Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Press_Secretary_Uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibining rasmiy kanali
Facebook:
facebook.com/PressSecretaryUZ
Instagram:
instagram.com/press_secretary_uz
Twitter:
https://twitter.com/Sherzod_Asadov

Subscribers
132 000
Post views
119 730
ER
91,4%
Posts
6 382
October 21, 10:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

“Biz 2030-yilga borib,
sun’iy intellekt bo‘yicha “TOP-50” ta davlat qatoriga kirishni
maqsad qilganmiz.
Shu bois, ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib,
“Sun’iy intellekt alyansi”ni
tashkil qilamiz
”,
– deya ta’kidladi Prezidentimiz.
Ushbu alyans tarkibiga sohada samarali faoliyat yuritayotgan
yetakchi kompaniyalar, xorijiy ekspertlar va vatandoshlarimiz, yirik davlat korxonalari, banklar va oliygohlar
kiritiladi.
Alyansning
asosiy vazifalari
yetakchi
xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va akseleratorlar bilan hamkorlikni
kuchaytirish, o‘zimizdagi dasturlar bo‘yicha media-kontentni yaratib,
xalqaro PR kampaniyalarni
tashkil etish, mahalliy korxonalar va mutaxassislarning
xalqaro ko‘rgazma, forum va konferensiyalardagi ishtirokini tashkil etishdan
iborat bo‘ladi.
Yig‘ilishda hudud va tarmoqlar rahbarlari hisobot berdi, sohadagi startaplar asoschilari va informatika o‘qituvchilarining fikrlari tinglandi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 21, 09:55
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezident soha uchun yiliga 2 ming nafar mutaxassis tayyorlayotgan
oliygohlarning birortasida sun’iy intellekt laboratoriyasi yo‘qligiga
e’tibor qaratdi.
Keyingi o‘quv yiliga qadar
10 ta oliy ta’lim muassasasini zamonaviy laboratoriya bilan jihozlash
reja qilingan. Shu bilan birga, banklarning bittadan oliygohda, jami
9 ta shunday laboratoriya tashkil qilish tashabbusi
ma’qullandi.
“Yangi O‘zbekiston” universitetida
“tarmoq – oliygoh – hamkor” tamoyilida ishlaydigan “sun’iy intellekt klasteri”
ishga tushiriladi. Keyingi o‘quv yilidan “TOP-300” talikka kirgan universitetlar bilan hamkorlikda
sun’iy intellekt bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi
yo‘lga qo‘yiladi.
Oliygohlarda
sun’iy intellekt, fintex, kiberxavfsizlik, IT muhandislik, aerokosmik va bulutli texnologiyalar
kabi yo‘nalishlar uchun
davlat granti kvotalari 35 foizga oshiriladi.
Talabalarning sun’iy intellektga qiziqishini oshirish maqsadida
oliygoh jamoalari o‘rtasida sun’iy intellekt bo‘yicha umummilliy tanlov
o‘tkaziladi.
Qulay ekotizim yaratilgani uchun yil boshidan
mahalliy startaplarga rekord miqdorda –
264 million dollar sarmoya
kiritildi. Lekin bunda
sun’iy intellekt sohasidagi startaplar ulushi hali kamligi
aytildi.
Shu bois, bunday startaplarni ko‘paytirish maqsadida
mukofot jamg‘armasi 1 million dollar bo‘lgan “Sun’iy intellekt sohasidagi eng yaxshi startap” tanlovini o‘tkazish
taklif qilindi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 21, 09:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

“Sun’iy intellektni rivojlantirish faqat zamonaviy infratuzilma va algoritmlarga emas, balki
malakali kadrlarga ham bog‘liq
. Bu sohaning asosi –
matematika va informatika
. Shu bois,
kadrlar tayyorlashni, eng avvalo, maktabdan boshlash kerak
”,
– dedi Prezident.
Keyingi o‘quv yilidan
“Informatika” fani o‘quv dasturlariga sun’iy intellektga oid mavzular
kiritiladi. Buning uchun
Massachusets texnologiyalar instituti bilan hamkorlikda maxsus darslik
ishlab chiqiladi.
“Yangi O‘zbekiston” universitetida
sun’iy intellekt bo‘yicha bu yil
100 nafar, keyingi yil 1 ming 300 nafar trener-o‘qituvchi
tayyorlanadi. Ular esa kaskad tartibida
maktab va oliygohlardagi informatika o‘qituvchilarini
o‘qitadi. Har yili
eng yaxshi 100 nafar informatika o‘qituvchisi
xuddi vazirlik va hokimliklarning salohiyatli mutaxassislari kabi
sun’iy intellekt rivojlangan davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.
“Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida
“Bir million sun’iy intellekt yetakchisi” loyihasi
ham boshlandi. Bu yil
100 ming
, kelasi yil
kamida 500 ming yoshlar
o‘qitiladi.
Loyiha bilan
maktab o‘quvchilarini ham qamrab olish
muhimligi ta’kidlandi. Bundan buyon har yili
sun’iy intellekt bo‘yicha milliy tanlov
o‘tkazilib,
eng yuqori natija ko‘rsatgan yoshlar, ularning ustozlari va ta’lim tashkilotlari munosib rag‘batlantiriladi.
Bunda
500 nafar yoshlar – noutbuk, 100 nafar o‘qituvchi – 1 ming dollardan mukofot, 2 ta ta’lim tashkiloti – elektromobil
bilan taqdirlanadi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 21, 09:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bugun
o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil bo‘ldi.
Prezidentimiz fursatdan foydalanib,
butun O‘zbekiston xalqini ushbu bayram bilan samimiy tabrikladi.

Bir narsani bilinglar –
sun’iy intellekt dasturlari samarali ishlashi uchun ular, avvalo, o‘zbek tilini mukammal darajada tushunishi zarur
”,
– dedi davlat rahbari.
Lekin o‘zbek tilidagi
adabiyotlar, ma’lumotlar, maqolalar, hisobotlar, ilmiy ishlarning aksariyati raqamlashmagani
, elektron shaklga o‘tkazilganlari ham
har xil manbalarda saqlanayotgani
ko‘rsatib o‘tildi.
Vazirlar Mahkamasiga
barcha vazirlik va idoralarning o‘zidagi ma’lumotlarni elektron formatga o‘tkazish grafigini
tasdiqlatish, Raqamli texnologiyalar vazirligiga esa
sun’iy intellekt milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizni o‘zida ifodalay olishi uchun “O‘zbek tili korpusi”ni yaratish
topshirildi.
2026-yil yakuniga qadar
katta hajmdagi raqamli ma’lumotlarni
bir joyga jamlab, ularni
qayta ishlash, tahlil qilish, foydalanish imkonini beradigan “Data Lake” platformasini
ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 21, 09:30
Media unavailable
1
Show in Telegram

So‘nggi yillarda barcha vazirlik va idoralarda
ish jarayonlari va ma’lumotlarni raqamlashtirish
bo‘yicha ancha ish qilindi.
Raqamli hukumat platformasi
orqali davlat organlari o‘rtasida
inson omilisiz ma’lumotlarning almashinuvi
yo‘lga qo‘yildi.
Startaplarga
o‘zining dasturiy mahsulotini
Raqamli hukumat platformasiga integratsiya qilib, undagi ma’lumotlardan foydalanishga
ruxsat berildi.
Lekin
sun’iy intellektni jadal rivojlantirish uchun bularning o‘zi yetarli emasligi
ko‘rsatib o‘tildi.
Vazirlik va idoralardagi
ma’lumotlar har xil serverlarda tarqoq saqlanayotgani, ularning formatlari turlicha bo‘lgani
uchun ham ishlar sust ketyapti.
Shu bois, yil yakuniga qadar
vazirlik va idoralardagi 55 ta, kelasi yil qolgan barcha ma’lumotlar bazalarini Elektron hukumat yagona data-markaziga o‘tkazish
topshirildi. Bundan buyon
vazirlik va idoralar ma’lumotlarni o‘z serverlarida saqlashiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 21, 09:20
Media unavailable
1
Show in Telegram

“Bir narsani tushunish kerak: tarmoq va hududlarda
sun’iy intellekt infratuzilmasiga oshib borayotgan talabni faqat davlat hisobidan qoplab bo‘lmaydi

,
– dedi Prezident.
Bugun start berilgan "IT-Park" loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida
Saudiyaning “Data Volt” kompaniyasi
bilan
150 million dollar hisobiga 12 megavattli data-markaz
ishga tushiriladi. Keyingi bosqichda
yana 3 milliard dollar
sarmoya hisobiga
quvvatlar 500 megavattga olib chiqiladi.
Umuman,
investorlar uchun yanada jozibador muhit yaratib, zamonaviy super-kompyuter klasterlari va data-markazlarni ko‘paytirish
zarurligi qayd etildi.
Bunday markazlar
xarajatining 70 foizi elektr energiyasiga to‘g‘ri kelgani uchun
investorlar
jozibador elektr tariflari
masalasini ko‘targan.
Bu boradagi ishlar
Qoraqalpog‘istondan boshlanishi
belgilandi.
Sun’iy intellekt infratuzilmasiga 100 million dollardan ko‘p sarmoya kiritgan
investorlarga
elektr energiyasi narxi 5 sent
etib belgilanadi,
IT-park imtiyozlari
tatbiq etiladi,
import uskunalari bojxona to‘lovidan ozod etiladi.

Bu sohada katta sakrash qilish bilan birga,
Qoraqalpog‘iston iqtisodiyoti rivojiga
ham munosib hissa qo‘shadi
”,
– dedi davlatimiz rahbari.
Shu bilan birga,
olis hududlarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash
uchun keyingi yildan
yo‘ldoshli internet operatorlarining faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
. Ular
5 yilga yer, mol-mulk, foyda va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 21, 09:10
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimiz dunyoda sun’iy intellektga talab ortib borayotgan hozirgi davrda raqobatdosh bo‘lish uchun
3 ta eng asosiy masala – infratuzilma, ochiq ma’lumotlar va kadrlar tayyorlashga e’tiborni kuchaytirish
zarurligini qayd etdi.
Sakkiz yilda
300 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari
qurildi,
aholi punktlarining 99 foizi mobil aloqa bilan qamrab olindi
. Katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va saqlash uchun
7 ta data-markaz
ishga tushirildi.
Keyingi yil
sog‘liqni saqlash, energetika, bank-moliya, bojxona-soliq, transport, tog‘-kon va qishloq xo‘jaligi
sohalarida
sun’iy intellekt bo‘yicha 100 ta loyiha
rejalashtirilgan.
Bularni amalga oshirish uchun
shunga mos quvvatlar, zamonaviy super-kompyuterlar
kerak. Lekin hozirgi mavjud quvvatlar
faqat kichik loyihalarni ishga tushirish
uchun yetadi.
Oqibatda tadbirkorlar o‘z loyihasi uchun
chet eldagi infratuzilmadan foydalanib, bunga millionlab dollar sarflayapti.
Shu bois, joriy yil
16 ta super-kompyuter
sotib olish uchun
50 million dollar
ajratildi. Keyingi yil bu mablag‘
2 karra oshirilishi
e’lon qilindi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 21, 09:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

Endilikda vazirlar va tarmoq rahbarlarining
raqamlashtirishga mas’ul o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida sohada sun’iy intellektni rivojlantirishga ham javobgar bo‘lishi
belgilandi.
Shahar va tumanlarda ham
hokimlarning raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchisi
lavozimi kiritiladi.
Barcha vazirlik va hokimliklarga o‘z tuzilmasida
sun’iy intellektni rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan alohida bo‘linma
tashkil qilish va ularning oldiga, eng avvalo,
ish samaradorligi va xizmat sifatini oshirish, ortiqcha xarajat, “yashirin” iqtisodiyot va byurokratiyani qisqartirish kabi masalalarga sun’iy intellekt orqali yechim topish
bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berish topshirildi.
Yuqori ko‘rsatkichga erishgan, xorijiy til biladigan, texnologik bilimi kuchli
100 nafar mutaxassis AQSH, Yevropa, Singapur, Yaponiya kabi davlatlarga olti oylik kurslarga
yuboriladi.
Kelgusi yildan
vazirlik va hududlarda sun’iy intellektni joriy etish holatini baholaydigan reyting tizimi
ishga tushiriladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 21, 08:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

Yig‘ilishda
hududlarda ham yaxshi misollar borligi
qayd etildi.
Masalan,
Urganch shahrida
sun’iy intellekt asosida
“Aqlli shahar tizimi”
ishga tushirildi.
Situatsion markaz tashkil qilinib,
elektr, gaz, suv, issiqlik ta’minoti, boshqaruv-servis kompaniyalari, transport, yo‘l, obodonlashtirish, chiqindi korxonalari yagona tizimga ulangan.
Har bir yo‘nalishdan
kelib tushayotgan murojaatlarni sun’iy intellekt asosida tahlil qilib, tezkor kompleks yechim berish
yo‘lga qo‘yilgan. Bularning hisobidan
yiliga 16 milliard so‘m tejalmoqda.
Viloyat markazlari va poytaxt tumanlarining
barcha hokimlariga Urganchdagi yangi tajribani o‘rganib, yil yakunigacha o‘zida joriy qilish
topshirildi.
Boshqa vazirlik va idoralar rahbarlariga ham sohaning ichiga kirib,
sun’iy intellektni joriy qilish bo‘yicha imkoniyatlarni ishga solish
yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 21, 08:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

2030-yilda
sun’iy intellektga asoslangan xizmatlar hajmini 1,5 milliard dollarga yetkazish
reja qilingan edi. Lekin xorijiy ekspertlar
O‘zbekistonning salohiyatini 10 milliard dollarga
baholamoqda.
Buning uchun
Raqamli texnologiyalar vazirligi
yanada ko‘p ishlashi,
vazirlar, hokimlar, tarmoq rahbarlari
esa
haftada bir kunini shu sohani rivojlantirishga ajratishi shartligi
ko‘rsatib o‘tildi.
“Hamma vazirlar, hokimlar chet elga borganida
sun’iy intellekt iqtisodiyot tarmoqlari rivojiga qanday hissa qo‘shayotgani, aholiga, biznesga nima yengillik berayotganini
ko‘ryapti. Bizda ham shuni qilsa bo‘ladimi? Albatta, bo‘ladi”,
– dedi Prezident.
Masalan, tarmoqlardagi ko‘plab
korxonalar biznes jarayonlarini raqamlashtirib, xarajatlarini 10 foizgacha kamaytirayotgani
qayd etildi.
Sun’iy intellekt ham joriy etilsa, samaradorlik yanada oshishi
ta’kidlandi.
Adliya, soliq idoralari sun’iy intellekt yordamida
24/7 rejimida onlayn maslahat tizimini
ishga tushirdi. Bojxona qo‘mitasi
sun’iy intellekt orqali xavfni boshqarish tizimini
yo‘lga qo‘ydi. Geologiyada ham
sun’iy intellekt yordamida videotahlil tizimini
yo‘lga qo‘yib,
rudadan olinadigan metall hajmini 1-2 foizga oshirish
bo‘yicha loyiha tayyorlanmoqda. Bu birgina mis qazib olishning o‘zidan
yiliga 20 million dollar qo‘shimcha daromad
keltiradi.
Facebook
|
Instagram
|
X