Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

BENKOV BILIM YURTI

benkovmaktabi

Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi telegram kanali

Subscribers
2 520
Post views
1 807
ER
71,74%
Posts
10 833
October 28, 11:38
Media unavailable
8
Show in Telegram

📜
MAHORAT DARSI O‘TKAZILDI
Bilim yurtimiz faxri, Ginnes rekordi sohibi, akademik xalq rassomi — ustoz
Lekim Ibragimov
tomonidan o‘tkazilgan mahorat darsi yuqori tashkilotchilik va ijodiy muhit asosida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ustoz:
• san’atga oid ilmiy-nazariy qarashlarini bayon etdi,
• ijodiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi,
• amaliy mashg‘ulotlar orqali san’at sirlarini ishtirokchilarga namoyish etdi.
Mazkur mahorat darsi o‘quvchilarning badiiy tafakkurini kengaytirish, ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.

Tadbir yuqori saviyada tashkil etilgan bo‘lib, ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish va e’tirof bilan kutib olindi.
📞
71-245-05-56 | 71-245-07-65
🌎
Telegram
|
Instagram
|
web
|
Facebook
|
YouTube
|
Twitter|

October 24, 16:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

📣
E’TIBORINGIZGA!
Bilim yurtimiz faxri,
Ginnes rekordi sohibi
,
akademik xalq rassomi — ustozimiz Lekim Ibragimov
tomonidan
tez kunlarda mahorat darsi o‘tkaziladi
.
🎨
San’at ilhomi va ijodiy ruhga boy ushbu noyob uchrashuv
— ijodkorlik olamiga yangi nigoh bilan qarash, ustozdan bevosita saboq olish imkonidir.
📌
Ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Barchangizni faol ishtirok etishga taklif etamiz.
📞
71-245-05-56 | 71-245-07-65
🌎
Telegram
|
Instagram
|
web
|
Facebook
|
YouTube
|
Twitter|

October 23, 15:32
Media unavailable
1
Show in Telegram

“San’at qalbni uyg‘otadi, ilhom bag‘ishlaydi. Bizning ko‘rgazmamiz esa nafaqat ranglar jilosi, balki qalblar uchrashuvi, ijod va orzular bayramiga aylandi. Har bir asar – bir hikoya, har bir nigoh – yangi ilhom manbai.”

October 23, 14:42
Media unavailable
2
2
Show in Telegram

Turon kutubxonasida O’zbek tili bayrami nishonlandi
Turon kutubxonasida O’zbek tili bayramiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda bilim yurtimiz o‘quvchilari badiiy sahna ko‘rinishlari, she’riy chiqishlari va raqs dasturlari bilan faol ishtirok etib, o‘z isteʼdodlarini namoyish qildilar.
📚
Ushbu tadbir yoshlar qalbida milliy tilimizga bo‘lgan mehr va hurmatni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

October 23, 10:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

22.10.2025
#Toshkent
“Ranglar aro 30 yil”
ko‘rgazmasi
ochildi
📝
Telegram
|
📝
Facebook
|
💻
Instagram
|
🟥
YouTube
|
🌐
Website

October 23, 01:45
Media unavailable
10
Show in Telegram

✳️
“Erkin Orolning – Ranglar aro 30 yil” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi!
22-oktabr kuni maktabimizda san’at ixlosmandlari uchun unutilmas tadbir – rangtasvir yo‘nalishidagi “Erkin Orol – Ranglar aro 30 yil” ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmaga ko‘plab mehmonlar, san’atkorlar, mutaxassislar hamda ijodsevar yoshlardan iborat keng jamoatchilik tashrif buyurdi. Tadbir davomida maktabimiz o‘qituvchisi o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etib, ranglar jilosi orqali san’atning cheksiz imkoniyatlarini namoyon etdi.
Bu ko‘rgazma nafaqat ijodiy tajriba almashish maydoni, balki san’at ahli uchun ilhom va yangi qarashlar manbai bo‘ldi.
San’at – ruhni uyg‘otuvchi kuch.
Bunday ijodiy tadbirlar ijodkorlarimizga yangi marralarni zabt etishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

October 22, 15:00
Media unavailable
6
Show in Telegram

🎉
Bugun bilim yurtimizda muhim tadbir!
Shayxontoxur tumani bo‘yicha
“Zulfiya nomidagi davlat mukofoti”
saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli tanlovda bilim yurtimizdan
3 nafar iqtidorli, iqtidor va izlanuvchan qizlarimiz
munosib ishtirok etishdi.
Biz ularning mashaqqatli mehnati va faol ishtiroki uchun
minnatdorchilik bildirgan holda
, keyingi bosqichlarda
g‘oliblikni qo‘lga kiritishlarini chin dildan tilab qolamiz!
🌟
💐
Ularning yutuqlari – bizning faxrimiz!

October 22, 11:05
Media unavailable
7
Show in Telegram

Bugun maktabimizning 8-sinf “Mahobatli rangtasvir” yo‘nalishi o‘quvchilari ustozlari hamrohligida Toshkent botanika bog‘ida etyud mashg‘ulotlarini amalga oshirdilar.
🌿
🎨
Ushbu ochiq dars jarayoni o‘quvchilarga tabiat qo‘ynida rang va shakllarni real kuzatish, tasviriy san’atdagi kuzatuvchanlik va ijodiy tafakkurni yanada rivojlantirish imkonini berdi.
Tabiat — rassom ilhomi manbai. Bugungi etyud mashg‘uloti o‘quvchilarga o‘z asarlarida rang uyg‘unligini chuqur his etish va o‘z ijodiy qarashlarini erkin ifodalash uchun katta tajriba bo‘ldi.

October 21, 07:30
Media unavailable
1
Show in Telegram

October 20, 13:41
Media unavailable
1
Show in Telegram

🍁
Maktabimizga kuz sekin qadam qo‘ydi…
Sarg‘aygan yaproqlar, sokin shamol va mulohazali kayfiyat dars jarayoniga yangi ruh bag‘ishlamoqda.
Kuz – ilhom fasli. Siz bu go‘zallikni his qildingizmi?
🍂