
Shamsuddin Sadruddin
Sendan ko‘p narsa so‘ramayman. Shunchaki, o‘zing xayol qilib yuradigan jannat qasrining bir chekkasida meni ham bordek tasavvur qilib qo‘ysang bo‘lgani...
@Muhammadoshiq_bot
Instagram:
Instagram.com/Shamsuddin_Sadruddin
Kamchilik qiladigan jinoyatni ko‘pchilik oldida ta’qiqlash o‘sha jinoyatga toza targ‘ib bo‘lishi mumkin. Ta’qiqlarga ko‘z tikish Odam bolasiga Ota-Onasidan meros. «Agar odamlar tezak titishdan qaytarilganlarida, uni titgan bo‘lar edilar».
Jinoyatga ta’qiq qo‘yilishi kerak, albatta. Faqat ta’qiqning e’lon qilinish ko‘lami jinoyatning tarqalganlik ko‘lamidan oshmasligi maqsadga muvofiq.
Ba’zan indamay munosabat ko‘rsatish gapirgandan ancha foydali. Axloqsiz odam - agar insofli bo‘lsa - qilmishiga gapirilmay bildirilgan salbiy munosabatdan qattiq ta’sirlanadi. Chunki yuz sukut bilan yaxshiroq so‘zlaydi.
@Shamsuddin_Sadruddin
«Misr diyoriga borganimda bir narsa meni juda hayratga soldi. Aholining ko‘p qismi faylasuflarning johil qarashlari bilan ochiqchasiga shug‘ullanar ekan. Buni hech kim inkor qilmas ekan. Biz Andalusiyada yashagan chog‘imiz falsafani inkor qilar, uning yaqiniga…
«Misr diyoriga borganimda bir narsa meni juda hayratga soldi. Aholining ko‘p qismi faylasuflarning johil qarashlari bilan ochiqchasiga shug‘ullanar ekan. Buni hech kim inkor qilmas ekan. Biz Andalusiyada yashagan chog‘imiz falsafani inkor qilar, uning yaqiniga ham yo‘lamas edik. Mantiq kitoblari sotilsa, yashirin tarzda sotilar edi. Odamlar «mantiq» degan so‘zni aytishga jur’at qilolmay mantiqni «maf’il» (مفعل) deb atar edilar. Hatto podshoh Ibn Ahmarning vaziri, «Ibn Hakim» nomi bilan tanilgan, do‘stimiz Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdurrahmon Andalusiyadan turib bizga xat yozdi. Xatda shayxlarimizdan birining mantiq haqidagi kitobini sotib olishim yoki nusxa ko‘chirishim so‘ralgan edi. Shu kishi ham vazir bo‘la turib «mantiq» degan so‘zni aytishga jasorat ko‘rsata olmagan, xatida mantiqni «maf’il» deb atagan edi».
(Mufassir, tilshunos olim Abu Hayyon Andalusiy, «Al-Bahrul Muhit»)
@Shamsuddin_Sadruddin
Allohga hamd, Rasuliga salovatdan so‘ng: O‘layotgan biridan so‘radilar: «Nega buncha qo‘rqyapsan?» Javob berdi: «Oldin hech yurmagan yo‘limga qadam qo‘yyapman. Aslo ko‘rmagan Robbimning oldiga ketyapman. O‘zim nima aytishimni-yu menga nima aytilishini bilmayman».…
Hazrati Umar vafot etgan kechada Makkada bir qurayshlik chaqaloq tug‘ildi. Umardek odil va zohid bo‘lsin deb unga «Umar» ismini qo‘ydilar. Ulg‘aygach katta shoir bo‘ldi. She’rlarida ko‘p va turfa ayollarni vasf etdi. Uningdek behijolat she’r yozadigan shoirni uchratmadilar.
Jannat bashorati berilgan sahoba Talhaning qizi haqida bunday
dedi:
«Jamarotda tosh otdi, ko‘rdim nafis qo‘lini,
Shu zahoti unutdim toshlarimning sonini».
U Ka’ba qarshisida turib ham g‘azal aytar edi. Bir kuni tavof qilayotgan ayol haqida shunday she’r
bitdi:
«Tavof payti ko‘zim tushdi biriga
,
Hajar oldi o‘rangan qiz pariga.
«
Bayt hurmati, isming nima? Ayta qol»,
dedim. Dedi: «Otam Odam, bilib ol».
Dedim: «Menga va’da ber, vaslingni topmoq uchun
,
Ehrom buzsam, iloj bor qazoni yopmoq uchun»
U Abdulmalik ibn Marvon oldida eng
yomon she’rini
aytishga jur’at etgan:
«Yostig‘imga bosh qo‘ysin o‘lim chog‘i Sulaymam,
Jamlasin yashil jannat yoki qaynoq jahannam».
Aytishlaricha, shu she’ri evaziga Abdulmalik unga tuya hadya qilgan.
Bu shoir - Umar ibn Abu Rabi’a Maxzumiy. U mana shu kabi bad she’rlari bilan tanildi. Uni ahli havo sevdi, ahli taqvo xushlamadi. Hatto Makka ahli orasida gap tarqaldi: «Bir kechada ikki Umar almashdi: biri zohid, boshqasi fosiq.
Haq ketib, botil keldi
».
O‘shanda odamlar yana bir bor amin bo‘ldilar: yaxshi ism insonni yaxshi qilib qo‘ymas ekan. Yomon odamga birovning yaxshi niyati foyda bermas ekan.
@Shamsuddin_Sadruddin
Allohga hamd, Rasuliga salovatdan so‘ng: Tobut ortidan bir ayol baqirib: «Voy, otaginam-a, voy otam! Shu kungacha bunday og‘ir kunni ko‘rmaganman» deb yig‘lar edi. Shu payt Hasan Basriy rohimahulloh unga qarab: «Aksincha, sen emas, otang shu kunga qadar bunday…
«It bor uyga farishtalar kirmaydi»
- deganlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, deb uylarimizdan itlarni nari qilamiz. Juda soz!
Itdan ham najasroq illatlar bilan to‘la qalbimiz uyiga farishtalar kirishini nega kutib turibmiz unda!?
Ilm - farishta misoli ma’sum xilqat. U nopok yerga joylashmaydi.
@Shamsuddin_Sadruddin
Men bir narsaga amin bo‘ldim: kitob yozgan odam borki, yozgan kunining ertasiga: «Falon joyi o‘zgartirilganida yaxshi bo‘lar edi. Piston narsa qo‘shilganida yana ham yaxshiroq chiqar edi. Bunisi avval aytilgani ma’qul edi. Eh, mana bu aytilmaganida chiroyliroq bo‘lar edi...» deb afsuslangan. Bundan juda katta ibrat oldim:
kamchilik hech qaysi odam bolasini istisno etmagan ekan!
(Imoduddin Asfahoniy)
@Shamsuddin_Sadruddin
#Qasida
«Gulim» - زهرتي
(Tarjimasini so‘raganlar uchun)
To‘liq matni:
👉
bu yerda
👈
@Vahm_olami
Andalus shoirlari ko‘pincha «ramal» bahrida she’r yozganlar. Bu bahrning mashhur qolipi: «foilotun - foilotun - foilun» (فاعلاتن - فاعلاتن - فاعلن). Har taf’ilaning ilk sukunli harfi olib tashlanishi mumkin (فعلاتن/فعلن). Ramal bahri ohangi eng chiroyli bahr sanaladi.
Men ham shu bahrda bir she’r yozib ko‘rdim. E’tiboringizga havola qilaman:
زَهْرَتِي - «Gulim»
سَـارِقًا يَـسْــرُقُ مِــنِّـي أُجْـرَةً
إِنَّـمَــا لُــبِّــي عَـشُـوقٌ زَهْـرَةً
زَهْــرَةَ الْـحُـــبِّ إِذَا مَا أَجْتَنِي
أَتَـمَــنَّـى شَــمَّـهَـا لَــوْ مَــرَّةً
مَــرَّةً أَرْغَــبُـهَــا عَـنْ رَغَـبِــي
أَشْــتَـهِـيـــهَـا قَــرَّةً أَوْ حَــرَّةً
حَــرَّةُ النَّارِ انْـطَفَتْ مِنْ طِيبِهَا
أَصْـبَـحَ الـلَّـيْـلُ الْمُدَجَّى بُكْرَةً
بُــكْـرَةً أَبْـكَـرَ مِـنْ مُشْـمِسِـنَا
لَا تَــرَى فِـي قَـمَـرٍ مَـا قُـمْـرَةً
لَوْنُـهَا مُهْجَةُ قَلْبِي الْعَسْجَدِيّ
وَهْـيَ لَيْسَتْ صُفْرَةً أَوْ حُمْـرَةً
طَـلْـعُـهَا يَطْـلَعُ مِنْـهُ الزُّحَـلُ
طَـلْعَـتِـي تَغْرُبُ فِـيهَـا حَيْرَةً
تَطْعَنُونِي كُلَّ طَعْنٍ مَا السَّبَبْ
إِنَّ فِـيكُـمْ غِـبْـطَةً بَـلْ حَسْرَةً
وَيْكَـأَنِّي حُـسَّـدِي مَـا وَصَـلُوا
مَـا وَصَلْـتُ الْوَصْلَ مِنْهَـا دُرَّةً
إِنْ وَدِدْتُـمْ أَنْ تَـنَالُـوا لَـمْسَهَا
فَاجْـعَـلُوا أَنْفُـسَـكُـمْ قَـارُورَةً
لَا تَـخَافُـوا لَـوْمَ لَـوَّامٍ سُــدَى
أَحْبِبُوهَا - إِنْ وَلِـعْتُمْ - جَهْرَةً
زَهْرَتِـي فِـي جَنَّتِـي مَغْـرُوسَةٌ
حِـيـنَ فِـكْرِي رَبَّ زَهْرٍ فِـكْـرَةً
✍️
شمس الدين ابن صدر الدين الشاشي
✍️
Shamsuddin Sadruddin
(11.08.2025)
Eshitish uchun
👉
bosing
👈
@Vahm_olami