Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

AI | Techno

TexnoAI

🧩
TEXNO AI — Sun'iy Intellekt tomon birinchi QADAM!

Subscribers
21 200
Post views
5 677
ER
28,24%
Posts
1 523
October 14, 14:47
Media unavailable
3
Show in Telegram

⚡️
Ishingizni yengillashtiring — ChatGPT uchun tayyor promptlar!
OpenAI Academy
— OpenAI
yaratuvchilari tomonidan yaratilgan maxsus o‘quv platforma. Unda turli kasblar uchun tayyor prompt to‘plamlari mavjud: marketing,
sotuv, IT, dizayn, ta’lim va yana 20 dan ortiq
yo‘nalishlar!
Bu to‘plamlar yordamida siz:
•Ish jarayonini tezlashtirasiz,
•Aniq va sifatli natijalar olasiz,
•ChatGPT bilan samarali ishlashni o‘rganasiz.
➡️
Sinab ko'rish uchun —
havola
🧩
Techno

October 13, 14:11
Media unavailable
4
Show in Telegram

🎨
Dizaynerlarning ishini osonlashtiradigan eng foydali saytlar!
ResourceBoy
— bepul grafik dizayn resurslarini taqdim etuvchi sayt. Undan shriftlar, teksturalar, mockup’lar, gradientlar, naqshlar va turli dizayn effektlarini yuklab olish mumkin.
3DLogoLab
— logolaringizni bir necha soniyada realistik 3D animatsiyaga aylantiruvchi AI platforma. Oddiy logoni yuklang, qolganini sun’iy intellekt bajaradi.
🧩
Techno

October 13, 12:39
Media unavailable
3
Show in Telegram

💡
Har bir narsa qanday ishlashini ko‘rishni xohlaysizmi?
Animagraffs
— sayti sizga oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan narsalarni ochib beradi: mashina dvigateli, samolyot parvozi, inson ko‘zi va hatto boshqa murakkab mexanizmlarning ichki tuzilishini 3D ko‘rinishda o‘rganishingiz mumkin.
— 3D modellar – har bir detal va mexanizmni aniq ko‘rishingiz mumkin;
— Interaktiv imkoniyatlar – obyektni aylantirib, turli rakursdan o‘rganing;
— Yuzlab organ va qurilmalar – bilim va tasavvuringizni kengaytiradi;
— Bepul foydalanish mumkin.

➡️
Sinab ko'rish uchun —
havola
🧩
Techno

October 09, 13:07
Media unavailable
2
Show in Telegram

⚽️
Krishtianu Ronaldu Prestige Globe Award marosimidagi nutqini yozishda Perplexity AI'dan foydalanganini aytdi. U nutqni qanday boshlashni bilmagach, mukofot haqida Perplexityda izlab ko‘rgan va o‘sha ma’lumotlardan ilhom olgan.
“Avvaliga biroz hayajonlandim — o‘yladimki, bu mukofot futbolni tark etayotganlar uchunmi? Keyin o‘ylab ko‘rdim: yo‘q, bu shunchaki shunday bo‘lishi mumkin emas. Shundan so‘ng Perplexity’dan biroz izlanish qildim — agar eshitmagan bo‘lsangiz, keyin ko‘rib chiqing. U menga biroz yordam berdi,” — dedi Ronaldu tabassum bilan.
Perplexity AI
— bu
Google
va
ChatGPT’ning
aralashmasiga o‘xshash SI qidiruv tizimi. U aniq, tezkor va manbalar bilan birga javob beradi.
Hatto eng mashhur futbolchi ham SI’dan foydalanmoqda — bu sun’iy intellekt hayotimizning ajralmas qismiga aylanganini ko‘rsatadi.
Siz nima deb o‘ylaysiz?
🔥
— SI hayotimizning bir bo‘lagi!
⚡️
— Ajoyib reklama yurishi, xolos!
🧩
Techno

October 09, 11:58
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇸
Amerikalik ayol ChatGPT va Perplexity yordamida sudda g‘alaba qozondi — chat-botlar unga kamida 73 ming dollar tejashga yordam berdi.
Linn Uayt
treyler parkidagi uyini ijaraga olib yashardi, biroq to‘lovni
kechiktirib
yuborgan.
Los-Anjeles
qonunlariga ko‘ra,
ijara to‘lovini 12 oyga kechiktirish
mumkin edi, ammo mahalliy advokat uning ishini yutqazdi.
Shundan so‘ng Linn apellyatsiya berishga qaror qilib, sun’iy intellektdan yordam so‘radi. U barcha
hujjatlarni
ChatGPT’ga
yuklab, ishni qayta ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan protsessual xatolarni topishga muvaffaq bo‘ldi. So‘ngra
Perplexity Pro
yordamida kerakli qonunlarni o‘rganib chiqib, o‘z himoyasini mustahkamladi.
Natijada sud Linn foydasiga qaror chiqardi — u uyidan chiqarilish haqidagi ogohlantirishni bekor qildirdi,
55 ming dollarlik
jarimadan hamda
18 ming dollarlik
ijara qarzidan qutuldi. Eng muhimi, u advokatlarga ketadigan katta xarajatlardan ham qutulgan.
Muhimi, adolatni hali ham odamlar ta’minlayapti, SI emas.
🧩
Techno

October 08, 14:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

🤖
Google Gemini 2.5 Computer Use nomli kompyuterni boshqaruvchi yangi
SI agentini
taqdim etdi!
Bu Gemini 2.5 Pro’ning maxsus versiyasi bo‘lib, kompyuter interfeyslarini boshqarish uchun yaratilgan.
— SI ekrandagi jarayonlarni tahlil qiladi va tugma bosish, matn kiritish, menyuni tanlash kabi amallarni mustaqil bajaradi.
— Hozircha brauzer va mobil qurilmalar uchun moslashtirilgan, ammo to‘liq operatsion tizimni boshqarish hali ishlab chiqilmoqda.
— Benchmark'larda u
OpenAI
agentlari va
Claude Sonnet 4.5
dan ustun natija ko‘rsatgan.
Model hozirda
Gemini API
va
Vertex AI
orqali dasturchilarga, shuningdek
Browserbase'dagi
demo-versiyada barcha foydalanuvchilarga taqdim etilgan.
🧩
Techno

October 08, 09:05
Media unavailable
2
Show in Telegram

🚀
Grok Imagine endi yangi darajada! Elon Maskning SI asosidagi video generatori — Grok Imagine v0.1 dan v0.9 versiyaga yangilandi.
— Endi videolardagi personajlar to‘liq ovoz bilan gapira oladi.
— Tasvir sifati va animatsiyalar ancha yaxshilangan.
— Foydalanuvchilar tayyor SI tasvirlardan video yaratishi yoki o‘z rasmini yuklab video tayyorlashi mumkin.
— Eng ajoyib jihati — Grok Imagine hozircha bepul!
OpenAI’ning Sora
modeli bilan solishtirganda sifatda hali katta o'zgarish sezilmayapti. Biroq Grok Imagine ancha tez ishlaydi, kam resurs talab qiladi va oddiy foydalanuvchilar uchun qulay.
Elon Mask’ning SI loyihasi esa tobora jiddiy raqobatchiga aylanmoqda — tezlik va soddalikda hozircha Grok oldinda.
➡️
Sinab ko'rish uchun —
havola
🧩
Techno

October 07, 13:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

🧑‍💻
Google Gemini chat-botini buzganlarga $20 000 gacha mukofot e'lon qildi!
Buning uchun chat-botni uning barcha ma'lum xavfsizlik qoidalarini buzishga (ya'ni, ruxsat etilmagan harakatlarni qilishga) majburlash kerak.
Biroz kamroq miqdordagi pulga, botni noto'g'ri javoblar berishga yoki "gallyutsinatsiya" qilishga, ya'ni haqiqatga to'g'ri kelmaydigan ma'lumotlar bilan manipulyatsiya qilishga majburlash mumkin.
Bu ham qiziqarli bo'ladi va ustiga ustak pul ham to'lashadi.
➡️
Batafsil ma'lumot uchun —
havola
🧩
Techno

October 07, 06:43
Media unavailable
2
Show in Telegram

⚡️
ChatGPT — endi hamma narsani qila oladigan yagona servisga aylanadi!
OpenAI ChatGPT’ni
universal
platformaga
aylantirmoqda. Endi ishlab chiquvchilar o‘z ilovalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri chat ichiga qo‘sha oladi.
Birinchi bosqichda
ChatGPT’ga Spotify, Figma, Canva va Booking
integratsiya qilindi. Yil oxirigacha esa
Uber, Tripadvisor, Doordash
va boshqa mashhur servislar qo‘shilishi rejalashtirilgan.
Bu yangilik orqali ChatGPT endi:
— FigJam yordamida grafik va diagrammalar chiza oladi;
— Booking orqali mehmonxonalarni izlab, joy band qiladi;
— Canva orqali dizaynlar yaratadi;
— Spotify yordamida sizga mos shaxsiy playlistlar tuzadi;
— Hattoki taksi chaqira oladi!
— Va bularning barchasi bepul bo'lib, bu funksiya barcha foydalanuvchilar uchun ishga tushirilmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda — o‘nlab ilovalarning o‘rnini endi bitta ChatGPT bosa oladi.
Nima deb o'ylaysiz, tez orada smartfoningizda faqat ChatGPT qoladimi?
🧩
Techno

October 06, 13:50
Media unavailable
1
5
Show in Telegram

⌨️
Claude Sonnet 4.5 taqdim etildi — kod yozishda yangi yetakchi!
Anthropic kompaniyasi o‘zining yangi modeli — Claude Sonnet 4.5ni chiqardi. U kod yozish bo‘yicha benchmark sinovlarida GPT-5 va Gemini 2.5 Pro’ni ortda qoldirdi. Boshqa vazifalarda esa natijalar deyarli bir xil.
Yangi versiya endi kompyuterni odam kabi boshqaradi — brauzer ochadi, jadvallar to‘ldiradi, dastur yozadi va mashhur ilovalar bilan integratsiya orqali chat ichida hujjatlar, taqdimotlar va jadvallar yaratadi.
Yangilanishlar dasturchilar uchun qulayliklar ham olib kelgan:
— VS Code uchun yangi kengaytma chiqdi;
— Checkpointlarga tez qaytish imkoniyatiga ega yangilangan terminal qo‘shildi.
SI dunyosida raqobat tobora qizimoqda. Sizningcha, kim g‘olib chiqadi — Claude, GPT yoki Gemini?
🧩
Techno