
Abdulloh Shamsutdinov
Ta’lim sohasida tadbirkor:
https://t.me/abdulloh_shamsutdinov
Nimani bo‘lishyapmiz?
Hayot tarzimizni — yengil hayotga qiziqadiganlar kuzatadi.
Fikrlarimizni esa — o‘sishni istaydiganlar o‘qiydi.
Yengil hayot izlovchidan bir paytda ham kuchli shaxs, ham resursli inson chiqmaydi.
Kimdir oilasi yoki tashqi ko‘rinishi sabab boy yashashi mumkin, lekin bu uni to‘liq baxtli qilmaydi.
Puldan boshqa na aqliy, na fe’liy ustunligi yo‘q inson oxir-oqibat o‘zini ham, atrofdagilarni ham baxtsiz qiladi.
Chunki u maqsadsiz. Hayoti faqat kayf atrofida aylanadi — ichkilik, qimor, aysh-ishrat. Shu yo‘lda hatto yaqinlaridan ham voz kechadi.
Ammo fikrlari bilan o‘ziga jalb qiladigan inson boshqacha:
u resursdor, lekin maqsadli.
Topganini kayfga emas, oilasiga, yurti va jamiyatiga sarflaydi. Minglab odamlarga foyda keltiradi.
Oilasi tinch, hayoti mazmunli bo‘ladi. Bunday insonlar odatda balo-qazolardan ham asraladi.
Endi o‘ylab ko‘ring: siz nimangizni bo‘lishyapsiz — hayot tarzimi yoki fikrlaringiznimi?
⸻
Yaqin, bo‘ydoq ukalarimga aytaman:
agar nomzod qiz ochiq blogida hayoti, kayfi yoki ko‘rinishini muntazam bo‘lishishni odat qilgan bo‘lsa — nomzodni almashtiringlar.
Hozirdan e’tibor markazida bo‘lishni yoqtirgan ayol, keyin tinch hayot qurmaydi.
Chunki uni “like”, maqtov va tashqi e’tibor ushlab turadi — erining e’tibori esa unga kam tuyuladi.
@abdulloh_shamsiddin
Ko’ngil olishga ishlatilgan hech bir gap ortiqcha bo’lmaydi
Nosamimiy bo’lsa ham hol-ahvolini so’rab qo’yavering — kamida hafa qilmaysiz.
Tarixda eng yaqinlar ham bir-birlariga salomni kamda qilishmagan, qilmaslikka undashgan.
Chunki, salomda omonlik, xotirjamlik tilash bor. Siz bizga keraksiz degani.
Dangal maqsadga o’tishmi? Bora-bora ko’ngilni qoldiradi, eng yaqin bo’lsa ham.
https://t.me/abdulloh_shamsiddin
Ozi ko‘piga dalil
Mast qiladigan narsa — ko‘paysa ko’proq mast qiladi.
To‘ydan avvalgi qiz-yigitning yaqin suhbatlarini ma’qullamayman. Lekin inkor ham qila olmaymiz — jamiyatimizda bor. Oila qurmagan yoshlar sevishadi.
Shundaylarga aytar edim: bir daqiqa to‘xtab, o‘zingizga savol bering. Sizning munosabatingiz:
1. Ota-onangiz bilan yaqinlashtiryaptimi yoki uzoqlashtiryaptimi?
2. Sizni yaxshiroq inson qilyaptimi yoki yomonroq?
3. Sizni xotirjam qilayaptimi yoki ichingizni bezovta qilyaptimi?
4. Sizni O’ziga yaqinlashtiryaptimi yoki uzoqlashtiryaptimi?
5. Sizni katta maqsadlar bilan yashashga undayaptimi yoki mayda dunyoparastlikka tortyaptimi?
Mana shu savollar javobi — “ozi ko‘piga dalil”. Chunki, to‘ydan keyin natijalari 10x kattalashadi.
Unutmang: to‘ygacha odam asl shaxsiyatini yashiradi. To‘ydan keyin esa hech kim o‘zini yashira olmaydi.
Va bunda kech bo’ladi.
https://t.me/abdulloh_shamsiddin
Ongni band qilish
Avvallari kompaniyalar odamning faqat vaqtini olardi.
Endi esa ongini ham egallab qo‘yyapti.
Ish tugaganidan keyin ham fikrlaring, tashvishlaring, “deadline” va “task”laring seni qo‘yib yubormaydi.
Bu, ayniqsa, aqliy mehnat qiladigan sohalarda yaqqol.
Fikr tinchimasa — dam ham, hayot ham yo‘q.
Shuning uchun ish eshigidan chiqqach, ichingda ham “eshikni yopishni” odat qil.
Telefonni chetga qo‘y, xotirangni tozalash uchun sport qil, yaqinlaring bilan suhbatlash.
Ongini o‘zing boshqarmasang, uni kompaniya boshqaradi.
O’zim odatiy ish kunlarida soat 20:00 dan keyin telegramga umuman kirmayman, oilam bilan vaqt o’tkazaman.
Ba’zan noodatiy kunlar bo’ladi, unda bu qoidani chetga surib turish kerak — e’tiborsizlikning ziyoni kattaroq bo’ladi.
@abdulloh_shamsutdinov
Yukni oshir
Bir xil toshni 10 yil ko‘tarsang ham, mushak chiqmaydi.
Mushak o‘sishi uchun og‘irroq yuk kerak – qiynalmasang, o‘smaydi.
Xuddi shunday, shaxsiyating ham faqat majburiyat ko‘payganda, bosim ortganda rivojlanadi.
Qochsang — o‘zingni bir joyda muzlatib qo‘yasan.
Qabul qilsang — o‘sasan.
@abdulloh_shamsutdinov
Qadriyatlar aytilavermaydi, shunchaki yashaladi.
Agar ovoza qilayotgan bo’lsak, hali bizda ular to’liq singimagan, odatga aylanmagan.
Intervyularda nomzod qadriyatlari haqida ko’p gapirsa, ikkilanib qolaman va ko’pincha o’sha qadriyatlar yo’q bo’lib chiqadi.
Muzokaralarda ham qoida shu, kim ko’p ishdan boshqa mavzuda, o’zi, Xudodan qo’riqishi haqida gapirsa hafsalam pir bo’ladi.
Shunga o’zimga ham, atrofimdagilarga ham qadriyatlar haqida kamroq gapirishni tavsiya qilaman.
@abdulloh_shamsutdinov
Yuqori saviyadagi mutaxassislar uchun ish bozori juda kichik.
Shu sabab, ular qattiq yopgan eshiklari boshqa eshiklar ochilmasligiga asos bo’lishi mumkin.
Chunki, top kompaniyalar egalari, rahbarlari o’zaro tanish yoki ishga olish tizimlarida eski ish joyidan jiddiy surishtirish qismi bor.
Munosabatlarda ham shu qoida tushsa kerak. Qancha muhim inson bo’lar ekanmiz, obro’yimizga tushgan kichik dog’ ham katta ko’rinaveradi, yo’limizni to’sishi mumkin.
@abdulloh_shamsutdinov
Sabr qilish bilan sabr qilish ko’nikmasi shakllanadi, xolos.
Boshqa ko’nikmalar shakllanishi uchun esa o’sha ko’nikma talab qilgan mehnatni ham qilish kerak.
https://t.me/shamsutdinov_qisqa
Maktabimizda yana bir o’quv yili tugadi.
Natijalarimiz bilan bo’lishamiz.
Qavs ichida o’tgan yilgisini yozamiz.
O’quvchilarimiz darslikdan tashqari 2355+ ta kitob o’qib tugatishdi. (800)
55% o’quvchimizni kitobxon qildik. (30%)
91% ota-onamiz bizni tavsiya qilishni boshlashdi. (81%)
Bitiruvchilarimiz hammalari natija qilishdi. (rasmda). O’tgan yilgi natijalardan ikki barobar oshira oldik.
80% o’qituvchilarimiz attestatsiyadan o'tib, maktabimizda ishlarini davom ettirishyapti. (80%)
Jamoamizga, bizga ishonga ota-onalarga rahmat.
Lokomotiv filialimizda ko’p sinflar deyarli to’lib bo’ldi.
Toshkent shahrida, Ibn Sino mavzesida ham filial
ochyapmiz
.
9-10-11 sinflarga grant ham e’lon
qilyapmiz
. Shu yakshanba imtihon.
Muhit
qidirganlarni
chorlab qolamiz!
Yordam berishni istaganlar, shu xabarni tarqatishlari kifoya qiladi.
Rahmat.
#maslahat
Boshingizga ish tushgan paytda yaqinim deb bilgan odamlaringizni eshigi oldiga boring. Eshik ochilmasligi mumkin. Lekin sizni ko'zingiz ochiladi!
P. S: bu buzg'unchi mafkura emas. Achchiq haqiqat
@Muhammad_Fozil