Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Sarvar Mirzo

Sarvar_Mirzo

Sevgining xiyonat varog'idamiz
📓
Murojat
@Mirzosarvar
Mualliflik huquqi qonun ximoyasida.
Mazkur she'rlarni o'g'irlash yoki koʻchirish ruxsatsiz Qo'shiq qilish qatiyan taqiqlanadi

Subscribers
1 140
Post views
644
ER
56,02%
Posts
2 913
July 24, 12:24

She'rlarim, xayr!
Ey, mening soddayu go'zal sherlarim,
Men sizni qog'ozga muhrlab bo'ldim.
Shoirlik zavqidan shuhrat qozonib,
Insonlar ko'nglini o'g'irlab bo'ldim.
Ey qalam, men uchun ancha ter to'kding,
Senga rahmatimni qandayin aytay?
Sirtingni silaymi, balki maqtaymi,
Yoki oddiygina bir bora o'pay...
Ey daftar, bag'ringda ancha she'r bordir,
Ularni yuqotmay asrab kelasan.
Senga ham tasanno, rahmat demasam,
Telba shoiringni tashlab ketasan.
Ey ilhom, sen borsan she'rlarim bisyor,
Hayot vositachi sening oldingda.
Senga ta'zim qilay, boshimni egay,
O'zimni xotirjam tutay yoningda.
Siz bilan birlikda ko'p ishlar qildik,
Xayol og'ushida etardik sayr.
Do'stlarim kechiring Sarvar Mirzoni,
Yozib ulgurmagan she'rlarim Xayr!

SARVAR MIRZO
Sarvar Mirzo

July 22, 09:43

Yonimda kim bo'larkan
(Arxiv)
Yiqilib tolganimda
Madorsiz qolganimda
Alamdan yonganimda
Kim sirdoshim bo'larkan
Yurak bag'rim qiynasa
Dustim kunglim tirnasa
Dardga davo bulmasa
Kim jonbozim bo'larkan
Mehr qo'lga zor bulsam
Ko'cha ko'yda hor bulsam
Yo o'lishni kor bilsam
Kim dardimni bilarkan
Ortimdan tosh otsalar
Meni arzon sotsalar
Zahrin har yon sochsalar
Kim panohim bo'larkan
Ox'shab qolsam adoga
Yolvarganda Xudoga
Javob berib sadoga
Kib fidokor bo'larkan
SARVAR MIRZO yiqilsa
Nelardandir siqilsa
Yurakka tig' tiqilsa
Kim yonida bo'larkan

SARVAR MIRZO
https://t.me/Sarvar_Mirzo

July 19, 03:25

Бу дунёнинг инсонлари жуда ёмон
😔
Бу дунёнинг инсонлари жуда ёмон,
Ўзин ўйлаб, ўзга кўнглин билмайдилар.
Нега бунча душмандекми бир-бирига,
Шафоат ҳам, мурувват ҳам қилмайдилар?
Бу дунёнинг инсонлари жуда ёмон,
Қобиғига беркинишган икки юзли.
Ҳар қаёқда фойдасига иш кўрувчи,
Кўзга қараб алдайдиган ширин сўзли.
Бу дунёнинг инсонлари жуда ёмон
Бор меҳрини бир чеккага олиб қўйган.
Тўйиб-тўйиб ҳаммасидан безган каби
Оқибатни телефонга солиб қўйган.
Бу дунёнинг инсонлари жуда ёмон,
Пулни дея эҳ нималар қилишмади.
Ака-ука қирқ пичоқдек мол талашиб
Кўз куюги шармандани билишмади.
Бу дунёнинг инсонлари жуда ёмон,
Ўзин англаб келмаганлар ҳушларига.
Ҳатто шайтон лол қолади айримларнинг
Нафсига қул бўлиб қилган ишларига.
Бу дунёнинг инсонлари жуда ёмон
Бандалигин унутади қўйиб берса.
Ачинарли қиёматдан хабармасми
Хуш келмайди Аллоҳга ҳам қолаверса.
Бу дунёнинг инсонлари жуда ёмон,
Амали кам, жасадида юрар ғоздек.
Сарвар Мирзо сиёҳ тўкма кўнгилларга,
Улар гапинг кўтармайди оқ қоғоздек...
Муаллиф

Сарвар Мирзо
❌️
Муаллиф рухсатисиз фойдаланилмасин
Sarvar Mirzo

July 13, 10:43

Yuqlab Kelgin
Yuragimni berib sevdim bilmadinku
Holim surab bir bor yuqlab kelmadinku
Meni men dek joning berib sevmadinku
Sensiz menga hayot kerak emas bilgin
Mendan keyin ortimdan bir yuqlab kelgin
Sevgan yorim sevmaydi deb uylamasdim
Daftarimga ulim sherim suylamasdim
Men ham shunday qismatni hech hohlamasdim
Sensiz menga hayot kerak emas bilgin
Mendan keyin ortimdan bir yuqlab kelgin
Senga bilmay oshiq bulib qoldim netay
Yuragimni uz quling berdim netay
Ayb uzimda goh chorasiz zahar yutay
Sensiz menga hayot kerak emas bilgin
Mendan keyin ortimdan bir yuqlab kelgin
Sevmarkansan yuragimga nashtarni sanch
Tirik qalbim qiynalmoqda tugatgin yanch
Mayli uldir bulolmasang bir bor yupanch
Sen siz menga hayot kerak emas bilgin
Mendan keyin ortimdan bir yuqlab kelgin
Bevafolik qilding senga ne yetmadi
Mening sevgim balki seni ovitmadi
Ayriliqlar dustim buldi baht kutmadi
Sensiz menga hayot kerak emas bilgin
Mendan keyin ortimdan bir yuqlab kelgin
Sevgan qalbim g'am alamda qolib ketdi
Dart tugamas yara bitmas qiynoq yutdi
Shoirlarning Mirzosini kuni bitdi
Sensiz menga hayot kerak emas bilgin
Qiyomatda uchrashamiz ey yor kelgin
Muallif

Sarvar Mirzo
❌️
Muallif ruxsatisiz Foydalanilmasin
https://t.me/Sarvar_Mirzo

July 11, 06:25

Ishonch
Yolg'on o'tmas nasib bizga ham
Ko'niladi endi noiloj!
Nega demang, hatto, sizga ham
Bisotimda qolmadi ishonch.
His-tuyg'uni o'ldirib bo'ldim,
Bo'lmaganni bo'ldirib bo'ldim,
Sabr kosam to'ldirib bo'dim,
Bisotimda qolmadi ishonch.
Afsus chekib o'yga tolaman,
Bardoshimga qoyil qolaman,
Tugadi-da, qaydan olaman?
Bisotimda qolmadi ishonch.
Yurak holin so'rganimgami,
Arpangiz xom o'rganimgami,
Ko'p yolg'onni ko'rganimgami,
Bisotimda qolmadi ishonch.
Yaxshi chiqmas ekan g'animdan,
Nelar o'tdi joni tanimdan,
Barchaga bir ishonganimdan,
Bisotimda qolmadi ishonch.
Aytay dilda kiri yo'q kabi,
Ko'ring ichda siri yo'q kabi,
Cho'ntagida miri yo'q kabi,
Bisotimda qolmadi ishonch.
Sarvar Mirzo she'r yozar shu on,
Kurashmoqlik bo'lmaydi oson,
Bu hayotning jilvasi yolg'on,
Bisotimda qolmadi ishonch!
Muallif

Sarvar Mirzo
❌️
Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin
https://t.me/Sarvar_Mirzo
Sarvar Mirzo

July 07, 05:21

Onamdan qarzim bor
Tun-u kun duoda boshingda
G'am cheksang yoningda qoshingda
O'g'ilsan har qaysi yoshingda
Onangdan hali ko'p qarzing bor
Hajlarga yuborish farzing bor
Sanamlar aqlingni shoshirsa
Sohta do'st shiddating oshirsa
Bir inson nuqsoning yashirsa
Onangdan hali ko'p qarzing bor
Hajlarga yuborish farzing bor
Quyoshsiz tonglar ham otmaydi
Ilondek pinjingda yotmaydi
Dusting shu siringni sotmaydi
Onangdan hali ko'p qarzing bor
Hajlarga yuborish farzing bor
Kechiksang yulingni kutguvchi
Bolam deb qulingdan tutguvchi
Erkalik shoxliging yutguvchi
Onangdan hali ko'p qarzing bor
Hajlarga yuborish farzing bor
Har onda holini so'ragin
G'animat ko'ngliga qaragin
Farzandsan kuniga yaragin
Onangdan hali ko'p qarzing bor
Hajlarga yuborish farzing bor
Sarvarsan Shoirlar mirzosi
Sheriyat yulining shaydosi
Hayotning tugamas g'avg'osi
Onangdan hali ko'p qarzing bor
Hajlarga yuborish farzing bor

Sarvar Mirzo

Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin
Sarvar Mirzo

July 06, 05:12

Pulimga do'st odamlar
Ishi yo'qdir siqilsam,
Ayro qilib qadamlar.
Tashlab ketar yiqilsam,
Pulimga do'st odamlar.
Muomilam-so'zimgamas,
Rangi-ro'y yuzimgamas.
Ne sabab o'zimgamas,
Pulimga do'st odamlar!
Hayot buncha bag'ritosh?
Qilmas hurmat ko'z-u qosh.
Kamdir yaqin qarindosh,
Pulimga do'st odamlar.
Alloh, bergin bir madad,
Chora, imkon, yo'l yarat!
Men boy bo'lsam toabad,
Pulimga do'st odamlar.
Soddaman-da ayb ishim,
Shumi asli qilmishim?
Endi anglab bilmishim -
Pulimga do'st odamlar.
Maqtovlari asaldir,
Tutganlari zahardir.
Lek aslida xatardir
Pulimga do'st odamlar.
O'lsam g'amim yemas-ku,
Yaxshi edi demas-ku.
Menga sodiq emas-ku,
Pulimga do'st odamlar.
Har kimni sarson etib,
Boradi qayga yetib?
Qog'oz pulga past ketib,
Pulimga do'st odamlar.
Ortmay qoldi muammo,
Dardim tingla, ey Samo!
Haqiqiysi yo'q, ammo
Pulimga do'st odamlar.
Shunday insonlar sinsin,
Loyqalanib so'ng tinsin.
Sarvar Mirzo ne qilsin...
Pulimga do'st odamlar!
Muallif

Sarvar Mirzo
❌️
Muallif Ruxsatisiz foydalanilmasin
Sarvar Mirzo

July 03, 10:50

Kechiringlar
🥺
🥺
🥺
( Kinoga ilhomlanib va hayotim bn bitilgan sherim )
O'lim haqdir bu dunyoda biling do'stlar
Xato bo'lar aytib shuni tan olmasam
Qora oqmiz hayo parda har xil yuzlar
Kechiringlar agar qaytib uyg'onmasam
Gunohlarni bilib bilmay qilgan o'zim
Qolib ketsa bor gapimni aytolmasam
Yig'lamangiz yumilsa gar ikki ko'zim
Kechiringlar agar qaytib uyg'onmasam
Uzoq uzoq osmonlarga safar qilib
To'g'ri yo'ldan yurib ortga qaytolmasam
Bitta onam yig'lar chindan bag'rin tilib
Kechiringlar agar qaytib uyg'onmasam
Sog'insangiz yig'lab emas kulib eslang
Chopib yelib manzilimga yetolmasam
Yaxshilarni tundan emas kundan izlang
Kechiringlar agar qaytib uyg'onmasam
Hayot go'zal dunyolardan kecholmaysan
So'ngi so'zim to'liq bayon etolmasam
Dilingdagi tuguningni yecholmaysan
Kechiringlar agar qaytib uyg'onmasam
Ne bo'lishin oldindanoq ko'nglim sezib
Ulgurmagan sherlarimni yozolmasam
Dartlarimni aytdim sizga dilni ezib
Kechiringlar agar qaytib uyg'onmasam
Sarvar Mirzo sevgisidan bo'ldi judo
Yo'lim topib balki qaytib ketolmasam
Bandadirman egamdirsan qodir Hudo
Kechiringlar agar qaytib uyg'onmasam
📝

Muallif Sarvar
Mirzo
https://t.me/Sarvar_Mirzo

June 30, 03:34

Онамга деб
🥺
Архивдаги шеъримиз
Даста даста гул олганман санамга деб
Зардан либос тиктирганман танамга деб
Ҳар нарсага шароитим етганда ҳам
Айтинг Нима илиндим мен онамга деб
Юраккинам оғринмоқда тўлиб тўлиб
Ўзим ёмон аслидачи кўпга кулиб
Уялмасдан шу ёшгача ўғил бўлиб
Айтинг Нима илиндим мен онамга деб
Ҳудди қочиб бу дунёда дўст кишимдан
Юравердим сира қолмай ҳеч ишимдан
Қалбга тугиб ўзим ортиб ташвишимдан
Айтинг Нима илиндим мен онамга деб
Неки бўлса кучим етар йўқ журатим
Ёшман ғорман билагимда бор қувватим
Кунгил учун йўқлаб қўйсам мурувватим
Айтинг Нима илиндим мен онамга деб
Онаизор розилиги битмас савоб
Бир кун йиллар жуссасини қилар хароб
Келдим дея оёқларин қилиб тавоф
Айтинг Нима илиндим мен онамга деб
Онасини қадрин билган бўлмайди кам
Бир саволдан ҳаловат йўқ кўзимда нам
Сарвар Мирзо шоиридан кутмаса ҳам
Айтинг Нима илиндим мен онамга деб
Муаллиф

Сарвар Мирзо
❌️
Муаллиф рухсатисиз фойдаланилмасин
https://t.me/Sarvar_Mirzo

June 28, 09:05

Savobim yo'q (iltimosim o'qing)
Tasirli sher
🥺
🥺
🥺
Talablarga Binoan she'r qayta joylanmoqda
Umrim o'tdi, shoir degan nomni oldim,
Baland- pas bu yerda yurib charchab, toldim,
Lekin endi o'lishdan ham qo'rqib qoldim,
Qiyomatda savollarga javobim yo'q,
Jannatlarga eltadigan savobim yo'q.
Xatolarni bilib bilmay qilgan o'zim,
Guvohligin berar xatto ikki ko'zim,
Yolg'on demang yolg'on emas rostdir so'zim,
Qiyomatda savollarga javobim yo'q,
Jannatlarga eltadigan savobim yo'q.
Zo'rman deya g'ururlanib yurgan bilan,
She'rlar yozib ko'kragimga urgan bilan,
Bo'yi bastim qaddim baland turgan bilan,
Qiyomatda savollarga javobim yo'q,
Jannatlarga eltadigan savobim yo'q.
Endi dardim yupatolmas may-u sharob,
Boshim tengi, gunohlarim etsa xarob ,
U dunyoni jazolari emas sarob,
Qiyomatda savollarga javobim yo'q,
Jannatlarga eltadigan savobim yo'q.
Kimman ahir, insonlarni bag'rin tilsam,
Bo'lmasmidi, odamlarga yordam bersam,
Shaytonga qul ekanmanda endi bilsam,
Qiyomatda savollarga javobim yo'q,
Jannatlarga eltadigan savobim yo'q.
O'lganingda so'ngi manzil, qabring kurar,
Taning yuvib, oq kafanga chirmab o'rar,
Amaling ayt, deydi, bir kun shuni so'rar,
Qiyomatda savollarga javobim yo'q,
Jannatlarga eltadigan savobim yo'q.
Balki umrim payoni ham yetsa to'lib,
Lolaginam ochilib tur qolma so'lib,
Yashab o'tdim, Shoir Sarvar Mirzo bo'lib,
Ammo hali savollarga javobim yo'q,
Jannatlarga eltadigan savobim yo'q.
Muallif.

Sarvar Mirzo
❌️
Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin
Qo'shiq uchun berilgan
Sarvar Mirzo