Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Yurist| Hamid AKMALOV

Yurist_Akmalov
⚖ Huquqqa oid ⚔ 🎓 Yosh yurist blogi 🛡 Huquqiy konsultatsiya 🧾 Sudga da'vo ariza va iltimosnoma yozish xizmati; 📩 Murojaat va savollar uchun: @yurist_akmalovga_savol
Подписчики
1 180
24 часа
10
30 дней
-60
Просмотры
334
ER
29,07%
Посты (30д)
16
Символов в посте
1 106
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Право
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Право и юридические услуги
Краткое описание
April 26, 15:36
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🎺
Sudlar faoliyati haqida (2-qism)
🗣
Ma'muriy sudlar qanday ishlarni ko'rib chiqadi?
"Ma'muriy sud faqat davlat organlari bilan nizo chiqsa kerak bo'ladigan sud" degan tasavvur mavjud. Aslida esa bu sudning vakolati ancha keng. Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeksning 27-moddasiga asosan asosiy yo'nalishlarni tahlil qilamiz:
1️⃣
Davlat organlari qarorlari ustidan shikoyat
Bu ma'muriy sudning asosiy vazifasi bo'lib, fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini himoya qilishni o'z ichiga oladi.

Sud quyidagilar bo'yicha qaror qabul qiladi:

Mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi organlari va boshqa ma'muriy organlarning qonunga zid qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyatlar

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolar

Fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining noqonuniy qarorlari
2️⃣
Ro'yxatdan o'tkazish va rasmiylashtirish bilan bog'liq nizolar

Davlat ro'yxatidan o'tkazishni rad etish yoki belgilangan muddatda ro'yxatdan o'tkazishdan bo'yin tovlash ustidan shikoyatlar

Notarial harakatni amalga oshirishni rad etish yoki notarius harakatlari ustidan shikoyatlar

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni ro'yxatga olishni rad etish
3️⃣
Investitsiya va raqobat nizolari
Biznes yurituvchilar uchun alohida muhim yo'nalish:

Investorlar va ma'muriy organlar o'rtasidagi investitsiya shartnomasi shartlariga rioya qilinishi bilan bog'liq nizolar

Tovar va moliya bozorlarida raqobat sohasidagi nizolar (monopoliyaga qarshi organ ishtirokida)
4️⃣
Saylov va referendum masalalari

Saylov komissiyalari va referendum o'tkazuvchi komissiyalarning qarorlari va xatti-harakatlari ustidan shikoyatlar
5️⃣
Zarar o'rnini qoplash talabi
Ma'muriy sudga asosiy talab (masalan, organ qarorini bekor qildirish) bilan birga, shu talabga sababiy bog'liq holda yetkazilgan zararni qoplash talabi ham berilishi mumkin.
⚠️
Alohida, mustaqil tarzda bildirilgan zarar talabi ma'muriy sudga emas, fuqarolik yoki iqtisodiy sudga tegishli bo'ladi.
Ma'muriy sud faqat qonun va dalillarga tayanadi. Qonunchilikdagi barcha bartaraf etib bo'lmaydigan ziddiyat va noaniqliklar fuqarolar va yuridik shaxslar foydasiga talqin etiladi.
⚖️
@Yurist_Akmalov

April 20, 05:58
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🗣
Bugundan oliy toifali oʻqituvchilar uchun ipoteka subsidiyasiga arizalar qabul qilish boshlandi
Bugun, 20-aprel kuni soat 14:00 dan boshlab oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega pedagoglar uchun ipoteka krediti boʻyicha subsidiyaga arizalar qabul qilinishi boshlanadi.

Ushbu dastur doirasida ipoteka krediti uchun boshlangʻich badalning 25 foiz qismi davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.

Shu bilan birga, ariza beruvchi belgilangan ijtimoiy mezonlarga mos boʻlishi va uning kredit tarixi dasturda ishtirok etuvchi kamida bitta tijorat banki talablariga javob berishi shart. Qoʻshimcha ravishda, ariza beruvchining (shu jumladan turmush oʻrtogʻining) nomida respublika boʻyicha ikki va undan ortiq uy-joy boʻlmasligi, shuningdek, kamida 15 yil pedagogik staji va oliy malaka toifasi yoki bosh oʻqituvchi lavozimi mavjud boʻlishi talab etiladi.
Subsidiya olish uchun arizani Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilish, MyGov mobil ilovasi orqali yoki
my.gov.uz
portali orqali ariza yuborish (
https://oldmy.gov.uz/oz/teachers-subsidy-v1/family-status-applicant/create
) mumkin.

Muhim jihat shundaki, ariza berish jarayonida OneID tizimi orqali shaxsiy ma'lumotlardan foydalanishga ruxsat berilishi shart, ya'ni
OneID tizimida ma'lumotlarga ruxsat berish
orqali tijorat banklari kredit tarixini tekshira olishi kerak. Agar bu ruxsat berilmagan yoki kredit tarixiga cheklov oʻrnatilgan boʻlsa, ariza rad etilishi mumkin.

Dasturda ishtirok etuvchi tijorat banklari qatoriga Agrobank, Alokabank, Asakabank, Asia Alliance Bank, Biznesni rivojlantirish banki, Hamkorbank, Ipak yoʻli banki, Ipotekabank, Mikrokreditbank, Orient Finans, Trastbank, Turonbank, Xalq banki, Oʻzmilliybank va Oʻzsanoatqurilishbank kiritilgan.
⚖️
@Yurist_Akmalov

April 18, 09:48

ТАЙИНЛОВ
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.Мирзиёевнинг
2026 йил 18 апрелдаги тегишли фармойишига асосан қуйидагилар:
Джумаев Улуғбек Алишерович
– Ўзбекистон Республикаси Ҳарбий судининг раиси лавозимига;
Исаков Абдурашид Абдуллахошимович
– Ўзбекистон Республикаси Ҳарбий суди раисининг ўринбосари лавозимига;
Шукуров Анвар Исламович
– Андижон вилоят суди раисининг ўринбосари ‒ фуқаролик ишлари бўйича судлов ҳайъати раиси лавозимига;
Джумаев Баҳодир Итолмасович
– Бухоро вилоят суди раисининг ўринбосари ‒ фуқаролик ишлари бўйича судлов ҳайъати раиси лавозимига;
Мурадов Ўктам Қодирович
– Жиззах вилоят суди раисининг ўринбосари ‒ иқтисодий ишлар бўйича судлов ҳайъати раиси лавозимига;
Рахимов Давлат Давронович
– Қашқадарё вилоят суди раисининг ўринбосари ‒ иқтисодий ишлар бўйича судлов ҳайъати раиси лавозимига;
Рахмонов Нурали Икромович
– Навоий вилоят суди раисининг ўринбосари ‒ фуқаролик ишлари бўйича судлов ҳайъати раиси лавозимига;
Қаҳҳоров Турғунбой Суннатович
– Навоий вилоят суди раисининг ўринбосари ‒ иқтисодий ишлар бўйича судлов ҳайъати раиси лавозимига;
Расулов Носиржон Одилжон ўғли
– Наманган вилоят суди раисининг ўринбосари ‒ жиноят ишлари бўйича судлов ҳайъати раиси лавозимига;
Исрайлов Бахтиёр Адилович
– Наманган вилоят суди раисининг ўринбосари ‒ иқтисодий ишлар бўйича судлов ҳайъати раиси лавозимига;
Арсланов Жахонгир Юлдашович
– Самарқанд вилоят суди раисининг ўринбосари ‒ жиноят ишлари бўйича судлов ҳайъати раиси лавозимига;
Шамшиев Шавкат Халбаевич
– Сирдарё вилоят суди раисининг ўринбосари ‒ жиноят ишлари бўйича судлов ҳайъати раиси лавозимига;
Исмаилов Шерзодбек Баҳодирович
– Сирдарё вилоят суди раисининг ўринбосари ‒ фуқаролик ишлари бўйича судлов ҳайъати раиси лавозимига;
Мирзаев Абдусалом Қурбанпулатович
– Сурхондарё вилоят суди раисининг ўринбосари ‒ жиноят ишлари бўйича судлов ҳайъати раиси лавозимига;
Рахманов Новруз Бабакулович
– Сурхондарё вилоят суди раисининг ўринбосари ‒ фуқаролик ишлари бўйича судлов ҳайъати раиси лавозимига;
Жўраев Улуғбек Тўраевич
– Тошкент вилоят суди раисининг ўринбосари ‒ жиноят ишлари бўйича судлов ҳайъати раиси лавозимига;
Расулов Жахонгир Акрамович
– Фарғона вилоят суди раисининг ўринбосари ‒ фуқаролик ишлари бўйича судлов ҳайъати раиси лавозимига;
Султанов Зафар Озодович
– Хоразм вилоят суди раисининг ўринбосари ‒ фуқаролик ишлар бўйича судлов ҳайъати раиси лавозимига;
Давлатов Баходир Худайберганович
– Хоразм вилоят суди раисининг ўринбосари ‒ иқтисодий ишлар бўйича судлов ҳайъати раиси лавозимига тайинланди.
Шунингдек,
Эшанқулов Садриддин Бабабекович
ёзма аризасига биноан Ўзбекистон Республикаси Ҳарбий судининг раиси лавозимидан озод этилди;
Жонқобилов Акмал Файзуллаевич
ёзма аризасига биноан Ўзбекистон Республикаси Ҳарбий суди раисининг ўринбосари лавозимидан озод этилди;
Исломов Бобир Норбобоевич
ёзма аризасига биноан Тошкент шаҳар суди раисининг ўринбосари – фуқаролик ишлари бўйича судлов ҳайъати раиси лавозимидан озод этилди.
Каналга уланиш:
@sudyalaroliykengashi

April 17, 13:26
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

Sudyalar oliy kengashi tarkibini saylash masalasi
ko‘rib chiqildi!
Senat Kengashining qaroriga muvofiq:
Nodira Boboxonova Sudyalar oliy kengashi raisining o‘rinbosari, T.Buvayev, S.Davletmuratov, X.Sadikov, G.Shukurlayeva va A.Qodirov Sudyalar oliy kengashi sudyalari, S.Talipov Sudyalar oliy kengashi kotibi lavozimiga saylandi.
Shuningdek, U.Mingbayev, N.Raximova, F.Eshmatova va M.Kalandarova jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi Sudyalar oliy kengashi aʼzolari
etib saylandi.
⚖️
@Yurist_Akmalov

April 17, 06:37
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfEW-29oNyWIijM3pc6Jvzfq3jZfTqM9LEJKLvuUWf9ojaVPg/viewform?usp=header

April 17, 06:30

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfEW-29oNyWIijM3pc6Jvzfq3jZfTqM9LEJKLvuUWf9ojaVPg/viewform?usp=header

April 15, 04:42
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bugun mol-mulk va yer soliqlarini to'lashning oxirgi muddati
❗️

Soliq kodeksining 423 va 440- moddalariga
muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim. Shunga ko'ra, bugun soliqlarni to'lashni unutmang.
⚖️
@Yurist_Akmalov

April 14, 17:43
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🎺
Sudlar faoliyati haqida (1-qism)
🗣
Jinoyat sudlari qanday ishlarni ko‘rib chiqadi?

Ko‘pchilikda "Sud faqat qamoq jazosini beradimi?" degan savol tug‘ilishi tabiiy. Aslida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning vakolati ancha keng. Quyida talab va takliflardan kelib chiqib, ushbu sudlar ko‘rib chiqadigan asosiy yo‘nalishlarni tahlil qilamiz:
1️⃣
Jinoyat ishlarini mazmunan ko‘rib chiqish
Bu sudning asosiy vazifasi bo‘lib, shaxsning aybdor yoki aybsizligini aniqlashni o‘z ichiga oladi. Sud quyidagilar bo‘yicha yakuniy qaror (hukm) chiqaradi:

Ijtimoiy xavfli qilmishlar:
Qasddan odam o’ldirish, nomusga tegish, o‘g‘rilik, firibgarlik, qasddan badanga shikast yetkazish, mansab vakolatini suiste’mol qilish, pora olish (berish) va boshqalar.

Jazo tayinlash:
Aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan jarima, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish kabi jazolarni belgilash.

Oqlov hukmi:
Agar shaxsning aybi isbotlanmasa, sud uni oqlash va reabilitatsiya qilish haqida qaror qabul qiladi.
2️⃣
Ma’muriy huquqbuzarliklar
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar, shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda nazarda tutilgan ishlarni ham ko‘rib chiqadi. Masalan:

Mayda bezorilik;

Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik;

Yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzish (haydovchilik huquqidan mahrum qilish bilan bog‘liq holatlar).
3️⃣
"Xabeas Korpus" (Sud nazorati)
Tergov bosqichida inson huquqlarini himoya qilish maqsadida sud quyidagi sanksiyalarni beradi:

Qamoqqa olish yoki uy qamog‘i ehtiyot chorasini qo‘llash;

Lavozimidan chetlashtirish;

Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish va boshqalar.
4️⃣
Jazo ijrosi bilan bog‘liq masalalar
Hukm chiqqandan keyin ham sudning ishi tugamaydi. U quyidagilarni ko‘rib chiqadi:

Jazoni (mahkumni) muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish;

Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish;

Kasalligi tufayli jazodan ozod qilish va boshqalar.

Jinoyat sudi faqat qonun va dalillarga tayanadi. Har bir shaxs aybi sud qarori bilan isbotlanmaguncha
aybsiz hisoblanadi
(Aybsizlik prezumpsiyasi).

@Yurist_Akmalov

April 12, 13:45
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Aliment bolaning haqqi, uni to’lash shart
❗️
Jinoyat ishlari bo’yicha Dehqonobod tuman sudining raisi Shahzod Baxtiyorov tomonidan aliment masalasida juda o’rinli gaplar aytilibdi.
Videoni farzandidan xabar olmaydigan, alimentni to’lamay yuradigan yoki ish haqini kamaytirib oladigan “erkaklar” ko’rishi kerak.

@Yurist_Akmalov

April 11, 16:25
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram


Bugun ilmiy rahbarim, yuridik fanlar doktori Otabek Mahkamovning tavallud ayyomi
Tavallaud ayyomingiz muborak bo’lsin, ustoz! Sizdan juda ko’p bilimlarni oldim, ilm va hayot yo’lida ko’p narsalarni o’rganmoqdaman. Har doim ilmda ham hayot yo’lida ham kerakli maslahatlarini ayamaydilar. Bugun tabriklashga borganimda ham ana shunday muhim maslahat va o’gitlarini oldim.
Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik va ikki dunyo saodatini tilayman! Farzandlar va shogirdlar kamolini ko’rib faxrlanib yuring, ilm yo’lidagi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar yor bo’lsin!

@Yurist_Akmalov