
AbuBek's blog🫡
Student of Sejong University in Seoul, South Korea
Kecha Koreyaga kelib olib o'zidan Koreysni yasab olgan bolachani blogi
🫡
Creator:
@TheAbuBek
📸
B
ir surat, ming ma’no...
Bugun ko‘zim tushgan mana shu rasm yuragimni titratdi.Seul ko‘chalarda odamlar shoshilinch yurib ketayotgan bir paytda... nogironlar aravachasida o‘tirgan bir ona, yonida esa uni mehr bilan boshqarayotgan farzand.
Bu oddiy holat emas. Bu — hayotning eng sof, eng pok ko‘rinishlaridan biri.Ehtimol, bu ona uzoq o‘lkalardan, bolasi uchun, g‘urur bilan, ko‘zida yosh, yuragida mehr bilan kelgandir.Ehtimol, bu farzand hayotdagi eng katta orzusiga erishib, endi onasini huzurga olib chiqishni o‘ziga eng katta baxt deb bilayotgandir.
Dunyo shoshqaloq bo‘lib ketgan bu zamonda, mehr-oqibatni eslatib turgan bu manzara — ko‘nglimga iliqlik berdi.
Bu hayotda eng katta yutuq — ota-onangni rozi qilish.
Eng katta orzu — ularning duosini olish.
Eng katta sharaf — ularni izzatda ko‘rish.
It's funny that I wanted to grow up, just, to be able to decide for myself by myself. You know what? I DID grow up but still can't make a decision on my own
🙁
I don't know if it's fair or nor but I'm sure of one thing.
"You can't always get what you want"
Bir kishi aytgan ekan.
— kasal bólguningcha hayotingda son mingta muammoing bóladi, kasal bólganingda esa faqat bitta muammoying bóladi deb.
kasal bólmanglar)))
— Qamoqdan nega qochdingiz?
— Uylanmoqchi edim.
— Ozodlikni juda g‘alati tasavvur qilar ekansiz.
#Tabassum
A man is born through a woman, raised by a woman, falls in love with a woman, and marries a woman. So, I am surprised by any man who doesn't respect women.
Assalomu aleykum, O'zbekiston vanihoyat, 34 yil deganda. Jahon Chempionatidaaaaaaa
🏆
Assalomu aleykum, O'zbekiston vanihoyat, 34 yil deganda.
Jahon Chempionatidaaaaaaa
🏆
Koreyada norasmiy ma'lumotlar berib kelayotgan insta blogerlar
O'zbek millatdagi yoshlar nimaga shunday mashxurlikka erishyabmiz?
Hozirgi kunda Koreyadagi o'zbek yoshlariga e'tibor bersak, hammasida bir hil kontent ya'ni maqtanish.
"Koreyada unday, koreyada bunday" sarlavha ostida noto'g'ri ma'lumotlarni ommaga tadbiq qilayotgan ijtimoiy tarmoqdagi videolar.
Bir kontentga e'tibor tushdi. "kuniga 150$ topaman va kechga ham 50$ lik ish bor shu ishni ham qilsam kuniga 200$ tushuraman" deya kontent qoldirgan.
Ho'sh bu qanchalik rost?
Birinchidan odam bir kunda 12 soatdan ortiq ishlay olmaydi.
Ikkinchidan kuniga 150$ boradigan ish yo'q.
Uchinchidan kun-tun ishlashni iloji yo'q.
Shu tarzdagi video yoki kontentlarni ko'rayotgan o'zbek yoshlari haqiqatda ham koreyada oyiga kamida 3,000$ topsa bo'larkan deb fikr mulohaza qiladi. Bunisi yetmagandek bechora ota onalar ham qarz havola qilib bitta farzandga 7,000-8000$ sarflab Koreyaga jo'natyabdi. Bu yerdagi holatni ko'rib kimdur afsus qilyabdi kimdur esa hattoki O'zbekistondan pul chaqirtiryabdi.
Hurmatli blogerlar biror kontent yaratishdan oldin bu to'g'rimi, noto'g'rimi qanaqa plusi bor, qanaqa minusi bor, rosdan ham kelgan hammaga ish bormi, nima ishga keladi deb ozgina fikr qilishingizni so'rab qolamiz.
Siz qilgan bir dona kontent kimnidir jarlikka kimnidir esda yaxshillikka yo'naltiradi..
O'zbekistondagi yoshlarga ham Koreya haqida ko'rgan va eshitgan narsalaringizga hammasiga ham ishonavermang. Maqsadni aniq va to'g'ri qilishga harakat qiling!
🇰🇷
Koreyada ish izlayotganlar uchun yuboramiz!
👉
@koreya_ishlari
obuna bo'ling!
Vertolyot va Samolyoylar uchishi uchun eng muhim qismlardan biri bu shubxasiz - Parraklar
Lekin savol tug'iladi ularni kim va qachon yaratgan?
Undan ham muhimroq savol, qanday qilib bu parraklar havoda uchishga yordam berishi u insonning hayoliga kelgan?
Bu parraklar dunyodagi eng kuchli injener tomonidan 4 million yil avval yaratilgan desam ishongan bo'larmidingiz?
Fikrlaringizni qoldiring to'liq, javob keyingi postda