
AlQuranuz-Shayx Alijon qori
Ushbu sahifa O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mitaning 2023 yil 24-maydagi 02-07/4090-sonli xulosasi asosida tayyorlandi.
Sahifalarimizdagi materiallardan ruxsatsiz foydalanish taqiqlanadi.
“Qur’oni karim shafoati” darsligi 3-dars
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
👇
👍
Telegram
|
👍
Facebook
|
👍
Youtube
|
👍
Instagram
MOSKVADA XALQARO QUR’ON MUSOBAQASI BOSHLANMOQDA
2025
-
yil oktabr oyida Moskva shahrida Xalqaro Qur’on musobaqasi bo’lib o’tadi.
Musobaqada Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani “Oltintepa” jome masjidi imom noibi Habibulloh qori Olimjonov ishtirok etadi.
Bugun 14.10.2025 sanada Habibulloh qori mazkur musobaqa oldidan Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdumdan kerakli tavsiya va ko’rsatmalarni olish maqsadida “Qur’oni karim va tajvid” bo’limida bo’ldi. Ustozimiz Habibulloh qoriga musobaqada muvaffaqiyat tilab, duoi xayr qildi.
Alloh taolo Yurtimiz sha’nini himoya qilayotgan Habibulloh qoriga ulkan zafar va muvaffaqiyatlar ato qilsin!
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
👇
👍
Telegram
|
👍
Facebook
|
👍
Youtube
|
👍
Instagram
HAMYURTIMIZ XALQARO QUR’ON MUSOBAQASIGA JO’NAB KETDI
2025
-
yil oktabr oyida Qozog’iston davlatida 2-Xalqaro Qur’on musobaqasi bo’lib o’tadi.
Mazkur musobaqada ishtirok etish uchun “Ko'kaldosh” O’MITM talabasi Muhammadamin qori Ahmadxo’jayev Qozog’istonga jo’nab ketdi.
Muhammadamin qori ushbu xalqaro musobaqa oldidan Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum hamda Burhoniddin Ahmedovdan kerakli tavsiya va ko’rsatmalarni tinglab, Ustozlarimizning duoi xayrlarini oldi.
Alloh taolo yurtimiz sha’nini himoya qilayotgan Muhammadamin qoriga ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar ato qilsin!
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
👇
👍
Telegram
|
👍
Facebook
|
👍
Youtube
|
👍
Instagram
#KUN_OYATI
Darhaqiqat, insonga u esga olinadigan narsa bo'lmagan bir zamon kelmadimi? (Inson, 1)
Tafsir:
Ya'ni yaqindagina bu inson zoti hech kimning esida yo'q edi. Nafaqat u, balki uning ota-onasi ham bu dunyoda yo'q edi. Biz ana shunday yo'q narsadan insonni bu dunyodagi eng oliy maxluq, ya'ni shaxs qilib yaratdik, demoqda Haq subhanahu va taolo. Birgina shu oyatning o'ziyoq har bir kishi uchun ibrat bo'larli xitobdir. Har birimiz aqlan o'ylab ko'raylik: bundan 100 yil ilgari qaerda edik? Qanday qilib bu dunyoga kelib qoldik? Bizni yo'qdan bor qilgan, O'z qudrati tufayli O'zining zikrini aytadigan, har lahzada «Yo Alloh», deb eslaydigan yoki tamoman O'z marhamatidan benasib qilib qo'ygan kim? Bu savollarga javobni har birimiz o'zimizcha xolisona o'ylab ko'raylik. Yo'q! Javob izlashimizga hojat yo'q. Chunki javobning haqiqiysini Alloh taoloning O'zi ikkinchi oyatda berib qo'yibdi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
👇
👍
Telegram
|
👍
Facebook
|
👍
Youtube
|
👍
Instagram
“MUALLIMI SONIY” KITOBINING YANGI NASHRI CHOP ETILDI
!
Kitobni sotib olish uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin.
☎️
+998916770909
☎️
+998712175999
☎️
+998770705000
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
👇
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
#KUN_OYATI
Agar ushbu Qur'onni toqqa tushirganimizda edi,
(Hashr, 21)
Tafsir:
Ushbu oyati karima Qur'oni Karimning ulug'ligini, uni tinglagan, o'qigan, uning ta'limotlari ila tanishgan shaxsning qalbi albatta yumshashi lozimligini ta'kidlaydi. Bu haqiqat siz bilan bizga yanada tushunarliroa, ko'z o'ngimizda yanada yaqqol namoyon bo'lishi uchun Alloh taolo tog'ni misol keltiradi.
«Agar ushbu Qur'onni toqqa nozil qilganimizda, uning Allohdan qo'rqqanidan titrab-qaqshab, parchalanib ketganini ko'rar eding».
Ko'z o'ngimizda, ongimizda tog' dunyodagi eng salobatli, mustahkam, uncha-munchaga o'zgarmaydigan narsa. Mana shu tog'ning aqli bo'lsa-yu, unga Qur'on oyatlari nozil qilinsa, so'zlarning ulug'ligidan, ulardagi olamshumul ma'nolardan qo'raib, parchalanib ketishi ta'kidlanyapti. Demak, Qur'oni Karimni eshitgan, uning chagirig'i qulog'iga yetgan bo'lsa ham, qur'oniy yo'lga tushmagan kishilarning qalbi tog'u toshlardan ham qattiq ekan. Tosh qalbli kishidan esa hech gachon yaxshilik chiqmaydi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
👇
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
#TILOVAT
Kahf surasi | Abdulloh qori
👉🏻
https://www.youtube.com/watch?v=H0WGvwuiaOk
Hidoyat sari ko'rasuvining yangi sonini bugun 18:20 da O'zbekiston telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
👇
👍
Telegram
|
👍
Facebook
|
👍
Youtube
|
👍
Instagram
#JUMA_MUBORAK
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
👇
👍
Telegram
|
👍
Facebook
|
👍
Youtube
|
👍
Instagram
“QUR’ONI KARIM VA TAJVID” O’QUV KURSLARI XODIMLARI UCHUN NAVBATDAGI DARS BO’LIB O’TDI
O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar tashabbusi bilan Respublikamizdagi “Qur’oni karim va tajvid” o’quv kurslari faoliyatini yanada takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar tizimli ravishda olib borilmoqda.
Xabaringiz bor, shu maqsadda “Qur’on va tajvidni o’rgatish” bo’limida “Qur’oni karim va tajvid” o’quv kurslari o’qituvchilari va mas’ul xodimlari uchun silsilaviy darslar yo’lga qo’yilgan edi.
Bugun 9.10.2025 sanada mazkur silsilaviy darslarning davomi bo’lib o’tdi. ZOOM platformasida bo’lib o’tgan ushbu darsda bo’lim boshlig’i Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum “Qur’oni karim shafoati” kitobi asosida ma’ruza qildi.
Kelgusida darslarda faol qatnashgan tinglovchilarga mazkur kitob bo’yicha ijoza berish rejalashtirilgan.
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
👇
👍
Telegram
|
👍
Facebook
|
👍
Youtube
|
👍
Instagram