
TDIU iqtidorli talabalar
🏢
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
⚡️
Iqtidorli talabalar
📲
Instagram
https://www.instagram.com/tdiu_iqtidorli_talabalar?i
📲
Facebook
https://www.facebook.com/profile.php?id=100077735212427
#taxin_tashkent_2025
#xalqaro_olimpiada
⚡️
“TaxInTashkent-2025”
xalqaro soliqqa tortish tanlovining
birinchi bosqichi
o'z nihoyasiga yetdi.
⛓️
Turnir jadvali bilan
havola
orqali tanishishingiz mumkin
🔴
Eslatib o'tamiz, tanlovning hakamlar hay’ati tarkibida Rossiya Federal soliq xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining yetuk ekspertlari ishtirok etmoqda.
🇺🇿
TDIU Axborot xizmati
🚀
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali:
@tsueuzofficial
#taxin_tashkent_2025
#xalqaro_olimpiada
⚡️
“TaxInTashkent-2025” xalqaro soliqqa tortish tanlovida O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston
davlatlarining iqtidorli talabalari ishtirok etmoqda.
🔴
Tadbir davomida ishtirokchilar turli bosqichlardagi amaliy topshiriqlarni bajarib, ekspertlar bilan muloqotda bo‘lish va tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
🇺🇿
TDIU Axborot xizmati
🚀
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali:
@tsueuzofficial
TDIU talabalari “Jamg‘arma — moliyaviy erkinlik kaliti” tanlovida g‘olib bo‘lishdi
Batafsil saytda
🇺🇿
TDIU Axborot xizmati
🚀
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali:
@tsueuzofficial
#taxin_tashkent_2025
#xalqaro_olimpiada
🔴
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “TaxInTashkent-2025” xalqaro soliqqa tortish tanloviga start berildi
🇺🇿
TDIU Axborot xizmati
🚀
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali:
@tsueuzofficial
#taxin_tashkent_2025
#xalqaro_olimpiada
🔴
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “TaxInTashkent-2025” xalqaro soliqqa tortish tanloviga start berildi
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi, Rossiya Federal soliq xizmati hamda MDH davlatlari oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda “TaxInTashkent 2025” xalqaro soliqqa tortish tanlovi o‘z ishini boshladi
🇺🇿
TDIU Axborot xizmati
🚀
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali:
@tsueuzofficial
#xalqaro_yutuq
📣
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari yana bir bor xalqaro arenada birinchilikni qo'lga kiritdilar!
⚡️
“
Tovarlar va xizmatlar savdosini rivojlantirish” mavzusida “RoUzvitiye” xalqaro tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovning final bosqichida amaliyotchi xalqaro ekspertlardan tashkil topgan komissiya oldida universitetimiz talabalaridan iborat ikki jamoa o‘z loyihalarini himoya qildilar.
🏆
Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Feniks” jamoasi o‘zining “CBDC — Markaziy bank raqamli valyutasi” nomli loyihasi bilan mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi!
🎉
🎓
Jamoa sardori Menejment fakulteti 2-bosqich talabasi Kuandikov Sultanbek Meyrbekovich Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida joylashgan kongress-ko‘rgazma markazida,
Rossiya va Oʻzbekiston mintaqalarining II forumi
doirasida tantanali ravishda taqdirlandi.
Ushbu tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi rais o‘rinbosari Dilshod Ozodovich Rasulov, Rossiya–O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi raisi Andrey Ravelevich Kuzyaev, Rossiya Federatsiyasi Savdo-sanoat palatasi vitse-prezidenti Vladimir Ivanovich Padalko, shuningdek, boshqa rahbarlar va mutaxassislar ishtirok etdilar.
🌐
Bizni kuzatishda davom eting.
Instagram
|
Telegram
#TDIU
#Forum_Global_Milliy_iqtisodiyot_trendlari
#Festival
#2_kun
Forum doirasida o‘tkazilgan “Yuksak intellektual yoshlar hamdo‘stligi – kelajak iqtisodiyot poydevori” xalqaro yoshlar festivali ishtirokchilari taqdirlandi
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida
“IV Global va milliy iqtisodiyot trendlari: O‘zbekiston–2030 strategiyasi”
xalqaro forumi doirasida yoshlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan
“Yuksak intellektual yoshlar hamdo‘stligi – kelajak iqtisodiyot poydevori”
xalqaro festivali o‘tkazildi.
Festivalning yopilish marosimida TDIU rektori, iqtisod fanlari doktori, professor
To‘lqin Teshabayev
ishtirok etib, festival yoshlarning intellektual imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularda zamonaviy iqtisodiy fikrlash va innovatsion yondashuv qarashlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilganligi, unda nafaqat universitet talabalari, balki xorijiy universitetlardan ham yoshlar ishtirok etganligini mamnuniyat bilan qayd etib o‘tdi.
Shundan so‘ng,
“Yuksak intellektual yoshlar hamdo‘stligi – kelajak iqtisodiyot poydevori”
xalqaro yoshlar festivali doirasidagi tanlovlar, olimpiadalarda munosib ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar taqdirlandi. Shuningdek, festivalda Yekaterinburg davlat iqtisodiyot universitetidan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilariga ham samimiy minnatdorchilik bildirib,
"Tashakkurnoma"
lar berildi.
Qayd etish joizki, Festival doirasida jami 7 ta tanlov tashkil etildi. Saralash bosqichlarida 3000 dan ortiq talabalar fan, innovatsiya va amaliy iqtisodiyot yo‘nalishlarida o‘z bilim va iqtidorlarini namoyon etdilar. Bu yerda yoshlar ilmiy tadqiqotlarini taqdim etish, innovatsion g‘oyalarini amalda sinovdan o‘tkazish va zamonaviy iqtisodiy yondashuvlarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
🇺🇿
TDIU Axborot xizmati
🚀
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali:
@tsueuzofficial
#TDIU
#Forum_Global_Milliy_iqtisodiyot_trendlari
#Festival
#1_kun
🛍
“Yuksak intellektual yoshlar hamdo‘stligi – kelajak iqtisodiyot poydevori”
talabalar xalqaro festivali doirasida 1-bosqich talabalari uchun
Matematika fanidan
olimpiada bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿
TDIU Axborot xizmati
🚀
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali:
@tsueuzofficial
#TDIU
#Forum_Global_Milliy_iqtisodiyot_trendlari
#Festival
#1_kun
🗣
“Yuksak intellektual yoshlar hamdo‘stligi – kelajak iqtisodiyot poydevori” xalqaro talabalar festivali doirasida
“Tadbirkorlik fabrikasi”
mavzusida yoshlar o‘rtasida
innovatsion loyihalar tanlovi
bo‘lib o‘tmoqda.
➡️
Tanlov davomida ishtirokchilar o‘z
g‘oyalari va startap loyihalarini
tadbirkorlik sohasidagi
tajribali mutaxassislar va ekspertlarga
taqdim etishmoqda.
🚀
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali:
@tsueuzofficial
#TDIU
#Forum_Global_Milliy_iqtisodiyot_trendlari
#Festival
#1_kun
💡
“Yuksak intellektual yoshlar hamdo‘stligi–kelajak iqtisodiyot poydevori” talabalar xalqaro festivali doirasida
“O‘zbekistonning “Yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi: mavjud muammo va istiqbolli imkoniyatlar”
mavzusida
maqolalar tanlovi bo’lib o’tmoqda.
✔️
Tanlovning maqsadi
— yoshlarda ekologik ongni oshirish, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi yo‘lida yangi g‘oyalarni ilgari surish va yosh mutaxassislarni yashil iqtisodiyot bo‘yicha ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb qilishdir.
🇺🇿
TDIU Axborot xizmati
🚀
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali:
@tsueuzofficial