Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

BENKOV BILIM YURTI

benkovmaktabi
Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi telegram kanali
Подписчики
2 883
24 часа
—
30 дней
-32
Просмотры
1 251
ER
43,39%
Посты (30д)
47
Символов в посте
925
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 22, 04:05
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

October 22, 02:32
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 21, 09:32
Файлы недоступны
9
Открыть в Telegram

🇺🇿
TIL — MILLAT KO‘ZGUSI!
21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ona tilimizning boyligi, go‘zalligi va milliy o‘zligimizni ifodalashdagi beqiyos o‘rni haqida so‘z yuritildi. O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan chiqishlar bayramga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Ona tilimiz — millatimiz faxri, ma’naviyatimiz va o‘zligimiz timsolidir!
🇺🇿

October 21, 04:31
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 20, 14:21

BENKOV BILIM YURTI
pinned a photo

October 20, 14:21

📃
«
YOSH ISTE’DODLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH YO‘LIDA BIRINCHI ONLAYN AUKSION»RESPUBLIKA BADIIY TANLOVINI O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDAGI NIZOMI

October 20, 14:21
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🎨
DIQQAT, YOSH IJODKORLAR!
«YOSH ISTE’DODLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH YO‘LIDA BIRINCHI ONLAYN AUKSION» RESPUBLIKA BADIIY TANLOVI E’LON QILINADI!
Art Vernissage auksion uyi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
hamda
O‘zbekiston «Amaliy san’at» ijodiy birlashmasi
bilan hamkorlikda san’at asarlarini yaratish sohasida faoliyat yuritayotgan iste’dodli yosh rassomlar va hunarmandlarni aniqlash hamda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «Yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida birinchi onlayn auksion» respublika badiiy tanlovini o‘tkaziladi.
Tanlovning maqsadi yosh mualliflarning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish, ijodiy salohiyatini namoyon etish hamda san’at asarlarini onlayn auksion orqali, shu jumladan, xalqaro bozorda rasmiy sotish imkoniyatlarini yaratishdan iborat.
📌
TANLOVDA KIMLAR ISHTIROK ETISHI MUMKIN?
Tanlovda 3 toifa bo‘yicha ishtirok etish mumkin:
🔹
«Maktab o‘quvchilari»
— ixtisoslashtirilgan san’at maktablarining 10–11-sinf o‘quvchilari;
🔹
«Talabalar»
— oliy ta’lim muassasalari hamda san’at sohasiga ixtisoslashgan ta’lim tashkilotlarining 1–4-kurs talabalari;
🔹
«Yosh iste’dodlar»
— professional badiiy ma’lumotga ega yoki ega bo‘lmagan, tasviriy yoxud amaliy-dekorativ san’at bilan shug‘ullanuvchi 18 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlar.
🎨
TANLOV MAVZULARI
Ishtirokchilar quyidagi mavzuviy yo‘nalishlardan birini mustaqil tanlaydilar:
• «O‘zbekiston lazzatlari»;
• «San’at va zamon»;
• «Rang va yorug‘lik orasida»;
• «O‘zbekiston madaniy me'rosi».
🗓
TANLOV BOSQICHLARI
20-oktabr
— tanlovni e’lon qilish va axborot-targ‘ibot ishlarini boshlash;
1–20-noyabr
— Telegram-bot orqali arizalarni qabul qilish va ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish;
20–22-noyabr
— ijodiy ishlarni moderatsiyadan o‘tkazish va baholashga tayyorlash;
5-dekabrgacha
— hakamlar hay’ati tomonidan ijodiy ishlarni ekspert baholash;
8-dekabr
— g‘oliblarni aniqlash va taqdirlash;
10-dekabr
— g‘oliblarning tarjimai holi va ijodiy faoliyati haqidagi ma’lumotlarni
www.artvernissage.art
platformasida joylashtirish;
15-dekabrgacha
— g‘oliblarning 30 ta asl ijodiy ishini Art Vernissage ofisiga topshirish, ularni ko‘rgazmaga tayyorlash va galereyada namoyish etish, foto va video tasvirga olish, kataloglashtirish hamda auksionga tayyorlash;
25-dekabrgacha
— xalqaro onlayn auksionni o‘tkazish, natijalarni e’lon qilish, hisob-kitoblarni amalga oshirish, sotilgan asarlarni alohida shartnomalarga muvofiq topshirish hamda keyingi axborot yorituvini tashkil etish.
Belgilangan muddatlar o‘zgargan taqdirda, Tanlov tashkiliy qo‘mitasi yangi sanalarni alohida e’lon qiladi.
🏆
G‘OLIBLAR UCHUN IMKONIYATLAR
Har bir toifadan 10 nafardan, jami
30 nafar g‘olib
aniqlanadi.
G‘oliblarning asl ijodiy ishlari Art Vernissage galereyasida tashkil etiladigan ko‘rgazmada namoyish etiladi va xalqaro onlayn auksionga tayyorlanadi.Bu yosh ijodkorlarga o‘z asarlarini, jumladan, xorijiy xaridorlarga ham rasmiy ravishda sotish imkoniyatini beradi.
Mualliflar, shuningdek, ularning asarlari tanlov, ko‘rgazma va onlayn-auksionda ishtirok etgani haqidagi ma’lumotlar san’at asarlarining hujjatlar bilan tasdiqlangan tarixini shakllantirishga hamda rasmiy savdo madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
❗️
MUHIM!
Har bir ishtirokchi o‘zining haqiqiy maqomiga mos keladigan faqat bitta toifa bo‘yicha ariza topshirishi mumkin. Voyaga yetmagan ishtirokchilarning arizalari ota-onasi yoki qonuniy vakilining roziligi bilan qabul qilinadi.
📲
ARIZALAR 2026-YIL 1–20-NOYABR KUNLARI QABUL QILINADI
Ro‘yxatdan o‘tish uchun Telegram-bot havolasi qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.
🎨
Ijod qilishni hozirdan boshlang!
O‘z ijodiy ishingizni oldindan tayyorlang, mos mavzuni tanlang va belgilangan muddatlarda ariza topshirishga tayyor bo‘ling.
Art Vernissage auksion uyi
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
✈
️Website
|
📱
Youtube
O‘zbekiston Badiiy akademiya
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
✈
️Website
|
📱
Youtube
O‘zbekiston «Amaliy san’at» ijodiy birlashmasi
📱
Telegram
|
📱
Instagram

October 20, 08:46
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

TEZ KUNDA — BENKOV BILIM YURTIDA!
O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Bahodir Jalolov ishtirokida ijodiy uchrashuv, davra suhbati va mahorat darsi o‘tkaziladi.
Bahodir Jalolov
— Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti bitiruvchisi, SSSR Davlat mukofoti hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti sohibi.
Tadbir davomida rassomning ijodiy faoliyati, san’atdagi izlanishlari va kasbiy tajribasi haqida suhbat bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun amaliy mahorat darsi tashkil etiladi.
Barchangizni san’at va ijodga bag‘ishlangan mazmunli uchrashuvga taklif etamiz!

October 19, 10:43
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

BENKOV BILIM YURTI — SAN’AT AN’ANALARI DAVOMCHISI
O‘zbekiston xalq rassomi Fayzulla Ahmadaliyev Benkov bilim yurti haqidagi o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
108 yillik tarixga ega ushbu san’at maskani yosh iste’dodlarni tarbiyalash, milliy tasviriy san’at an’analarini davom ettirish va kelajak rassomlarini kamol toptirishda muhim o‘rin tutadi.

October 18, 08:44
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram