
Abdulbosit Mirvali o'g'li
• Mebel fabrikam
@korkfurniture
• Mebel haqida yangiliklar
@mebelium_uz
Shaxsiy blog.
Kitob o'qib, undan maksimal foyda olish yo'lini ko'rsataman.
👉🏻
@abdulbasitvakhidov
Tahminan $30,000ga mebel sotayapman
Mijoz meni instagramda anchadan beri kuzatarkanlar
"Sizni professional deb bilaman" dedilar
"Boshqa mebelchilar 45 kunda bitirib beramiz dedi" deyaptilar
– 3 oy, dedim
– Iye, siz ulardan kamroq muddat aytmaysizmi? - dedilar
– Sizdan buyurtmani olish uchun aytaman, lekin mebel 3 oyda bitadi, dedim.
Borini aytdim. 3 oy muddatga buyurtmani oldik
Xulosa:
Sizdan sotib olishlariga sabab bo'luvchi omil har doim ham muddat, narx, bonus bo'lavermaydi.
Ishonch! U eng zo'r sotuvchi.
Avval siz ishonch uchun ishlaysiz, keyin ishonch sizga ishlaydi!
P.s: 3 oy bo'layapti, lekin buyurtma bitmadi. Bitmasligi aniq edi, sababi joyni ta'mirlashga ham vaqt kerak edi
👉
@abdulbasitvakhidov
Kelajagimni ijtimoiy tarmoqlardan chiqib ketishda ko'rayapman
👉🏻
@abdulbasitvakhidov
O'tgan haftalarda juda samarasiz ishladim
Qilayotgan ishlarimdan qoniqmadim
Tushkunlikka tusha boshladim. Eng yoqtirgan mashg'ulotlarim ham yoqmay qoldi.
Nimaga unday bo'lyapti deb rosa o'yladim. Fikrlarimni tartiblay olmadim.
Shu orada Sam Altmanning (ChatGPT asoschisi) fikrlash uchun qog'oz qalam ishlataman degan
gaplarini
o'qib qoldim
Men ham qog'oz qalam olib yozishni boshladim.
Muammolarim, kamchiliklarim va vaqtimni nimaga saflayotganimni yozdim. Yechimlar izlay boshladim
25 daqiqa hech narsaga chalg'imay fokus qildim.
Yozib mazza qilardim. Oxirgi marta bunday mazzani ancha oldin, kitob yozayotganimda qilgandim.
Shu payt telefonim ekrani yondi. Instagramdan bildirishnoma (notification) keldi.
Hayolim buzildi, g'oyalar qochdi
Lekin yechimni ham shu lahzada topdim:
"Katta natijalar istaysanmi!? Telefonni yoqotish kerak!"
👉
@abdulbasitvakhidov
20-asrda urush sabab 100 million inson vafot etdi.
Huddi shu asrda yana 100 million inson sigareta sabab
vafot etgan
👉🏻
@abdulbasitvakhidov
G'azabda qaror qabul qilib, ko'p pand yeganim esimga tushdi...
👉🏻
@abdulbasitvakhidov
Er tanlayotgan singillarimizga tavsiya
Kuyovbolani kelajakda sizga qanday muomala qilishini bilmoqchi bo'lsangiz, o'zidan ojizlarga muomalasiga e'tibor bering.
Tilamchi, ofitsiant, sotuvchi, xodimi, yosh bolalar, uka-singillari...
Bularga rahm qilib, chiroyli muomala qilmagan, sizga qilishi dargumon.
P.s: Yaqin do'stim bir postida yozibdi, fikrlarimiz bir xil ekan. Ko'chirvoldim
😉
👉🏻
@abdulbasitvakhidov
Yasash kerak bo'lsa
@kork_furniture
shunga murojaat qilaverasiz
😉
👉🏻
@abdulbasitvakhidov
Endi men olgan buyurtmalar O'zbekistondagi top
«
Keng Makon» mebel fabrikasida ishlab chiqariladi.
Ko'pchilikka ma'lum bu fabrika o'zining sifati bilan tanilgan.
Men ham mijozlarimga eng sifatli mebellarni taqdim qilishni xohlayman.
O'ylaymanki bu kelishuv, kelajakdagi orzularimga yetishimda ko'makchi bo'ladi.
Birgalikda sifatli mebel mahsulotlarini, qulay narxlarda taqdim qila olamiz.
Batafsil keyingi postlarda ma'lumot beraman!
👉🏻
@abdulbasitvakhidov
Ishlamasdan pul topishni orzu qilganmisiz?
Men ham!
Yaqinda 1 oyga yaqin ishlamadim.
Xulosa — endi ishlamaslikni hech qachon orzu qilmayman.
Ishlamaslik xavfli ekan.
Ishlamay yangi ma'lumotlar, g'oyalar, yechimlar topdim. Lekin bu topganlarim zararimga ishlay boshladi.
Sababi ularni qo'llamadim.
Qo'llashim uchun ishlashim kerak.
Keyin tushkunlikka tusha boshladim. Chunki ma'lumotlar ko'p ammo natijalar yo'q.
Ishlamagandan keyin natija bo'lmaydi. Natija bo'lmasa hafsalasizlik qilamiz. Hafsalasizlik tushkunlikka tushiradi.
Xullas 70 yoshimda ham ishlab, natijalar qilib yuray deb niyat qildim (albatta bu yoshga kirsam)
👉
@abdulbasitvakhidov