Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

urikguli

Urik_guli
ekofaol•erkin jurnalist•ona 📞 @urikguli 🌱 Donatlar uchun https://www.tirikchilik.uz/urikguli
Подписчики
6 000
24 часа
10
30 дней
-130
Просмотры
2 348
ER
40,98%
Посты (30д)
14
Символов в посте
759
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Энергия и окружающая среда
Краткое описание
March 10, 15:34
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Yomg‘ir bog‘lari — bu yomg‘ir suvlari to‘planib, tuproq orqali asta-sekin shimilishiga yordam beradigan maxsus yashil hudud
🌧️
🌿
U suv toshqinini kamaytiradi, tuproqni namlaydi va shahar tabiatini yanada sog‘lom qiladi.

March 08, 07:03
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Guldan poyandoz emas, qulay va xavfsiz yo’llar kerak!

March 06, 15:25
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Ishlaringizni 15-martgacha ushbu havolaga yuboring
🙂
https://t.me/vgayratova

March 04, 19:44

❗️
Toshkent shahar bosh rejasi bir qator jiddiy savollar tug’dirmoqda. Shaharsoz
Iskandar Soliyev maqolasini
o’qishni tavsiya qilaman.
Bu loyihaga befarq bo’lmaslik, fikr bildirish zarur. Sohadagi xolis mutaxassislardan munosabat kutib qolamiz.

March 04, 09:18
Файлы недоступны
3
9
Открыть в Telegram

🌳
Burchmullada tayyor bog‘lar yo‘q qilinayaptimi? Aholi yordam so‘ramoqda
Menga kelib tushgan xabarlarga ko‘ra, Toshkent viloyatining Burchmulla hududida xo‘jaliklarga ekin maydoni va bog‘ qilish maqsadida ajratilgan yer maydonlaridagi daraxtlar kesib tashlanmoqda.
Fuqarolar aytishicha, teraklar va mevali daraxtlar aholiga hech qanday rasmiy tushuntirish berilmasdan yo‘q qilinmoqda. Hududdagi yerlar auksion orqali sotilgani aytilgan bo‘lsa-da, kim tomonidan, qachon va qaysi auksion savdolari asosida realizatsiya qilingani haqida aholiga aniq ma’lumot berilmagan.
Mahalliy aholi vakillarining bildirishicha, hududga kelgan ichki ishlar profilaktika xodimlari ham daraxt kesayotganlarga qarshilik qilmaslik kerakligini aytgan. Natijada fuqarolar o‘z e’tirozlarini ochiq bildirish imkonidan mahrum bo‘layotganini ta’kidlamoqda. Eng achinarlisi, yillar davomida parvarish qilingan tayyor bog‘lar yer bilan bitta qilinayotgani aytilmoqda. Aholi e’tiroz bildirayotgani sabab, yerni sotib olgan tadbirkor kechki payt kelib, kesilgan daraxtlarning o‘rinlarini ko‘mib ketayotgani haqida ham ma’lumotlar bor.
Fuqarolar kim qachon va qanday asosda bu yerlarni olgani haqida ochiq ma’lumot berilishini talab qilmoqda. Ularning fikricha, mamlakat miqyosida yashil hududlarni ko‘paytirish, bog‘ va yashil makonlarni asrash bo‘yicha chaqiriqlar yangrayotgan bir paytda tayyor bog‘larning yo‘q qilinishi tushunarsiz holatdir. “Prezidentimiz yashil bog‘ va makonlarni ko‘paytiringlar deyayotgan bir paytda, tadbirkorlar tayyor bog‘larni yo‘q qilsa, qanday qilib umidimiz qoladi?” deydi holat haqida xabar bergan fuqarolar.
Aholi mas’ul tashkilotlardan vaziyatga huquqiy baho berishni, auksion jarayonlari yuzasidan ochiq ma’lumot taqdim etilishini hamda daraxtlarning kesilishiga aniqlik kiritilishini so‘ramoqda. Ular daraxtkushlikning oldini olish, mavjud bog‘larni saqlab qolish va tabiatga yetkazilayotgan zararni to‘xtatish uchun amaliy choralar ko‘rilishini kutmoqda.
______
🌳
Уничтожаются ли готовые сады в Бурчмулле? Жители просят о помощи
По поступившей ко мне информации, в Бурчмулле Ташкентской области на земельных участках, ранее выделенных хозяйствам для ведения сельского хозяйства и создания садов, вырубаются деревья.
По словам граждан, тополя и плодовые деревья уничтожаются без каких-либо официальных разъяснений для населения. Сообщается, что данные земли были реализованы через аукцион, однако жителям не предоставлена конкретная информация о том, кем, когда и на основании каких аукционных торгов были приобретены эти участки.
Как отмечают представители местного населения, прибывшие на место сотрудники профилактической службы органов внутренних дел также заявили, что не следует препятствовать тем, кто занимается вырубкой деревьев. В результате, по словам граждан, они фактически лишены возможности открыто выразить своё несогласие. Самое тревожное — уничтожаются готовые сады, которые на протяжении многих лет выращивались и тщательно ухаживались. Также поступает информация о том, что из-за недовольства жителей предприниматель, купивший землю, якобы приезжает в вечернее время и закапывает места, где были срублены деревья.
Граждане требуют предоставить открытую информацию о том, кто, когда и на каком основании приобрёл данные участки. По их мнению, в то время как на государственном уровне звучат призывы к расширению зелёных зон, сохранению садов и развитию зелёных пространств, уничтожение уже существующих насаждений выглядит непонятным и вызывает серьёзную обеспокоенность. «Когда наш Президент призывает увеличивать зелёные территории и создавать новые сады, а предприниматели уничтожают уже готовые насаждения, как можно сохранять надежду?» — отмечают граждане, сообщившие о ситуации.
Жители обращаются к ответственным органам с просьбой дать правовую оценку происходящему, обеспечить прозрачность аукционных процедур и внести ясность в вопрос законности вырубки деревьев. Они ожидают принятия конкретных мер по предотвращению уничтожения насаждений, сохранению существующих садов и недопущению дальнейшего ущерба природе.
@feruzbeksayfullayev

February 27, 15:33

😭
O’liklar bilan hosil teramiz
Afsus, ming afsus, marhum inspektor Eshnazarovdan ikki o’g’il va bir qiz yetim qoldi.
Bu shunchaki tasodifiy voqea emas, balki uzoq yillardan buyon yo’l harakati xavfsizligi sohasida
buzuq qadriyatlar ustuvor
bo’lib kelayotganining natijasi. Aslida shu sohaga mas’ullar barcha aybni o’z zimmasiga olishi kerak.
Avtoterroristlar erkalatiladigan, avtomobil ulug’lanadigan diyorda hali bu kabi ayanchli voqealar yana bo’ladi.
Chunki bizda maqsad qoidabuzarlarga qarshi kurash emas, balki
jarima orqali ko’proq soqqa undirish
bo’lgan. Masalan, bugun ham O’zbekistondagi
eng katta jarima bu ruxsatsiz tonirovka bilan yurish uchun
o’rnatilgan. Lekin qizilda o’tganda jarima salkam 10 barobar arzon. Belgilangan tezlikdan 60 km/soat tezroq kelganda jarima salkam 2 baravar arzon.
Shunaqa jazo tizimini ishlab chiqqanlarning qurt yegan kallalariga qoyil!
Bu tizim byudjetga milliardlab pul tushiradi, kambag’allarni qoidalarga bo’ysunishga majburlaydi (chunki ularning puli yo’q), ammo boylar uchun naq jannat bo’ladi. Pulini to’lab, istagancha qoida buzaveradi. Maqtanib internetga qo’yaveradi. YPX inspektorlarining ustidan xohlagancha kulaveradi. Xullas,
avtoterrorist
boylar davlatga ham, qonunlarga ham tupurib qo’ygan.
Shunaqa muhit, shunaqa qonunchilik yaratgan ham o’zimiz. Ana endi hosilini ham o’zimiz teramiz. Faqat bu
qonli hosil.
Har yili
minglab o’liklar bilan
badal to’laymiz. Ota-onasiz qolgan yetimlar, bolasiz qolgan ota-onalarning
qonli ko’z yoshlari bilan
hosil terishga majburmiz.
Barakalla! Mas’ullarga rahmat! Qonun chiqaruvchi parlamentimizga tashakkur.
Butun dunyo shahar ichida tezlikni kamaytirish, piyodalarga ustunlik berish, mashinalarni cheklash haqida o’ylayotgan bir davrda biz
shahar ichida ruxsat etilgan tezlikni oshirayotganimizning
o’zi kimligimizni aytib turibdi. Buzuq miyalar, buzuq kallalar, buzuq qadriyatlar, bir so’z bilan aytganda —
buzuq tizim.
👉
@xushnudbek
👈

February 22, 09:33
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

🥰
♻️

February 21, 12:12
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Festival dasturi o’quvchi, talaba, yosh ota-onalar va bolalar uchun mo’ljallangan.
Aziz ota-onalar, ustozlar, bolalarni olib keling! Jamiyatda ekologik madaniyatni shakllantirishga o’z hissangizni qo’shing
💚
🎫
chiptalar ushbu havola orqali:
https://t.me/cmalika

February 20, 07:15
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Tuvakdagi gullar yaxshiroq
🫶🏻

February 17, 10:31
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

🌞
YASHIL UYIM ekologik festivaliga marhamat!
Unda sizni sovrinli o’yinlar, mutaxassislardan seminar-trening, bolalar uchun plastik va qog’ozni qayta ishlash mahorat darslari, eko mahsulotlar yarmarkasi va musiqiy kecha kutadi.
🪲
28-fevral 13:00-18:00
📍
Alisher Navoiy 2k1 (Sog’liqni saqlash vazirligi yonginasida)
🎫
Chiptalar:
https://t.me/cmalika
——
🌞
Приглашаем вас на экологический фестиваль «YASHIL UYIM»!
В программе: игры с призами, семинары и тренинги от специалистов, мастер-классы для детей по переработке пластика и бумаги, ярмарка эко-продукции и музыкальный вечер.
🪲
28 февраля, 13:00–18:00
📍
Адрес: ул. Алишера Навои, 2к1 (рядом с Министерством здравоохранения)
🎫
Билеты:
https://t.me/cmalika