Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Abdulbosit Mirvali o'g'li

abdulbasitvakhidov
• Mebel fabrikam @korkfurniture • Mebel haqida yangiliklar @mebelium_uz Shaxsiy blog.
Подписчики
1 721
24 часа
—
30 дней
-47
Просмотры
1 319
ER
76,64%
Посты (30д)
2
Символов в посте
787
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Бизнес и управление
Краткое описание
October 15, 20:24
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bir xil sharoit, bir xil natija bermasligi mumkin
O'zingizni ayblayvermay boshqa sharoitlar izlang
👉🏻
@abdulbasitvakhidov

September 27, 12:42

O'zbekistonda soliqlar qimmatmi yoki chet eldami? (Ishlab chiqaruvchilar uchun faktlar bilan)
Ko'pchilik "Bizda ishlab chiqarish qiyin, soliqlar juda baland, foyda qolmaydi" deb noliydi.
Bugun shu masalani o'zim uchun tahlil qilib ko'rdim va qiziq faktlarga duch keldim.
Tasavvur qilamiz: Siz mebel yoki boshqa mahsulot ishlab chiqaruvchisiz. Oyiga barcha xarajatlardan tashqari toza
10,000$ sof foyda
qilasiz.
Turli davlatlarda bu puldan qanchasini soliqqa berishingiz kerak bo'lardi? Raqamlarga qaraymiz:
🇩🇪
Germaniya:
~30% soliq. 10,000$ dan 3,000$ soliqqa ketadi.
🇯🇵
Yaponiya:
~28-30% soliq. 10,000$ dan ~2,800$ davlatga ketadi.
🇺🇸
Amerika:
~26% soliq (Shtatga qarab). 10,000$ dan o'rtacha 2,600$ ketadi.
🇸🇪
Shvedsiya:
20.6% soliq. 10,000$ dan 2,060$ soliq to'laysiz.
🇺🇿
O'zbekiston:
15% foyda solig'i. 10,000$ dan 1,500$ soliqqa ketadi.
🇨🇳
Xitoy:
Xitoyda kichik korxonalar (SME) uchun vaqtinchalik imtiyoz bor — ular toza foydasining ma'lum qismigacha atigi 5% to'laydi. Ya'ni, 10,000$ dan bor-yo'g'i 500$ soliq. Xitoyliklar nega arzon ishlab chiqarishini endi tushunavering.
Lekin, masala faqat soliqning foizida emas. O'zbekistonda 15% dan ham arzonroq to'lash yo'llari bor. Masalan:
- Agar oborotingiz yiliga 1 milliard so'mdan oshmasa, 15% foyda solig'i o'rniga, 4% oborot solig'i to'lab ishlashingiz mumkin.
- Agar zavod yoki sexni Toshkentda emas, iqtisodiy rivojlanishi orqada bo'lgan "5-toifali" tumanlarda ochsangiz, foyda solig'i 15% emas, atigi 1% bo'ladi.
- Agar sohangiz davlat tomonidan maxsus qo'llab-quvvatlanadigan tarmoq bo'lsa yoki MIZ (Maxsus Iqtisodiy Zona) da ochsangiz, soliqdan butunlay ozod bo'lishingiz ham mumkin.
Ammo, tanganing ikkinchi tomoni ham bor.
Bizda mahsulotning sotilish narxi rivojlangan davlatlarga nisbatan arzonroq. Ya'ni, bizda marja kamroq qo'yiladi.
Amerikada yoki Yevropada bitta mahsulotni sotib 50$ toza foyda qilish mumkin bo'lsa, bizda shu foydani topish uchun huddi shu mahsulotdan 5 ta yoki 10 ta sotishga to'g'ri keladi.
Soliq stavkamiz chet eldan past bo'lgani bilan, o'sha 10,000$ sof foydaga yetib borish uchun biz ko'proq mehnat qilishimiz, ko'proq mahsulot ishlab chiqarishimiz va ko'proq sotishimiz kerak bo'ladi. Foyda solig'i kamroq bo'lsa ham, mehnat va hajm hisobiga bu balanslashib ketadi.
Siz nima deb o'ylaysiz, bizning sharoitda ishlab chiqaruvchilarga yana qanday yengilliklar kerak? Izohlarda fikringizni yozib qoldiring.
👉
@abdulbasitvakhidov

September 11, 07:25

Sun'iy intellektdan qo'rqayapman
2 kun avval SI ishlab chiquvchi mutaxassis "Anthropic"dan ishdan bo'shabti. U o'zining X sahifasida
post yozibti
.
Postining xulosasi shuki, Sun'iy Intellekt ixtirochilari "Superintellekt" yasash uchun o'zaro bellashmoqda. Ammo xavfsizlikni unutishyapti va hayotimiz bilan o'ynashishyapti.
"SI yaratuvchilarining o'zlari ham qo'rqishmoqda, ammo ochiq ayta olishmaydi, 10 yil ichida superintellekt bizni o'ldirishi mumkin".
"Biz hozir insonlarning taqdirini o'ynayotgan o'yin ichidamiz. Bu o'yin juda xavfli va men unda ishtirok etishni xohlamayman" demoqchi u.
Men ham SI bilan oxirgi 8 oyni juda aktiv o'tkazdim. Uning nimalarga qodir ekanini ko'rayapman. U juda kuchli manipulyator. Sizga xato ma'lumotni to'g'ri, yoki aksincha qilib ko'rsatishni juda yaxshi eplaydi.
Superintellekt esa yanada kuchliroq. Agar u nazoratdan chiqsa (hozir uni nazorat qilishga kompaniyalar katta resurs sarflashmoqda) insonlar uyushtirayotgan kiberhujumlar u uchun hech narsa bo'lmay qoladi.
Qolaversa ma'lumotlarni o'zi xohlaganidek o'zgartirish, kerak bo'lsa harbiy qurollarni ishga tushirish imkoniyatiga ham ega bo'lishi mumkin.
Ayni vaqtda bizdan talab qilinadigan narsa, sun'iy intellekt keltirgan ma'lumotlarni ham qayta tekshirish va undan shubhalanish.
👉
@abdulbasitvakhidov

August 26, 15:39

Birgina jumla kelajakda farzandingiz uchun yo maqtov, yo kamsitish bo‘lishi mumkin:
“Otangga o‘xshabsan.”
Tanlov o‘z qo‘lingizda!
@abdulbasitvakhidov

August 19, 14:54

Mening fikrlashim:
Avval:
— Men rahbarman, korxonamdagi eng aqlli odam men bo‘lishim kerak.
Hozir:
— Men rahbarman, eng aqlli odam bo‘lolmayman. O‘zimdan aqlliroq odamlarni biznesimga jalb qilishim va ular bilan birga biznesni o‘stirishim kerak!
👉🏻
@abdulbasitvakhidov

August 12, 12:53

Yoshim 30 dan oshdi. Mendan tavsiya, nasihat, maslahat so'rashlar ko'paygan.
Ilgari mana bu yaxshi, mana buni qiling, bu yo'l to'g'ri deb oson aytib yuborardim.
Hozir qiynalyapman.
Men tavsiya qilgan narsa men uchun yaxshi, boshqalar uchun yaxshi emas bo'lishi mumkin.
Yosh o'tgan sari bir ish qilishdan oldin ko'p o'ylaydigan bo'lib qolarkan odam.
Tavsiya berish oson, oqibatlariga javob berish qiyin
👉🏻
@abdulbasitvakhidov

July 23, 09:01
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Al-Beruniy 973-yilda hozirgi O'zbekistonning Xorazm hududida tug'ilgan musulmon olim edi. U astronomiya, matematika, geografiya, tibbiyot va tarix fanlari bo'yicha 150 ga yaqin asar yozgan. Bugungi kunda ko'pchilik uning nomini eshitmagan.
Taxminan 1023-yilda hozirgi Pokiston hududidagi tog'larda joylashgan qal'ada turib, u g'ayrioddiy bir ish qildi. U ma'lum balandlikdagi tepalikka chiqib, ufqning qancha burchak ostida pastga tushishini o'lchadi va oddiy geometriyadan foydalangan holda butun Yerning hajmini (o'lchamini) hisoblab chiqdi.
Uning hisob-kitobiga ko'ra, Yerning radiusi taxminan 6339 kilometrni tashkil qildi. Haqiqiy ko'rsatkich esa 6371 kilometrga teng. Bundan ming yil oldin, hech qanday sun'iy yo'ldoshlar va texnikasiz u bor yo'g'i bir foiz xatolik bilan buni bajargan edi.
Yevropa yana 500 yil davomida bunday aniqlikka erisha olmadi.
Nima uchun musulmon olim osmon va yerni o'lchashga bunchalik ko'p e'tibor qaratdi? Chunki Qur'on mo'minlarni doimo kuzatishga chaqiradi. Unda aytilishicha, osmonlar va yerning yaratilishida tafakkur qiluvchi kishilar uchun alomatlar bor (3:190). Bu tafakkur qilish, mulohaza yuritishdir. Yaratilganlarni diqqat bilan o'rganish — Yaratuvchini chuqurroq tanish yo'lidir.
Qolaversa bu olimning, muslumonlar yerning istalgan yerida qiblani topishlari uchun oson tizim yaratish maqsadi ham bo'lgan degan gaplar yuradi.
Al-Beruniy uchun ilm-fan hech qachon e'tiqodga raqib bo'lmagan. Bu Alloh yaratgan narsalarga diqqat bilan e'tibor qaratish orqali u amalga oshirgan ibodat turlaridan biri edi.
Uning tafakkuri ilohiy ne'mat edi va u buni oyat-alomatlarni o'qishga sarfladi.
Qachonki ilm-fan va Islom bir-biriga dushman qilib ko'rsatilsa, 1023-yilda tog' yonbag'ridan turib Yerni o'lchagan insonni eslang.
Buni saqlab qo'ying va izlanuvchan qalblar bilan ulashing.
👉🏻
@abdulbasitvakhidov

July 18, 14:57

Muvaffaqiyatli insonlarning noyob qobiliyati bo'ladi deb o'ylardim. Aslida hammasi oddiy ekan.
Ular:
- Dam olish uchun ishlamaydi, balki ishlash uchun dam oladi
- Muhim xabarlarga tezda javob yozadi
- Kunduzi energiyaga to'la yuradi, charchamaydi
- Uyqu uchun joy tanlamaydi
- Baquvvat ovqat yeydi va ovqat tanlamaydi (halol va zararsiz bo'lsa bo'ldi)
- Semiz bo'lmaydi ya'ni ortiqcha vazni bo'lmaydi
- Sportning biror turi bilan shug'ullanadi
- Ona tilidan tashqari kamida 1 ta tilni mukammal biladi
- Bo'lar bo'lmasga kulavermaydi
- O'qish madaniyati shakllangan bo'ladi. Ya'ni ma'lumotlarni o'qib olishga odatlangan bo'ladi.
…
👉🏻
@abdulbasitvakhidov

July 05, 21:17

Bilasizmi menga nima alam qilayapti?
"Men bu kitobni odamlarga meros taqsimlash, savdo-sotiq, yer o’lchash va boshqa kundalik masalalarda zarur bo’ladigan hisoblash usullarini osonlashtirish uchun yozdim..."
Bu Al-Xorazmiy hazratlarining "Al-Jabr val-Muqobala" kitobi kirish qismida yozgan so'zlari
Alamlisi shundaki, bobomizning bu so'zlarini men Frankfurtdagi kutubxonada, Finlandiyalik ateist matematik olimdan eshitdim.
@abdulbasitvakhidov

May 22, 08:01

Dunyoga mashhur ulamolar:
- Ayolini sevib, e'zozlaydigan otalar
- Erini hurmatini yuksakka ko'taradigan ayollardan tug'ilishgan.
Ayolini e'zozlash faqatgina ayoli uchun emas, bo'lajak farzandlari uchun ham yaxshilik qilish deganidir.
👉🏻
@abdulbasitvakhidov