Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

OTM_Minbari

Talabalar va abituriyentlar uchun eng tezkor kanal
Taklif va muammolar uchun:
👉
@murojaatuztvbot
💰
REKLAMA xizmati
@Murojaatuztvbot

Subscribers
101 000
Post views
9 285
ER
8,44%
Posts
53 468
October 21, 09:20
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Qaysi banklardan imtiyozli ta'lim krediti olsa bo'ladi?
Taʼlim krediti axborot tizimida (
talim-krediti.mf.uz
) taʼlim kreditini ushbu banklar orqali rasmiylashtirish mumkinligi koʻrsatilgan.
Kredit shartlari quyidagicha:

Miqdori — Shartnoma asosida;

Muddati — oʻqish davri +
7.5 yil;

Foiz stavkasi —
14%
(xotin-qizlar uchun
0%
);
Kredit miqdori:
— Birinchi kurs talabalari uchun - toʻlov-shartnoma summasi;
— Ikkinchi va yuqori kurs talabalari uchun:
fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichidan kelib chiqib belgilanadi
.
Banklarning call-markaz raqamlari:
• SQB bank - 1180
• Hamkorbank - 1256
• Agrobank - 1216
• O‘zmilliybank - 1344
• Xalq banki - 1106
• BRB bank - 1254
• OFB bank - 4004
Obuna bo’ling
@OTM_Minbari

October 20, 20:58
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Oʻzmilliybank sirtqi va super-kontrakt uchun taʼlim kredit
ajratmoqda
Bakalavriatga qabul qilingan talabalar uchun taʼlim krediti foiz stavkasi
:

36 oygacha
boʻlgan muddatga yillik
22%;
— 60 oygacha
boʻlgan muddatga yillik
24%.
Magistraturaga oʻqishga qabul qilingan talabalarga
:
36 oygacha
boʻlgan muddatga yillik
22%
beriladi.
Kredit miqdori – toʻlov shartnomasi summasi miqdorida (
bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobarigacha
boʻlgan kreditlar uchinchi shaxs kafilligi yoki kredit qaytmaslik xatarini sugurta polisi, undan yuqori miqdordagi kreditlar mol-mulk garovi bilan
ajratiladi)

Ushbu kredit
oliy, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlim
muassasalarining
kunduzgi, kechki, sirtqi
boʻlimlariga
bakalavriat
va
magistraturaga
, shu jumladan
tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt (superkontrakt)
asosida oʻqishga qabul qilingan talabalar, shuningdek
oʻqishini koʻchirgan
talabalar uchun ajratiladi.
Obuna bo’ling
@OTM_Minbari

October 20, 17:31
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇿
"Men hurmatli ota-onalarga qarata aytmoqchiman: qizlaringizni oʻqiting, orzu-umidlarini roʻyobga chiqarishlarida ularga koʻmakchi boʻling!"
Yashasin O‘zbekiston Respublikasi! Yashasin O‘zbekiston xalqi!”, —
dedi Shavkat Mirziyoyev
Obuna bo’ling
@OTM_Minbari

October 20, 15:33

⚡️
Musiqa madaniyati hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga sertifikat berish tartibi belgilandi
Bu haqda Hukumat qarori asosida Nizom qabul qilindi.
Sertifikat Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan
3 yil muddatga
elektron shaklda beriladi.
Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fanini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha
A+, A, B+, B, C+, C
darajali sertifikatlar beriladi.
Amaliy (ijodiy) imtihon hamda test sinovlarining o‘rtacha natijasiga ko‘ra:

70 va undan yuqori ball olgan talabgorga — A+ darajali;

65 — 69,9 ballga — A darajali;

60 — 64,9 ballga — B+ darajali;

55 — 59,9 ballga — B darajali;

50 — 54,9 ballga — C+ darajali;

46 — 49,9 ball olgan talabgorga — C darajali sertifikat beriladi.
B+ va undan yuqori darajali sertifikat olgan o‘qituvchiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda
oylik maoshiga ustama
beriladi.
Obuna bo’ling
@OTM_Minbari

October 20, 15:24
Media unavailable
2
1
Show in Telegram

⚡️
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining
talabalar turar joyida yoshlarimizning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishib
chiqibdi.
Obuna bo’ling
@OTM_Minbari

October 20, 08:46

⚡️
Boshlang’ich ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy, ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida:
➡️
boshlang’ich sinf o’qituvchisi;
➡️
o'qituvchi-tarbiyachi;
➡️
qo'shimcha ta'lim pedagogi;
➡️
uslubiy ish rahbari;
➡️
o'qituvchi-psixolog;
➡️
direktorning o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosari;
➡️
direktorning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari;
➡️
mahallada yoshlar yetakchisi;
➡️
pedagog-targ'ibotchi;
➡️
maktabgacha va maktab ta'lim vazirligida metodist.
Obuna bo’ling
@OTM_Minbari

October 20, 07:28
Media unavailable
10
Show in Telegram

⚡️
Oʻzbekistonda taqiqlangan diniy materiallar roʻyxati
(
rasm
)
Ushbu ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi tomonidan
tasdiqlangan.
2025-yil 2-sentyabr holatiga ko‘ra, Oʻzbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi
taqiqlangan mazkur manba va kontent (material)lar
Internet jahon tarmog‘idagi
diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan
yo‘g‘
rilgan deb topilgan.
Obuna bo’ling
@OTM_Minbari

October 20, 06:53
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
"Zo‘r Direktor: Farg‘onada internetni zabt etgan qahramon!"
Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahri 5-maktab direktori Sharofiddin Husanov ertalab o‘quvchilarni shaxsan o‘zlari kutib
olarkan.
Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan ushbu video lavha ko‘plab foydalanuvchilarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Sharofiddin Husanovning o‘z o‘quvchilariga bo‘lgan samimiy munosabati, ularga mehr va e’tibor ko‘rsatishi aks etgan bu kadrlar, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi ideal munosabatning yorqin namunasi sifatida baholanmoqda.
Ko‘pchilik
Sharofiddin Husanovni "Haqiqiy xalq o‘qituvchisi" deya ta’riflashmoqda.
Bunday insonlar bor ekan, kelajagimizga bo‘lgan
ishonch yanada ortadi!
Obuna bo’ling
@OTM_Minbari

October 19, 04:12

#Eslatma
⚡️
Qishki o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 10-yanvardan boshlanadi

Qishki perevodda
faqatgina Davlat OTMlariaro
faqat
2 ta
uzrli sababga asosan qishda o‘qishni ko‘chirsa
bo‘ladi.

talaba oila qurishi munosabati bilan
turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;

davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda
uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).
Talabalar tomonidan
hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar 20-yanvargacha
offlayn shaklda
taqdim etiladi:

o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);

talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);

pasport nusxasi;

yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli
hujjatlar.
Qishki perevodda arizalar onlayn shaklda
sayt orqali to'ldirilmaydi
. Kerakli hujjatlar har bir OTMda tashkil etilgan ishchi guruhga talaba yoki uning yaqin qarindoshlari tomonidan shaxsan topshirilishi shart.
Obuna bo’ling
@OTM_Minbari

October 18, 18:54

⚡️
Talabalar stipendiyasi tushdimi?
👍
👎
Obuna bo’ling
@OTM_Minbari