Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Urikguli

Urik_guli

Eko blog
📞
@urikguli
🌱
Donatlar uchun
https://www.tirikchilik.uz/urikguli

Subscribers
5 830
Post views
2 987
ER
51,16%
Posts
1 222
October 11, 15:13
Media unavailable
3
Show in Telegram

Kanalizatsiyaga nam salfetka, gigiyena vositalari yoki tagliklar tashlash — katta ekologik xavf. Bunday chiqindilar quvurlarda tiqilib, tozalash tizimlarini ishdan chiqaradi. Iflos suv daryolarga oqadi, mikroplastik va kimyoviy moddalarning suv hamda tuproqqa tushishiga sabab bo‘ladi.
Bu moddalarning bir qismi dalalarga va oziq-ovqat zanjiriga o‘tib, inson organizmiga kiradi. Natijada oshqozon-ichak kasalliklari, teri muammolari va endokrin buzilishlar xavfi ortadi.
Shuning uchun nam salfetka, gigiyena vositalari, taglik va dori qoldiqlarini kanalizatsiyaga emas, chiqindi idishiga tashlang — bu suv, tuproq va salomatligimizni asrashning eng oddiy yo‘li.

October 10, 08:30
Media unavailable
1
Show in Telegram

Yana bog‘cha bolalari ovqatdan
zaharlandi.
Bu yil bog‘chalarda ovqat maxsus yetkazib berish —
autsorsing
xizmatlariga topshirilgandi. Bu tizim natijasida ikki marta bolalar ommaviy zaharlanishi sodir bo’ldi. Undan tashqari, bunda minglab plastik idishlar ishlatilmoqda. Issiq ovqatni plastik idishda iste’mol qilish natijasida
nano-plastik, plastifikator va boshqa kimyoviy moddalar
bola organizmiga tushadi. Bu moddalar
gormonal tizim, jigar va buyrak faoliyatini buzadi
.
O‘zbekistonda har yili 70 ming tonnadan ortiq plastik chiqindi hosil bo‘ladi, katta qismi qayta ishlanmaydi. Bu esa ekologiyaga ham, sog‘liqqa ham xavf tug‘diradi.
Joriy tizim o‘zini oqlamaganiga keyslar yetarli.
Maktabgacha ta’lim vazirligidan keskin choralar ko‘rish talab qilinadi.
Farzandingiz salomatligiga zarar yetgan bo‘lsa,
kompensatsiya olish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qiling.

October 08, 14:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

🪠
🛁
Kanalizatsiya suvlarini tozalash inshootlari hammom, oshxona va hojatxonadan chiqadigan maishiy oqava suvlarni tozalash uchun mo‘ljallangan. Agar ularga sanoat korxonalarida paydo bo‘ladigan kimyoviy chiqindi suvlari aralashsa, uskuna shikastlanadi va inshootning ishlash samaradorligi buziladi.
Aslida har bir ishlab chiqaruvchi o‘zida suvni tozalash inshootiga ega bo‘lib, chiqindilarni tozalagachgina atrof-muhitga chiqarishi shart. Afsuski, ko‘plab korxonalar bunday talabga rioya qilmay, bo‘yoqli va kimyoviy moddalar bilan aralashgan chiqindi suvlarnı nafaqat kanalizatsiyaga, balki daryo va ariqlarga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri oqizmoqda.
Bu esa tuproq va yerosti suvlari sifatini yomonlashtiradi, oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga zarar yetkazadi hamda inson sog‘lig‘iga jiddiy xavf tug‘diradi.
Mazkur masalani Bosh prokuratura e’tiborga olib, qat’iy nazorat o‘rnatilishini so‘raymiz.

October 04, 06:26
Media unavailable
1
Show in Telegram

🌞
Qashqadaryo viloyati Oqrabot qishlog’ida daraxt ekamiz.
Biolog va tuproqshunoslar bilan maslahatlashib, sada qayrag’och, jiyda, tut, bodom daraxtlarini ekadigan bo’ldik.
Ushbu havola orqali ko’chatlar uchun mablag’ yuborish mumkin
💚
https://www.tirikchilik.uz/urikguli
*homiylar qidirilmoqda
———
🌞
В селе Окработ Кашкадарьинской области планируется посадка деревьев.
После консультации с биологами и почвоведами было решено высадить карагач, жиду, тутовые и миндальные деревья.
По ссылке можно внести вклад в приобретение саженцев
💚
https://www.tirikchilik.uz/urikguli
*необходима поддержка спонсоров

September 27, 09:51
Media unavailable
3
Show in Telegram

Chiqindini saralash inson mental salomatligiga yaxshi ta’sir ko’rsatar ekan
💚

September 25, 06:35

Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida so‘zlagan
nutqida
iqlim o‘zgarishi va ekologik xavfsizlik masalasiga alohida to‘xtaldi.
U Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhit muammolarini birgalikda hal etish zarurligini ta’kidladi.
Markaziy Osiyo uchun eng muhim masala shu deb hisoblayman. Yaqin yillarda suv siyosatini tizimli yo’lga qo’yib olmasak bo’lmaydi.
——
Президент Шавкат Мирзиёев в своём
выступлении
на 80-й сессии Генеральной Ассамблеи ООН особо остановился на вопросах изменения климата и экологической безопасности.
Он подчеркнул необходимость рационального использования водных ресурсов в Центральной Азии и совместного решения экологических проблем.
Считаю, что именно эта тема является ключевой для Центральной Азии. В ближайшие годы крайне важно выстроить системную водную политику.

September 24, 05:43
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

🌳
Parijning 13-hududi o‘zbekistonliklarga filmlardan ham yaxshi tanish
. Ayniqsa, bu hududning ijtimoiy hayoti va muammolari haqida suratga olingan mashhur filmlar mavjud.
Bugungi kunda esa 13-hudud katta o‘zgarishlarni boshidan kechirmoqda. Rasmlarda ko‘rib turganingiz ham shu o‘zgarishlardan biridir. Shuazi parkini bog‘lash maqsadida Parij meri Hidalgo hola avtomobil yo‘llarini yopdirib, piyodalar uchun qulay yo‘laklar tashkil etdi. Paydo bo‘lgan yashillik esa ko‘zni quvontiradi.
🇷🇺
13-й район Парижа хорошо знаком узбекистанцам даже по фильмам.
Особенно известны картины, в которых поднимаются вопросы социальной жизни и проблем этого района.
Сегодня же 13-й округ переживает большие изменения. На фотографиях вы видите один из примеров таких преобразований. С целью соединения парка Шуази мэр Парижа Анн Идальго перекрыла автомобильные дороги и устроила удобные пешеходные аллеи. Появившаяся зелень радует глаз.
👍
@archemistryurban

September 23, 09:43

Ekologiya vazirligi
xabar berishicha, Toshkent havosi faqat 24-sentabr oqshomiga kelib tozalana boshlaydi. Rekord darajadagi ifloslanish Qizilqum va Qozog‘istonning janubiy hududlaridan g‘arbiy shamol olib kelgan chang bo‘roni bilan bog‘liq.
Markaziy Osiyoda cho‘llanish jarayoni tobora kuchayib bormoqda. Har yili unumdor yerlarimizni yo‘qotmoqdamiz: kechagina dalalar yashnab yotgan joylarda bugun dasht va qumlar cho‘zilib ketgan. Bu shuni anglatadiki, bunday chang bo‘ronlari va keskin iqlimiy hodisalar tobora ko‘proq bizning hayotimizning bir qismiga aylanadi…
Bizga mutaxassislar va olimlar ishtirokida ishlab chiqilgan, ilmiy tadqiqotlarga asoslangan hamda davlat idoralarining ochiq hisobotlari bilan mustahkamlangan uzoq muddatli strategiya kerak.
——
Минэкологии сообщает,
что воздух в Ташкенте начнёт очищаться лишь к ночи 24 сентября. Рекордный уровень загрязнения связан с пыльной бурей, которую западный ветер принёс из Кызылкума и южных районов Казахстана.
В Центральной Азии процесс опустынивания набирает обороты. Каждый год мы теряем плодородные земли: там, где недавно зеленели поля, сегодня простираются степи и пески. Это значит, что подобные пыльные бури и экстремальные явления будут всё чаще становиться частью нашей реальности…
Нам нужна долгосрочная стратегия, разработанная вместе с экспертами и учёными, основанная на научных исследованиях и подкреплённая открытой отчётностью государственных органов.

September 22, 15:53

https://youtu.be/k0A4BUhrWP0?si=ztG_iEfJghcZvoOM

September 22, 12:55
Media unavailable
1
Show in Telegram

Har yili kuz-qish mavsumini havo ifloslanganligi haqidagi yangiliklarni o’qib o’tkazishga o’rganib qoldik. O’tgan yili jamoatchilik bu mavzuni ko’p marotaba ko’tardi. Lekin mas’ul tashkilotlar deyarli javob qaytarishmadi. Bizda ham rivojlangan davlatlarda bo’lgani kabi mas’ul tashkilotlar muammoga bir necha yillik tizimli yechim bersa, hisobotlar bilan jamoatchilikka ochiqlansa har yili bir muammodan qiynalmasdik!
——
Мы уже привыкли каждый год в осенне-зимний сезон читать новости о загрязнённом воздухе. В прошлом году общественность многократно поднимала эту тему. Однако ответственных организаций почти не было слышно. Если бы у нас, как в развитых странах, ответственные структуры предлагали бы системное решение проблемы на несколько лет вперёд и отчитывались бы перед обществом, мы бы не мучились из-за одной и той же проблемы каждый год!