
Alisher Qodirov
PhD, PD, “Milliy tiklanish" DP MK raisi
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarim
https://taplink.cc/alisher_qodir
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi “Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida”gi bitim — O‘zbekiston tashqi siyosatining navbatdagi
g‘alabasi.
Bu bitim o‘zbek tadbirkorini YAIM hajmi 20 trillion AQSH dollariga teng bo‘lgan Yevropaning qimmat bozorlariga olib chiqadi, biznesni samarali boshqarish, ishlab chiqarishning yuqori standartlarini o‘rganish, pirovardida raqobatbardosh bo‘lishi uchun sharoit beradi. Bu xalqimiz uchun ish o‘rinlari, daromad, sifatli xizmat va mahsulotlar degani…
Qudratli iqtisodiy va siyosiy markazlarning birortasi bilan munosabatlarimiz yomon emas, aksincha, deyarli barchasi bilan ikki tomonlama e’tirof etilgan strategik muhimlik darajasidamiz.
Bizga iqtisodiy rivojlanish, investitsiyalar va yangi texnologiyalar kerak, sheriklarimizga esa muhim resurslar va kalit geosiyosiy mintaqada ishonchli hamkor.
Qudratli davlatlar orasidagi qonli to‘qnashuvlarga aylanib ketayotgan raqobat
strategik maqsadlari aniq, siyosatida sobitlikka erisha olgan davlatlar uchun imkoniyatga aylanishini O‘zbekiston yana bir bor ko‘rsatib bermoqda.
So‘zsiz tanganing ikkinchi tomoni bor.
Garchi avvalgidek bezbetlarcha bo‘lmasa ham g‘arb milliy ma’naviy va madaniy qadriyatlarimizni zaiflatish uchun kurashishda davom etadi.
Iqtisodiy va siyosiy manfaatlar to’lqinida Yevropada avj olayotgan islomofobiya, kosmopolitizm (vatansizlik g‘oyasi), ijtimoiy o‘lchovlar, jumladan oila institutining inqiroziga olib kelgan chegarasiz erkinlik, muvozanatni buzib yuborayotgan gender qarashlar, bir tomonlama adolat tushunchasi, egoistik dunyoqarash shaklidagi illatlarni jamiyatimizga yuqtirish ustida aylanma yo‘llar bilan ishlashda davom etaveradi.
Umuminsoniy qadriyatlar bilan bir qatorda oila, vatan va millatni daromaddan ustun ko‘radigan qadriyatlarimizni saqlab
qolishimiz — davlatimiz va millatimiz uchun bor-yo‘qlik masalasi.
O‘zbekiston faqat manfaatlar emas, ishonch va o‘zlikni qadrlaydigan, kerak bo‘lsa bu uchun kurashadigan davlat sifatida hurmat qozonib bo‘ldi, endi qadriyatlarga tayangan taraqqiyot yo‘lida jamiyatni ham bir yoqadan bosh chiqaradigan vaqti keldi.
Bizga faqat iqtisodiy manfaatlar, zamonaviy texnologiyalar va bilimlar kerak, boshqasi emas.
@alisherQodir
O’zbek tili bayrami kuniga yana bir ajoyib sovg’a!
Yoshlar ishlari agentligining “Ibrat farzandlari” loyihasi
xorijliklarga o’zbek tilini o’rgatadigan, sun’iy intellekt asosida ishlaydigan dastur e’lon qildi.
Birinchi bosqichda
ingliz
tili orqali, yaqin kunlarda rus tili orqali o’zbek tilini o’rganish imkoniyati bo’ladi.
Hozir dunyoda 60 millionga yaqin inson o’zbek tilida so’zlashadi. Yaqin yillarda bu songa yana millionlar qo’shiladi.
@alisherQodir
Bugun Davlat rahbari tomonidan O‘zbekistonni raqamlashtirish va sun’iy intellekt sohasida rivojlantirish masalalari bo‘yicha majlis o‘tkazildi.
Bu majlisda O‘zbek tilini yangi davrga olib kiradigan juda muhim topshiriqlar berildi. Jumladan,
“O‘zbek tili korpusi”
tashkil etiladi,
2026-yilning 1-yanvarigacha o‘zbek tilidagi barcha so‘z va emotsiyalar axborot bazasida jamlanadi va bu baza raqamli dunyoning ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.
Endi raqamli dunyo o‘zbekchani o‘zbek kabi to‘liq tushunadigan bo‘ladi.
Ona tilimizning rivojlanishiga hissa qo‘shish—unda so‘zlashish, yozish, o‘qish va buni farzandlarimizga ham o‘rgatishimizdir!
Ona tilimizni qadrlaylik!
O‘zligini qadrlamagan millat hech qachon qudratli va qadrli bo‘lmaydi.
@alisherQodir
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi taklifi bilan
Toshkent shahridagi 97-sonli maktabda
O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlab o’tkazilgan “Kelajak soati” darsida davlatimiz, millatimiz va tilimiz ravnaqi uchun hissa qo‘shish yo‘llarini muhokama qildik.
@alisherQodir
Kuchli doimo haq bo’layotgan bugungi dunyoda rivojlanayotgan davlatlar uchun o'zaro manfaatlarni hurmat va himoya qila oladigan darajada kuchli davlatlardan iborat ittifoq a’zosi bo’lish zaruratga aylanmoqda.
Qondosh va dindosh bo’lgan turkiylarni maqsad va manfaatlarda birlashtirayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti yaqin yillarda Yevroosiyo mintaqasidagi qudratli ittifoqqa aylanishi kutiladi.
Jahongir Olimovning Zamonida TDTning Gabala sammiti haqida
suhbatlashdik.
@alisherQodir
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Markaziy Osiyoda qonli tortishuvlar sababi, chegara masalalarini hal qilishdagi fidoiyligi uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirgani bekorga emas.
Agar Turk dunyosining ota yurti Markaziy Osiyoda tinchlik, hamkorlik va qondoshlik muhiti bo‘lmaganida Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) bugungi xalqaro maydondagi jiddiy ovozga aylanib borayotgan nufuzi bo‘lmas edi.
40 millionga yaqin xalqi bilan, turkiy dunyoning ma’naviy xazinasi bo‘lgan O‘zbekiston 2019-yilda ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish va mintaqada muhitni o‘zgartirish orqali TDT nufuzini kuchaytirishga jiddiy hissa qo‘shdi.
TDT sammitida Prezident Mirziyoyev tomonidan bildirilgan
tashabbuslar
amalga oshsa, tashkilot nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy va ma’naviy tarraqiyot yo‘lida ham birlikka erishadi.
Dunyo xalqlari adolatsiz kuchlini haq bo‘layotganidan iztirob chekayotgan bir vaqtda, kuchni adolatda ekanligi doimo shiori bo‘lgan turkiylarni bir-birini qo‘llashi va birlashishi juda chuqur ramziy ma’noga ega.
@alisherQodir
Shaxslarni tasvirga olishda ularning huquqlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida Ma’muriy javobgarlik (46-modda), Fuqarolik (10-modda) va Mehnat kodekslariga (175-modda) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Boshqa bir shaxsni tasvirga olish mas’uliyat va majburiyatlardan
iborat
ekanini unutmaslik kerak.
@alisherQodir
Ozarbayjonda Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi
sammiti
bo’ladi.
Turkiy dunyoning kelajagi Turkiy davlatlar rahbarlari Mirziyoyev, Erdog‘an, Aliyev va Toqayevning umumiy manfaatlarda bir-birlariga yelkadosh bo‘lishlariga bog‘liq.
Bu birlikka qarshi juda chuqur o‘ylayotgan va ishlayotganlar bor…
Global beboshliklar to‘lqinida bu birlikning ahamiyati oshib bormoqda.
@alisherQodir
Kopa-Kannavaro…
Bilim va tajriba tandemi.
Milliy jamoamiz bitta va bizni vazifamiz uni qo’llab-quvvatlash!
@alisherQodir
Bugun, 4-oktyabr,
sovet bosqinchilari tomonidan barcha inson haq-huquqlarini yer bilan yakson qilib millatimiz oydinlari otib o‘ldirilgan, qonli qo’llari bilan o’zligimizni bo’g’ish boshlangan kun -
millatimiz uchun motam kuni!
Bunday kunlar qaytmasligi uchun bu kunni aslo unutmasligimiz kerak!
Har qanday holatda ham milliy manfaatlarimizni ustun qo‘yishimiz uchun kuchli bo‘lishimiz, xalq, millat va davlat bo‘lib bir yoqadan bosh chiqarishimiz kerak!
@alisherQodir