Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Alisher Qodirov

alisherQodir
PhD, PD, “Milliy tiklanish" DP MK raisi Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarim https://taplink.cc/alisher_qodir
Подписчики
8 370
24 часа
100
30 дней
-1 360
Просмотры
3 737
ER
0,39%
Посты (30д)
15
Символов в посте
544
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
January 27, 07:49
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Kambag‘allik yoki dangasalik o‘zbeklarga xos emas. Bu sovet kasalligi, sovet iqtisodiy siyosatining oqibatidir.
O‘zbekistonda kambag‘allikni yo‘qotish siyosati, avvalambor, millatni uyg‘otish, so‘ng, tadbirkorlikni jinoyat deb bilgan sovet iqtisodiy siyosati yaratgan yashirin iqtisodiyot va boqimandalik kayfiyatini yo‘q qilish uchun amalga oshirilgan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy islohot edi.
Tadbirkorlikni boshlash, hunar o‘rganish, o‘qish, xorijda ishlash - barchasi davlat tomonidan qo‘llab quvvatlanmoqda.
Kambag‘allikni tugatish bo‘yicha siyosat – so‘nggi, eng og‘ir qatlamga yetib keldi: nogiron va nafaqadagilar istisno, hech kim harakatsiz daromadga umid qilmasligi kerak.
@alisherQodir

January 23, 04:05
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Bu safargi Davos forumi tortishuvlar, kinoyalar, achchiq ogohlantirishlar va ochiq tahdidlar bilan esda qolsa kerak.
Prezident Mirziyoyev bu qarama-qarshi to‘lqinlarda O‘zbekiston manfaatlarini izladi. Bugun bizga hamkorlar kerak, raqiblar emas...
Bugungi davrda davlat xavfsizligi va xalq halovatini tank, uchoq, askar soni va hatto yadro bombasi bilan ham kafolatlash mumkin bo‘lmayapti.
Tobora aniq bo‘lib bormoqdaki, bundan buyon qudratli kafolat ongli rozi xalq va xayrixoh manfaatdor hamkorlar bo‘ladi.
@alisherQodir

January 22, 06:32
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Vazir Lavrovning tajribasi tasodiflarga joy qoldirmaydi, Yevrosiyo qit’asida xitoy, fors, hind, arab madaniyatlarini buyuk madaniyatlar sifatida sanab, turkiylar madaniyatini tashlab ketdi.
Sanab o‘tilgan barcha madaniyatlar, slavyanlar dunyosini ham qo‘shib hisoblaganda buyuk ekanligini tasdiqlash bilan birga, ularni barchasini suyagini qotirgan turkiylar madaniyatini unutib qo‘yish mumkin emas.
Yevrosiyoni tobelashishini qit’ada turkiylarni zaiflashishi bilan bog‘laydigan tarixchilar fikrini ham e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi.
Yevrosiyo qit’asida yagona xavfsizlik g‘oyasini qad ko‘tarishi faqat zaiflar uchun kuchlilarni kayfiyatiga emas, adolatni kuchiga tayanadigan turkiylar madaniyatini qad ko‘tarishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
@alisherQodir

January 20, 13:20
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Sud hurmati himoya qilinishi kerak.
Sud chaqirganida kelmaydiganlarga jarima belgilanmoqda.
Sud qarorlarini tortishish, noto‘g‘ri ekanligini asoslash mumkin, lekin sudni rad etish alternativ muhokama maydoni yoki imtiyozli adolat mezoni borligini ko‘rsatadi va bu jiddiy muammo.
Sudga sababsiz kelmagan tomonga jarima emas, MJtKning 180-moddasiga qo‘shimcha sifatida 15 sutka qamoq, takrorlansa ozodlikdan mahrum qilish darajasidagi jazo haqidagi taklifimiz qabul qilinmadi.
Biz ham tortishmadik. Fikrimizcha, sud tizimini o‘zi ham bu qadar keskin yondashuvga tayyor emas.
@alisherQodir

January 20, 05:31

Oliy Majlis Qonunchilik Palatasining yalpi majlisi palataning rasmiy
veb-sayti
orqali to’g’ridan-to’g’ri namoyish etiladi.
Majlis soat 11:00 da boshlanadi.
@alisherQodir

January 19, 14:17

O’zbekistonning Tinchlik kengashidagi
ishtiroki
Markaziy Osiyo mintaqasida xalqlarni birlashtirishga erishgan Prezident Mirziyoyev tashqi siyosati misolida O’rta Sharqda ham takrorlanishi mumkin.
Uzoq davom etayotgan insoniyat razolatini barham topishiga umid uyg’otayotgan kengash…
@alisherQodir

January 17, 04:41

Strategik sheriklar o’zaro munosabatlarini qandaydir “divan lo’ttibozlarining” fantaziyalariga tashlab qo’ymasligi, kerak bo’lsa bundaylarni ovozini o’chirib qo’ya olishi ham
kerak.
Albatta, munosabatlar rostdan ham qadrli bo’lsa…
@alisherQodir

January 13, 15:15

Davlat rahbarining Xavfsizlik kengashi majlisidagi
ma’ruzasi
ko’pgina masalalarga oydinlik kiritdi.
Dunyo inqirozlar davriga kirmoqda. Bu qancha davom etadi va qanday yakunlanadi, taxmin qilish mumkin emas.
Demak, milliy taraqqiyot uchun yoshlarni nafaqat bilimli, hunarli va raqobatbardosh, balki jasur, intizomli, sog’lom va harbiylardek fikrlay olishi ham zaruratga aylanmoqda.
Bundan buyon virtual, sun’iy va yuqori texnologiyalar nafaqat daromad ko’rish, balki vatan sarhadlari va manfaatlarini
himoya
qilish uchun ham hayotiy ahamiyatga ega bo’ladi.
Taklifimni takrorlamoqchiman,
maktablardagi chaqiruvga tayyorlash fani mazmunini tubdan qayta ko’rib chiqish va maktabni tugatgan bolalarni (oliygohga kirganlar va sog’lik bilan muammosi bo’lganlar mustasno) 1-1,5 yillik harbiy xizmatga jalb qilish tizimi haqida o’ylab ko’rish kerak.
Bu faqat harbiy xizmat emas, yoshlarni hayotga, davr chaqiruvlariga tayyorlash tizimi sifatida ham o’zini oqlaydi.
@alisherQodir

January 13, 04:04

Professor Mixail Kovalchukni
bir nechta
chiqishlarini
tingladim, juda aqlli inson. O’tgan yillarda shunday insonlardan biri
Ilyos-Muhammad Umaxanov
bilan ham
uchrashgandim.
Rossiyada aqlli insonlar hali ko’p.
@alisherQodir

January 12, 12:56

Rus shovinistlarining chiqishlari, yangi muammo emas. Xalqaro huquq asoslarini buzishga da’vat, Markaziy Osiyoda harbiy harakatlar haqidagi provokatsiyani sovuqqonlik bilan qabul qilish
kerak.
O‘zbekistonda o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish hamda barcha do’st davlatlar bilan xalqaro huquqning e’tirof etilgan tamoyillari asosida hamkorlik qilish davlat siyosatining ustuni bo‘lib qolaveradi.
Rossiya OAVlarida tinmayotgan bayonotlar ikki davlat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasidagi munosabatlar ruhiga nafaqat zid, balki buzuvchi ta’sir ko’rsatmoqda.
Markaziy Osiyo xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik mintaqasi, o‘sish uchun yangi imkoniyatlar ochayotgan jadal taraqqiyot va hamkorlik makoni bo’lish bilan birga, har qanday tajovuzga jiddiy javob berishga qodir, qondosh davlatlar bir bo’lgan hudud hamdir!
Solovyovni bepusht chiqishi uning chorasizlik va majruhlik darajasidan dalolat bermoqda, xolos.
@alisherQodir