
Al-Xorazmiy vorislari
“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” IT sohasida mutaxassis tayyorlashning milliy dasturi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Chat:
https://t.me/al_xorazmiy_vorislari_Livechat
⌨️
Raqamli dunyoda xotin-qizlar ishtiroki va
AT sohasidagi imkoniyatlar
forumiga taklif etamiz!
Xotin-qizlarning raqamli sohadagi faolligini oshirish, ularni AT yo‘nalishida imkoniyatlar bilan tanishtirish va sohaga keng jalb etish maqsadida
“Raqamli dunyoda xotin-qizlar ishtiroki va AT sohasidagi imkoniyatlar”
forumi tashkil etilmoqda.
Mazkur forum davomida:
💡
AT sohasida faoliyat yuritayotgan muvaffaqiyatli xotin-qizlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadi;
💼
Raqamli ko‘nikmalarni egallash orqali yangi kasblarni o‘rganish yo‘llari haqida ma’lumot beriladi;
🌍
Xotin-qizlar uchun mavjud grantlar, onlayn kurslar va ish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etiladi.
Forum quyidagi manzillarda o‘tkaziladi:
📍
Nukus — 28-oktabr, soat 14:00
Manzil: Yoshlar ishlar agentligi binosi
📍
Xorazm — 29-oktabr, soat 12:00
Manzil: IT Park Xorazm filliali
Tadbir Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi bilan IT Park, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi, Uzinfocom, “GAP” Ayollar IT-klubi hamkorligida o'tkazilmoqda.
AT sohasida o‘z o‘rningizni toping, yangi yo‘nalishlarni kashf eting va raqamli kelajak sari dadil qadam tashlang! Forumda ishtirok eting!
🌐
Sayt
🚀
Telegram
🔵
Facebook
📷
Instagram
🎬
YouTube
🎰
Linkedin
“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasining bitiruvchisi
frilanserlik qilib $500 daromad topmoqda
✅
Bolaligidan texnologiyaga qiziqqan Shoxruxning bu yo‘lga ilk qadamni eski noutbukdan boshlangan. U maktabdan kelgach, soatlab kompyuter qarshisida o‘tirardi avvaliga faqat o‘yin o‘ynardi, eng sevimlisi “GTA VC” edi. Vaqt o‘tib, o‘yinlar uni zeriktira boshladi va u
“bu o‘yinlar qanday yaratiladi?”
degan savolga javob izlay boshladi.
✅
Hozirda u Veeva kompaniyasida ma’lumotlar tahlilchisi sifatida faoliyat yuritadi. Shuningdek, Shoxrux Upwork platformasida oʻz xizmatlarini taklif etib kelmoqda.
➡️
Batafsil
🌐
Sayt
🚀
Telegram
🔵
Facebook
📷
Instagram
🎬
YouTube
🎰
Linkedin
Сирдарёдан “Ювентус”гача бўлган йўл - ўзбекистонлик ёшлар рақамли дунёда
Ўзбекистонда IT соҳаси энди фақат пойтахт аҳли учун эмас: Сирдарёда мактаб ўқувчиси дастур тузиб компания очди, Фарғонада жисмоний имконияти чекланган йигит 3D маҳсулотларини онлайн сотмоқда. Хоразмда ўқувчи “Ал-Хоразмий ворислари” лойиҳаси орқали ота-онасини ватанига қайтариш ҳаракатида.
Улар IT орқали нафақат даромад топиш, балки орзуларини амалга ошириш мумкинлигини исботлашмоқда.
📹
ТЎЛИҚ ВИДЕОНИ КЎРИНГ
Kun.uz расмий канали
📖
Biz boshladik
3D modellashtirish orqali moliyaviy mustaqillikka erishish mumkinmi?
🧾
Spiker: Sohada 4 yillik tajribaga ega mutaxassis, 3D supervisor,
Otabek Doʻsmat
.
➡️
Hoziroq kiring:
https://t.me/digitaledu_uz?livestream
🌐
Sayt
🚀
Telegram
🔵
Facebook
📷
Instagram
🎬
YouTube
🎰
Linkedin
Nukus shahrida dars jarayonlari boshlandi
📖
“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi doirasida Nukus shahridagi o‘quvchilar uchun IT-park binosining 6-qavatida yangi taʼmirdan chiqqan va zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan xonalarda darslar yoʻlga qoʻyildi.
❗️
Maʼlumot oʻrnida, “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida oʻquvchi yoshlar dasturlash va ingliz tiliga bepul oʻqitiladi.
#Al_Xorazmiy_vorislari
🚀
Telegram
|
📷
Instagram
🟦
🟦
🟦
Natijalarni e’lon qilamiz!
📖
"Muhammad al-Xorazmiy vorislari" loyihasining
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
saralash imtihonlari natijalari bilan quyidagi
havolada
tanishing.
➡️
Havola:
https://t.me/al_xorazmiy_vorislari_Livechat/48939
🎉
Imtihonda yuqori natija qayd etgan o’quvchilarni tabriklaymiz!
#Al_Xorazmiy_vorislari
🚀
Telegram
|
📷
Instagram
Bayramingiz muborak, hurmatli ustoz va murabbiylar!
⚜️
Bugun, 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni. Hozirda yoshlar Sizdek fidoyi ustozlarimiz tufayli ilm-fan va texnologiya sohalarida yuksak natijalarga erishmoqda.
🎉
Sizlarga mustahkam sihat-salomatlik, bitmas-tuganmas kuch-g‘ayrat va mehnat faoliyatingizda doimiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.
✅
Qolaversa, “Muhammad al-Xorazmiy vorislari”, “IT-shaharcha” loyihalari doirasida yoshlarga tahsil berib kelayotgan mentorlarimiz va xususiy AT taʼlim markazlari ustozlarini ham ushbu kasb bayrami bilan yana bir bor muborakbod etamiz!
🌐
Sayt
🚀
Telegram
🔵
Facebook
📷
Instagram
🎬
YouTube
🎰
Linkedin
🟦
🟦
🟦
Natijalarni e’lon qilamiz!
📖
"Muhammad al-Xorazmiy vorislari" loyihasining
Xorazm viloyati
saralash imtihonlari natijalari bilan quyidagi
havolada
tanishing.
➡️
Havola:
https://t.me/al_xorazmiy_vorislari_Livechat/48207
🎉
Imtihonda yuqori natija qayd etgan o’quvchilarni tabriklaymiz!
#Al_Xorazmiy_vorislari
🚀
Telegram
|
📷
Instagram
Qoraqalpogʻiston Respublikasida “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi uchun saralash imtihonlari o‘tkazildi
📖
Saralash imtihonlari Ellikqal’a, Amudaryo, Chimboy, Sho‘manoy, Taxtako‘pir va Taxiyatosh tumanlaridagi hamda Nukus shahri 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazildi.
💠
Loyihada ishtirok etish uchun 6642 nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tdi. Ular axborot texnologiyalari, ingliz tili, matematika va mantiqiy fikrlashga oid testlarni topshirib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
✅
Yakunda eng kuchli 1000 nafar o‘quvchi loyihaga saralab olinadi va iqtidorlilar ingliz tili va ITni bepul o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
🚀
Telegram
|
📷
Instagram
Qoraqalpogʻiston Respublikasida “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi qabuli uchun saralash imtihonlari oʻtkaziladi
📃
21-sentyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasining 7 ta tumanida “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida saralash imtihonlari boʻlib oʻtadi.
⚜️
Imtihonlar quyidagi manzillarda oʻtkaziladi:
➡️
Ellikqala tumani 61-maktab;
➡️
Amudaryo tumani 16-maktab;
➡️
Chimboy tumani 38-maktab;
➡️
Taxiatosh tumani 1-maktab;
➡️
Taxtako'pir tumani 3-maktab;
➡️
Sho'manoy tumani 7-maktab;
➡️
Nukus shahri 1-sonli maktab.
🔗
Saralash imtihonlarida ishtirok etuvchi o‘quvchilardan o‘z hududlarida belgilangan imtihon manziliga soat
10:00 da
yetib kelishlari so‘raladi.
❗️
Imtihonda ishtirok etish uchun, tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda imtihonda ishtirok etish uchun taqdim etilgan shaxsiy ID raqamni bilgan holda kelish shart.
⏰
Oʻquvchilarning shaxsiy ID raqamlari ro’yxati.
#Al_Xorazmiy_vorislari
🚀
Telegram
|
📷
Instagram