
Ta'lim Huquqi
⚡️
Endilikda olimlarning
sport bo’yicha ilmiy ishi
natija bersa, sportchilarning yutuqlari ko‘paysa, xalqaro musobaqalarda medal olib kelsa, ushbu olimlarga
100 million so‘mdan
mukofot
beriladi.
🎓
@Talim_huquqi
⚡️
O‘zbekiston maktablarida bahorgi ta’til 20-martdan boshlanadi
Ta’til bir haftadan ortiq davom etadi. Qoldirilgan darslar keyinchalik o‘quv dasturiga qo‘shib
o‘tiladi.
🎓
@Talim_huquqi
❓
Hayit va Navro‘z bayramida dam olish kunlari necha kun bo‘ladi?
Ramazon hayiti 20-mart, juma kuniga to‘g‘ri kelsa, unda dam olish kunlari quyidagicha bo‘ladi, shubda:
➖
20-mart
,
juma
– Ramazon hayiti, barcha uchun dam olish kuni;
➖
21-mart
,
shanba
– Navro‘z bayrami, barcha uchun dam olish kuni;
➖
22-mart
,
yakshanba
– odatiy dam olish kuni;
➖
23-mart
,
dushanba
- haftada 5 kun ishlaydiganlar uchun dam,
6 kunliklar uchun ish kuni.
🎓
@Talim_huquqi
⚡️
Endilikda chet tili 1-fan bo'lgan yo'nalishlarga B1 daraja ham imtiyoz beradi
Ayrim Hukumat qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
Unga ko'ra, fanlar majmuasida
chet tili 1-fan
sifatida belgilangan ta'lim yo'nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish bo'yicha
kamida B1
darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oshiriladi.
Fanlar majmuasida chet tili fani mavjud bo'lgan ta'lim yo'nalishlariga qabulda:
➖
B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abiturientlarga ushbu fandan belgilangan
maksimal ballning 75 foizi
miqdorida ball beriladi;
➖
B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abiturientlarga ushbu fandan belgilangan
maksimal ball
beriladi.
❗️
Ilgari
mazkur yo'nalishlarga qabul kamida B2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshirilgan.
🎓
@Talim_huquqi
⚡️
Homilador va yosh bolali talabalar uchun yangi imtiyozlar belgilandi
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab homilador talaba-qizlar hamda 3 yoshgacha farzandi bor talabalarga ta’limda quyidagi yengilliklar
beriladi:
🔹
o‘qishni qayta tiklash:
Kursdan kursga qolgan yoki talabalar safidan chiqarilgan bo‘lsa, istisno tariqasida, fanlar farqini topshirish sharti bilan o‘qishga qaytish imkoni beriladi;
🔹
qo‘shimcha muddat:
Fanlar farqini mustaqil o‘zlashtirish uchun qo‘shimcha vaqt va sharoitlar yaratiladi.
❓
Yaqin 3 oy ichida yana qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?
➖
Akademik ta’tilga chiqqan talaba-onalarga
o‘z xohishiga ko‘ra onlayn
(masofaviy)
shaklda o‘qishni davom ettirish imkoniyati
yaratiladi.
➖
Masofaviy ta’lim yo‘nalishlari va qabul ko‘rsatkichlari aynan
ushbu toifadagi talabalar
uchun ko‘paytiriladi.
➖
Akademik ta’tilga chiqqan yoki o‘qishdan ketgan talaba-onalar bo‘yicha
alohida statistika
yuritiladi.
🎓
@Talim_huquqi
⚡️
Ramazon taqvimi — 2026
Taqvimda saxarlik va iftorlik soatlari Toshkent vaqti bilan berilgan.
Kelayotgan muborak Ramazon oyi barchamizga muborak bo’lsin!
🎓
@Talim_huquqi
#Rasman
⚡️
2026-yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi
19-fevral
kuniga to‘g‘ri keladi.
Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti asosida Prezident qarori
qabul qilindi.
🎓
@Talim_huquqi
#Taqiqlangan
⚡️
Ekstremizm va terrorizm g'oyalari bilan yo'g'rilgan deb topilgan, respublika hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish
etish taqiqlangan materiallar ro'yxati.
🔹
Telegram’da — 709 ta,
🔹
Facebook’da —220 ta,
🔹
YouTube’da — 104 ta,
🔹
Instagram’da —239 ta,
🔹
TikTok’da — 46 ta,
🔹
Odnoklassnikida —27 ta,
❗️
Shuningdek, veb-saytlar, elektron kitoblar, maqolalar va nashidalar bo‘yicha 40 ta kontent taqiqlangan.
🎓
@Talim_huquqi
⚡️
2026/2027-o’quv yili uchun
fanlar majmuasi
tasdiqlanibdi.
Bu yil OTMga kirish imtihonlarida qaysi yo’nalishlarga qaysi fanlardan test savollari tushishini shu jadvaldan bilib olish mumkin.
🎓
@Talim_huquqi
⚡️
Oʻqituvchilarga milliy sertifikatlarni olish uchun subsidiyalar ajratiladi
Prezident qaroriga asosan
(PQ–49-son, 05.02.2026-y.)
2026-yil 1-iyuldan
2028-yil 1-yanvarga qadar
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kasbiy taʼlim sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan quyidagi turdagi subsidiyalar joriy etiladi:
🔹
oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga xalqaro miqyosda tan olingan kasbiy taʼlimga oid sertifikatlar, shuningdek, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat asosida milliy sertifikatlarni olish uchun
sarflangan mablagʻlarning 50 foizi, biroq BHMning 20 baravarigacha oshmagan miqdorda
qoplab
beriladi.
🎓
@Talim_huquqi