Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Ta'lim Huquqi

Talim_huquqi

Kanallarimiz:
@Talim_huquqi
,
@imtiyozuz
,
@domlajonuz
Murojaat uchun:
@Talim_huquqibot

Subscribers
1 810
Post views
644
ER
35,42%
Posts
4 055
August 22, 15:57
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Rasman
⚡️
Yangi o‘quv yili 1-kurslar uchun 3-sentyabrdan, yuqori kurslarga 8-sentyabrdan boshlanadi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan
oliy taʼlim tashkilotlari va akademik litseylarda yangi 2025/2026-oʻquv yilini boshlash
sanalari tasdiqlandi.
Unga ko‘ra:
🔸
akademik litseylarning barcha bosqich o‘quvchilari
va oliy ta’lim tashkilotlarining
1-bosqich talabalari uchun
dars jarayonlari
2025-yil 3-sentyabrdan;
🔹
oliy ta’lim tashkilotlarining 2- va undan yuqori
bosqich talabalari uchun
8-sentyabrdan
boshlanadi.
Oliy ta’lim tashkilotlarida
birinchi bosqichga qabul qilingan
talabalar uchun
“Kredit taʼlimi tizimiga kirish”
haftaligi hamda
“Talabalikka bagʻishlov”
tadbirlari tashkil etiladi.
Haftalik doirasida:
➡️
talabalarni oliy taʼlim tashkiloti faoliyati bilan
tanishtirish, kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati va afzalliklarini tushuntirish
hamda tanlov fanlarni maqsadli tanlash;
➡️
talabalarda mustaqil taʼlim koʻnikmalarini shakllantirish,
akademik halollik tamoyillari va kasbiy hamda shaxsiy rivojlanish
masalalari yuzasidan
targʻibot-tashviqot
ishlari amalga oshiriladi.
🎓
@Talim_huquqi

August 20, 10:16

#Bilasizmi
⚡️
Pedagogika yo‘nalishlarida o‘qiyotgan talabalar 3-kursdan boshlab maktabda ishlashi mumkin

Oliy ta’lim muassasasining
kunduzgi, kechki, sirtqi
ta’lim shakllarining pedagogika yo‘nalishlarida o‘qiyotgan shaxslar
3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish
uchun umumta’lim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida
ishga qabul qilinishi mumkin
va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.
Asos:
Vazirlar Mahkamasining
275-sonli qarori
8-bandi
.
🎓
@Talim_huquqi

August 13, 19:12

#Qabul2025
⚡️
Mandat e’lon qilindi

2025/2026-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha
tanlov natijalari
e’lon qilindi.
📌
Tanlov natijalarini 3
xil
usulda bilish mumkin.
1️⃣
my.uzbmb.uz
sayti orqali:
my.uzbmb.uz
saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣
mandat.uzbmb.uz
sayti orqali:
mandat.uzbmb.uz saytiga
abituriyentning ID raqami
ni kiritgan holda.
3️⃣
Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek,
test natijalari qaydnomasi
oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
🎓
@Talim_huquqi

August 09, 05:47

⚡️
Endilikda abiturientlar
5 ta oliygohdan birortasiga kirolmagan bo'lsa,
lekin
to'plagan balli boshqa oliygohdagi to'lmagan yo'nalishga to'g'ri kelsa,
shu oliygoh rektori ularni
kontrakt asosida qabul qilishi mumkin
bo'ladi — prezident.
🎓
@Talim_huquqi

August 01, 06:32
Media unavailable
3
Show in Telegram

⚡️
Talabalar yotoqxonasi uchun onlayn ariza yuborish boshlandi
Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori
(14.08.2023-y.)
bilan tasdiqlangan
reglamentga
asosan
1-avgustdan boshlab
talabalar arizalarini
my.gov.uz
portali orqali
yuborishlari mumkin.
Reglamentga muvofiq, dastlab
imtiyoz va ustuvorliklarga
ega
talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.
Imtiyozli ro‘yxatga quyidagi mezonlarning biriga mos keluvchi talabalar kiritiladi:
a) tegishli tasdiqlovchi ma’lumotlar asosida:

“Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oila (ayol) farzandlari;

I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar;

xorijiy davlat fuqarosi bo‘lgan talabalar;

bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar farzandlari;
b) oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) buyrug‘i asosida:

xalqaro va Vazirlik tomonidan o‘tkaziladigan respublika miqyosidagi fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan talabalar;

Vazirlik tomonidan o‘tkaziladigan “Zakovat” intellektual o‘yinlari respublika bosqichi g‘oliblari;

“Yil talabasi” ko‘rik-tanlovi respublika bosqichi g‘oliblari;

“Talabalar teatr studiyalari” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari;

talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori bo‘lgan talabalar.
Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi
talabalar uchun
yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️
1-kurs talabalari uchun
55 — 65 foiz
;
▪️
2-kurs talabalari uchun
15 — 20 foiz
;
▪️
3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun
20 — 25 foizgacha
ajratiladi.
Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab
o‘quv yili yakuniga qadar
davom etadi.
Batafsil ma’lumot:
👉
https://lex.uz/uz/docs/-6568679
❗️
Ma’lumot uchun, 2025/2026-o‘quv yilida OTM
1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar
yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi.
Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.
🎓
@Talim_huquqi

August 01, 05:11
Media unavailable
1
Show in Telegram


1-avgustdan nimalar o'zgardi?
Ertaga 1 avgust va O'zbekiston qonunchiligida bir qancha
o'zgarishlar kuchga kiradi:

Bazaviy hisoblash miqdori
375 ming so'mdan 412 ming so'mga
oshadi;

Eng kam oylik ish haqi
1 155 ming so'mdan 1 271 ming so'mga
yetadi;

Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori
10 foizga
oshadi.
Bunda tashqari elektr energiyasi uchun to'lovlarni chiqindi uchun to'lovlarga bog'lashga o'tiladi.
Chiqindi uchun to'lov vaqtida to'lanmasa, elektr energiyasiga to'lov qilish vaqtincha to'sib qo'yiladi.
🎓
@Talim_huquqi

July 31, 06:20

⚡️
Bugun
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga qabulni so’ngi kuni.
Huquqni muhofaza qilish akademiyasida magistraturaning
“Prokurorlik faoliyati”
(kunduzgi, kechki va masofaviy),
“Korrupsiyaga qarshi kurashish”,“Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” hamda “Kiberxavfsizlikni huquqiy ta'minlash”
mutaxassisliklariga
2025/2026
o'quv yili uchun qabul jarayonlari davom etmoqda.
Qabul joriy yil
31 iyulga qadar
O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining

mydtm.uz

elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.
YAngi o'quv yilida magistraturaning ushbu mutaxassisliklari bo'yicha ta'limning
kunduzgi
shakli uchun jami
65 ta, kechki
shakli uchun
10 ta, masofaviy
shakli uchun
35 ta
qabul
parametrlari belgilangan.
🎓
@Talim_huquqi

July 28, 08:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Bilishingiz kerak bo‘lgan TOP 15 ta foydali saytlar ro‘yxati:

Meshy.ai

Matn yoki rasm asosida 3D model va animatsiyalar yaratadi. Game developer va 3D dizaynerlar uchun ideal vosita.

Sketch.metademolab.com

Oddiy chizilgan odam yoki figurani AI orqali jonlantiradi. Harakatlanadigan 3D skeletga aylantirib beradi.

Coefont.cloud
— Matnni tabiiy ovozga aylantiruvchi AI‑platforma, ovozingizni klonlash yoki tahrir qilish imkonini beradi.

Treemengames.itch.io
— G‘aroyib, nostandart mini-o‘yinlar to‘plami. Kreativ dam olish uchun qiziqarli manba.

Radio.garden
— 3D globus orqali dunyodagi minglab radio stansiyalarni jonli tinglash imkonini beradi.

Keyboardsimulator.xyz
— 3D formatda klaviatura dizaynini sinab ko‘rib, ranglar va uslublarni sozlash mumkin.

Home.by.me
— Uyning 2D/3D dizaynini yaratish uchun bepul vosita. Interyer rejalashtirishni osongina amalga oshiring.

Klingai.com
— Matn yoki rasm asosida AI yordamida yuqori sifatli video va tasvirlar yaratadi.

Kickresume.com
— AI yordamida professional rezyume va ish ariza xatlari tayyorlaydi.

Typefaceanimator.com
— Matn animatsiyalash platformasi — harflarni jonlantirib, qisqa motion‑grafika tayyorlaydi.

FakeYou.com
— Matningizni kino yoki mashhur multfilm qahramonlarining ovozida o‘qib beradi. Kulgili va kreativ ovozli kontentlar uchun.

Rxresu.me

Minimal urinish bilan AI yordamida professional rezyume va Cover Letter yaratish uchun sodda platforma.

Musclewiki.com

Mashqlar bo‘yicha ko‘rsatmalar to‘plami — mushaklar guruhlariga mos mashqlarni video ko‘rinishda ko‘rsatadi.

Freepik.com

matn va tasvirlarni aqlli tarzda o‘zgartiruvchi ko‘p funksiyali AI platforma!

Ssemble.com

Uzun videolardan viral “shorts” videolarni avtomatik kesadi, subtitrlar va effektlar qo‘shadi, chop etishga tayyor qiladi.
👨‍🏫
@Domlajonuz

July 25, 17:50

#Qabul2025
#Magistratura_turdosh
⚡️
MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati
Siz mazkur roʻyxatdan qaysi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi
davlat oliy taʼlim muassasalari MAGISTRATURASIga
qabul boʻyicha turdosh ekanligini bilib olishingiz mumkin.

Magistratura kvotalari:
👉
KUNDUZGI…
👉
KECHKI…
👉
MASOFAVIY…
🎓
@Talim_huquqi

July 25, 17:41

#Qabul2025
#magistratura_kechki
⚡️
KECHKI magistratura qabul kvotasi
2025/2026-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga
KECHKI
ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish parametrlarining
mutaxassisliklar va oʻqitish tillari
boʻyicha taqsimoti tasdiqlandi.
JAMI:
1 319 ta.
Shundan, o‘zbek tili –
1 107 ta
, rus tili –
138 ta
,
qoraqalpoq tili –
74 ta
.
🎓
@Talim_huquqi