
Sarvar Mirzo
Ideya she'r
🔥
Sevgimizning boshiga
Yetishing oson ekan
Ayriliqning qoshiga
Ketishing oson ekan
😔
👇
Murojat uchun
👇
@Mirzosarvar
Sarvar Mirzo
Sarvar Mirzo
🔥
Tushunmayman
Avval edi tild
an zahar sochilmasdi,
Yumush bo‘lsa tum-taraqay qochilmasdi,
Elning siri el ichida ochilmasdi,
Zamoniga nima bo‘ldi? tushunmayman.
Hozir ulov mingan kecha otda edi,
Tirik qolgan o‘tmishlar ham yodda edi,
O‘sha kezlar mening xalqim sodda edi,
Zamoniga nima bo‘ldi? tushunmayman.
Eslasangiz, odamlar yuz burishmasdi,
Har nimaga gina qilib yurishmasdi,
Qoqilganni paytin poylab turishmasdi,
Zamoniga nima bo‘ldi? tushunmayman.
Xalq dardining oxiriga yetilinmas,
Kamlari ko'p bartaraf hech etilinmas
,
Davlat haqqi qarzdek kechib ketilinmas,
Zamoniga nima bo‘ldi? tushunmayman.
Asil yuzdan pana qilgan ko‘z gardi-mi?
Ayt Mirzo, hammasini pul dardi-mi?
Xudo bilsin odamlar ham
o‘zgardi-mi
?
Zamoniga nima bo‘ldi? tushunmayman.
Muallif
✍
Sarvar Mirzo
13.09.2025
Muallif
❌
ruxsatisiz foydalanilmasin
Sarvar Mirzo
Bir marta kelgan
Ular bor — baxtim but, chopilmaydigan.
Eshitsin aytaman bilmagan-bilgan,
Yo‘qotsam hech qachon topilmaydigan.
Onam bu hayotga bir marta kelgan.
Qaritdim yoshini, esimdan chiqmas,
Ne sabab ayblarim yuragim siqmas.
Xizmatin qilaman, hech kim qiziqmas.
Onam bu hayotga bir marta kelgan.
Og‘risa mobodo joni-yu tani,
Ularning — otasi, onasi qani?
O‘stirib dunyoga keltirib mani,
Onam bu hayotga bir marta kelgan.
Rizosi bo‘lsa bas, oshim oshayman,
Duosin olishga haddan oshayman.
Birinchi o‘ringa qo‘yib yashayman.
Onam bu hayotga bir marta kelgan.
Maylida, hamma ham ekkanin o‘rsin,
Yashnayman toledan baxtimni so‘rsin.
Ey Alloh, omad ber, rohatim ko‘rsin.
Onam bu hayotga bir marta kelgan.
Sarvar Mirzo bo‘lib qilaman nido,
Hech qachon ulardan etmagin juda.
Umr ber, yuz yoshga kirsinlar Xudo.
Onam bu hayotga bir marta kelgan.
Muallif
✍️
Sarvar Mirzo
28.11.2025
❌
Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin
Sarvar Mirzo
Yashashing kerak
Bilmadim — ma’lummi, ma’lum-mas ertam,
Juda ham charchadi mendagi yurak.
Erta ne bo‘lsa ham, kuyunma, erkam,
Sen mendan baxtliroq yashashing kerak.
So‘zingda turdingmi — o‘zing ont ichib?
Bu dunyo ro‘yo-ki, hammasi ermak.
Joningni qiynagan baridan kechib,
Sen mendan baxtliroq yashashing kerak.
Isminga joy berib, ko‘ksimni o‘ydim,
Aytganim, yozganim emasdi ertak.
Qaragin — o‘zimni unutib qo‘ydim,
Sen mendan baxtliroq yashashing kerak.
Hayrda sochingni silagim kelmas,
Chunki-da loiqsan — tortinma, sergak.
Yomonga yomonlik tilagim kelmas,
Sen mendan baxtliroq yashashing kerak.
Jafoying jabrida ishqimiz o‘lgan,
Chidaydi — na iloj, bariga erkak.
Meni-ku hayotim zulmatga to‘lgan,
Sen mendan baxtliroq yashashing kerak.
Mirzodan kechibsan, vafoni tuymay,
Shunchalik edimmi — befoyda, halak?
Men kabi sevmagan odamni suymay,
Sen mendan baxtliroq yashashing kerak.
Muallif
✍
Sarvar Mirzo
27.11.2025
❌
Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin
Sarvar Mirzo
🔥
Пулласангиз
Бир гапим бор ортингизга қайтиб қўйинг,
Айб эмасдир? тилингиздан гулласангиз.
Уялмасдан қулоғимга айтиб қўйинг,
Севгингизни нархи қанча? пулласангиз.
Бўйингизча зар либос тўн илайликда,
Жим ўтирмай бир ҳаракат қилайликда,
Умидвормиз биз ҳам энди билайликда,
Севгингизни нархи қанча? пулласангиз.
Сиздекларни нағмасидан кўнгил толар,
Камбағал шўр қўли етмай бойлар олар,
Савдойингиз ўзим билан пишиб қолар,
Севгингизни нархи қанча? пулласангиз.
Бизда гина нима қилсин кўрингда эп,
Ўрганарман ёниб куйиб бағримни еп,
Муҳаббат ҳам ҳайрон бозор бўлдимми? деб,
Севгингизни нархи қанча? пулласангиз
Ортимда зор қизлардан юз бурибманку?
Сизни кутиб бекор ҳаёл сурибманку?
Меҳр бериб эришолмай юрибманку?
Севгингизни нархи қанча? пулласангиз.
Майли дедик бошимиздан ўтди нелар?
Қанча қочсак шунча қувлаб ғамлар е'лар,
Даллол керак бўлса? Сарвар Мирзо келар,
Севгингизни нархи қанча? пулласангиз.
Муаллиф
✍
Сарвар Мирзо
❌
Муаллиф рухсатисиз фойдаланилмасин
Sarvar Mirzo
🔥
Bo'larkan
Anglab yetdim yo'llarimiz boshqadur,
Aldab bizni ko'ngilchangiz to'larkan.
Ey bevafo qalbiga o't tushmagur,
Xiyonatdan dars bersangiz bo'larkan.
Suyib suymay boshga yetar ekansiz,
Sal yoqmasak tashlab ketar ekansiz,
Holimizni abgor etar ekansiz,
Xiyonatdan dars bersangiz bo'larkan.
Doningizni jafokashlar cho'qiydi,
Tillaringiz tinmay yolg'on to'qiydi,
Zo'r ustasiz aniq ko'plar o'qiydi,
Xiyonatdan dars bersangiz bo'larkan.
Kulib qo'ydim ko'zlarimda nam emas,
O'ylamang hech o'ylaydigan g'am emas,
O'zingizga o'xshaganlar kam emas,
Xiyonatdan dars bersangiz bo'larkan.
So'zim tinglab ne oshiqlar qoldi jim,
So'raydilar seni xarob etdi kim,
Qoyil sizga ustozlikka loyig'im,
Xiyonatdan dars bersangiz bo'larkan.
Qo'ymadingiz nazarga ilmaganga,
Jafo qilib jafolar qilmaganga,
Shularni ham o'rgatib bilmaganga,
Xiyonatdan dars bersangiz bo'larkan.
Sarvar Mirzo holi tang bir bemador,
Bemador-ki naryog'i yo'q bemajol,
Uyalmasdan tortinmasdan bemalol,
Xiyonatdan dars bersangiz bo'larkan.
Muallif
✍
Sarvar Mirzo
❌
Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin
23.09.2024.
Sarvar Mirzo
Nomsiz
😔
Payti keldi aytishni, Hamma aybim ko‘rardim. To‘g‘ri yo‘lga qaytishni, Xudoyimdan so‘rardim. Har dam boshim egdim-u, Birov bag‘rin tilmadim. “Tegmaganga tegdim-u, Kimligimni, bilmadim. Bari xato o‘zimda, Insof ham o‘lib ketdi. Rostlik qochib so‘zimda…
Nomsiz
😔
Payti keldi aytishni,
Hamma aybim ko‘rardim.
To‘g‘ri yo‘lga qaytishni,
Xudoyimdan so‘rardim.
Har dam boshim egdim-u,
Birov bag‘rin tilmadim.
“Tegmaganga tegdim-u,
Kimligimni, bilmadim.
Bari xato o‘zimda,
Insof ham o‘lib ketdi.
Rostlik qochib so‘zimda,
Yolg‘onim to‘lib ketdi.
Asli haqdan so‘ylamay,
Gunoh ishga undadim.
Hech narsani o‘ylamay,
Bir pok dilni bulg'adim.
Har baloni ko‘rib ep,
Qilmaganim qolmagan.
“Erta o‘zgaraman,” deb,
Indin aqlim olmagan.
Tutib shaytoniy qo‘lni,
Hohlab anglamaganman.
Ikki dunyo bu yo‘lni,
O‘zim tanlamaganman.
Ichim qanday bilsa gar,
Ruhim hech g‘am yemasdi.
Sarvar Mirzo — avvallar,
Bunday inson emasdi.
Keltirdim kam iqtibos,
Bo‘ldi egri qadamlar.
Bilib qo'ying iltimos —
Odammasman, odamlar.
Muallif
✍
Sarvar Mirzo
08.11.2025
Sarvar Mirzo
Yurak
🔥
Yana qaytay deysan ont ichib,
Qo'yib bersa nimalar kerak.
Turib turib bir joying qichib,
Sevgisirab qoldingmi? yurak.
Halak eding bir bor boqmadi.
Yorlar kulib qoshin qoqmadi.
Endi tinch yur nima yoqmadi.
Sevgisirab qoldingmi? yurak.
Yolg'iz bag'ring to'lmasmikan-yo,
Shashting qurib so'lmasmikan-yo,
Bunday yashab bo'lmasmikan-yo,
Sevgisirab qoldingmi? yurak.
Xislar bizni forix etmagan,
O'tmish izi dildan ketmagan,
O'zi seni sabring yetmagan,
Sevgisirab qoldingmi? yurak.
Maslahat osh hech yuzni burma,
Uyati yo'q hapqirib urma,
Tan olsangchi yolg'onni surma,
Sevgisirab qoldingmi? yurak.
Ketganlarni baxtin tilaylik,
Qolganlarni sochin silaylik,
Bir qarorga bugun kelaylik,
Sevgisirab qlldingmi? yurak.
Bir tan-u jon sen bilan o'sdim,
Urib tursang yo'q kamu ko'stim,
Mirzo rozi bosaver do'stim,
Sevgisirab qoldingmi? yurak.
Muallif
✍️
Sarvar Mirzo
❌
Muallif ruxsatisiz foydalanilmasin
01.11.2025
Sarvar Mirzo