Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Texno AI

TexnoAI
🧩 TEXNO AI — Sun'iy Intellekt tomon birinchi QADAM! Reklama va Takliflar uchun: @TexnoAI_Agency
Подписчики
24 900
24 часа
200
30 дней
-1 200
Необычное падение (24 часа)
Просмотры
8 540
ER
0,35%
Посты (30д)
2
Символов в посте
611
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Технологии и приложения
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Технологии и разработка software
January 06, 13:32
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

🎥
Agar biror film yoki serialning yakuni sizga yoqmasa — uni o‘zingiz o‘zgartirishingiz mumkin!
Ha, bu endi fantaziya emas. Sun’iy intellekt yordamida istalgan film yoki serial yakunini alternativ tarzda qayta yaratish mumkin.
Masalan, quyidagi videoda
Stranger Things
finali butunlay boshqacha talqinda ko‘rsatilgan, unda Eleven (El) va Mike oxir-oqibat birga bo‘lishadi.
Asl yakun sizga yoqmadimi?
— Sun’iy intellekt yordamida yangi yakun yaratishingiz mumkin;
— Qahramonlarning taqdirini o‘zgartirishingiz mumkin;
— “Agar boshqacha bo‘lganida-chi?” degan savolga real video javobga aylanadi.
Sun'iy intellekt tomoshabinni endi shunchaki kuzatuvchi emas, balki muallifga aylantiryapti.
Siz qaysi film yoki serial yakunini o‘zgartirgan bo‘lardingiz?
🤔
🧩
Techno

January 05, 10:32
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

🖼
Sun’iy rasmlarini haqiqiy ko‘rinishga keltiramiz: ChatGPT images uchun maxsus prompt topildi — u yordamida sun'iy intellekt orqali yaratilgan rasmlar tabiiy, oddiy va real ko'rinadi.
Hech qanday kino uslubidagi yorug‘lik va fantastik kayfiyat yo‘q. Hammasi xuddi telefon bilan tasodifan olingan kundalik lahzalardek ko‘rinadi.
Prompt:
1:1 aspect ratio. Raw Realistic candid natural amateur photo, background in focus, amateur candid photography, Captured on iPhone 17 Pro, amateur candid smartphone photography, 24mm lens, f/8, Boring reality, natural soft shadows, candid snapshot, flat natural lighting, Realism, low contrast, disposable camera vibe, casual photography, background also completely in focus, Tiny imperfections, everyday aesthetic, slight JPEG artifacts, unpolished look, unedited, imperfect amateur photo.
Only create real, non fictional images for max effect
Siz ham sinab ko‘ring va chiqqan natijalaringizni bizning chatimizda ulashishni unutmang
@TexnoAI_Chat
🧩
Techno

December 26, 15:09
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🎥
Ushbu qisqa metrajli film atigi 232 dollar byudjet bilan yaratilgan. Agar bugun sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan video shunday darajada bo‘lsa, yaqin kelajakda uning qanchalik rivojlanishini tasavvur qilib ko‘ring.
Filmni yaratish jarayonida byudjet quyidagi sun'iy intellektlarga sarflangan:
•Hailou — $60 (video generatsiyasi);
•Kling — $25 (video generatsiyasi);
•Topaz Upscaler — $30 (tasvir sifatini oshirish);
•ElevenLabs — $22 (ovoz yaratish);
•Epidemic Sound — $20 (musiqa va ovoz effektlari);
•Adobe — $35 (montaj va yakuniy ishlov);
•ChatGPT va Sora — $20 (g‘oya ishlab chiqish va yordam);
•Gemini Flow — $20 (rejalashtirish va vizual tayyorlash).
Byudjetning katta qismi Hailou va Kling’ga ketgan, chunki har bir sahna uchun video ko‘p marta qayta yaratilgan. Shu sur’atda davom etsa, biz bilgan kino industriyasining umri yana bir necha yilgina qolishi mumkin.
Videoni oxirigacha tomosha qiling va izohlarda o‘z fikringizni yozing — jarayon, byudjet va film haqida.
🧩
Techno

December 25, 14:14
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📚
Hugging Face 500 mingga yaqin bepul sun’iy intellekt modellaridan iborat ulkan kutubxonani jamladi — bu yerda deyarli har qanday vazifa uchun mos neyron tarmoq topish mumkin.
Chat-botlar, rasm va video tahrirlash vositalari, tasvir sifatini oshiruvchilar, musiqa generatorlari hamda yuzni aniqlovchi sun’iy intellektlar mavjud. Barchasini qulay filtrlar orqali izlab topish mumkin. Shuningdek, neyron tarmoqlarni sinab ko‘rish uchun hech narsa yuklab olish shart emas — ularning aksariyatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri saytning o‘zida ishlatish mumkin.
➡️
Sinab ko'rish uchun —
havola
🧩
Techno

December 24, 14:23
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Hugging Face sun’iy intellekt sohasidagi eng mashhur yo‘nalishlar bo‘yicha 12 ta bepul kursini taqdim etdi.
Kurslar ichida LLM bilan ishlash asoslari, modellarni o‘qitish, o‘yin ishlab chiqishda neyron tarmoqlardan foydalanish va boshqa ko‘plab mavzular bo‘yicha ma’ruzalar mavjud. Bundan tashqari, sun’iy intellekt vazifalarini hal qilish uchun tayyor kod namunalaridan iborat alohida to‘plam ham berilgan.
🎁
Yangi yil sovg‘asini bepul qo‘lga kiritish uchun —
havola
🧩
Techno

December 24, 11:47
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📚
Bir redditor turli vazifalar uchun tayyor promptlarning katta kutubxonasini jamladi. U kod yozish, matnlar yaratish, rasmlar tayyorlash va tadqiqotlar qilishda juda qo‘l keladi.
Barcha ko‘rsatmalar turli neyron tarmoqlarda sinovdan o‘tgan va puxta ishlab chiqilgan — bu yerda “ikki qatorlik bo‘sh gaplar” yo‘q. Agar mos prompt topa olmasangiz, ichida maxsus (custom) promptlar generatori ham bor.
➡️
Bepul sinab ko'rish uchun —
havola
🧩
Techno

December 20, 14:55
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🖼
Qwen ilg‘or AI-fotoshopini taqdim etdi — Qwen-Image-Layered. Yangi model tasvirlar bilan qatlamlar (layerlar) asosida ishlay oladi.
Sun’iy intellekt rasmni PNG formatdagi alohida bo‘laklarga ajratadi va ularning har birini alohida tahrirlaydi. Shu orqali butun rasmni buzmasdan fonni tezda almashtirish yoki mayda detallarni o‘zgartirish mumkin.
➡️
Bepul sinab ko‘rish uchun —
havola
🧩
Techno

December 19, 12:56
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

⚡️
ChatGPT Image 1.5 vs Google Nano Banana Pro: Realizm Jangi!
Neyrotarmoqlar dunyosida haqiqiy «shaxmat» o‘yini boshlandi. OpenAI’ning yangi GPT Image 1.5 modeli Google’ning mashhur Nano Banana Pro modeli bilan solishtirildi. Xo‘sh, «realistik surat» borasida kim kuchliroq?"
Sizningcha, qaysi biri yaxshiroq va nima uchun? Izohlarda o'z fikringizni yozib qoldiring!
🧩
Techno

December 18, 14:43
Файлы недоступны
2
1
Открыть в Telegram

🚀
Gemini 3 Flash taqdim etildi — Google’ning yangi asosiy modeli bo‘lib, u barcha foydalanuvchilar uchun bepul. Qidiruv tizimidagi AI Mode allaqachon shu modelga o‘tkazilgan.
U flagman Gemini 3 Pro ga qaraganda tezroq va ancha arzon, lekin asosiy testlarda deyarli undan qolishmaydi. Sifatli kod yoza oladi, kurs ishlari va uy vazifalarida yordam beradi, shuningdek oddiy ish vazifalarini ham bemalol bajaradi.
➡️
Gemini chat-boti
yoki
AI Studio
orqali sinab ko‘rish mumkin.
🧩
Techno

December 17, 05:42
Файлы недоступны
1
2
Открыть в Telegram

🖼
OpenAI ChatGPT Image 1.5 ni chiqardi — OpenAI’ning yangi modeli asosidagi rasm generatori. Aslida, ChatGPT ichiga to‘liq funksiyali SI-Photoshop qo‘shildi.
Yangi neyron tarmoq 4 baravar tezroq ishlaydi va kiritilgan promptlarga ancha aniq amal qiladi, shu sababli rasm ichidagi detallarni tahrirlash ancha osonlashgan. Model mayda tafsilotlarni yo‘qotmaydi, yuzlarni eslab qoladi, natijada umumiy generatsiya sifati sezilarli darajada yaxshilangan.
➡️
Bepul sinab ko‘rish uchun
havola.
Model bugundan boshlab barcha foydalanuvchilar uchun ishga tushirilmoqda, hatto bepul tarifdagilar uchun ham.
🧩
Techno