Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

"Toshkent MTU" UK Rasmiy kanali

Toshkent_MTU

✔️
Toshkent MTU rahbariyatiga MTUni rivojlantirish bo'yicha taklif, muammo va kamchiliklar haqida yozishingiz mumkin:
@RJU_Tashkent_bot
Tel: 712999620
Instagram:
www.instagram.com/rju_tashken_offical/
Veyb-sayt:
www.tashkent.railway.uz

Subscribers
4 950
Post views
2 252
ER
47,21%
Posts
6 483
October 14, 11:06
Media unavailable
10
Show in Telegram

KUZGI KOʻRIK NATIJALARIGA BAGʻISHLANGAN YIGʻILISH BOʻLIB OʻTMOQDA
Avval xabar berganimizdek, joriy yil 6 - 13 oktyabr kunlari “Temiryoʻlinfratuzilma” AJning “Toshkent MTU” filiali hududidagi korxonalar va stansiyalarda kuzgi koʻrik oʻtkazildi.
Koʻrikni oʻtkazishdan asosiy maqsad, joylarda kuz-qish mavsumiga koʻrilgan tayyorgarliklarni, mehnat intizomiga rioya qilinishi, inshoot va qurilmalarning soz saqlanishi, shuningdek, mehnat muhofazasini kafolatlovchi zarur boʻlgan choralarni koʻrish hamda harakat xavfsizligi talablarining bajarilishi boʻyicha profilaktik ishlarning olib borilishi, lokomotiv, vagon, yoʻl, elektr ta’minot, signallashtirish va aloqa xoʻjaligidagi kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar tuzishdan iborat edi.
Ayni daqiqada filialda, “Temiryoʻlinfratuzilma” AJ boshqaruv raisi S.Norqabilov boshqarib boayotgan yigʻilishda, koʻrik mobaynida aniqlangan kachiliklar xususida soʻz yuritilmoqda.
Rasmiy sahifalarimiz
👇
👇
🕊
Telegram
🥈
Facebook
🥉
Instagram

October 14, 08:45
Media unavailable
10
Show in Telegram

“HARAKAT XAVFSIZLIGI OYLIGI” DAVOM ETMOQDA!
KUZGI KO‘RIKNING SO‘NGGI KUNIDA
“Temiryo‘linfratuzilma”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorati departamenti hamda “Toshkent MTU” filiali rahbariyati boshchiligidagi komissiya a’zolari 13 oktyabr kuni uzelning o‘zidagi barcha temir yo‘l uchastkalarida bo‘lib, xo‘jaliklarning holati, inshoot va qurilmalarning sozligi, mehnat muhofazasi hamda harakat xavfsizligi talablarining bajarilishi atroflicha o‘rgandilar.
Ko‘rik davomida kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik, ishchi xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar ham ko‘rib chiqildi.
Mutaxassislar piyoda ko‘rik qilib, harakat xavfsizligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdilar.
Ko‘rik davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish borasida mas'ul xodimlarga topshiriqlar, ko‘rsatmalar berildi.
Rasmiy sahifalarimiz
👇
👇
🕊
Telegram
🥈
Facebook
🥉
Instagram

October 13, 12:46
Media unavailable
8
Show in Telegram

Shaharlararo elektropoyezdlar harakat jadvali

Endilikda ushbu yangilangan jadval orqali yo‘lovchilar o‘zlariga kerakli yo‘nalishlarni osonlik bilan aniqlab olishlari, sayohatlarini oldindan rejalashtirishlari hamda vaqtdan unumli foydalanishlari mumkin.

Mazkur jadvalda poyezdlarning harakat vaqti, yo‘nalishlari hamda oraliq bekatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, u barcha yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.
🚂
“Shahar atrofida yo’lovchi tashish” MCHJ matbuot xizmati
⚡️
Telegram
📹
YouTube
📲
Instagram

October 13, 01:53
Media unavailable
5
9
Show in Telegram

HАRАKАT XАVFSIZLIGINI TА’MINLАSH YO‘LIDА:
O‘ZBEKISTON-YANGIYO‘L STАNSIYALАRI ORАLIGʼIDА QАRIYIB 1 KM  TEMIR YO‘L KАPITАL TА’MIRLАNDI
Po‘lat izlarning, aloqa hamda kontak tarmoqlarining  sozligi, poyezdlar harakat xavfsizligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Shu bois, temiryo‘lchilar bunga doimiy ravishda e’tibor qaratadilar.
Kunu kecha “Toshkent MTU” filialiga qarashli O‘zbekiston–Yangiyo‘l stansiyallari oraligʼi juft yo‘li 3394 km 5 - piketdan 3395 km 5-piketgacha bo‘lgan temiryo‘l kapital ta’mirlandiI.
“Toshkent MTU" filiali, "Toshkent temiryo‘l masofasi” korxonasi hamda 203-tajriba yo‘l mashina stansiyasi, aloqa va signallashtirish, elektr ta'minot korxonalaridan 100 nafarga yaqin mutaxassis, poyezdlar harakatiga xalaqit qilmasdan, “okno” olgan holda bu ishlarni amalga oshirdilar. Yo‘l sozlovchilar ta’mirlangan temir yo‘lga tosh tashlab, zamonaviy texnikalar yordamida po‘lat izlarni ko‘tarish va sozlash ishlarini ham sifatli qilib bajardilar.
Rasmiy sahifalarimiz
👇
👇
🕊
Telegram
🥈
Facebook
🥉
Instagram

October 12, 18:36
Media unavailable
1
Show in Telegram


Ijtimoiy tarmoqlarda shahar atrofida harakatlanadigan poyezdlarning birida yoʻlovchilar joy yoʻqligi sababli turib ketayotgani aks ettirilgan video lavhalar tarqalmoqda.
Ushbu holat yuzasidan izoh:
📌
6377-sonli “Uzun — Termiz” yo‘nalishidagi shahar atrofi poyezdida hozirda ,
6 ta
vagondan tashkil topgan, ularning umumiy sig‘imi
450 nafarni
tashkil etadi. Odatda ushbu poyezdda
250–300 nafar
yo‘lovchi qatnaydi.
➡️
Biroq, 2025-yil 12-oktyabr kuni yo‘lovchilar sonining keskin oshganligi sababli barcha yo‘lovchilarni o‘tirgan holda joylashtirish imkoniyati bo‘lmadi.
Shuningdek, shahar atrofi elektropoyezdlari uchun toʻlov, metro va avtobuslar kabi yo‘lovchilarni tashish pullik asosda amalga oshiriladi.
❗️
Poyezd chipta narxi -
15 000 soʻm
ni tashkil etadi.
O‘tirish joyi kafolatlanmaydi, chunki bunday transport turlari ommaviy tashishga mo‘ljallangan.
Yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida barcha shahar atrofi poyezdlari bosqichma bosqich yangi tarkiblarga almashtirilishi rejalashtirilgan.

Hurmatli yoʻlovchilar sizda talab va takliflar mavjud boʻlsa ushbu link orqali bizga yozib qoldirishingiz mumkin:
@temiryoluzbot

Shu oʻrinda, Ijtimoiy tarmoqlarda yangiliklar tarqatishda asosga ega bo’lmagan yoki tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmaslikni soʻrab qilamiz.
🚉
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
📲
Telegram
🌐
Website
🖤
YouTube
📷
Instagram
📒
Facebook
📨
Murojaat uchun

October 11, 01:32
Media unavailable
1
Show in Telegram

🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida
2025-yil 12-oktabrdan boshlab 6355/6356-sonli “Qo‘ng‘irot – Nukus – Qo‘ng‘irot”
shaharlararo poyezdi
har kuni qatnay boshlaydi.
🕐
Harakat jadvali quyidagicha:
🚆
6356-sonli “Qo‘ng‘irot — Nukus”
• Qo‘ng‘irot — 02:48
• Qonliko‘l — 03:17–03:18
• Bolg‘ali — 03:36
• Shumanay — 03:48
• Xatep — 03:58
• Xodjeyli — 04:09–04:11
• Naymanko‘l — 04:28
• Taxiatosh — 04:36–04:38
• Nukus — 04:58
🚆
6355-sonli “Nukus — Qo‘ng‘irot”
• Nukus — 20:05
• Taxiatosh — 20:21–20:23
• Naymanko‘l — 20:33
• Xodjeyli — 20:47–20:49
• Xatep — 21:03
• Shumanay — 21:13
• Bolg‘ali — 21:25
• Qonliko‘l — 21:43–21:45
• Qo‘ng‘irot — 22:12
Yo‘lovchilardan yangi jadval asosida safarlarini rejalashtirish so‘raladi.
🚉
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
📲
Telegram
🌐
Website
🖤
YouTube
📷
Instagram
📒
Facebook

October 10, 14:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

"
O‘ZTEMIRYO‘LKONTEYNER" AJ SHARQIY YEVROPA DAVLATLARIGA MULTIMODAL TASHUVLARNI AMALGA OSHIRDI
"O‘zbekiston–Yevropa" yo‘nalishida
konteyner tashuvlarini kengaytirish doirasida «O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJ tomonidan Sergeli logistika markazidan
Italiya, Gretsiya va Bolgariya
davlatlarining
dengiz portlariga karbamid yuklari
konteynerlarda jo‘natildi.
Jami
39 ta 40 futlik konteynerlardan
tashkil topgan poyezd
CASCA+ transport yo‘nalishi
orqali Gruziyaning
Poti portidan
tranzit o‘tib,
Burgas
(Bolgariya),
Pirey
(Gretsiya),
Neapol
va
Spetsiya
(Italiya) portlariga yetkaziladi.
Tashish muddati
o‘rtacha 25–30 kunni
tashkil etishi rejalashtirilgan.
Ushbu tashuvlar «O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJning Yevropa yo‘nalishidagi
muntazam eksport operatsiyalarini kengaytirish
, hamda O‘zbekiston mahsulotlarini jahon bozorlariga
tez
,
xavfsiz
va
raqobatbardosh
sharoitlarda yetkazib berish imkoniyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
〰️
〰️
〰️
АО «УЗТЕМИРЙУЛКОНТЕЙНЕР» ОСУЩЕСТВИЛО МУЛЬТИМОДАЛЬНЫЕ ПЕРЕВОЗКИ В СТРАНЫ ВОСТОЧНОЙ ЕВРОПЫ
В рамках расширения контейнерных перевозок по направлению
«Узбекистан–Европа»
АО «Узтемирйулконтейнер» организовало
отправку карбамида
в контейнерах из логистического центра
Сергели
в морские порты
Италии
,
Греции
и
Болгарии
.
Поезд, состоящий из
39 сорокафутовых
контейнеров
, следует по транспортному
маршруту
CASCA+
, проходя транзитом через грузинский
порт
Поти
, и доставляется в
порты Бургас (Болгария), Пирей (Греция), Неаполь и Специя (Италия)
. Транзитное время перевозки составляет в среднем
25–30 дней.
Данные перевозки способствуют расширению
регулярных экспортных операций
АО «Узтемирйулконтейнер» в направлении Европы, а также укреплению возможностей по доставке продукций из Узбекистана на мировые рынки в более
быстрых, безопасных и конкурентных условиях.
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📺
Youtube

October 10, 13:51
Media unavailable
9
2
Show in Telegram

"
HARAKAT XAVFSILI OYLIGI" DAVOM ETMOQDA!
YANA BIR YO‘NALISHDA KUZGI KOʻRIK OʻTKAZILDI
“Temiryoʻlinratuzilma”AJ boshqaruv raisi S.Norqabilov va Jamiyatning Texnik va texnologik nazorati departamenti boshligʻi A.Sharifboev hamda “Toshkent MTU” filiali rahbariyati boshchiligidagi komissiya a‘zolari 10 oktyabr kuni “Toshkent-Angren” yoʻnalishidagi barcha temir yoʻl uchastkalarida xoʻjaliklarning holati, inshoot va qurilmalarning sozligi, mehnat muhofazasi hamda harakat xavfsizligi talablarining bajarilishini atroflicha oʻrgandilar. Har bir stansiyada piyoda koʻrik qilib, harakat xavfsizligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mutaxassislar tomonidan sinchkovlik bilan koʻzdan kechirildi.
Yosh mutaxassislarning bilim va tajribasini oshsirish maqsadida savol javoblar qilindi. Koʻrik davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish borasida mas'ul xodimlarga topshiriqlar, koʻrsatmalar berildi.
Rasmiy sahifalarimiz
👇
👇
🕊
Telegram
🥈
Facebook
🥉
Instagram

October 10, 13:44
Media unavailable
3
Show in Telegram

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Тожикистонга амалий ташрифи якунланди. Душанбе халқаро аэропортида олий мартабали меҳмонни Тожикистон Бош вазири Қоҳир Расулзода ва бошқа расмий шахслар кузатиб қўйди. Давлатимиз раҳбари Тошкентга
жўнаб кетди.

Рабочий визит Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в Таджикистан завершился. В международном аэропорту Душанбе высокого гостя проводили Премьер-министр Таджикистана Кохир Расулзода и другие официальные лица. Глава нашего государства
отбыл
в Ташкент.
#Mirziyoyev
#tashrif
#Tojikiston
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 10, 11:10
Media unavailable
10
Show in Telegram

“HARAKAT XAVFSIZLIGI OYLIGI” DAVOM ETMOQDA!
TOSHKENT-ANGREN YO‘NALISHIDAGI TEMIR YO‘L UCHASTKALARIDA KUZ-QİSH MAVSUMIGA KO'RILGAN TAYYORGARLIK
“Toshkent MTU” filialida oʻtkazilayotgan kuzgi koʻrikda,
komissiya a'zolari dastlab Sergeli, Jaloir, Kuchluk,To'ytepa, Ozodlik stansiyalarida bu borada amalga oshirilgan ishlarni ko'zdan kechirdilar.
Ishchi-xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, lokomotiv, vagon, yoʻl, elektr ta'minoti, signallashtirish va aloqa xoʻjaligida mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilish va  harakat xavfsizligini ta'minlash borasidagi ishlar ko'rib chiqildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish borasida mas'ul xodimlarga topshiriqlar, koʻrsatmalar berilyapti.
Kuzgi koʻrik davom  etmoqda.
Rasmiy sahifalarimiz
👇
👇
🕊
Telegram
🥈
Facebook
🥉
Instagram