Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Samarqand.uz

Samarkandnews_uz
Kanalimizdan olingan har bir material ostida kanalimizga havola berishni unutmang... Samarqand shahar gazetasi 🌐 www.samarkandnews.uz/ 🔍 facebook.com/samarkandnews.uz http://www.youtube.com/@Samarqand_Gazetasi #Samarqand #Samarqandnews #gazeta
Подписчики
1 000
24 часа
10
30 дней
-70
Просмотры
104
ER
11,2%
Посты (30д)
358
Символов в посте
459
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
March 12, 17:29
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📣
Hurmatli Yurtdoshlar!
🌳
13–14 mart
kunlari mamlakatimizda
umumxalq xayriya hashari
o‘tkaziladi.
🌿
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!”
shiori ostida bo‘lib o‘tadigan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarida faol bo‘ling!






⏭️
@Samarkandnews_uz

March 12, 16:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

RAMAZONDA
TO‘GʻRI OVQATLANISHNING 10 QOIDASI
Ramazon oyi — nafaqat ibodat, balki organizmni tartibga solish, sog‘lom turmush tarziga qaytish uchun ham muhim davr hisoblanadi. Kun davomida uzoq vaqt och va chanqagan holda yurish tanada muayyan o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi. Agar iftorlik va saharlik to‘g‘ri tashkil etilmasa, oshqozon-ichak tizimi zo‘riqadi, qon bosimi o‘zgaradi, holsizlik va hazm muammolari paydo bo‘lishi mumkin. Shu sababli Ramazon oyida to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qilish sog‘liqni saqlashning eng muhim omillaridan biri.
Batafsil
▶️
Samarkandnews.uz






⏭️
@Samarkandnews_uz

March 12, 15:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#raqamlashtirish
Naqdsiz toʻlov – oshkoralik, himoya, adolat garovi!
Naqdsiz hisob-kitob esa adolatli jamiyat, halol biznes, qulay hayot uchun!






⏭️
@Samarkandnews_uz

March 12, 14:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ilmiy
hamkorlik
Xalqaro anjumanga taraddud
Joriy yilning 17-aprel kuni institutimizda “Madaniyatlararo muloqotni rivojlantiruvchi omillar: yechimlar, an’analar va innovatsiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilish belgilangan.
Batafsil
▶️
Samarkandnews.uz






⏭️
@Samarkandnews_uz

March 12, 12:00
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Ma'rifatli qizlar – jamiyat bezagi
Samarqand shahridagi 45-umumta'lim maktabida “Ilmli, ma'rifatli qizlar – jamiyat bezagi” mavzusida ma'rifiy seminar tashkil etildi.
Batafsil
▶️
Samarkandnews.uz






⏭️
@Samarkandnews_uz

March 12, 11:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Metan
“zapravka”lar hozircha jamoat transporti uchun faoliyat yuritmoqda
Sovuq kunlarda tabiiy gaz bosimining pastligi sababli birinchi navbatda, aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash ustuvor vazifa hisoblanadi. Аyni vaqtda magistral gaz quvurlarida bosimni rostlash va meʼyoriy holatga keltirish ishlari davom etmoqda.
Batafsil
▶️
Samarkandnews.uz






⏭️
@Samarkandnews_uz

March 12, 10:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Uy-joy olish yanada osonlashadi
Yurtimizda aholini uy-joy bilan ta’minlash borasida tub islohotlar amalga oshirilib, fuqarolarning xarid imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan imkoniyat va imtiyozlar yaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 24-fevraldagi “Aholini uy-joy bilan ta’minlash ishlarini jadallashtirish va ko‘p kvartirali uylar qurilishini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bu jarayonni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Batafsil
▶️
Samarkandnews.uz






⏭️
@Samarkandnews_uz

March 12, 08:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🏠
UY-JOY SUBSIDIYASI OCHILMOQDA
📄
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.02.2026 yil kungi 29-son farmoni qabul qilindi

Farmonga ko‘ra, ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlari doirasida arizalarni 16 mart kuni soat 09:00 dan boshlab jo‘natish mumkin va arizalar qabul 1-dekabrga qadar davom etadi.

Arizalarni Davlat xizmatlari markazlari orqali borgan holda yoki Yagona portal (
my.gov.uz
) orqali masofadan turib topshirish mumkin.
❗️
Asosiy talab!

3 Subsidiya orqali uy-joy olaman degan talabgorlarning o‘rtacha oylik daromadi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — mehnatga haq to‘lash yeng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha;

Toshkent shahrida — 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha bo‘lishi kerak.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati
🌍
Web-sayt|
📱
Telegram|
📱
YouTube
📱
Instagram|
📱
Facebook|
📱
Facebook

March 12, 06:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Murojaatlar e'tiborsiz qoldirilmaydi
📞
Tadbirkorlar va jismoniy shaxslarning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida viloyat bojxona boshqarmasida
(66) 233-63-00 raqamli “Ishonch telefoni”
faoliyat olib bormoqda.

Sizning viloyat bojxona boshqarmasi “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan xabar, ariza, shikoyat va takliflaringiz javobsiz qoldirilmaydi.






⏭️
@Samarkandnews_uz

March 12, 04:20
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Экспортда қайси ҳудудлар етакчи?
Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йилда Ўзбекистоннинг экспорт ҳажми
33,8 млрд АҚШ доллари
ни ташкил этган.
Ҳудудлар кесимида экспорт ҳажми қуйидагича (АҚШ долларида):
Тошкент шаҳри – 6,6 млрд доллар
Тошкент вилояти – 2,2 млрд доллар
Навоий вилояти – 1,4 млрд доллар
Андижон вилояти – 1,3 млрд доллар
Самарқанд вилояти – 1,2 млрд доллар
Фарғона вилояти – 1,1 млрд доллар
Наманган вилояти – 722,6 млн доллар
Қашқадарё вилояти – 513,5 млн доллар
Сурхондарё вилояти – 507,5 млн доллар
Хоразм вилояти – 435,7 млн доллар
Қорақалпоғистон Республикаси – 435,2 млн доллар
Бухоро вилояти – 414 млн доллар
Сирдарё вилояти – 283,1 млн доллар
Жиззах вилояти – 272,3 млн доллар