
Shamsuddin Sadruddin
Labsiz inson komil nutqdan mosuvodir. Biroq shunda ham u tavhid kalimasi - «la ilaha illalloh»ni ayta oladi. Chunki bu buyuk iborada lablar bir-biriga tegmaydi. Uni aytishda lablarni qimirlatishga hojat yo‘q, tilning harakatlanishi kifoya. Labsizlik - nuqson, lekin u eng buyuk saodatga xalal bera olmaydi. Itoatsizlik ham shunday. U ayb bo‘lsada, jannatga kirish baxtidan umid uzishga sabab emas. Banda mo‘min ekan, «labsizlik» nuqsoni o‘rnini, albatta, nimadir qoplaydi.
Shunga ishora o‘laroq
she’rda
lab undoshlari
(b-p-m-f-v)
qatnashmagan.
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam hayit kuni bo‘lsa, (namozgohga borish-kelish) yo‘lini ayro qilar edilar».
(Sahihi Buxoriy)
Allohga hamd, Rasuliga salovatdan so‘ng: Haqiqiy muammo aytishga botinilmayotgan muammodir. Muhtojga yordam bermoqchi bo‘lsangiz, gapirishini kutmang. Sezing, his qiling. Va unutmang, muhtojning yaxshi va yomoni bo‘lmaydi. Bu yomon odam, deb muhtoj payti…
Manfaatli sahifa, inshaalloh!
TAAQQUL
#arabcha
– “aql bilan tushunish”, “mantiqan idrok etish”
📌
Taaqqul — biror narsani
aql, tafakkur va mantiq orqali anglash
jarayoni.
Sen ketma
Sen ketma, ketmasang, dushman tugaydi,
Yolg‘izlik to‘ldirgan maxzan tugaydi,
Sen borsan, aminman - Ibrohim uchun
tashilgan o‘tinlar, gulxan tugaydi.
Sen ketma, qiynoqlar, kishan tugaydi,
Bog‘larda gul qolib, tikan tugaydi,
Bo‘ronlar, to‘fonlar tingay sen bilan -
nuhiy kemalarda yelkan tugaydi.
Sen ketma, yo‘qsa, sha’n, gulshan tugaydi,
Ma’volar to‘rida suxan tugaydi,
Kim ketsa, ketsin, sen ketma, Ona,
Sen yo‘q o‘lkalarda vatan tugaydi...
✍️
Shamsuddin Sadruddin
(28.01.2026)
@Vahm_olami
«Asal tanaga qanday ta’sir ko‘rsatsa, Qur’on tilovati ham qalbga shunday ta’sir qiladi. Qur’ondagi pand-nasihatlar qalb dardlariga shifodir. Qur’on dalillari hidoyat topishga kifoyadir. Salomat va ofiyat yo‘lini izlab yurganlar qani?!»
(Abul Faroj Ibn Javziy, «Tabsira»)
@Shamsuddin_Sadruddin
#Taqdim
#Tanituv
Bismillah...
O‘tgan yillarda «Ajurrumiyya»ning eng mashhur sharhlaridan biri - «Mutammima»dan bir necha marta dars berdim. Darslar to‘liq shaklda Youtube sahifasiga ham
joylangan.
Dars berish asnosida «Mutammima»ga qisqa izohlar yozib borgan edim. Saralab chiqsam, 143 ta izoh bo‘libdi. Shuni siz aziz tolibi ilmlarga ulashishdan xursandman!
Tabiiyki, bu izohlar nahv kitoblaridan o‘qib, zamondosh nohiy shayxlardan eshitib chiqargan xulosalarim mahsuli. Barcha fazl Allohga, xato-kamchiliklar menga oid!
_________________________________
📗
Kitob nomi:
«Izohlar (Mutammimatul ajurrumiyyaga)»
(التعليقات على متممة الآجرومية)
🌍
Tili:
arabcha
✍️
Muallifi:
Shamsuddin Sadruddin
📄
Risola hajmi:
36 sahifa
📝
Mavzusi:
nahv
@Bayanul_lisan
2 hafta damdaman. Uchbu hafta uchun rejalar tuzib qo‘ydim. Biri - yoshligimda qila olmagan ishimni bajarish. )) Ilk rasm yomon chiqmagan, menimcha...
2 hafta damdaman. Uchbu hafta uchun rejalar tuzib qo‘ydim. Biri - yoshligimda qila olmagan ishimni bajarish. ))
Ilk rasm yomon chiqmagan, menimcha...