
"Toshkent MTU" Filiali Rasmiy kanali
🇺🇿
Bo‘g‘im og‘rig‘ini o‘tmishda qoldiring!
Artraskopiya — bu skalpelsiz, katta kesmalarsiz va uzoq reabilitatsiyasiz jarrohlik amaliyotidir. Temir yo‘l shifoxonasida biz atigi 2 ta kichik nuqta orqali bo‘g‘imingizni sog‘lom holatiga qaytaramiz.
🔹
Nima uchun aynan biz?
✅
Operatsiyadan so‘ng tez oyoqqa turish.
✅
Chandiqlar va og‘riq minimal darajada.
✅
Eng so‘nggi rusumdagi video-texnologiyalar.
Harakatlanish erkinligini bugun tanlang!
🇷🇺
Забудьте о боли в суставах навсегда!
Артроскопия — это операция без скальпеля, больших разрезов и долгой реабилитации. В Железнодорожной больнице мы возвращаем здоровье суставам всего через 2 микропрокола.
🔹
Почему выбирают нас?
✅
Встаете на ноги в кратчайшие сроки.
✅
Минимум боли и полное отсутствие шрамов.
✅
Видео-технологии последнего поколения.
Выбирайте свободу движений уже сегодня!
📞
Запись:
+998 (71) 299-63-02
📍
Адрес:
г. Ташкент, Яшнабадский район, ул. Пахлавона Махмуда, дом 36Б
📢
DIQQAT, E'LON: Umumxalq xayriya hashariga qo'shiling!
🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan, joriy yilning
13–14-mart
kunlari butun mamlakatimiz bo‘ylab
umumxalq xayriya hashari
o‘tkazilishi belgilangan.
🚉
Shu munosabat bilan,
"Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli" filiali rahbariyati barcha xodimlarni “Yurt obodligi, avvalo, o‘z ish joyimizdan boshlanadi” shiori ostida o‘tkaziladigan ushbu ezgu tashabbusda faol ishtirok etishga chaqiradi.
O‘zimiz faoliyat yuritayotgan hududni toza va ozoda saqlash, unga ko‘rk bag‘ishlash har birimizning o'z qo‘limizda.
👁
Hashar doirasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
➡️
Korxona va stansiya hududi hamda unga tutash ko‘cha va yo‘laklarni tozalash, obodonlashtirish;
➡️
Daraxtlarni oqlash, butash va ularga shakl berish;
➡️
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish (daraxt va gul ko‘chatlarini ekish);
➡️
Sog‘lom turmush tarzi hamda sanitariya-gigiyena madaniyatini targ‘ib qilish
Hurmatli kasbdoshlar, barchangizni umumxalq xayriya hasharida uyushqoqlik bilan ishtirok etishga chorlab qolamiz!
👍
👍
👍
👍
👍
👍
Rasmiy sahifalarimiz
👇
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
HARAKAT XAVFSIZLIGI TA’MINLASH YO‘LIDA!
2 KM TЕMIR YO‘L KAPITAL TA’MIRLANDI
.
Joriy yil 11-12 mart kunlari, “O‘zbеkiston tеmir yo‘llari” AJ rahbariyatining 2026 yil uchun tasdiqlab bеrilgan rеjasi asosida “Toshkеnt MTU” filialiga qarashli,
📍
Yangi Chinoz – Sirdaryo - Baхt stansiyalari oralig‘i juft yo‘lining 3445 km 8-pikеtidan 3442 km 5-pikеtigacha bo‘lgan po‘lat izlar to‘liq kapital ta’mirlandi.
👨👩👧👦
“Хovos tеmiryo‘l masofasi” korхonasi hamda 203-tajriba yo‘l mashina hamda 17-yo‘l mashina stansiyalari, aloqa va signallashtirish, elеktr ta’minoti korхonalaridan 100 nafarga yaqin mutaхassis, poyezdlar harakatiga ta’sir qilmagan holda ushbu kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirdilar.
Filiali rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan “okno” vaqtida poyezdlar harakat хavfsizligini hamda mеhnat muhofazasi qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash, ishlarning to‘liq va sifatli bajarilishi nazorat qilib borildi
👍
👍
👍
👍
👍
👍
Rasmiy sahifalarimiz
👇
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
POYEZDLAR HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH YO‘LIDA
👍
👍
👍
👍
👍
👍
Joriy yil 11- mart, ya’ni
“Harakat xavfsizligi kuni”
da Toshkent MTU filiali boshlig‘ining 1- o‘rinbosari Sh.Nurmatov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan
📍
Yangi yo‘l, Paxta temir yo‘l stansiyalari ko‘zdan kechirildi.
Poyezdlar eng ko‘p qatnovini amalga oshiradigan ushbu stansiyalarda ishchi xodimlar tomonidan poyezdlar harakat xavfsizligini hamda mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, signallashtirish va aloqa, yo‘l, vagon xo‘jaliklari xodimlarining ish faoliyati, ularga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
💧
Ishchi xodimlarning tajribasini yanada oshirish maqsadida suhbatlar o‘tkazilib, poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish, vagonlarning holatini vaqtida ko‘zdan kechirib turish, yuk ortish va turish jarayonlarida kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik borasida ko‘rsatmalar berildi.
👍
👍
👍
👍
👍
👍
Rasmiy sahifalarimiz
👇
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
#Президент_қарори
❗️
Наврўз айёми кўтаринки руҳда нишонланади
“2026 йилги Наврўз умумхалқ байрамига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш тўғрисида”ги Президент қарори
(82-сон, 06.03.2026 й.)
қабул қилинди.
🏛
Қарор билан 2026 йилги Наврўз умумхалқ байрамига тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш бўйича
ташкилий қўмита
(Ташкилий қўмита)
таркиби тасдиқланди.
🍀
Қарорга кўра, Наврўз байрамини муносиб нишонлаш бўйича
“Наврўзни улуғлаш – инсонни улуғлашдир!
” деган эзгу ғояни ўзида мужассам этган ташкилий-амалий, маданий-маънавий ҳамда тарғибот тадбирлари дастури тасдиқланади ва унинг амалга оширилиши таъминланади.
Ҳужжатнинг расмий тўлиқ матни:
https://lex.uz/docs/8076410
Каналга уланиш
👇
👇
👇
https://t.me/lexuzofficial
POYEZDLАR HАRАKАT XАVFSIZLIGINI TА’MINLАSH YO‘LIDА:
REKONSTRUKSIYA ISHLАRI DАVOM ETMOQDА
👍
👍
👍
👍
👍
👍
Joriy yil 9-10 mart kunlari “Toshkent-MTU” filialiga qarashli Oq ko‘prik temir yo‘l stansiyasining juft yo‘lida loyihaga asosan rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Belgilangan “okno” vaqtida 4(6)-sonli strelkali o‘tkazgichni (R-65 rusumli 1/11 markali) temir beton bruslari bilan yangi joyiga o‘rnatilib, kontakt tarmogʼini sozlash ishlari bajarildi.
Filial bosh muhandisi M. Sadikov boshchiligidagi ishchi guruh hamda Salar temir yo‘l masofasi filiali tomonidan ushbu jarayonda bajarilgan ishlarning sifatiga, poyezdlar harakati havfsizligini taʼminlash, rahbarlar va xodimlar tomonidan mehnat muxofazasi talablariga rioya qilinishi hamda “okno” uchun zarur bo‘lgan texnik vositalar o‘z vaqtida tayyorlanishiga alohida eʼtibor qaratildi.
👍
👍
👍
👍
👍
👍
Rasmiy sahifalarimiz
👇
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
8️⃣
-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami
Shu munosabati bilan Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli filialida tadbir tashkil qilindi. Unda Filial boshlig‘i O.Xudoyqulov hamda Hududiy kasaba uyushma qo‘mitasi raisi G‘.Sabirovlar so‘zga chiqib, xotin qizlarning jamiyatdagi o‘rni, temir yo‘lda amalga oshirilayotgan islohotlarda qo‘shayotgan munosib hissalari haqida alohida so‘z yuritdilar.
Ayol – jamiyatimizning fayzi, oilalarimizning tayanchi va kelajagimiz bunyodkoridir. Shu bois, mehnasevar, fidoyi va mehr-muhabbatga to‘la xotin-qizlarimizga bayramona kayfiyat, hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamiz uchun sharafdir.
Tadbirda Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali hamda Hududiy kasaba uyushma qo‘mitasi rahbariyati tomonidan uzelda faoliyat olib borayotgan xotin qizlarga bayram sovg'alari topshirildi.
👍
👍
👍
👍
👍
👍
Rasmiy sahifalarimiz
👇
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
HАRАKАT XАVFSIZLIGINI TА’MINLАSH YO‘LIDА :
2,1 KM TEMIR YO‘L TO‘LIQ YANGILАNDI
👍
👍
👍
👍
👍
👍
“Toshkent MTU” filialiga qarashli temir yo‘l uchastkalarida po‘lat izlarni kapital taʼmirlash ishlari qizgʼin davom etmoqda.
6- mart kuni
📍
Yangi Chinoz-Sirdaryo stansiyalari oraligʼi juft yo‘lining 3446 km 8- piketidan 3438 km 9- piketigacha 2,1 km temir yo‘l to‘liq yangilandi.
Kapital taʼmirlash jarayonida, Filial rahbariyati va masʼul xodimlar, “Okno”ning boshlanishi va tugashi, poyezdlarning harakat xavfsizligini taʼminlash, ishchi xodimlarga mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilgan holda, ish sifatiga alohida eʼtibor qaratish borasida ko‘rsatmalar berdilar.
Kapital taʼmirlash ishlarini 203-sonli Tajriba yo‘l mashina stansiyasi, 214-sonli yo‘l mashina stansiyasi, Xovos temir yo‘l masofasi, signallashtirish va aloqa, elektr taʼminoti korxonalarining 100 nafardan ziyod mutaxassislari hamkorlikda amalga oshirdilar.
👍
👍
👍
👍
👍
👍
Rasmiy sahifalarimiz
👇
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
🚉
POYEZDLAR HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH YO‘LIDA
Joriy yil 5- mart kuni “Toshkent-MTU” filialiga qarashli
📍
Oqko‘prik temir yo‘l stansiyasining toq yo‘lida loyihaga asosan rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Filial bosh muhandisi M. Sadikov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan, Salar temir yo‘l masofasi filiali tomonidan bajarilgan ushbu jarayonda, poyezdlar harakati havfsizligini ta’minlash, rahbarlar va xodimlar tomonidan mehnat muxofazasi talablariga rioya qilinishi hamda “okno” uchun zarur bo‘lgan texnik vositalar o‘z vaqtida tayyorlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Belgilangan “okno” vaqtida tajribali yo‘lsozlar stansiyaning toq yo‘lida 1 ta strelkali o‘tkazgichni qo‘yib, Oqko‘prik ustidagi yog‘och bruslarni yangisiga almashtirdilar.
👍
👍
👍
👍
👍
👍
Rasmiy sahifalarimiz
👇
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
🚉
POYEZDLAR HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH YO‘LIDA
Joriy yil 4- mart, ya’ni “Harakat xavfsizligi kuni”da Toshkent MTU filiali boshlig‘ining 1- o‘rinbosari Sh.Nurmatov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan
📍
Chuqursoy temir yo‘l stansiyasi ko‘zdan kechirildi.
Temiryo'l tarkibidagi yirik saralash stansiyasida ishchi xodimlar tomonidan poyezdlar harakat xavfsizligini hamda mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilinishini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘l, vagon xo‘jaliklari xodimlarining ish faoliyati, ularga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
Ishchi xodimlarrining tajribasini yanada oshirish maqsadida suhbatlar o‘tkazilib, poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish, vagonlarni saralash, ta'mirlash jarayonlarida kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik borasida ko‘rsatmalar berildi.
👍
👍
👍
👍
👍
👍
Rasmiy sahifalarimiz
👇
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram