodkorlik va jamoaviy doʻstlik yutdi!
Bizning sahifalarimiz:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook

July 18, 12:46
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

🙋‍♂️
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan
🎭
Quvnoqlar va zukkolar koʻrik-tanlovi harbiy qismlar oʻrtasida davom etmoqda!
Jamoalar sahnada oʻz iqtidorlarini, topqirliklarini, hazil-mutoyiba va sahna koʻnikmalarini namoyon etishmoqda.
😄
Har bir chiqish – tomoshabinlar uchun kulgu, hayrat va faxrga boy onlarni taqdim etmoqda.
📍
Bu nafaqat tanlov, balki harbiy xizmatchilarimizning ijodiy salohiyati, intellektual darajasi va jamoaviy muvofiqligini ko‘rsatish imkoniyati hamdir.
🟢
Keyingi sahnalarga tayyor bo‘ling! Yangi chiqishlar, yangi kulgu, yangi qahramonlar – hammasi hali oldinda!
Bizning sahifalarimiz:
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook