Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

AbuBek's blog🫡

abubekblog
Student of Sejong University in Seoul, South Korea Kecha Koreyaga kelib olib o'zidan Koreysni yasab olgan bolachani blogi 🫡 Creator: @TheAbuBek
Subscribers
733
24 hours
-1
30 days
-30
Unusual 24 hours growth
Post views
749
ER
1,02%
Posts (30d)
Characters in post
533
August 20, 12:28

Assalomu aleykum hammaga.
Men bu kanalni odamlar uchun oz bo‘lsa ham foyda keltirish, bilim va tajribamni ulashish, va gaplarimni ko‘proq inson eshitishini istab ochgandim. Lekin tan olishim kerak – uddalay olmadim. Chunki men bir vaqtning o‘zida ikki hayot – virtual va real hayotni olib yashashga urindim.
Bir paytning o‘zida juda ko‘p narsalarga erishiga harakat qildim. Odamlar aytganidek, “besh barmog‘imni birdan og‘zimga tiqishga urindim.” Men imkonsiz narsani ham qila olaman deb o‘yladim, lekin bilmadimki, imkonsiz narsaga erishish uchun ham ba’zan imkonsiz qarorlar qa'bul qilish kerak ekan. “Hamma narsani imkoni bor” degan iborani noto‘g‘ri tushunibman – ha, hamma narsani imkoni bor, ammo hammasini birdan emas, birin-ketin qilish kerak.
Shunday qilib, men yiqildim. Oilamga, menga ishonganlarga, mendan ko'p narsa kutganlarga va asosiysi o'zimga pand berdim. Bu albatta mening xatoim edi – chunki hammasiga birdan erishmoqchi bo‘ldim.
Lekin men xohlayman: sizlar mening xatoimni takrorlamang. Hozir shu postni o‘qiyotgan inson, (student, abituriyent, shunchaki maktab o'quvchisi yoki ulg'aygan inson, musofir, hullas kim bo'lsa ham) hayotingiz haqida bir o‘ylab ko‘ring. Kelajakda qanday yashamoqchisiz? Hayotingiz qanday bo'lishini xohlaysiz? Keyin qaytadan o‘ylang – Shu o'zingiz xohlagan narsaga yetarlicha harakat qilyapsizmi? Va o'zingiz uchun xulosa chiqaring.
Vanihoyat, onam menga yillar davomida ta’kidlab kelgan nasihatni tushunib yetdim: inson bir vaqtning o‘zida ikkita narsaga erisha olmaydi. Biriga erishish uchun, boshqasidan kechishga majbur ekan. Shu sabab bu safar chin dildan qaror qildim – ijtimoiy tarmoqni tark etyapman. (Ha, oldin ham urinib ko‘rganman
🤦‍♂️
)
Bu kanalda menga yaqin insonlar, do'stlarim va meni umuman tanimaydigan insonlar bor, men hammaga shuni aytmoqchimanki:
Bu mening oxirgi postim va telegramni o'chiryapman
Barchaga rahmat, yaxshi va yomon gapirgan bo'lsam, ko'nglingizni og'ritgan bo'lsam, yoki boshqa har qanday ziyon yetkazgan bo'lsam, Uzr so'rayman)
Men kelajagimni qurishni boshladim va bu safar yiqilishlar qabul qilinmaydi...

July 12, 12:51
Media unavailable
3
Show in Telegram

📸
B
ir surat, ming ma’no...
Bugun ko‘zim tushgan mana shu rasm yuragimni titratdi.Seul ko‘chalarda odamlar shoshilinch yurib ketayotgan bir paytda... nogironlar aravachasida o‘tirgan bir ona, yonida esa uni mehr bilan boshqarayotgan farzand.
Bu oddiy holat emas. Bu — hayotning eng sof, eng pok ko‘rinishlaridan biri.Ehtimol, bu ona uzoq o‘lkalardan, bolasi uchun, g‘urur bilan, ko‘zida yosh, yuragida mehr bilan kelgandir.Ehtimol, bu farzand hayotdagi eng katta orzusiga erishib, endi onasini huzurga olib chiqishni o‘ziga eng katta baxt deb bilayotgandir.
Dunyo shoshqaloq bo‘lib ketgan bu zamonda, mehr-oqibatni eslatib turgan bu manzara — ko‘nglimga iliqlik berdi.
Bu hayotda eng katta yutuq — ota-onangni rozi qilish.
Eng katta orzu — ularning duosini olish.
Eng katta sharaf — ularni izzatda ko‘rish.

June 30, 20:29

It's funny that I wanted to grow up, just, to be able to decide for myself by myself. You know what? I DID grow up but still can't make a decision on my own
🙁

June 30, 03:42

I don't know if it's fair or nor but I'm sure of one thing.
"You can't always get what you want"

June 25, 12:45

Bir kishi aytgan ekan.
— kasal bólguningcha hayotingda son mingta muammoing bóladi, kasal bólganingda esa faqat bitta muammoying bóladi deb.
kasal bólmanglar)))

June 16, 13:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

— Qamoqdan nega qochdingiz?
— Uylanmoqchi edim.
— Ozodlikni juda g‘alati tasavvur qilar ekansiz.
#Tabassum

June 13, 03:37

A man is born through a woman, raised by a woman, falls in love with a woman, and marries a woman. So, I am surprised by any man who doesn't respect women.

June 05, 18:22

Assalomu aleykum, O'zbekiston vanihoyat, 34 yil deganda. Jahon Chempionatidaaaaaaa
🏆

June 05, 18:20

Assalomu aleykum, O'zbekiston vanihoyat, 34 yil deganda.
Jahon Chempionatidaaaaaaa
🏆

May 20, 12:32

Koreyada norasmiy ma'lumotlar berib kelayotgan insta blogerlar
O'zbek millatdagi yoshlar nimaga shunday mashxurlikka erishyabmiz?
Hozirgi kunda Koreyadagi o'zbek yoshlariga e'tibor bersak, hammasida bir hil kontent ya'ni maqtanish.
"Koreyada unday, koreyada bunday" sarlavha ostida noto'g'ri ma'lumotlarni ommaga tadbiq qilayotgan ijtimoiy tarmoqdagi videolar.
Bir kontentga e'tibor tushdi. "kuniga 150$ topaman va kechga ham 50$ lik ish bor shu ishni ham qilsam kuniga 200$ tushuraman" deya kontent qoldirgan.
Ho'sh bu qanchalik rost?
Birinchidan odam bir kunda 12 soatdan ortiq ishlay olmaydi.
Ikkinchidan kuniga 150$ boradigan ish yo'q.
Uchinchidan kun-tun ishlashni iloji yo'q.
Shu tarzdagi video yoki kontentlarni ko'rayotgan o'zbek yoshlari haqiqatda ham koreyada oyiga kamida 3,000$ topsa bo'larkan deb fikr mulohaza qiladi. Bunisi yetmagandek bechora ota onalar ham qarz havola qilib bitta farzandga 7,000-8000$ sarflab Koreyaga jo'natyabdi. Bu yerdagi holatni ko'rib kimdur afsus qilyabdi kimdur esa hattoki O'zbekistondan pul chaqirtiryabdi.
Hurmatli blogerlar biror kontent yaratishdan oldin bu to'g'rimi, noto'g'rimi qanaqa plusi bor, qanaqa minusi bor, rosdan ham kelgan hammaga ish bormi, nima ishga keladi deb ozgina fikr qilishingizni so'rab qolamiz.
Siz qilgan bir dona kontent kimnidir jarlikka kimnidir esda yaxshillikka yo'naltiradi..
O'zbekistondagi yoshlarga ham Koreya haqida ko'rgan va eshitgan narsalaringizga hammasiga ham ishonavermang. Maqsadni aniq va to'g'ri qilishga harakat qiling!
🇰🇷
Koreyada ish izlayotganlar uchun yuboramiz!
👉
@koreya_ishlari
obuna bo'ling!