Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Shohjahon l Mnemonist

Shohjahon_mnemonist
"Vaqti keldi! Biz birinchi bo‘lish uchun harakat qilamiz 💪 Intizom, mehnat, Allohning madadi bilan cho‘qqiga erishamiz, inshaAlloh!" 🧠 Blogimni kuzatib miyangiz nimalarga qodirligini anglaysiz! 📝 Admin: @Mnemonikauzbbot @Shohjahon_Mustofayev
Subscribers
1 370
24 hours
30 days
-30
Post views
1 037
ER
0,77%
Posts (30d)
5
Characters in post
510
December 04, 03:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

🔥
Intizomni mustahkamlaydigan ertalabgi 5 daqiqalik odatlar
Ertalabki 5 daqiqa — butun kunni boshqaradi. Siz o‘sha 5 daqiqani to‘g‘ri boshlasangiz, intizomingiz avtomatik ravishda kuchayadi
⚡️
1️⃣
To‘shakni yig‘ish
Kichik g‘alaba — kunning katta ritmini beradi.
2️⃣
Sovuq suv bilan yuz yuvish
❄️
Miya uyg‘onadi, kayfiyat ko‘tariladi.
3️⃣
1 daqiqalik chuqur nafas
Stressni tushiradi, fikrni tiniqlashtiradi.
4️⃣
Bugungi 1 ta asosiy vazifani belgilash
Kunni tartibga soladi. Fokus yo‘qolmaydi.
5️⃣
30 soniya davomida shukronalik
Ijobiy energiya + intizomga kuch beradi.
Shu 5 ta odatni har kuni qilsa, intizom o‘zi mustahkamlanib boradi. Oson, lekin ta’siri kuchli
🔥
👉
Kanal:
@shohjahon_mnemonist

December 03, 12:59
Media unavailable
1
Show in Telegram

🔥
Kichik g‘alabalar printsipi: o‘ziga ishonchni qaytaruvchi metod
O‘ziga ishonchni tiklash uchun katta ishni kutmang
Kichik g‘alabalar bilan boshlang

Qoidasi:
1️⃣
Oddiy vazifani bajarish — hatto eng kichigi ham.
2️⃣
Natijani qayd qilish
📝
— muvaffaqiyatni ko‘rish.
3️⃣
Keyingi kichik qadamni belgilang
➡️
— o‘z-o‘zidan ishonch oshadi.
Natija: har bir kichik g‘alaba katta o‘ziga ishonch zanjirini yaratadi
🔥
👉
Kanal:
@shohjahon_mnemonist

December 02, 17:21

Fokus qilgan joyda natija bo‘ladi.
Bugun menejer profilimga kirib, sizlardan kelgan savollarni ko‘rdim — ular soni meni hayratga soldi.
Shunda yana bir bor tushundim: fokusimni ijtimoiy tarmoqlarga ko‘proq qaratish va sizlar uchun yanada sifatli, foydali kontent yaratishim shart ekan.
Chunki bu bilimlar va yo‘l ko‘plab insonlarning hayotini tubdan o‘zgartirdi. Va nasib qilsa, sizning hayotingiz ham tez orada muvaffaqiyat sari o‘zgaradi, In Shaa Alloh.
Bugundan boshlab, men ijtimoiy tarmoqlarga yanada ko‘proq vaqt, e’tibor va kuch bag‘ishlayman.
Sizlar bunga haqiqatan ham loyiqsiz.
Men sizlarning har biringizni chin dildan hurmat qilaman.
Chunki biz — bir oila, bir jamoa, bir maqsad sari birga yurayotgan safdoshlarmiz.

December 02, 17:10
Media unavailable
2
Show in Telegram

December 02, 14:28

🔥
Dangasalikka qarshi 1 daqiqalik qoida
Dangasalikni yengishning eng tez yo‘li — 1 daqiqalik qoida

⚡️
Qoidasi: biror ishni qilishga xohishingiz bo‘lmasa, faqat 1 daqiqa davomida boshlang.
Miya uchun 1 daqiqa juda oson, lekin boshlaganingizdan keyin tana va fikr o‘z-o‘zidan “ritmga” kiradi.
Natija: dangasalikka joy qolmaydi
🔥
Aka, bugun bir ishni shunchaki 1 daqiqa uchun boshlang, farqni his qilasiz.
👉
Kanal:
@shohjahon_mnemonist

October 29, 08:20
Media unavailable
1
Show in Telegram

Mnemonikaning oddiy qoidasi: tasvirlash san’ati
🧠
Mnemonika — eslab qolishning eng qadimiy san’ati.
Asosiy qoida shunday: so‘zlarni, tushunchalarni, raqamlarni oddiygina tasvirga aylantirish.
Masalan: “Olma” desak, miyamiz uni darrov ko‘rish orqali eslaydi. Lekin “Erkinlik” desak, uni eslab qolish qiyin. Agar “qush parvoz qilayotgani” bilan bog‘lasangiz, u tez va mustahkam yodda qoladi.
👉
Shuning uchun har bir murakkab so‘z yoki tushunchaga ko‘rinadigan, yorqin obraz toping. Miya abstrakt narsalarni emas, tasvirlarni yaxshi eslaydi.
📌
Xulosa: Qanchalik kulgili, g‘aroyib va rang-barang tasvirlar yaratsangiz, xotirangiz shunchalik kuchli bo‘ladi.
Siz ham biror qiyin so‘zni qanday tasvirga aylantirgan bo‘lardingiz? Izohlarda yozing!
@Shohjahon_mnemonist

October 28, 03:25

O‘qigan narsani uzoq vaqt eslab qolish siri
O‘qib chiqqan narsangiz tez unutilmasligi uchun 3 ta oltin qoida:
Qayta hikoya qilish. Kitobni yopib, o‘z so‘zlaringiz bilan tushuntiring.
Amalda qo‘llash. O‘qigan narsani hayotingizga darrov tatbiq eting.
Spaced repetition. 1 kun – 3 kun – 7 kun – 1 oyda qayta ko‘rib chiqing.
👉
Miyaga “bu muhim” degan signal berilmasa, u unutishga intiladi. Takrorlash va qo‘llash esa signalni mustahkamlaydi.
📌
Xulosa: O‘qiganingizni “bilim”ga emas, “ko‘nikma”ga aylantirsangiz, uni yillar davomida unutmassiz.
📌
Siz oxirgi o‘qigan narsangizni hayotingizda ishlatib ko‘rdingizmi?
@Shohjahon_mnemonist

October 27, 15:55
Media unavailable
1
Show in Telegram

Qiziq savol
⁉️
Fikrlaringiz muhim
❗️

October 27, 13:31
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Dangasalikni sindiruvchi 1 ta savol
Dangasalikka berilganda o‘zingizga bitta savol bering:
👉
“Agar men hozir boshlamasam, keyingi 1 yildan keyin ham shu joydami turaman?”
Bu savol ongni uyg‘otadi. Chunki dangasalik kelajakni yeb qo‘yadi.
📌
Xulosa: Harakat qilmaslikning narxi juda qimmat — vaqt.
📝
Sizningcha, dangasalikka eng yaxshi davo nima?
@Shohjahon_mnemonist

October 26, 13:32
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

20 daqiqa qoida: har kuni ozgina, lekin davomiy
Ko‘pchilik ilm olishni katta vaqt va kuch talab qiladi deb o‘ylaydi. Aslida esa atigi 20 daqiqa kifoya.
20 daqiqa kitob o‘qisangiz — bir yilda o‘nlab kitob tugatasiz.
20 daqiqa yangi til o‘rgansangiz — bir yilda minglab so‘z bilasiz.
20 daqiqa sport qilsangiz — bir necha oyda sog‘lig‘ingiz o‘zgaradi.
📌
Xulosa: Katta natija ko‘p vaqt emas, davomiylikda. Har kuni ozgina, lekin muntazam.
📖
Siz bugun ilm uchun necha daqiqa ajratdingiz?
@Shohjahon_mnemonist