Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

TDIU iqtidorli talabalar

TDIUiqtidorlitalabalar
🏢 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ⚡️ Iqtidorli talabalar 📲 Instagram https://www.instagram.com/tdiu_iqtidorli_talabalar?i 📲 Facebook https://www.facebook.com/profile.php?id=100077735212427
Subscribers
3 680
24 hours
30 days
-10
Post views
1 686
ER
48,1%
Posts (30d)
19
Characters in post
991
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
April 27, 15:36
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📇
👨‍💻

Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science kurslariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul boshlandi!
💡
Hurmatli talaba (
2 bosqichni bitirib 3 bosqichga o‘tadiganlar uchun)
! Yangi bilimlar sari intilayotgan, raqamli savodxonlik va texnologiyalarga qiziqayotgan yoshlarga ajoyib imkoniyat!
🎯
Sun'iy intellekt yordamida kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, egallayotgan mutaxassisligingiz bo‘yicha zamonaviy va professional kasb egasiga aylanish hamda yuqori maosh egasi bo‘lishni xohlasangiz unda Siz uchun bu kurs unikal imkoniyat! Imkoniyat va vaqtni qo‘ldan boy bermang! Sun'iy intellektni egarlang! Oddiy mutaxassis emas SI ni boshqara oladigan "chavandoz"ga aylaning!
🚀
Tanlovda ishtirok eting va “Data Science” kurslarida
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
tahsil olish huquqini qo‘lga kiriting!
📍
Akademik mobillik:
tanlov g‘oliblari kurs davomida (bir o‘quv yilida) Toshkent shahrida tahsil oladi;
🛒
O‘qish davri uchun:
🍛
bir mahal issiq ovqat;
🤑
rag‘bat puli
(oyiga – 1 320 000 so‘m)
beriladi.
🧑‍💻
Moddiy texnik ta’minot:
⌨️
noutbuk;
🌐
internet ;
📖
online darsliklar;
⚙️
amaliyotchi mutaxassislar darslari.
📊
Kursda:
🗄
“Startup”lar va zamonaviy muammolarni IT yechimlar bilan integratsiya qilish
(vibe coding, Python, R, SQL, Power BI, ML, AI asoslari)
ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Bitiruv malaka ishi "Startup" loyiha sifatida qabul qilinadi.
🗓
Hujjat topshirish
: 2026-yil 28-apreldan.
🗺
Ariza topshirish
: faqat onlayn!
🌐
dscience.uz
saytiga tashrif buyuring!
💬
Aloqa uchun:
+998 90 177 20 22
👨‍💻
Mirzo Ulug’bek Vorislari
Bizni kuzating:
📱
Sayt
📱
Telegram

April 25, 11:53
Media unavailable
5
1
Show in Telegram

📣
TDIU talabalari
«InTax 2026»
xalqaro tanlovida munosib ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.
Jamoa a’zolari — Orifboyev Ozod Azatovich va Masheyev Ruslan Viktorovich
o‘z bilim va salohiyatlari bilan hakamlar e’tirofiga sazovor bo‘lishdi.
🔥
Ushbu yutuq talabalarimizning mazkur olimpiadada muntazam faol qatnashib, yuqori natijalarga erishib kelayotganini yana bir bor yaqqol namoyon etdi hamda ularning xalqaro maydonda raqobatbardosh ekanini tasdiqlaydi.
🌐
Bizni kuzatishda davom eting.
Instagram
|
Telegram

April 23, 16:23
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

#Xushxabar
TDIU talabalari 16-Yevrosiyo yoshlar iqtisodiyot forumida yuqori natija qayd etib, jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti iqtidorli talaba-yoshlari XVI Yevrosiyo iqtisodiy yoshlar forumida turli yo’nalishlar bo’yicha o’z loyihalari bilan faol ishtirok etib, quyidagicha faxrli o’rinlarni qo’lga kiritishdi:
🥇
8 ta 1-o’rin;
🥈
5 ta 2-o’rin;
🥉
2 ta 3-o’rin.
Batafsil saytda
🇺🇿
TDIU Axborot xizmati
🚀
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali:
@tsueuzofficial

April 23, 09:17
Media unavailable
4
Show in Telegram

#TDIU
#EYEF2026
#YoshIqtisodchilar
#XalqaroHamkorlik
#InnovatsionLoyiha
TDIU talabalari Yekaterinburgdagi xalqaro forumda munosib ishtirok etmoqda
Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida o‘tkazilayotgan
XVI Yevrosiyo yoshlar iqtisodiyot forumi
ning ikkinchi kuni yuqori faollik va qizg‘in muhokamalar bilan davom etdi. Mazkur nufuzli xalqaro maydonda
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 16 nafar iqtidorli talabalari
munosib ishtirok etib,
7 ta yo‘nalish doirasida
o‘z innovatsion loyihalarini keng jamoatchilikka taqdim etdilar.
Talabalar tomonidan ilgari surilgan loyihalar zamonaviy iqtisodiy muammolarni hal etishga qaratilgani, amaliy yechimlarga boyligi hamda innovatsion yondashuvlarga asoslangani bilan ajralib turdi. Xususan, raqamli iqtisodiyot, moliyaviy texnologiyalar, barqaror rivojlanish va biznesni transformatsiya qilish yo‘nalishlaridagi tashabbuslar forum ishtirokchilari va xalqaro ekspertlar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi.
Forum doirasida talabalar o‘z loyihalarini himoya qilish, xorijiy mutaxassislar bilan fikr almashish hamda global iqtisodiy tendensiyalar yuzasidan bilimlarini yanada boyitish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. Bu esa ularning nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamlash, balki amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham xizmat qilmoqda.
TDIU talabalari tomonidan namoyish etilgan tashabbuskorlik, zamonaviy fikrlash, kreativ yondashuv va puxta bilimlar xalqaro maydonda yuqori baholanib, munosib e’tirof etilmoqda. Bu esa universitetda yaratilgan ta’lim muhiti, ilmiy salohiyat va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimining samarali natijasi ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
Batafsil saytda
🇺🇿
TDIU Axborot xizmati
🚀
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali:
@tsueuzofficial

April 18, 08:40
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Student_science_week
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o'tkazilgan “STUDENT SCIENCE WEEK” – Iqtidorli talabalar ilmiy-innovatsion haftaligi yuqori saviyada yakunlandi
Mazkur haftalik davomida 2000 dan ortiq talabalar faol ishtirok etib, o‘z bilim, salohiyat va innovatsion yondashuvlarini keng namoyon etdilar. Dastur doirasida 14 ta fan olimpiadasi, 3 ta sho‘ba doirasida “Raqamli transformatsiya va jamiyat taraqqiyoti: yoshlar qarashlarida innovatsion rivojlanish istiqbollari” mavzusida maqolalar tanlovi, shuningdek, “FinTech: yangi avlod uchun raqamli yechimlar” Hackathon tanlovlari tashkil etildi. Ushbu tanlovlar talabalarning ilmiy-ijodiy fikrlashini rivojlantirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
🇺🇿
TDIU Axborot xizmati
🚀
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali:
@tsueuzofficial

April 18, 08:40
Media unavailable
9
1
Show in Telegram

#Student_science_week
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o'tkazilgan “STUDENT SCIENCE WEEK” – Iqtidorli talabalar ilmiy-innovatsion haftaligi yuqori saviyada yakunlandi
Batafsil saytda
🇺🇿
TDIU Axborot xizmati
🚀
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali:
@tsueuzofficial

April 18, 04:41
Media unavailable
10
1
Show in Telegram

📣
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida
2026-yil 13–17-aprel kunlari
o‘tkazilgan
“STUDENT SCIENCE WEEK” – Iqtidorli talabalar ilmiy-innovatsion haftaligi
yuqori saviyada yakunlandi.
🔥
Mazkur haftalik davomida
2000 dan ortiq talabalar
faol ishtirok etib, o‘z bilim, salohiyat va innovatsion yondashuvlarini keng namoyon etdilar. Dastur doirasida
14 ta fan olimpiadasi, 3 ta sho‘ba doirasida “Raqamli transformatsiya va jamiyat taraqqiyoti: yoshlar qarashlarida innovatsion rivojlanish istiqbollari” mavzusida maqolalar tanlovi, shuningdek, “FinTech: yangi avlod uchun raqamli yechimlar” Hackathon tanlovlari
tashkil etildi. Ushbu tanlovlar talabalarning ilmiy-ijodiy fikrlashini rivojlantirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
⚡️
Haftalik yakunida g‘olib va sovrindorlar universitet rektori tomonidan tantanali ravishda tabriklandi. Tadbir davomida hukm surgan yuqori kayfiyat, sog‘lom raqobat va ilmiy muhit uning muvaffaqiyatli o‘tganini yana bir bor tasdiqladi.
🏆
G‘oliblar quyidagi tartibda taqdirlanadi:
🥇
1-o‘rin – bazaviy stipendiyaning 3 barobari
🥈
2-o‘rin – bazaviy stipendiyaning 2 barobari
🥉
3-o‘rin – bazaviy stipendiyaning 1 barobari
“STUDENT SCIENCE WEEK” haftaligi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda innovatsion rivojlanish yo‘lida yangi g‘oyalarni ilgari surishda muhim qadam bo‘lib xizmat qildi.
🌐
Bizni kuzatishda davom eting.
Instagram
|
Telegram

April 15, 09:20
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
Lactalisning ulkan Xakatoniga qo‘shiling!
📚
FMCG sanoatini zabt etishga tayyor talaba yoki yosh mutaxassismisiz? Unda bu xakaton aynan siz uchun!
⚡️
Mahoratingizni oshiring, o‘zingni eng nufuzli ish beruvchi oldida namoyon eting va dunyodagi eng yirik sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi Lactalisda orzuingizdagi karyerangiz sari qadam tashlang.
💡
Sizni nima kutmoqda?
• Logistika, marketing, savdo, ishlab chiqarish va HR sohalarida haqiqiy biznes muammolarini yechish
• Lactalis kadrlar zaxirasiga kirish imkoniyati (yoki hatto to‘g‘ridan-to‘g‘ri jamoaga qo‘shilish!)
• Kun bo‘yi g‘ayrat va g‘oliblar uchun sovrinlar
• Ko‘plab tanishuvlar va orzuingizdagi jamoani topish imkoniyati
⭐️
Qachon? 2026-yil 14-may, soat 08:00 dan 20:00 gacha.
📍
Qayerda? Toshkentda
🌟
Imkoniyatni boy bermang! Bu o‘zingizni ko‘rsatish va dunyodagi eng yirik kompaniyadan haqiqiy takliflar olish imkoniyatingizdir!
👉
Botdagi so‘rovnomani hoziroq to‘ldiring va Lactalis bilan birgalikda EKSPERT bo'ling!
📝
Ro‘yxatdan o‘tish:
@Lactalis_Hackathon_bot
Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬
Telegram
📹
Instagram

April 15, 06:46
Media unavailable
9
1
Show in Telegram

📣
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida respublika oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida
Moliyaviy savodxonlik
boʻyicha turkum
fan olimpiadalari
ning universitet bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi!
🏆
Ushbu bosqichdagi talabalarimizning natijalari:
Iqtisodiyot nazariyasi
• Sharipboyev Husanboy
Iqtisodiy statistika
• Davronov Akobir
Bank ishi
• Raximboyeva Gulasal
Soliq
• Masheyev Ruslan
Moliya
• Nasirdinov Jasurbek Shavkat o‘g‘li
Moliya (B kategoriya, “Moliyaviy xavfsizlik”)
Iqtisodiyot:
• Yo’ldoshev Kamron
Xalqaro munosabatlar:
• Olimjonova Ruxshona
Axborot xavfsizligi:
• Alijonov Sardor
🚀
Yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, 1-o‘rinni egallagan barcha iqtidorli talabalarimizni chin dildan tabriklaymiz va keyingi bosqichda kuch-g‘ayrat, omad va yangi zafarlar tilaymiz!
🌐
Bizni kuzatishda davom eting.
Instagram
|
Telegram

April 13, 18:14
Media unavailable
6
1
Show in Telegram

📣
“STUDENT SCIENCE WEEK” doirasida fan olimpiadalari START oldi!
🔥
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘tkazilayotgan ilmiy-innovatsion haftalik doirasida turli yo‘nalishlar bo‘yicha fan olimpiadalari rasman boshlandi
13.04.2026 sanasida boʻlib oʻtgan olimpiadalar:
- Menejment
- Bozor iqtisodiyot va savdo
- Buxgalteriya hisobi
- Yashil iqtisodiyot
😎
Natijalar tez orada e’lon qilinadi!
💡
Endi sizda o‘z bilim va salohiyatingizni sinovdan o‘tkazish, ilmiy muhitda tajriba orttirish va eng muhimi — sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritish imkoniyati mavjud!
🚀
Barcha talabalarni faol ishtirok etishga chorlaymiz! O‘zingiz qiziqqan yo‘nalish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘ting va bilimlaringizni namoyon eting.
🏆
G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
🥇
1-o‘rin — 3 barobar stipendiya
🥈
2-o‘rin — 2 barobar stipendiya
🥉
3-o‘rin — 1 barobar stipendiya
⚡️
Faol bo‘ling, ishtirok eting va g‘alaba sari dadil qadam tashlang!
🌐
Bizni kuzatishda davom eting.
Instagram
|
Telegram