Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Samarqand.uz

Samarkandnews_uz

Kanalimizdan olingan har bir material ostida kanalimizga havola berishni unutmang...
Samarqand shahar gazetasi
🌐
www.samarkandnews.uz/
🔍
facebook.com/samarkandnews.uz
http://www.youtube.com/@Samarqand_Gazetasi
#Samarqand
#Samarqandnews
#gazeta

Subscribers
1 120
Post views
137
ER
12,15%
Posts
58 561
October 29, 08:58
Media unavailable
1
Show in Telegram

📹
Samarqand YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyor






⏭️
@Samarkandnews_uz

October 29, 07:58
Media unavailable
2
Show in Telegram

#XDP_34
🟣
Samarqand viloyatida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 34 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi






⏭️
@Samarkandnews_uz

October 29, 06:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

Samarqandda YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyalarning yig‘ilishi boshlandi
Unda tashkilot kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.
Xususan, yoshlar siyosati rivojlanishi, davlatlar, fuqarolik jamiyati va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, barqaror rivojlanish, inklyuzivlik masalalari kun tartibidan o‘rin olgan.
Yig‘ilishni YUNESKO bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi raisi Gayane Umerova ochib berdi va yig‘ilish raisi etib saylandi.
U o‘z so‘zida kengash kun tartibi mazmunan boy ekanini hamda YUNESKO faoliyati uchun muhim yo‘nalishlarni o‘z ichiga olganini ta’kidladi.






⏭️
@Samarkandnews_uz

October 29, 06:48
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Tarixiy_kun
1952-yil 29-oktyabr kuni
O‘zbekistonda
Qo‘riqlash xizmati
faoliyati tashkil etilgan bo‘lib, bugun ushbu xizmat Ichki ishlar vazirligi tizimida alohida Departament sifatida faoliyat yuritmoqda.
Sana munosabati bilan
Qo‘riqlash Departamenti
xodimlarini Qo‘riqlash xizmatining
73 yilligi
bayrami
bilan muborakbod etib, vatanimiz tinchligi va osoishtaligi yo‘lidagi sharafli xizmatlarida omad va zafarlar tilab qolamiz.






⏭️
@Samarkandnews_uz

October 29, 05:58
Media unavailable
1
Show in Telegram

Obuna – 2026
“SAMARQAND” GAZETASIGA OBUNA BO‘LING!
Qadrli hamshaharlar!
Samarqand va samarqandliklar hayotiga oid muhim yangiliklar, tahliliy, tanqidiy maqolalardan, shuningdek, yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonidan, foydali ma’lumotlardan doimiy xabardor bo‘lmoqchimisiz? Unda, “Samarqand” gazetasiga obuna bo‘ling.
Obuna tahririyatning o‘zida ham rasmiylashtiriladi. Tahririyat narxi 583 минг so‘m. Matbuot tarqatuvchi tashkilotlarning obuna narxi 700 000 so‘m (yetkazib berish bilan birga).






⏭️
@Samarkandnews_uz

October 29, 04:58
Media unavailable
1
Show in Telegram

Samarqandda jamoat transportlarining xizmatlari uchun naqd to‘lovdan voz kechiladi
Bu haqda "Samarqandyo‘lovchitrans" davlat muassasasining axborot xizmati ma’lum qildi.
Samarqand shahrida yo‘lovchi transportida to‘liq naqd pulsiz to‘lov tizimiga o‘tish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilyapti. Ushbu qadam yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish va transport tizimining shaffofligini oshirishga qaratilgan.
Naqd pulsiz to‘lovlar;
- tez va qulay — mayda pul izlash yoki qaytim kutish shart emas;
- shaffoflik — barcha to‘lovlar avtomatik tarzda qayd etiladi;
- zamonaviy xizmat — elektron to‘lov xalqaro standartlarga mos bo‘lib, yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratadi.
Jamoat transportidan foydalanishni yanada yengillashtirish maqsadida Samarqand shahrining bekatlarida bir martalik elektron chipta sotib olish uchun to‘lov terminallari o‘rnatilmoqda. Naqd to‘lovdan voz kechish Samarqand transport tizimini yanada samarali, zamonaviy va yo‘lovchiga qulay qilishga xizmat qiladi.






⏭️
@Samarkandnews_uz

October 29, 04:08
Media unavailable
3
Show in Telegram

YUNESKO Bosh direktori Samarqandga keldi
Batafsil
▶️
Samarkandnews.uz






⏭️
@Samarkandnews_uz

October 29, 03:58
Media unavailable
5
Show in Telegram

YOSHLAR — BIZNING KELAJAGIMIZ!
Samarqand shahar mahallalaridagi faol yoshlar uchun maxsus "Qalqon" nomli kiyimlar topshirildi.
Mazkur tashabbus yoshlarning mahalla hayotidagi faolligini oshirish, ularni bir maqsad yo‘lida birlashtirish va o‘z hududida namunali yoshlar sifatida namoyon bo‘lishlariga xizmat qiladi.
Tadbir davomida yoshlarga bu forma faqat kiyim emas, balki mas’uliyat va ishonch ramzi ekani ta’kidlandi.






⏭️
@Samarkandnews_uz

October 29, 02:43
Media unavailable
2
Show in Telegram

29-oktabr kuni Samarqand shahri hududida kutilayotgan ob-havo
🌡
+21°, +12°, Yomgʻir
Tong: +16°
Kun: +21°
Oqshom: +19°
Namlik: 27%
Shamol: Sharqiy, 4.3 m/s
Bosim: 763 mm sim. ust.
Oy: Birinchi chorak
Quyosh chiqishi: 06:53
Quyosh botishi: 17:38






⏭️
@Samarkandnews_uz

October 28, 17:19
Media unavailable
1
Show in Telegram

Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi
Adolat, halollik — bosh qurol
Bugungi kunda korrupsiya illati aralashayotgan hayotning barcha jabhalariga salbiy ta’sir etayotganligini his etish mumkin. Bu illat jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy dard sifatida namoyon bo‘layotganligi fuqarolarning hayotiga ham xatarli ta’sir o‘tkazmoqda. Oqibatda, ko‘pchilikning jamiyatda adolat o‘rnatilishida, qonun ustuvorligiga bo‘lgan ishonchi so‘na boshlaydi. Xo‘sh, bu illatga qonuniy kurash olib borish tizimi mavjudmi, degan savol o‘z-o‘zidan paydo bo‘lar ekan, unga qarshi kurash tizimini takomillashtirish zarurligi va buning uchun qaysi yuridik, huquqiy tizimni jalb etish zarur?
Batafsil
▶️
Samarkandnews.uz






⏭️
@Samarkandnews_uz