Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

AlQuranuz-Shayx Alijon qori

alquranuz
Ushbu sahifa O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mitaning 2023 yil 24-maydagi 02-07/4090-sonli xulosasi asosida tayyorlandi. Sahifalarimizdagi materiallardan ruxsatsiz foydalanish taqiqlanadi.
Subscribers
134 448
24 hours
74
30 days
1 460
Post views
32 174
ER
23,93%
Posts (30d)
74
Characters in post
524
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Religion and Spirituality
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 26, 17:58
Media unavailable
1
Show in Telegram

Namoz ichida aytiladigan duolar 1-qism
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
👇
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram

October 26, 15:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Qurondan_bir_oyat
«Bas, albatta, qiyinchilik bilan osonchilik bordir. Albatta, qiyinchilik bilan osonchilik bordir.»
(Sharh, 5-6)
Tafsir:
Arab tili qoidasiga binoan bir «aliflom»i bor soʻz (al-usru) ikki marta takrorlansa, bir narsani ifoda etar ekan. Ammo «alif-lom»i yoʻq soʻz (yusron) ikki marta takror boʻlsa, alohida ikki narsani ifoda etar ekan.
Shu qoidadan kelib chiqib, yuqoridagi ikki oyatning umumiy maʼnosi: «Bir qiyinchilikdan soʻng ikki osonchilik bor», degani boʻladi. Bu maʼnoda koʻpgina hadisi shariflar ham bor. Bularning hammasi moʻmin kishini sabrli, qanoatli boʻlishga chaqiradi. Qiyinchilik paytida oʻzini yoʻqotib qoʻymaslikka, balki sabr bilan harakat qilishga va Alloh taolodan yengillik kutishga undaydi.
Alloh taolo yuqoridagi oyatlarda Oʻz Paygʻambariga bergan neʼmatlarini eslatib boʻlib, endi shukr etishga, ibodat uchun harakat qilishga va faqat Alloh taoloning Oʻziga ragʻbat qilishga undaydi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
👇
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram

October 24, 12:59
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Qurondan_bir_oyat
Kimki bu dunyo hayotini va uning ziynatini xohlasa, bu boradagi amallari(samarasi)ni to`liq beramiz. Ular bunda kamsitilmaslar.
(Hud, 15)
Tafsir:
Alloh taolo kim harakat qilsa, u mo'min bo'ladimi, kofir bo'ladimi, hammaga ham beraveradi. Bu dunyoning obodligi ham shunda. Kim dunyoda qo'lidan kelgan harakatni qilsa, harakatiga yarasha samara ham oladi. Bu dunyo va uning ziynatiga erishishni xohlab, o'zini urgan odam o'shanga erishadi. Chunki Alloh bu boradagi amallarning samarasini to'liq berishni va'da qilgan. Qilingan harakatga yarasha meva olinadi, hech kimning mehnatining samarasi kamaytirilmaydi. Buni ayniqsa hozir, dunyo va uning ziynati uchun harakat kuchaygan bir davrda yaqqol ko'rib turibmiz. Ko'pchilik faqat dunyo uchun urinib, unga erishib turibdi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
👇
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram

October 23, 13:40
Media unavailable
2
Show in Telegram

SHAYX AYMAN SUVAYD HAFIZAHULLOH ISHTIROKIDAGI AMALIY MASHG’ULOTLAR
Tilovat qiluvchi:
Abdulhay
qori Oxunjanov
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
👇
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram

October 22, 19:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

#JUMA_MUBORAK
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
👇
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram

October 22, 13:50
Media unavailable
2
Show in Telegram

Ummatning eng afzali bo‘lishni istasangiz
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
👇
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram

October 22, 11:30
Media unavailable
1
Show in Telegram

RASULULLOH
ﷺ
QIROATLARI
✅
Abu Zarr al-Gʻiforiy roziyallohu anhu aytadi:
👉
“Nabiy sollallahu alayhi vasallam bir oyatni tong otgunicha qayta-qayta o‘qib namozda qoim bo’ldilar.
👉
U oyat:
“Agar ularni azoblaydigan bo’lsan, bas, albatta, ular Sening bandalaring. Agar ularni mag‘firat qiladigan bo’lsang, bas, albatta, Sening O‘zing aziz-g’olib hikmatli zotsan”
(“Moida
”
surasi, 118-oyat)
degan so‘z edi”
(Ibn Moja va Imom Ahmad rahimahullohlar rivoyati)
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
👇
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram

October 21, 17:26
Media unavailable
2
Show in Telegram

SHAYX AYMAN SUVAYD HAFIZAHULLOH ISHTIROKIDAGI AMALIY MASHG’ULOTLAR
Tilovat qiluvchi:
Orif
qori Abduvahobov
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
👇
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram

October 21, 12:18
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Qurondan_bir_oyat
Josuslik qilmanglar. Ba'zilaringiz ba'zilaringizni g`iybat qilmanglar.
(Hujurot, 12)
Tafsir:
Josuslik qilmanglar.
deb bu qabih ishdan qaytarilmoqda.
Odatda «josuslik» deb birovga yomonlik yetkazish niyatida aylarini va zaif joylarini o'ziga bildirmay, yashirincha axtarishga aytiladi. Bu ish ham katta gunohlardandir. Chin musulmon kishining qalbi bu kabi jirkanch odalardan pok bo'lmog'i zarur. Boz ustiga, bu ish Islom dinining asosiy g'oyalaridan biri bo'lmish insonning karomati, hurmati, izzati va obro'yini himoya qilish masalasiga chambarchas bog'liqdir.
Islom mazkur huquqlarning muqaddasligini e'tirof etadi, ularning hech bir holda paymol bo'lmasligining chorasini ko'radi. Islom jamiyatida insonlarning jonlari, molu mulklari, uy-joylari omonlikda, sir-asrorlariyu yashirin narsalari bexatar bo'lishi zarur. Gumon qilishga, shubhalanishga va poylashga hech kimning haqqi yo'q.
Badgumonlik josuslikka yo'l ochishini aytib o'tgan edik. Endi josuslik g'iybatga yo'l ochishini aytmoqchimiz. Shuning uchun ham oyati karimada, «josuslik qilmang»dan keyin, «Ba'zilaringiz ba'zilaringizni g'iybat qilmanglar» deb uqtiriladi.
G'iybat nima ekanligini eng ulug' tafsirchi Payg'ambarimiz alayhissalomning o'zlaridan eshitaylik.
Imom Abu Dovud Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda u zoti bobarakotdan kishilar:
«Ey Allohning Rasuli, g'iybat nima?» deb so'rashibdi. Rasuli Akram alayhissalotu vassalom:
«Birodaringni o'ziga yoqmagan narsa bilan eslashing», debdilar. Shunda:
«Birodarimda men aytgan narsa bo'lsa-chi, bunga nima deysiz?» deyishibdi. Payg'ambarimiz alayhissalom:
«Agar aytganing unda bo'lsa, g'iybat qilgan bo'lasan, ammo bo'lmasa, bo'hton qilgan bo'lasan», deb javob qilgan ekanlar.
G'iybatning harom ekani, gunohi kabiralardan ekanligini hamma ulamolar bir ovozdan ta'kidlaganlar.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
👇
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram

October 20, 11:55
Media unavailable
1
Show in Telegram

Namoz o'qishga dangasalik qilyapsizmi?
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
👇
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram