
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Haftaning eng muhim voqealari sharhi: So‘nggi to‘qqiz yilda farmatsevtikaga 1,8 milliard dollar investitsiya kiritildi. Davlatimiz rahbari ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini tasdiqladi. Ko‘ksaroy qarorgohida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
—
Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Sońǵı toǵız jılda farmacevtikaǵa 1,8 milliard dollar investiciya kirgizildi. Mámleketimiz basshısı hayal-qızlar hám balalardıń huqıqların qorǵaw sistemasın jetilistiriw ilajların tastıyıqladı. Kóksaray rezidenciyasında Xalıqaralıq hayal-qızlar kúnine baǵıshlanǵan saltanatlı ilaj bolıp ótti.
—
Обзор важнейших событий за неделю: За последние девять лет в фармацевтику инвестировано 1,8 миллиарда долларов. Глава государства утвердил меры по совершенствованию системы защиты прав женщин и детей. В резиденции «Куксарой» состоялось торжественное мероприятие, посвященное Международному женскому дню.
—
Weekly review of the most important events: Over the past nine years, $1.8 billion has been invested in the pharmaceutical sector. The Head of State has approved measures aimed at improving the system for the protection of the rights of women and children. A solemn ceremony dedicated to International Women’s Day was held at the Kuksaroy Residence.
Facebook
|
Instagram
|
X
“Menimcha” teleloyihasi
ning ushbu sonida Oʻzbekiston rahbarining Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirdagi ishtiroki va Prezidentimizning ayollarga boʻlgan cheksiz ehtiromi mavzulari tahlil qilinadi.
Ko‘rsatuvni bugun,
7-mart
kuni soat
20:10 da
“O‘zbekiston 24” telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.
Ertaga,
8-mart
kuni soat
17:20 da
takroran namoyish etiladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Bayram arafasida Prezident farmoni bilan yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan
ayollarimizdan bir guruhi davlatimizning yuksak unvon, orden va medallariga
, o‘qish va ijodda, ilm-fan, sport va jamoat ishlarida faol bo‘lib kelayotgan
qizlarning yana 28 nafari Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga
sazovor bo‘ldi.
Tadbirda
ushbu mukofotlar egalariga tantanali ravishda topshirildi.
“Mashaqqatli, halol mehnatimiz bilan butun
dunyoning e’tirofi va hurmatiga
sazovor bo‘lmoqdamiz. Eng muhimi,
har bir soha va tarmoqda Yangi O‘zbekiston maktabi shakllanmoqda.
Biz uchun
bugungi o‘ta og‘ir va murakkab zamonda
oldimizga qo‘ygan
ulkan marralarni egallashda
yanada birlashib, hamjihat bo‘lib mehnat qilish har qachongidan ham muhim
vazifadir.
Yangi O‘zbekistonning ayollari hayotdan rozi bo‘lib, baxtli-saodatli yashaydigan mamlakatga aylantirish – mening eng katta niyatim.
Ishonchim komil, sizdek
fidoyi, shijoatli, mehnatkash ayollarimiz, butun xalqimiz bilan birga ezgu maqsadlarimizga albatta erishamiz!
”,
– dedi Prezidentimiz so‘zining yakunida.
Facebook
|
Instagram
|
X
“
Bugun Y
angi O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil kirib bormoqda.
Biz o‘z oldimizga, avvalo, i
nson baxti, inson qadri uchun xizmat qiladigan ulkan maqsadlarni
qo‘yganmiz. Chunki
inson baxti oiladan boshlanadi, oila esa ayol bilan mustahkam.
Kelajak avlod ana shu muqaddas makonda kamolga yetadi!
Hech shubhasiz, bu borada
qizlarimizning ma’naviy tarbiyasi hal qiluvchi o‘rin tutadi
”,
– dedi Prezidentimiz.
Mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas fazilatlar
qizlarimiz qalbiga
buvijonlarning nasihat va o‘gitlari bilan kirishi,
bunday oilada tarbiya olgan qizlarimiz
yurish-turishi, odob-axloqi va hayotga munosabati bilan tengdoshlariga namuna bo‘lib kelgani
ta’kidlandi.
Bugungi sharoitda ana shu
tarbiya maktabiga ehtiyoj har qachongidan ham dolzarb bo‘lib turgani
qayd etildi.
Davlatimiz rahbari
dunyodagi vaziyat tahlikali bo‘lib borayotgan bir paytda
yurtimizdagi
tinchlik va osoyishtalik ulug‘ ne’matligini yanada chuqur his etish, uni asrash har birimizning muqaddas burchimiz ekanin
i ta’kidladi.
Mana shunday sharoitda
duogo‘y buvijonlarimiz, mo‘tabar onaxonlarimiz oilalarda bu ne’matning qadriga yetish, uni asrab-avaylash va farzandlar, nabiralarga shukronalik tuyg‘usini singdirishda namuna bo‘lishlariga
ishonch bildirildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
“
Ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi murosasiz muhit yaratish – biz uchun strategik vazifa.
Shu haftada yana bir muhim farmonni imzoladim. Endi
xotin-qizlar va bolalarga nisbatan har qanday zo‘ravonlik va tazyiq holatlariga qarshi qat’iy tizim asosida kurash olib boramiz
”
,
– dedi Prezidentimiz.
Turli sabablarga ko‘ra bilib-bilmay jinoyatga qo‘l urgan ayollar ham shu yurtning fuqarolari ekani
ta’kidlandi. Ularni
ijtimoiy hayotga qaytarish, jamiyatning to‘laqonli a’zosiga aylantirish
to‘g‘risida ham jiddiy o‘ylash kerakligi qayd etildi.
Jazoni ijro etish muassasalarida
jazoni o‘tayotgan ayollarning ko‘pchiligi o‘rta ma’lumotli, kasbi yoki hunari yo‘q
. Ayrimlari
oliy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan.
Shu bois, bunday xotin-qizlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha
“Yangi hayot” dasturi
boshlanadi. Ular
3-6 oy kasb dasturlarida o‘qitilib, sertifikat oladi.
Shuningdek,
mahkumalarga muassasalarning o‘zida imtihon topshirib, oliygohlarga kirish va masofaviy o‘qish imkoniyati
yaratib beriladi. Kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganlarga
jazoni o‘tab, ishga joylashgandan keyin qaytarish sharti bilan foizsiz ssuda
ajratiladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Bugun
oliygohda o‘qiyotgan qizlarning soni 904 mingdan
oshib, jami
talabalarning 54 foizini
tashkil etmoqda. O‘tgan yili
60 nafar qizimiz dunyodagi eng nufuzli oliygohlarga o‘qishga kirgan.
Stajyor-tadqiqotchilar va doktoranturada
tahsil olayotganlarning 8,5 ming nafari, ya’ni
61 foizini xotin-qizlar tashkil etayotgani
ham e’tiborlidir.
Prezidentimiz Kegeyli tumanidan
Indira Satniyazova
, buxorolik
Vazira Fayzullayeva
, navoiylik
Mashhura Qudratovaning xalqaro fan olimpiadalarida erishgan yutuqlari,
bir qator xalqaro startap tanlovlari g‘olibi buvaydalik
Dilafruz Jo‘raboyevaning nufuzli “Microsoft” kompaniyasining O‘zbekistondagi elchisi sifatida tan olinganini
alohida e’tirof etdi.
Yangi o‘quv yilidan boshlab
ehtiyojmand oilalardagi ayollar uchun davlat granti kvotasi 2 karra oshirilib, 4 mingga yetkazilishi
belgilandi.
Top 300 talikdagi oliygohlar
bilan qo‘shma ta’lim asosida
magistratura bosqichida ta’lim olayotgan talaba-qizlarning kontrakt pullari ham davlat tomonidan to‘lab beriladi.
Endilikda har yili
xotin-qizlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun
kamida
10 ta yo‘nalish bo‘yicha startap tanlovlari
o‘tkaziladi. Bunda har bir yo‘nalish g‘olibiga Innovatsiya jamg‘armasidan
500 million so‘mgacha grant
beriladi.
Maktabning 11-sinfini bitirib,
davlat texnikumlariga kirgan qizlarni kasbga o‘qitish to‘liq davlat granti asosida bo‘ladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Joriy yilda
166 ming xotin-qiz zamonaviy kasb va tadbirkorlikka
, yana
100 ming nafari esa axborot texnologiyalari sohasiga
o‘qitiladi.
Shuningdek, xotin-qizlar
o‘z uyida tadbirkorlik qilishi uchun “Daromadli ayol” dasturi
boshlanadi.
Bu orqali lider tadbirkorlar ko‘magida
kasanachilik, hunarmandchilik, parrandachilik, asalarichilik va tomorqachilik
yo‘nalishlarida
50 ming ayolning bandligi
ta’minlanadi. Bundan tashqari,
“Hamroh” dasturi
doirasida
xotin-qizlarning 3 mingta loyihasiga jami 1 trillion so‘m
ajratiladi.
Umuman, joriy yilda
1,5 million ayolni daromadli qilish
, shundan
400 ming nafarini biznesga jalb etish
bo‘yicha katta marra olingan. Ushbu maqsadlar uchun
25 trillion so‘mdan ziyod
resurs yo‘naltiriladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezidentimiz turli sohalardagi mehnati, iste’dodi va aql-zakovati bilan
Yangi O‘zbekistonni barpo etishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan ayollarimizga,
xalqaro maydonlarda Vatanimizni dunyoga tarannum etayotgan qizlarimizga,
ularning
ota-onalari, ustoz va murabbiylariga samimiy minnatdorchilik
bildirdi.
Ayollarni
ishli va daromadli qilish masalasi
hamisha e’tibor markazida.
O‘tgan yili
xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb etish
maqsadida
23,5 trillion so‘m
kredit yo‘naltirildi. Buning hisobidan
425 mingdan ortiq opa-singillarimiz tadbirkorlikka jalb qilindi.
Misol uchun, to‘qimachilik sohasida
300 nafar ayollarni band qilgan yangiariqlik Nargiza Bekmuratova
o‘tgan yili
ikkinchi fabrikani
ochib,
yana 100 ta ish o‘rni
yaratdi. Ushbu ishbilarmon qizimiz 2025-yilda Anqara shahrida o‘tkazilgan xalqaro tanlovda
“Xotin-qizlar uchun eng ko‘p ish o‘rni yaratgan tadbirkor ayol” nominatsiyasining
g‘olibi bo‘ldi.
“
Men bunday serg‘ayrat qizlarimizni
Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari deb bilaman
. Ularni
har qancha qo‘llab-quvvatlashga tayyorman
”,
– dedi Prezidentimiz.
Facebook
|
Instagram
|
X
Yurtimizda
xotin-qizlarning huquq va manfaatini ta’minlash, muammolarini hal qilish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim
yaratilgani ta’kidlandi.
Barcha qonun, farmon va qarorlarni qabul qilishda
gender masalasi bo‘yicha huquqiy mexanizmlar
joriy etildi. Endi
xotin-qizlarning huquq va manfaatlariga ta’siri baholanmay turib, birorta qonun qabul qilinmaydi.
Yaratilgan keng imkoniyat va sharoitlar hisobiga
230 mingga yaqin tadbirkor ayollar sinfi shakllandi, mirishkor fermer ayollarimiz 12 ming nafardan oshdi.
Ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo‘shayotgan
olimalarimiz 6 ming nafardan oshdi.
O‘tgan yili dunyo arenalarida
shijoatli qizlarimiz 167 ta oltin, 193 ta kumush, 243 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Xotin-qizlarimiz hayotidagi ana shunday katta o‘zgarishlar
dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston
Parlamentlararo ittifoqning “Parlamentdagi ayollar” reytingida 92 pog‘ona
yuqorilab,
36-o‘rinni
egalladi.
“Gender tenglik va boshqaruv” indeksida 103-o‘rindan 52-o‘ringa
ko‘tarildi.
Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun” indeksida
esa o‘z pozitsiyasini
43 pog‘onaga yaxshilab, 48-o‘ringa chiqdi.
Facebook
|
Instagram
|
X