
Al-Xorazmiy vorislari
“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida dasturlash va ingliz tilini bepul o‘rganing!
📖
Umarbek Shomurodov “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida ikki yil davomida
bepul
tahsil olib, dasturlash va ingliz tili bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.
✅
Bugungi kunda qahramonimiz Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 1-bosqich talabasi bo‘lib, ingliz tilidan B2 daraja sertifikati sohibi hisoblanadi. Shuningdek, Umarbek hozirda oʻzining bir qator loyihalari ustida ham ishlamoqda.
⚡️
Umarbekning hikoyasi shuni ko‘rsatadiki, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, muntazam izlanish va o‘z ustida ishlash orqali katta maqsadlar sari dadil qadam tashlash mumkin.
🚀
Telegram
|
📷
Instagram
Diqqat, xushxabar!
“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi bitiruvchisi o‘z startapiga investitsiya jalb qildi
✅
Startup Garage tomonidan Grand Demo Day tanlovining 3-mavsumi o‘tkazildi. Unda ikki oylik saralash va akseleratsiya jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tgan
10 ta startap
o‘z loyihalarini investorlar hamda venchur fondlari vakillariga taqdim etdi.
✅
Natijada
4 ta startap jami $235 000 miqdorida
investitsiya qo‘lga kiritdi. Ular orasida
“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi bitiruvchisi Javohir Raxmonberganov asos solgan
HRHub startapi ham bor. Mazkur
loyiha $20 000 miqdorida sarmoya
jalb qildi.
✅
Maʼlumot uchun, HRHub — korxonalarda xodimlarni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirishga xizmat qiluvchi tizim bo‘lib, Javohir ushbu startapni yaratish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni loyiha doirasidagi uch yillik taʼlim davomida shakllantirdi.
🎉️
️️️️️
O‘quvchimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🚀
Telegram
|
📷
Instagram
“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida respublika bo‘ylab o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
📖
Loyiha saralash imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun respublika bo‘ylab o‘quv mashg‘ulotlari yoʻlga qoʻyildi.
✅
Ishtirokchilar
axborot texnologiyalari va ingliz tili
yo‘nalishlari bo‘yicha bepul ta’lim olmoqda.
✅
Mashg‘ulotlar malakali mentorlar tomonidan olib borilmoqda hamda o‘quvchilarning zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
🌐
Sayt
🚀
Telegram
🔵
Facebook
📷
Instagram
🎬
YouTube
🎰
Linkedin
🟦
🟦
🟦
Siz kutgan lahzalar keldi! Saralash imtihon natijalarini e’lon qilamiz
📖
Joriy yilning
13-sentabr kuni
Qoraqalpog‘iston Respublikasida
, 20-sentabr kuni esa respublikaning
boshqa hududlarida
“Muhammad al-Xorazmiy vorislari”
loyihasi doirasida saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
✅
Saralash jarayonida yoshlarning
mantiqiy fikrlash, axborot texnologiyalari va ingliz tili bo‘yicha
bilim hamda ko‘nikmalari baholandi.
⬇️
Quyida o‘tkazilgan saralash imtihonlari natijalarini e’lon qilamiz:
➡️
Andijon viloyati |
havola
;
➡️
Buxoro viloyati |
havola
;
➡️
Jizzax viloyati |
havola
;
➡️
Qashqadaryo viloyati |
havola
;
➡️
Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
havola
;
➡️
Navoiy viloyati |
havola
;
➡️
Namangan viloyati |
havola
;
➡️
Samarqand viloyati |
havola
;
➡️
Sirdaryo viloyati |
havola
;
➡️
Surxondaryo viloyati |
havola
;
➡️
Toshkent viloyati |
havola
;
➡️
Fargʻona viloyati |
havola
;
➡️
Xorazm viloyati |
havola
.
🎉
Saralash imtihonidan yuqori natija qayd etgan o‘quvchilarni tabriklaymiz!
#Al_Xorazmiy_vorislari
🚀
Telegram
|
📷
Instagram
“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi taqdimoti boʻlib oʻtdi
✅
Ayni damda loyiha bitiruvchisi xorazmlik
Javohir Raxmonberganov
nutq qildi. U 19 yoshida
$20 000 miqdorida investitsiya jalb qilgan
va korxonalar uchun xodimlarni boshqarish tizimi —
HRHub
startapiga asos solgan.
✅
Javohir startap yaratish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni 3 yil davomida
“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasida
chuqur o‘rgandi.
🗣
Quyidagi
havola
orqali forum
ni jonli efirda tomosha qiling:
https://www.youtube.com/watch?v=PeDD2IgnET8
🌐
Sayt
🚀
Telegram
🔵
Facebook
📷
Instagram
🎬
YouTube
🎰
Linkedin
“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi o‘quvchilari National AI Hackathon sovrindorlari
📖
Xorazm viloyatida o‘tkazilgan
National AI Hackathon
doirasida yoshlar o‘z innovatsion g‘oyalarini ishlab chiqib, jamoaviy ishlash, mentorlar bilan tajriba almashish hamda loyihalarni yanada takomillashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
✅
Tanlovning final bosqichida
“Muhammad al-Xorazmiy vorislari”
loyihasining Xiva shahri, Xiva va Shovot tumanlaridan qatnashgan yoshlar o‘z loyihalarini muvaffaqiyatli himoya qilib, faxrli o‘rinlarni egalladi.
🥇
Tadbirkorlik yo‘nalishida 1-o‘rin — TriCorp jamoasi (Shovot tumani)
Jamoa a’zolari:
Otaxonov Mirkamol;
Jumanazarov Asadbek;
Nodirbekov Amirbek.
🥉
Tibbiyot yo‘nalishida 3-o‘rin — 100x Devs jamoasi (Xiva shahri)
Jamoa a’zolari:
Axmedov Abbosbek;
Ruzmetova Oymonjon;
Odilbekova Ruxsora;
Matkarimov Islombek.
🥉
Ta’lim yo‘nalishida 3-o‘rin — TadbirkorAI jamoasi (Xiva tumani)
Jamoa a’zolari:
Bobonazarov Jasurbek;
Meyliboy Meyliboyev;
Asadbek Rajabboyev;
Akbar Mukhammadsolayev.
✅
“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi ishtirokchilarining ushbu yutuqlari loyiha doirasida egallagan bilim va ko‘nikmalarining amaliy samarasi, izchil ta’lim hamda qo‘llab-quvvatlash natijasi demakdir.
🎉
Barcha g‘olib va sovrindorlarni ushbu munosib natija bilan samimiy muborakbod etamiz!
#Al_Xorazmiy_vorislari
🚀
Telegram
|
📷
Instagram
🌟
Respublika bo‘ylab “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida saralash imtihonlari o‘tkazildi
🔘
Bugun, 20-sentabr kuni Xorazm viloyatining barcha tuman va shaharlarida, shuningdek, Andijon, Buxoro, Qarshi, Navoiy, Namangan, Samarqand, Termiz, Nurafshon, Farg‘ona, Guliston shaharlari hamda Mirzacho‘l, Zomin tumanlarida
18 mingdan ziyod o‘quvchi-yosh
“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida
tahsil olish uchun saralash imtihonlarida ishtirok etdi.
✅
Saralash imtihonlarida yoshlarning
mantiqiy fikrlash, AT va ingliz tili bo‘yicha bilimlari
sinovdan o‘tkazildi. Eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar loyiha ishtirokchisiga aylanib,
zamonaviy AT yo‘nalishlari va xorijiy tillarni chuqur o‘rganish
imkoniyatiga ega bo‘ladi.
✅
“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi
yosh avlodning aniq fanlar va axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, iste’dodli o‘quvchilarni erta aniqlash hamda ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda.
⚡️
Taʼkidlash joizki, bugun o‘z bilimini sinovdan o‘tkazgan minglab yoshlar ertangi kunning dasturchi-muhandislari va texnologik taraqqiyot peshqadamlari bo‘lib yetishadi.
⏺
Saralash imtihonlari natijasi
5 kun davomida
eʼlon qilinadi. So‘ngi yangiliklardan xabardor bo‘lib turish uchun ushbu
kanalni
kuzatib boring!
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
LinkedIn
|
X
Respublika boʻylab “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi qabuli uchun saralash imtihonlari oʻtkaziladi
📖
Joriy yilning 20-sentabr kuni respublika bo‘ylab “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida saralash imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
🗣
Imtihonlar:
⏰
1-smena soat 09:30;
⏰
2-smena soat 13:30 da boshlanadi.
✅
Saralash imtihonlari oʻtkaziladigan manzillar bilan tanishing:
➡️
Andijon viloyati
Manzil:
Andijon shahar 41-maktab
Oʻquvchilar ID raqami:
havola
.
➡️
Buxoro viloyati
Manzil:
Buxoro shahar 35-maktab
Oʻquvchilar ID raqami:
havola
.
➡️
Jizzax viloyati (Zomin)
Manzil:
Zomin tumani 60-maktab
Oʻquvchilar ID raqami:
havola
.
➡️
Jizzax viloyati (Mirzachoʻl)
Manzil:
Mirzacho'l tumani 1-maktab
Oʻquvchilar ID raqami:
havola
.
➡️
Qashqadaryo viloyati
Manzil:
Qarshi shahar 1-maktab
Oʻquvchilar ID raqami:
havola
.
➡️
Navoiy viloyati
Manzil:
Navoiy shahar 7-maktab,
17-maktab
Oʻquvchilar ID raqami:
havola
.
➡️
Namangan viloyati
Manzil:
Namangan shahar 31-maktab
Oʻquvchilar ID raqami:
havola
.
➡️
Samarqand viloyati
Manzil:
Samarqand shahar 9-maktab
Oʻquvchilar ID raqami:
havola
.
➡️
Sirdaryo viloyati
Manzil:
Guliston shahar 2-maktab
Oʻquvchilar ID raqami:
havola
.
➡️
Surxondaryo viloyati
Manzil:
Termiz shahar 16-maktab
Oʻquvchilar ID raqami:
havola
.
➡️
Toshkent viloyati
Manzil:
Nurafshon shahar 48-maktab
Oʻquvchilar ID raqami:
havola
.
➡️
Fargʻona viloyati
Manzil:
Fargʻona shahar 6-maktab
Oʻquvchilar ID raqami:
havola
.
➡️
Xorazm viloyati
Manzil:
Viloyatning barcha tuman va shaharlarida
Oʻquvchilar ID raqami:
havola
.
❗️
Imtihonda ishtirok etish uchun, tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda imtihonda ishtirok etish uchun taqdim etilgan shaxsiy ID raqamni bilgan holda kelish shart.
#Al_Xorazmiy_vorislari
🚀
Telegram
|
📷
Instagram
Qoraqalpog‘istonning 17 ta tumanida 7 ming nafar o‘quvchi “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasiga qabul uchun sinovdan o‘tdi
📖
Qoraqalpog‘iston Respublikasining 17 ta tumani va shahrida “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasiga qabul uchun saralash imtihonlari o‘tkazildi.
✅
Loyihada ishtirok etish maqsadida jami
7 ming nafar o‘quvchi
ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ular bugun
tanqidiy va mantiqiy fikrlash, axborot texnologiyalari, ingliz tili hamda muammoli masalalarni yechish
bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.
✅
Saralash natijalariga ko‘ra, eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar loyiha ishtirokchisiga aylanib, zamonaviy IT yo‘nalishlari va xorijiy tillarni chuqur o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
❗️
Ma’lumot uchun:
“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasidagi saralash imtihonlari Xorazm viloyati, viloyatlar markazlari, shuningdek, Jizzax viloyatining
Zomin va Mirzacho‘l tumanlarida 20-sentabr kuni
o‘tkaziladi.
#Al_Xorazmiy_vorislari
🚀
Telegram
|
📷
Instagram
SARALASH IMTIHONLARIDA ISHTIROK ETISH YO‘RIQNOMASI
📖
“Muhammad al-Xorazmiy vorislari”
loyihasi doirasida navbatdagi saralash imtihonlari quyidagi hududlarda o‘tkaziladi:
➡️
13-sentyabr
— Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
➡️
20-sentyabr
— Xorazm viloyati, viloyatlar markazlari, shuningdek, Jizzax viloyatining
Zomin va Mirzacho‘l tumanlari
.
✅
Saralash imtihonlarida ishtirok etuvchi nomzodlarga savollar va javoblar varaqasini to‘g‘ri to‘ldirish tartibi bo‘yicha
video yo‘riqnoma bilan oldindan tanishib chiqish
tavsiya etiladi.
❗️
Muhim:
nomzodlar imtihon o‘tkaziladigan manzilga
soat 09:30 ga qadar
yetib kelishlari lozim.
Imtihonda ishtirok etish uchun quyidagilar shart:
➡️
tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning
asl nusxasi
;
➡️
imtihonda ishtirok etish uchun avval taqdim etilgan
shaxsiy ID raqami
.
🗣
Saralash imtihonida tushgan savollar va ularning yechimlari bilan tanishing:
https://youtu.be/38fNWIgjG5Y
⚡️
Imtihon ishtirokchilaridan mazkur yo‘riqnoma bilan oldindan tanishib, imtihonga belgilangan vaqtda va zarur hujjatlar bilan kelishlari so‘raladi.
#Al_Xorazmiy_vorislari
🚀
Telegram
|
📷
Instagram