
Abdulloh Shamsutdinov
Update
Bu yilgi amaliy boshqaruv
darslari
20-dekabrdan boshlanadi.
Guruhda — 30 nafar menejer va tadbirkorlar bo‘ladi.
Hozirda 20 nafarga yaqin ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tdi, ulardan ba’zilari 100% to‘lovni ham qilib bo‘lishdi.
Ular orasida kursga qatnashmasa ham bizdan tekin maslahat olib yuradigan 5–6 nafar yaqinlar borligi ham alohida quvonarli — demak, ishonch bor.
Muallifni
yaxshi taniydigan yana bir nechta tanishlar kurs haqida o‘z kanallarida ham e’lon berishgan:
🔗
https://t.me/street_mba/58
🔗
https://t.me/thinkwithmirro/408
🔗
https://t.me/mnshuz/2824
🔗
https://t.me/Rustam_Tursunov/288
Avvalgi yilgi darslarda qatnashgan ishtirokchilardan ba’zilari ham shu
post
ostida fikr qoldirishibdi.
Xullas, reklama qilishni yoqtirmayman. Shunchaki kecha kurs uchun kontent tayyorlar ekanman, materiallar sifati shunaqa bo‘ldiki, o‘zim ham:
“Buni o‘zim ham o‘qigan bo‘lardim”,
— deb o’ylab qoldim.
Maqsad — nazariya emas, kundalik boshqaruvda ishlaydigan, shaxsiy tajribamizda ham sinalgan, real yondashuvlarni berish.
Jamoalarimiz
va oxir-oqibat
maktablarimiz
bugun kelgan nuqtamizga asqotgan boshqaruv tajribalarini shunchaki bo‘lishyapmiz, xolos.
Savollar bo’lsa,
@Gayrat_Narzullayev
’ga yozishingiz mumkin. Ha o’sha, mashhur G’ayrat.
@boshqaruvchiga
Birga ishlashimiz mumkin
Rahimov School
xususiy maktablar tarmog’i jamoamizga moliya yordamchisi va savdo bo’lim rahbari qidiryapmiz.
Aziz Rahimov
boshchiliklaridagi jamoada, biz bilan birga ishlashni istaganlar uchun yaxshi imkoniyat.
Asosiy shartlar:
1. To’liq bandlikda ishlash kerak, 1-3 kurs talabalar qabul qilinmaydi. 4-kurs va biz sizga ishonsak, bo’ladi.
2. Toshkentda yashash va ishlashga real imkoniyatingiz bo’lishi kerak.
3. Boshqa joyda ishlamayotgan, ishlayotgan bo’lsangiz rahbaringizga ketish haqida xabar bergan bo’lishingiz kerak.
4. Ikki vakansiyada ham soha egasi bo’lishingiz yoki sohada o’qigan, nimadirlarga erishgan bo’lishingiz shart.
Qiziq bo’lsa,
forma
to’ldiring. Birlachmi filterlarga mos kelsangiz yuzma-yuz suhbatlarga taklif qilamiz.
@boshqaruvchiga
Hammamizning ham bir og’iz yaxshi gapga ehtiyojimiz bor
Xato bo’ladimi, to’g’ri bo’ladimi, sarflangan vaqt, qilingan mehnat haqqi bor.
Xafa qilishni istamayotgan bo’lsak, sukut yaxshi. Sharti, tabassum bilan.
Tabassum yo’qmi, aksiga ko’ngil og’ritishi mumkin, eng yaqinimiz bo’lsa ham.
Bir birimizdan so’zlarimizni yoxud samimiy tabassumimizni qizg’onmaylik, azizlar.
Bizningcha, shu kattalik, yetuklidan namuna.
@abdulloh_shamsutdinov
Nimani bo‘lishyapmiz?
Hayot tarzimizni — yengil hayotga qiziqadiganlar kuzatadi.
Fikrlarimizni esa — o‘sishni istaydiganlar o‘qiydi.
Yengil hayot izlovchidan bir paytda ham kuchli shaxs, ham resursli inson chiqmaydi.
Kimdir oilasi yoki tashqi ko‘rinishi sabab boy yashashi mumkin, lekin bu uni to‘liq baxtli qilmaydi.
Puldan boshqa na aqliy, na fe’liy ustunligi yo‘q inson oxir-oqibat o‘zini ham, atrofdagilarni ham baxtsiz qiladi.
Chunki u maqsadsiz. Hayoti faqat kayf atrofida aylanadi — ichkilik, qimor, aysh-ishrat. Shu yo‘lda hatto yaqinlaridan ham voz kechadi.
Ammo fikrlari bilan o‘ziga jalb qiladigan inson boshqacha:
u resursdor, lekin maqsadli.
Topganini kayfga emas, oilasiga, yurti va jamiyatiga sarflaydi. Minglab odamlarga foyda keltiradi.
Oilasi tinch, hayoti mazmunli bo‘ladi. Bunday insonlar odatda balo-qazolardan ham asraladi.
Endi o‘ylab ko‘ring: siz nimangizni bo‘lishyapsiz — hayot tarzimi yoki fikrlaringiznimi?
⸻
Yaqin, bo‘ydoq ukalarimga aytaman:
agar nomzod qiz ochiq blogida hayoti, kayfi yoki ko‘rinishini muntazam bo‘lishishni odat qilgan bo‘lsa — nomzodni almashtiringlar.
Hozirdan e’tibor markazida bo‘lishni yoqtirgan ayol, keyin tinch hayot qurmaydi.
Chunki uni “like”, maqtov va tashqi e’tibor ushlab turadi — erining e’tibori esa unga kam tuyuladi.
@abdulloh_shamsutdinov
Ko’ngil olishga ishlatilgan hech bir gap ortiqcha bo’lmaydi
Nosamimiy bo’lsa ham hol-ahvolini so’rab qo’yavering — kamida hafa qilmaysiz.
Tarixda eng yaqinlar ham bir-birlariga salomni kamda qilishmagan, qilmaslikka undashgan.
Chunki, salomda omonlik, xotirjamlik tilash bor. Siz bizga keraksiz degani.
Dangal maqsadga o’tishmi? Bora-bora ko’ngilni qoldiradi, eng yaqin bo’lsa ham.
@abdulloh_shamsutdinov
Ozi ko‘piga dalil
Mast qiladigan narsa — ko‘paysa ko’proq mast qiladi.
To‘ydan avvalgi qiz-yigitning yaqin suhbatlarini ma’qullamayman. Lekin inkor ham qila olmaymiz — jamiyatimizda bor. Oila qurmagan yoshlar sevishadi.
Shundaylarga aytar edim: bir daqiqa to‘xtab, o‘zingizga savol bering. Sizning munosabatingiz:
1. Ota-onangiz bilan yaqinlashtiryaptimi yoki uzoqlashtiryaptimi?
2. Sizni yaxshiroq inson qilyaptimi yoki yomonroq?
3. Sizni xotirjam qilayaptimi yoki ichingizni bezovta qilyaptimi?
4. Sizni O’ziga yaqinlashtiryaptimi yoki uzoqlashtiryaptimi?
5. Sizni katta maqsadlar bilan yashashga undayaptimi yoki mayda dunyoparastlikka tortyaptimi?
Mana shu savollar javobi — “ozi ko‘piga dalil”. Chunki, to‘ydan keyin natijalari 10x kattalashadi.
Unutmang: to‘ygacha odam asl shaxsiyatini yashiradi. To‘ydan keyin esa hech kim o‘zini yashira olmaydi.
Va bunda kech bo’ladi.
@abdulloh_shamsutdinov
Ongni band qilish
Avvallari kompaniyalar odamning faqat vaqtini olardi.
Endi esa ongini ham egallab qo‘yyapti.
Ish tugaganidan keyin ham fikrlaring, tashvishlaring, “deadline” va “task”laring seni qo‘yib yubormaydi.
Bu, ayniqsa, aqliy mehnat qiladigan sohalarda yaqqol.
Fikr tinchimasa — dam ham, hayot ham yo‘q.
Shuning uchun ish eshigidan chiqqach, ichingda ham “eshikni yopishni” odat qil.
Telefonni chetga qo‘y, xotirangni tozalash uchun sport qil, yaqinlaring bilan suhbatlash.
Ongini o‘zing boshqarmasang, uni kompaniya boshqaradi.
O’zim odatiy ish kunlarida soat 20:00 dan keyin telegramga umuman kirmayman, oilam bilan vaqt o’tkazaman.
Ba’zan noodatiy kunlar bo’ladi, unda bu qoidani chetga surib turish kerak — e’tiborsizlikning ziyoni kattaroq bo’ladi.
@abdulloh_shamsutdinov
Yukni oshir
Bir xil toshni 10 yil ko‘tarsang ham, mushak chiqmaydi.
Mushak o‘sishi uchun og‘irroq yuk kerak – qiynalmasang, o‘smaydi.
Xuddi shunday, shaxsiyating ham faqat majburiyat ko‘payganda, bosim ortganda rivojlanadi.
Qochsang — o‘zingni bir joyda muzlatib qo‘yasan.
Qabul qilsang — o‘sasan.
@abdulloh_shamsutdinov
Qadriyatlar aytilavermaydi, shunchaki yashaladi.
Agar ovoza qilayotgan bo’lsak, hali bizda ular to’liq singimagan, odatga aylanmagan.
Intervyularda nomzod qadriyatlari haqida ko’p gapirsa, ikkilanib qolaman va ko’pincha o’sha qadriyatlar yo’q bo’lib chiqadi.
Muzokaralarda ham qoida shu, kim ko’p ishdan boshqa mavzuda, o’zi, Xudodan qo’riqishi haqida gapirsa hafsalam pir bo’ladi.
Shunga o’zimga ham, atrofimdagilarga ham qadriyatlar haqida kamroq gapirishni tavsiya qilaman.
@abdulloh_shamsutdinov
Yuqori saviyadagi mutaxassislar uchun ish bozori juda kichik.
Shu sabab, ular qattiq yopgan eshiklari boshqa eshiklar ochilmasligiga asos bo’lishi mumkin.
Chunki, top kompaniyalar egalari, rahbarlari o’zaro tanish yoki ishga olish tizimlarida eski ish joyidan jiddiy surishtirish qismi bor.
Munosabatlarda ham shu qoida tushsa kerak. Qancha muhim inson bo’lar ekanmiz, obro’yimizga tushgan kichik dog’ ham katta ko’rinaveradi, yo’limizni to’sishi mumkin.
@abdulloh_shamsutdinov