Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari

OTM_Minbari
Talabalar va abituriyentlar uchun eng tezkor kanal 🧾 Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart! Taklif va muammolar uchun: 👉 @murojaatuztvbot 💰 REKLAMA xizmati @Murojaatuztvbot
Subscribers
138 000
24 hours
2 000
30 days
-14 000
Post views
7 394
ER
5,42%
Posts (30d)
304
Characters in post
1 323
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
April 24, 15:19
Media unavailable
1
Show in Telegram

📌
Harbiy xizmatchilar uchun oliygohga o‘qishga kirib, masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda harbiy xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlashga oid tarixiy qarorlar qabul qilindi.
2026-2027 o‘quv yilidan
boshlab joriy etiladigan asosiy yangiliklar bilan tanishing:
🎓
Ta’lim va OTMga kirishdagi yengilliklar:
🟢
Masofaviy ta’lim:
Endi askarlar harbiy xizmatni o‘tash davomida oliygohlarga o‘qishga kirib,
masofaviy shaklda
tahsil olishlari mumkin.
🟢
Tayyorlov kurslari:
Harbiy qismlarda abituriyentlarni oliygoh imtihonlariga tayyorlovchi maxsus kurslar tashkil etiladi.
🟢
Imtiyozli kredit:
Shartnoma asosida o‘qishga kirgan askarlarga
foizsiz ta’lim kreditlari
ajratiladi.
🟢
Zaxiradagi leytenant unvoni:
OTMga qabul qilingan askarlar harbiy fakultet talabalariga tenglashtiriladi va o‘qishni bitirgach, ularga leytenant unvoni beriladi.
🟢
Imtihonsiz qabul:
Namunali xizmat qilgan, xalqaro sport musobaqalari va fan olimpiadalari g‘oliblari
test sinovlarisiz
o‘qishga qabul qilinadi.
🛠
Kasb-hunar va ishga joylashish:
🟢
"Bitta askar — bitta kasb":
Xizmat davomida 3-6 oylik kurslarda kasb o‘rgatilib, davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
🟢
Xususiy sektor uchun vaucher:
Kasb o‘rganish xarajatlari Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi tomonidan qoplanadi.
🟢
Davlat xizmati uchun +10% ball:
Davlat tashkilotlariga ishga kirishda test sinovlaridan o‘tayotgan yoshlarga qo‘shimcha ball beriladi.
📚
"Ma’naviyat qalqoni" kitobxonlik tanlovi:
Harbiy xizmatchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan ushbu tanlovning respublika bosqichida
4 nafar g‘olibga
Oliy Bosh Qo‘mondon sovrini —
zamonaviy elektromobil
sovg‘a qilinadi!
✈️
Obuna bo’ling
➡️
@
OTM_Minbari

April 24, 14:30
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

⚡️
2025-YILGI O‘TISH BALLARI E’LON QILINDI!
Bilimni baholash agentligi tomonidan
2025-yilgi o‘tish ballari
e’lon qilindi. Endi siz o‘zingizga mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha
o‘tish ballari
bilan tanishishingiz mumkin.
😳
Eng qiziq ma’lumot:
o‘tgan yili
57 ball
bilan ham ko‘plab yo‘nalishlarga
o'qishga kirish
imkoni bo‘lgan.
Hoziroq maxsus mandat-botdagi ma’lumotlardan foydalanib, o‘zingizga mos ta’lim yo‘nalishini tanlang
👇
📲
@mandatjavobbot
orqali:
🔴
O‘tgan yilgi o‘tish ballari
🔴
2025-yil fanlar majmuasi
🔴
Barcha yo‘nalishlar va OTMlar ro‘yxati
🔴
Eng past ball bilan kirish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar
🎯
Eng asosiysi — siz kiritgan ballga mos universitetlar ro‘yxati!
Barchasi bitta botda!
Foydalanish oson — hoziroq sinab ko‘ring
👇
👉
@mandatjavobbot
👉
@mandatjavobbot
👉
@mandatjavobbot

April 24, 11:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

📌
Qanday holatlarda oliygoh talabani o‘qishdan chetlashtirishi mumkin?
Hukumatning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori 49-bandiga ko‘ra, ayrim holatlar talabani oliy taʼlim tashkilotidan chetlashtirishga asos boʻladi.
Bunga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:
– oʻz xohishiga koʻra;
– oʻqishining boshqa taʼlim tashkilotiga koʻchirilishi;
– oliy taʼlim tashkilotining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzgani;
– bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirgani (salomatligi sababli belgilangan shakldagi tibbiy maʼlumotnoma taqdim etilgan holat bundan mustasno);
– oʻqish uchun belgilangan toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmagani (toʻlov-kontrakt boʻyicha tahsil olayotganlar uchun);
– talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilgani;
– sud qaroriga koʻra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzgani aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi)
;
– kursda qoldirilgan talaba oʻqishini davom ettirish boʻyicha belgilangan muddatlarda murojaat qilmaganda;
– talaba abituriyent sifatida oliy taʼlim tashkiloti qabul komissiyasiga taqdim etgan (topshirgan) hujjatlarining qalbakiligi yoki belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlansa;
– vafot etgani.
Shuningdek, harbiy xizmatni oʻtash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tugʻish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish taʼtillari davrida hamda oilasining betob aʼzosini (otasi, onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, turmush oʻrtogʻi, farzandi) parvarish qilish uchun talabaga belgilangan tartibda akademik taʼtil berilishi mumkin.
✈️
Obuna bo’ling
➡️
@OTM_Minbari

April 24, 10:53
Media unavailable
1
Show in Telegram

🔥
RUS TILI SHOSHILING
📚
Rus tili kursi – imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
🔹
Haftada 3 kun
Dushanba, Chorshanba, Juma
🔹
1 soatdan
🔹
3 oyga mo‘ljallangan to‘liq dastur
🔹
Online darslar – Telegramda jonli ovozli chat orqali
Kurs davomida:

Yangi lug‘atlar beriladi

Uyga vazifalar berilib, tekshiriladi

Doimiy nazorat va tushuntirish

Natijaga yo‘naltirilgan darslar
💰
Narxi:
150.000
emas atigi
99 000 so‘m
Til bilish – bu yangi imkoniyatlar eshigi!
📩
Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
👉
@Diamond_education_admin

April 24, 05:07
Media unavailable
1
Show in Telegram

📌
Bitiruvchi talabalar diqqatiga: Diplom rasmiylashtirishning yangi tartibi!
HEMIS tizimining yangi versiyasida bitiruvchi talabalarning diplomlarini tayyorlash va bitirish buyruqlarini rasmiylashtirish jarayoni to‘liq raqamlashtirildi.
Endilikda jarayon quyidagi
4 ta bosqichda
amalga oshiriladi:
1️⃣
Talabaning o‘quv rejasidagi barcha fanlarni
to‘liq o‘zlashtirgani
tekshiriladi va universitet akkreditatsiyasi tasdiqlanadi;
2️⃣
Har bir talaba uchun
diplom anketasi
yaratiladi. Diplomning elektron
PDF variantlari
shakllantirilib, ma’lumotlar to‘g‘riligi qayta tekshiriladi;
3️⃣
Talabalarning o‘qishni bitirishi bo‘yicha
buyruq rasmiylashtiriladi
va tizimda talaba avtomatik ravishda
Bitirgan
statusiga o‘tkaziladi;
4️⃣
Diplomlar tasdiqlanadi,
nashr parametri
faollashtiriladi hamda diplomlar yagona davlat
reyestriga
kiritiladi.
‼️
Muhim:
Tizimda “
O‘qishga qaytarish”
funksiyasidan foydalanish to‘xtatiladi. Shuning uchun barcha ma’lumotlar buyruq rasmiylashtirilgunga qadar sinchiklab tekshirilishi shart!
Eslatma,
bitiruvchi talabalar o‘z shaxsiy ma’lumotlari (ism-sharifi, pasport ma’lumotlari) HEMIS tizimida to‘g‘ri kiritilganini yana bir bor tekshirib olishlari tavsiya etiladi.
✈️
Obuna bo’ling
➡️
@
OTM_Minbari

April 24, 04:46
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

📌
Qo‘qon universiteti Andijon filiali direktori — yilning eng faol rahbari deb topildi.
Respublikadagi davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini baholash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida
2024/2025-o‘quv yili yakuni bo‘yicha
, “
@OTM_Minbari
” ijtimoiy loyihasi tashabbusi bilan
17-fevraldan 2-martgacha
davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan
“Yilning eng faol rektori va direktori – 2026” ko‘rik-tanlovi
tashkil etildi.
To‘liq jamoatchilik fikriga asoslangan ushbu tanlovda
“Qo‘qon universiteti Andijon filiali direktori” (KUAF)
22 222 ta ovoz bilan g‘olib bo‘lib,
faxrli 1-o‘rinni egalladi
.
Eslatib o‘tish joizki,
Qo‘qon universiteti Andijon filiali abituriyentlarda eng katta qiziqish uyg‘otayotgan nodavlat universitetlardan biri sifatida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Avval e’lon qilganimizdek,
eng yuqori natija ko‘rsatgan oliygoh rektoriga “
@OTM_Minbari
” jamoasi shaxsan tashrif buyurib,
diplom hamda qimmatbaho sovg‘alarni tantanali ravishda topshirdi.
Universitet jamoasiga kelgusida ham eng yuqori marralarni zabt etishda
muvaffaqiyat tilaymiz!
Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash joizki,
Qo‘qon universiteti Andijon filiali Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taqdim
etil
gan litsenziya
asosida
kunduzgi va masofaviy ta’lim shaklida
14 ta bakalavriat va 1 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha
ta’lim berib kelmoqda.
😂
😂
😂
😂
😂
✈️
Obuna bo’ling
➡️
@
OTM_Minbari

April 23, 16:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

📌
Bitiruvchi talabalar diqqatiga: Diplom rasmiylashtirishning yangi tartibi!
HEMIS tizimining yangi versiyasida bitiruvchi talabalarning diplomlarini tayyorlash va bitirish buyruqlarini rasmiylashtirish jarayoni to‘liq raqamlashtirildi.
Endilikda jarayon quyidagi
4 ta bosqichda
amalga oshiriladi:
1️⃣
Talabaning o‘quv rejasidagi barcha fanlarni
to‘liq o‘zlashtirgani
tekshiriladi va universitet akkreditatsiyasi tasdiqlanadi;
2️⃣
Har bir talaba uchun
diplom anketasi
yaratiladi. Diplomning elektron
PDF variantlari
shakllantirilib, ma’lumotlar to‘g‘riligi qayta tekshiriladi;
3️⃣
Talabalarning o‘qishni bitirishi bo‘yicha
buyruq rasmiylashtiriladi
va tizimda talaba avtomatik ravishda
Bitirgan
statusiga o‘tkaziladi;
4️⃣
Diplomlar tasdiqlanadi,
nashr parametri
faollashtiriladi hamda diplomlar yagona davlat
reyestriga
kiritiladi.
‼️
Muhim:
Tizimda “
O‘qishga qaytarish”
funksiyasidan foydalanish to‘xtatiladi. Shuning uchun barcha ma’lumotlar buyruq rasmiylashtirilgunga qadar sinchiklab tekshirilishi shart!
Eslatma,
bitiruvchi talabalar o‘z shaxsiy ma’lumotlari (ism-sharifi, pasport ma’lumotlari) HEMIS tizimida to‘g‘ri kiritilganini yana bir bor tekshirib olishlari tavsiya etiladi.
✈️
Obuna bo’ling
➡️
@
OTM_Minbari

April 23, 15:07
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

📌
Ta’lim va amaliyot uyg‘unligi: “Art Engineering 2026” misolida
Kimyo International university in Tashkentda o‘tkazilgan Art Engineering 2026 ko‘rgazmasi oliy ta’lim tizimiga qo‘yilayotgan asosiy talab — bilimni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish — amalda bajarilayotganini yaqqol ko‘rsatdi.
Ko‘rgazmaning ochilish marosimida
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Avezimbetovich Sharipov ishtirok etib,
ta’lim jarayonida yaratilayotgan bunday amaliy loyihalarning ahamiyatini alohida ta’kidladi.
Ekspozitsiyada muhandis yo‘nalishi talabalari tomonidan ishlab chiqilgan ishlanmalar taqdim etildi.
✈️
Obuna bo’ling
➡️
@
OTM_Minbari

April 23, 11:29
Media unavailable
1
Show in Telegram

📌
O'qishni
ko'chirish jarayonlari boshlanishiga ham oz qoldi.
Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi:
➡️
transfer.edu.uz
— davlat oliygohining biridan boshqasiga;
➡️
my.uzbmb.uz
— xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga.
Arizalar qachon beriladi?
1️⃣
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha beriladi.
2️⃣
Arizalar har yili 5-avgustdan 30-avgustga ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:
👰‍♀️
Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
👨🏿‍✈️
Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.
O‘qishini ko‘chirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
1️⃣
ko‘chirishni istagan ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;
2️⃣
reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxalari;
3️⃣
ichki perevod bo'lsa asoslantiruvchi hujjat;
4️⃣
pasport yoki ID nusxasi.
Quyidagi holatlarda o‘qishni ko‘chirish arizalari rad etilishi mumkin:
1️⃣
akkreditasiyaga ega bo‘lmagan xorijiy OTMda yoki ularning filiallarida o‘qiganlar;
2️⃣
mavjud ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shaklida o‘qiganlarga;
OTMning markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarga;
3️⃣
1-kurs 1-semestrni tugatmasdan o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lganlar;
4️⃣
OTMda mos ta’lim yo‘nalishi yoki shakli bo‘lmaganida, fanlar bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda;
5️⃣
kontrakt asosida o‘qiyotganlar to‘lovni o‘z muddatida to‘lamaganda;
6️⃣
talabaning shaxsiy yig‘ma jildi o‘z muddatida berilmaganida;
grant bilan ko‘chirish uchun bo‘sh o‘rinlar bo‘lmaganida;
7️⃣
OTM moddiy-texnika bazasi imkoniyati cheklanganda;
maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishiga, boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘rirmoqchi bo‘lganda;
8️⃣
kechki ta’limdan sirtqi ta’limga hamda kechki ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga;
9️⃣
sirtqi ta’limdan kunduzgi ta’limga hamda sirtqi ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga;
1️⃣
0️⃣
bir ta’lim shaklidan maxsus sirtqi ta’lim shakliga hamda maxsus sirtqi ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shakliga;
1️⃣
1️⃣
talaba O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinib qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo‘lsa.
➡️
Grant asosida o‘qishni ko‘chirish uchun faqat grantda o‘qiyotgan talabalar ariza berishi mumkin hamda ariza berilgan OTMning joriy yildagi qabul qvotasida grant o‘rinlar mavjud bo‘lishi kerak.
➡️
Ko‘zi ojizlar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ajratilgan kvotada grant asosida o‘qiyotganlar o‘qishi granti asosida ko‘chiriladi.
➡️
Xorijiy OTMdan o‘qishni O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirmoqchi bo‘lganlar maxsus sinov (test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida) topshiradi.
✈️
Obuna bo’ling
➡️
@
OTM_Minbari

April 23, 11:28
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Yoshlar_kuni
🏫
Universitetimizda
Ichki Ishlar Boshqarmasi boshlig‘ining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, mayor Barnoxon Mirzayeva
ishtirokida tibbiyot fakulteti talaba qizlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
📌
🔵
Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — xotin-qizlar o‘rtasida turli xil jinoyatlarning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish hamda talaba-qizlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishdan iborat bo‘ldi.

🔵
Uchrashuv davomida talaba-qizlarga jamiyatda uchrashi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar, ularning oldini olish yo‘llari, shuningdek, o‘z huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ochiq muloqot tarzida savol-javoblar tashkil etilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javoblar berildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlar, ayniqsa, talaba-qizlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
⚡️
😎
kuaf_edu
|
😎
kuaf_uz
|
😎
kuafuz
😎
Kuaf Uz
|
🌐
kuaf.uz
🖊
qabul.kuaf.uz
|
📱
my.kuaf.uz