Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Yurist| Hamid AKMALOV

Yurist_Akmalov


Huquqqa oid

🎓
Yosh yurist blogi
🛡
Huquqiy konsultatsiya
🧾
Sudga da'vo ariza va iltimosnoma yozish xizmati;
📩
Murojaat va savollar uchun:

Subscribers
1 070
Post views
451
ER
41,39%
Posts
1 226
July 14, 12:15
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan:

Umarova Xilola Uktamovna
Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimidan ozod etildi;

Aliyeva Tamila Anvarovna
Prezident Administratsiyasi rahbarining tibbiyotni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Butunbayev
Timur Nuryigitovich
Prezident Administratsiyasi rahbarining suv ta’minoti tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;

Xakimova
Nodira Jalalovna
Prezident Administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Sherzod Farxod o‘g‘li Ozodzoda
Prezident Administratsiyasi rahbarining tadbirkorlik loyihalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi;

Ziyamuxamedova
Dilnoza Muradovna
Prezident Administratsiyasi rahbari kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezident yordamchisining kotibiyati mudiri lavozimidan ozod etildi.

@Yurist_Akmalov
✅️

July 13, 17:22
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ertadan test sinovlari boshlanadi
❗️
➡️
Ertaga, 14-iyul sanasidan boshlab 23-iyulga qadar oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun test sinovlari bo'lib o'tadi.
Test sinovlarida ishtirok etayotgan barcha abituriyentlarga omad tilayman. Ilohim, joriy yilda haqiqatda o‘qigan, o‘z ustida ishlagan, bilim olish uchun mashaqqat chekkan va kelgusida ham ilm olish niyatida bo’lgan abituriyentlar talaba bo‘lishsin.
Hurmatli abituriyentlar! Ertaga imtihondan avval xonadoningizdagi duogo'y insonlardan duo olishni unutmang, o'zingiz ham Yaratgandan so'rang, ilm yo'lidagi mehnatlaringiz rohatini ko'ring, talabalik nasib qilsin!
Test sinovlarida Alloh taolo barchangizga O'zi madadkor bo'lsin!

@Yurist_Akmalov
✅️

July 12, 06:20
Media unavailable
1
Show in Telegram

🗣
Toshkent "propiska"si to‘g‘risidagi qonun bekor qilindi
🇺🇿
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan
yangi qonun bilan
Toshkent shahri va viloyatida doimiy "propiska" olish huquqiga ega shaxslar doirasini cheklovchi amaldagi qonun o‘z kuchini yo‘qotmoqda.
Shu kunga qadar 12 toifadagi fuqarolar Toshkent "propiska"sini olish huquqiga ega edi. Yangi qonunga asosan, har bir fuqaro poytaxtda doimiy yashash huquqini olishi mumkin.

Mazkur qonun 3 oydan so'ng, joriy yilning 11-oktyabridan kuchga kiradi.

@Yurist_Akmalov
✅️

July 11, 13:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

🗣
Ikkinchi mutaxassislikka arizalar qabuli boshlandi
❗️
⚡️
2025/2026-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish
my.edu.uz
portali orqali 10-avgustga qadar davom etadi.
Bunda nomzodlar platformada:

oʻzlarining pasport maʼlumotlari, JShShIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;

diplom va uning ilovasi elektron nusxasini yuklaydi;

oʻqimoqchi bo‘lgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydi.
➡️
Quyidagi havola orqali onlayn ariza topshirish mumkin:
https://my.edu.uz/service/5?slug=admission_secondary

@Yurist_Akmalov
✅️

July 10, 06:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

Rasman: Bugundan uy-joy subsidiyasi uchun arizalarni qabul qilish boshlandi
❗️
➡️
Arizalar davlat xizmatlari markazi orqali yoki Yagona interaktik portal (my.gov.uz) portali orqali online qabul qilinadi. Online havola: https://my.gov.uz/oz/service/325

July 10, 05:55
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Rasman: Bugundan uy-joy subsidiyasi uchun arizalarni qabul qilish boshlandi
❗️
➡️
Arizalar davlat xizmatlari markazi orqali yoki Yagona interaktik portal (
my.gov.uz
) portali orqali online qabul qilinadi.
Online havola:
https://my.gov.uz/oz/service/325

@Yurist_Akmalov
✅️

July 09, 15:49
Media unavailable
2
Show in Telegram

👮‍♀️
DXX: Sharof Rashidov tumani hokimi 10 ming dollar pora olayotganda qo‘lga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
👮‍♀️
DXX: Guliston shahar prokurori o‘rinbosari 10 ming dollar olayotganda ushlanib, jinoyat ishi qo'zg'atildi
❗️
Guliston shahar prokurori o‘rinbosari o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, Boyovut tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi MChJ rahbariga nisbatan Boyovut tumani IIB Tergov guruhi ish yurituvidagi Jinoyat Kodeksining 168- va 167-moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llamaslik hamda keyinchalik ishni gumonlanuvchi foydasiga hal qilib berish evaziga 10 ming AQSh dollari miqdorida pora so‘raydi.
DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonun himoyachisi talab qilingan pul mablag‘ini o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda prokuror o‘rinbosariga nisbatan Jinoyat kodeksi 168 va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

@Yurist_Akmalov
✅️

July 09, 15:39
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Sharof Rashidov tumani hokimi 10.000 dollar pora olayotganda qo‘lga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
❗️
📍
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimligining bosh mutaxassisi qurilish sohasida faoliyat yurituvchi MCHJ rahbariga tuman hududidan ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratib berishni va’da qiladi va evaziga 30 ming AQSH dollari talab qiladi.
➡️
Joriy yilning 5-iyul kuni bosh mutaxassis so‘ralgan pul mablag‘idan 10 ming AQSH dollarini olib, tuman hokimiga beradi. 8-iyul kuni esa tadbirkordan qolgan 20 ming AQSH dollarini ham oladi. Unga tuman hokimining tegishli qarori bilan “Tokchilik” MFY hududida umumiy o‘rta ta’lim maktab binosini barpo etish uchun ajratilgan 1,7 gektar yer maydonida 8 ta ko‘p qavatli uy qurilishiga ruxsat berilgan hujjatlarni taqdim etadi.
👮‍♀️
So‘ngra, bosh mutaxassis hokimiyat binosi oldida tuman hokimiga 10 ming AQSH dollarini bergan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.
⚡️
Hozirda Sharof Rashidov tumani hokimi deputatlik daxlsizlik huquqidan mahrum qilinib, unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi bilan, bosh mutaxassisga esa Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi
qo‘zg‘atildi.
Essiz hokim degan nom...

@Yurist_Akmalov
✅️

July 08, 14:45
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

⚡️
Fakultetimiz talabalari Prezident va nomli davlat stipendiyalari bilan taqdirlandi
◾️
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida 2024/2025-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, atoqli davlat stipendiyalari va Berdaq nomidagi stipendiya tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash kechasi bo‘lib o‘tdi.
➡️
Yuridik fakultetidan ham bir qancha talabalarimiz davlat stipendiyalari bilan taqdirlandi. Jumladan,
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi bilan:

Bayjanova Ramuza Tenelbay qizi;
Navoiy nomli davlat stipendiyasi bilan:

Akmalov Hamid Akmal o'g'li;

Shamshetova Zulxumar Karamatdin qizi;
Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi bilan:

Azbergenova Munira Charjau qizi;
To'lepbergen Qayipbergenov nomli davlat stipendiyasi bilan:

Mirsanova Nafisaxon Bobomurodovna
taqdirlandi.
Shuningdek davlat stipendiyasi tanlovlarida faol ishtirok etganligi uchun
Allambergenova Zamira Rasbergen qizi
sertifikat bilan taqdirlandi.
Barcha talabalarimizni mazkur yutuqlar bilan tabriklab, kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

@FacultyofLawKarSU
✅️

July 07, 16:20
Media unavailable
1
Show in Telegram

Rasman: Magistraturaga 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul boshlandi
❗️

2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni
my.edu.uz
platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.
➡️
Qabul sertifikat va bakalavriatdagi diplom bali asosida amalga oshiriladi.

@Yurist_Akmalov
✅️