
Avto Test
Avto Test kanali fuqarolarining Yo'l harakati qoidalariga oid bilimlarini mustahkamlash va yangiliklar yoritib boriladi!
Reklama:
@ReklamaAvtoTest
Moderator:
@avto_support
|
Telegram •
https://t.me/Avto_Testlar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 25 oktyabr kunidagi 676-son qaroriga
ko‘ra
:
Mazkur qaror bilan uchta katta yangilik joriy etilmoqda:
1️⃣
Moped va skuter uchun alohida kategoriya
• 2026-yil 1-yanvardan boshlab moped va skuterlarni boshqarish uchun yangi “A1” toifali haydovchilik guvohnomasi joriy etiladi, buni olish hozirgi A kategoriyadan ko‘ra osonroq bo‘ladi;
• “A1” olish uchun avtomaktablarda umuman o‘qish shart emas (ham nazariy, ham amaliy mashg‘ulotlarsiz), to‘g‘ridan to‘g‘ri imtihon topshirish mumkin;
• “A1” olish uchun nazariy imtihonda 20 ta testdan 16 tasiga to‘g‘ri javob topish kifoya. Boshqa toifalar uchun bu 18 ta edi;
• “A”, “B”, “C” yoki “D” toifadagi haydovchilik guvohnomasi (istalgan biri) egalari “A1” toifadagi transport vositalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri boshqarishi mumkin bo‘ladi, ular “A1” olishi shart emas!
=========
2️⃣
Avtomaktablarda nazariy o‘qish bekor bo‘lyapti
➖
2026-yil 1-fevraldan “A” va “B” toifa olish uchun avtomaktablarda nazariy o‘qish shart emas, faqat amaliy 20 soat o‘qilsa bo‘ldi;
➖
talabgorlar nazariy bilimlarni xohlasa uyida onlayn, xohlasa biron o‘quv markazida oflayn kurslar orqali olishi mumkin. Asosiysi imtihonga kirish uchun nazariy o‘qiganlikni tasdiqlovchi hech qanaqa hujjat so‘ralmaydi;
➖
endilikda “A” va “B” toifali haydovchilarni tayyorlashda guruhlarni YHXXda ro‘yxatdan o‘tkazish talabi bekor qilinadi. Hozirda avtomaktablarda toki bitta guruh to‘lmaguncha va uni “GAI”da ro‘yxatdan o‘tkazmaguncha darslar boshlanmas edi. Endi talabgorlar o‘ziga qulay istalgan vaqtda amaliy mashg‘ulotlarni boshlayveradi, hech kimni kutishi shart emas;
➖
agar talabgor 20 soatlik amaliy mashg‘ulotni tezda o‘ta olishsa, imtihonga ham tezroq kirish mumkin bo‘ladi, avvalgidek bir necha oy vaqt yo‘qotmaydi.
=========
3️⃣
Jarima ballari doirasi kengaytiriladi va uni taqsimlash imkoni yaratiladi
🔹
2026-yil 1-apreldan yo‘lda o‘rnatilgan avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidabuzarliklari (12 turdagi) uchun ham jarima ballari hisoblanadi;
🔹
avtomobil egasi va uni boshqargan shaxs (ishonchnoma, sug‘urta polisi, yo‘l varaqasi orqali) aniqlanib, jarima ballari aynan ruldagi haydovchiga hisoblanadi;
🔹
agar jarima avtomobil egasiga yozilsa-yu, lekin aslida rulda boshqa inson bo‘lsa (ishonchnoma orqali, masalan), unda mashina egasi jarima balini o‘sha odam nomiga taqsimlash huquqiga ega bo‘ladi, ya’ni o‘zidan o‘chirib, narigi odamga yozdiradi. Bularning barchasi onlayn bo‘ladi, biron joyga borish shartmas;
🔹
agar mashinasini ijaraga berganlar bo‘lsa, unda E-jarimaball tizimi orqali “hozir mashinamni falonchi odam haydayapti” deb kiritib qo‘ysa bo‘ladi, shunda jarima ballari to‘g‘ridan to‘g‘ri ijaraga olib haydayotgan odamga yoziladi, mashina egasiga jarima bali kelmaydi.
@avto_testlar
Ertadan, 1-oktabrdan moped va skuter haydash uchun “A” kategoriya haydovchilik guvohnomasi talab etiladi.
Hozirgi tizim qoloq: moped/skuter kabi kam quvvatli transport vositalari va 300 ot kuchiga yaqin sport-mototsikl uchun bir xil “A” toifasi talab qilinadi. Natijada 16 yoshli tajribasiz shaxs ham kuchli mototsiklni boshqarishi mumkin — bu xavfsizlikka zid va adolatsiz.
Yevropa yondashuvi (misol)
Yevropada toifalar tabaqalangan: AM (moped), A1 (yengil mototsikl), A2 (o‘rta quvvat), A (to‘liq). Bu — “bosqichma-bosqich ruxsat berish” printsipi: yosh va tajriba bo‘yicha bosqichma-bosqich kuchaytiriladi.
Nima qilish kerak
1. Moped/ skuter uchun alohida AM toifasini joriy etish.
2. A1 → A2 → A kabi bosqichlarni belgilab, yosh va amaliy tajriba talablari qo‘yish.
3. Imtihon, mashg‘ulot va xarajatlar toifalar bo‘yicha farqlanishi — adolat va xavfsizlik uchun.
Yakun
Bu o‘zgarishlar xavfsizlikni oshiradi, yangi haydovchilarga tajriba orttirish imkonini beradi va qoidalar adolatini ta’minlaydi.
👉
@avto_testlar
Chapga burilayotgan sariq avtomobil haydovchisi qaysi bo'lakni egallashi kerak?
#test
|
Avto Test
❗️
Eslatma: bugundan yo‘l qoidabuzarliklari uchun jarima ballari tizimi ishga tushadi
✅
Agar haydovchi 12 oy ichida qoidabuzarlik sodir etmasa, keyingi davrda birinchi marta sodir etilgan huquqbuzarlik uchun birinchi jarima balli hisoblanmaydi.
✅
Oxirgi qoidabuzarlik uchun jarima balli hisoblangandan keyin 6 oy davomida qoidabuzarlik sodir etilmasa, umumiy jarima ballaridan 2 ball ayirib tashlanadi. Bunda ularning umumiy jarima ballari 2 balldan kam bo‘lgan taqdirda, barcha jarima ballari olib tashlanadi.
@avto_testlar