
Shohjahon l Mnemonist
"Vaqti keldi! Biz birinchi bo‘lish uchun harakat qilamiz
💪
Intizom, mehnat, Allohning madadi bilan cho‘qqiga erishamiz, inshaAlloh!"
🧠
Blogimni kuzatib miyangiz nimalarga qodirligini anglaysiz!
📝
Admin:
@Mnemonikauzbbot
@Shohjahon_Mustafayev
Dangasalik — intizomning dushmani
Dangasalik — ko‘zga ko‘rinmaydigan eng katta kasallik. U sening yoningda jim turadi, lekin ichingni asta-sekin egallay boshlaydi. Avval “hozir emas, keyinroq qilaman” deydi. Keyin “bugun qilmasam ham bo‘ladi” deydi. So‘ngra “ertaga ham shart emas” deb, seni asta-sekin orzularingdan uzoqlashtira boshlaydi.
Ko‘p odamning hayoti dangasalik sabab orzuga aylanib qolgan. Orzu qilgan narsasini boshlamagan, boshlagan ishini tugatmagan. Dangasalik — sening dushmaning, lekin u dushman qilich bilan emas, shirin gap bilan keladi.
Uni yengishning yo‘li — mayda qadamlar.
Kitob o‘qishni xohlaysizmi? Faqat 2 betdan boshlang.
Sport qilmoqchimisiz? 5 daqiqa mashq bilan boshlang.
Yozishni xohlaysuzmi? Faqat 3 jumla yozish bilan boshlang.
Dangasalik “hech narsa qilma” deydi. Sen esa unga qarshi “kamida kichkina narsa qilaman” deb javob ber. Chunki kichkina qadam ham katta yo‘lning boshlanishidir.
Eslab qoling intizom mukammallik emas. Intizom — kichik qadamlarning yig‘indisi. Kim dangasalikni yenga olsa, u intizomni ham o‘zlashtira oladi.
✍️
@Shohjahon_mnemonist
Nega vaqtni ilmga sarflash — eng yaxshi investitsiya?
⏳
📚
Ko‘pchilik odamlar pul topishni o‘ylab yuguradi, lekin vaqtini ilmga sarflashni keraksiz deb biladi. Aslida esa eng katta foyda keltiradigan investitsiya — ilmga sarflagan vaqtingizdir.
Misollar bilan ko‘raylik:
1️⃣
Pul investitsiyasi
Bugun bir biznesga pul qo‘ysangiz, u zarar ham qilishi mumkin. Lekin ilmga sarflagan har bir soatingiz Sizga kelajakda qaytadi — ko‘nikma, tajriba va imkoniyat bo‘lib.
2️⃣
Mashhur insonlar hayoti
Bill Gates, Elon Musk, Steve Jobs — barchasi ilmga chanqoqligi tufayli milliarderlarga aylandi.
Ibn Sino, Beruniy, Ulug‘bek — asrlar o‘tib ham ismlari yashayapti. Sababi: ilmga bergan vaqti.
3️⃣
Ilmning narxi yo‘q
Telefoningiz eskiradi, mashinangiz buziladi, pulingiz tugaydi. Ammo Siz o‘rgangan ilm — Siz bilan birga qoladi va qachondir eshik ochib beradi.
📌
Xulosa:
Ilm — Sizning eng xavfsiz va eng katta daromad keltiradigan investitsiyangizdir.
👉
Savol: Bugun o‘zingizga qancha vaqt investitsiya qildingiz?
@Shohjahon_mnemonist
Vaqt — intizomning eng katta imtihoni
Odamlar ko‘pincha “vaqt bor, hali yoshman” deb o‘zini aldaydi. Lekin vaqtni qadrlamagan inson hech qachon intizomni o‘rgana olmaydi. Pulni yo‘qotib qaytarish mumkin, sog‘liqni yo‘qotib davolash mumkin, lekin vaqtni qaytarib bo‘lmaydi.
Vaqt — bu hayotning eng adolatli ne’mati. U boyga ham, kambag‘alga ham, aqlliga ham, dangasaga ham bir xil 24 soat beriladi. Farq faqat bitta: kimdir uni qadrlaydi, kimdir bekorga sovuradi.
❌
Kimdir telefonini qo‘liga olib, 3 soat befoyda video ko‘radi.
✅
Kimdir kitobni qo‘liga olib, 3 soatda yangi bilim o‘rganadi.
Farq shundaki, biri vaqtni o‘ldirdi, ikkinchisi esa vaqtini investitsiya qildi. Shu sababdan intizomli odam har kuni o‘zidan so‘raydi: “Bugun vaqtimni qayerga ketkazdim?”
Vaqtni intizom bilan boshqara olgan inson hayotini ham boshqara oladi. Vaqtni yo‘qotgan inson esa hayotini ham yo‘qotadi.
✍️
@Shohjahon_mnemonist
Ilmni qadrlashni o‘rganmagan odam hech qachon erkin bo‘lolmaydi
📚
🚀
Bugun dunyo bilimga asoslanmoqda. Pul, texnologiya, siyosat — hammasi ilmni o‘zlashtirganlarning qo‘lida.
Siz ilmni qadrlamasangiz:
Har doim birovning ortidan ergashasiz.
O‘zingiz emas, birovning qoidalari bilan yashaysiz.
Hech qachon to‘liq erkin bo‘lolmaysiz.
🌍
Erkinlik faqat ilm bilan keladi. Chunki bilimli insonni aldab bo‘lmaydi, uni boshqarib ham bo‘lmaydi.
Shu sabab bugundan boshlab ilmga vaqt ajrating — Sizning haqiqiy qurolingiz ham, erkinlik kalitingiz ham shu.
👉
Savol: Bugun oxirgi marta qachon yangi ilmiy narsa o‘rgandingiz?
@Shohjahon_mnemonist
Intizom — erkinlikning kaliti
Ko‘p odamlar intizomni qamoq deb o‘ylaydi: “Intizom bo‘lsa, men erkin bo‘lmayman, hayotim majburiyatlarga to‘lib ketadi”, deydi.
Aslida esa bu — eng katta xato.
👉
Intizomsiz odam — o‘z nafsining, dangasalikning va tashqi shovqinlarning qulida yashaydi.
👉
Intizomli odam esa — vaqtini boshqaradi, hayotini o‘zi quradi, istagan joyga yetadi.
🔑
Haqiqiy erkinlik shunda: sening hayotingni tashqi kuchlar emas, o‘zing belgilagan tartib boshqaradi.
Misol uchun:
Intizomsiz odam “Bugun nima qilaman?” deb o‘ylanib qoladi.
Intizomli odam esa rejasiga qaraydi va ishni boshlaydi.
Natija?
Birinchisi hayotni o‘tkazadi.
Ikkinchisi esa hayotni quradi.
Demak, intizom — seni qamab qo‘yadigan devor emas, balki seni ozod qiladigan kalitdir.
✍️
@Shohjahon_mnemonist
Ongni qulflab turgan 3 ta asosiy tuzoq
🚫
🧠
Ko‘pchilik insonlar hayotini o‘zgartira olmaydi. Sababi bitta: onglari qulflangan. Erkin fikrlash o‘rniga, tizim ularga tayyor “o‘yinchoqlar” berib qo‘ygan. Mana, eng asosiy 3 ta tuzoq:
1️⃣
Bachkana va befoyda videolar
Ma’nosiz roliklar Sizning diqqat, vaqt va energiyangizni yutadi. Siz kulasiz, lekin hayotingizda hech nima o‘zgarmaydi.
2️⃣
Hazil va memlarga qaramlik
Hazil foydali, lekin uni ortiqcha iste’mol qilsangiz, miyangiz doimiy “yengillik” istaydigan holatga tushib qoladi. Natijada jiddiy ishni ko‘tarolmaydigan, mas’uliyatsiz insonga aylanasiz.
3️⃣
Befoyda o‘yinlar va virtual dunyo
O‘yinlarda qahramon bo‘lib, real hayotda mag‘lub bo‘layotgan odamlar juda ko‘p. Chunki ular vaqtini faqat virtual “yutuq”larga sarflab, asl imkoniyatini boy berib qo‘yadi.
👉
Savol: Sizning ongingizni qaysi tuzoq ushlab turibdi?
Izohlarda yozib qoldiring!
@Shohjahon_mnemonist
Bu sistemaga 1.5 yildan oshiqroq vaqt ketgan. To‘xtamasdan har kuni kamida 2 soat shug‘ullanish kerak edi, bo‘lmasa
4–6 soat, ba’zan undan ham ko‘p vaqt
ketardi.
Ma’lum sabablarga ko‘ra to‘xtab qoldi.
Endi esa yarmini 3 soatda takrorlab chiqdim, lekin hali to‘liq emas. Yaxshi o‘xshadi, chunki men kunlab vaqtim ketadi deb o‘ylagan edim.
Bu sistemadan jahon chempionlari ham, top mnemonistlar ham foydalanishadi.
👉
Shunda bitta haqiqatni bildim:
intizom bo‘lmasa, eng zo‘r sistema ham, eng zo‘r yo‘nalish ham, hatto muvaffaqiyat sirlari ham foyda bermaydi.
30 kunlik challange
🤩
Mijozlar bilan sotuv qilishda qiynalayapsizmi? Bilimingizni yanada oshirmoqchimisiz?
Unda bu aynan siz uchun
🫵
Qanday qilib mijozni “yo‘q” dan “ha” ga o‘tkazish va 30 ta sotuv bo'yicha amaliy texnika bizning kanalda:
✔️
30 ta amaliy sotuv texnikalari;
✔️
Extiyojlarni aniqlash;
✔️
Bitimlarni yopishni zo'r texnikalari;
✔️
E'tirozlar bilan ishlash.
O'z ustingizda ishlab sotuvlaringizni 2x dan 5x ga oshirish, Daromadizni ko'paytirish imkoniyati qoʻlda boy bermang.
Sotuvchining Kundaligi kanaliga qo'shilib oling va albatta do'stlaringizni ham taklif qiling.
https://t.me/+kqw6Q1RwRV4xNjQy
https://t.me/+kqw6Q1RwRV4xNjQy
https://t.me/+kqw6Q1RwRV4xNjQy
📌
5-kun: Yoz va yodla — intizomning oltin qoidası
Intizomni kuchaytirishning eng kuchli usullaridan biri bu — yozish.
O‘zingni kuzat: yozmagan kunlaringda rejalaring chalkashib ketadi, esdan chiqadi va oxirida bajarmay qo‘yasan. Ammo yozgan kunlaringda vazifang aniq bo‘ladi, miyangda tartib paydo bo‘ladi.
Nega? Chunki yozilgan narsa miyaga buyruq sifatida o‘tadi. Yozilgan rejani miyang “majburiyat” deb qabul qiladi. Shuning uchun yozish odati intizomning poydevoridir.
🎯
Mashq:
Ertalab 3 ta vazifangni yoz.
Kunduz kuni ularni yoddan qaytar.
Kechqurun ro‘yxatni olib, oldiga
✅
yoki
❌
belgisi qo‘y.
Bu juda oddiy ko‘rinadi, lekin o‘ta samarali. Sen asta-sekin miyangga “so‘z → amal” bog‘lanishini o‘rgatasan. Shu orqali intizoming kuchayadi.
👉
Esda tut: yozmagan odamning hayoti chalkash, yozgan odamning hayoti tartibli bo‘ladi.
✍️
@Shohjahon_mnemonist