Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Mohichehra A’zam 📚

boqiy_darbadarr

Kitoblar, she'rlar, fikrlar, hislar, musiqa, kino yana bir nimalar...
Yoqmaganlar qolmasin, ruxsat...
Izlasangiz shu yerdaman –
@Mohichehraga_bot

Subscribers
1 790
Post views
980
ER
52,98%
Posts
5 640
October 16, 10:30

Kitob o‘qimay qoldim...((((

October 14, 04:48
Media unavailable
1
Show in Telegram

!

September 26, 08:40

O‘zing kelmading-u, gul yuboribsan,
Ko‘p intizor edim bugun yo‘lingga.
Men uchun gulshandan gul terganingda,
Tikan kirmadimi, guldek qo‘lingga!?
Men uchun aziyat chekibsan erkam,
Balki, shudir ishqning chechak otgani!
Ammo, qo‘llaringga tikan kirguncha,
Yaxshidur ko‘ksimga xanjar botgani!
Barcha aziyatni menga qo‘yib ber,
Ko‘taray ularni o‘zim mardona!
O‘zing kelmading-u, gul yuboribsan,
Otashin sevgingdan qilib nishona!
Ajoyib guldasta, naqadar ko‘rkam!
Bu nima, gulmi yo yanoqlaringmi!?
Ko‘zimni yashnatgan, dilni quvnatgan,
G‘unchami va yoki dudoqlaringmi!?
O‘zing kelmading-u, gul yuboribsan,
Ko‘p intizor edim bugun yo‘lingga.
Men uchun gulshandan gul terganingda,
Tikan kirmadimi, guldek qo‘lingga!?.
©
Uyg‘un
Hojiakbar Nurmatov o‘qigan

September 25, 08:29
Media unavailable
3
Show in Telegram

#tarjima
Telba ayolni sevish qiyin. Chunki ayni paytda ham jahl qiladi, ham kuladi, ham ovqat pishiradi. Telefoningizga besh soniyada o‘n uchta xabar qoldiradi. Ammo ”Menga yozma” deb qo‘shib ham qo‘yadi. Qahqahasi bilan uyni to‘ldiradi, lekin bir qarasang men hech qachon kulmadim deya oshxonada yig‘laydi.
Sevasiz, ammo charchaysiz. Faqat u bilan band bo‘lib qolasiz. Lekin tashlab ham keta olmaysiz. Chunki telba ayol eng ko‘p sevilishni sevadi.
@boqiy_darbadarr

September 23, 16:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

​​​​
#taqriz
📌
Stefan Sveyg. Qalb besabrligi
Xullas, o‘sha eski gap – ba’zi kitoblar bo‘ladiki, nega avvalroq o‘qimadim deysiz. ”Qalb besabrligi" da men shu hisni tuydim. Umuman bu Sveyg ijodi bilan ilk bor tanishish bo'ldi.
Esini tanibdiki askarlar orasida, kazarmada bo'lgan, boshqa hayotni orzu ham qilib ko‘rmagan, umuman bu hayot qon-qoniga singgan ofitser Gofmillerning hayoti bir tunda mehmonga borgan xonadoni bilan bog‘liq bo‘lib qolishini uning o‘zi ham yetti uxlab tushida ko‘rmagandi. Oylikdan oylikkacha yashab, qarzlarga ko‘milib yuradigan oddiy bir ofitserning boshini u uydagi hashamatlar avvaliga xo‘b aylantirdi. Yo‘q, buni boylikka uchish deb bo‘lmaydi. Bu shunchaki uzoq yillar faqat bir xil rejimda yashagan, bir xil odamlarni ko‘rgan kishining daf'atan mutlaqo boshqa davraga tushib qolishidagi esankirash aralash shodlik, masrurlik deyish mumkin.
Biroq fon Kakeshfalva qasri hashamatga burkansada uning ichida murg‘ak, majruh, ammo g‘ururi o‘ta baland, serjahl, o‘ta sezgir va aqlli qiz – 17 yoshli Edit yashar edi.
Tuyg‘ular o‘ta murakkab narsa. Ayniqsa, u tuyg‘u sevgi bo‘lsa. Ayniqsa, majruh insonniki, bo‘lib ham ayol kishiniki bo‘lsa. Ayol sevib qoldimi uni to‘xtatishning hech qanday iloji yo‘q. Bu odam bolasining qo‘lidan keladigan ish emas. Sevgisi rad etilgan, yoki unga javob ololmagan sog‘lom, go‘zal ayol uchun buni unutish naqadar og‘ir bo‘lsa, ayni umrining sevib-seviladigan, o‘zini bir ayol kabi his qilishni, unga ham ehtiros ila boqishlarini istagan, shunga qarshi taqdir kamsitgan qiz uchun esa bu naq o‘limning o‘zi.
Hamdardlik–bu yaxshi so‘z. Odatda bu tuyg‘u kishini yaxshilikka yetaklaydi. Ba’zan esa falokatga... Gofmiller va Edit fojiasiga aynan shu hamdardlik sabab. Qolaversa, qo‘rqoqlik, besabrlik, tiyiqsiz besabrlik...
Juda-juda g‘alati kayfiyatdaman. Gofmillerni ham ayblay olmayman. U ham qo‘lidan kelganini qildi-ku. Balki Avstriya-Vengriyaning ahmoqona urushi bo‘lmaganida, o‘sha la’nati telegramma Editning qo‘liga yetib borganida, o‘sha jinni telefon vaqtida ishlaganida asar fojiaga aylanmasmidi.
Sveygning ayol hislarini tasvirlashiga qoyil qolmasdan iloj yo‘q. Muhtasham klassika. Ayniqsa erkaklar o‘qishini xohlardim.

Mohichehra A’zam
@boqiy_darbadarr

September 18, 08:01

Vijdon bu – xatodan ulg‘aygan azob.

September 15, 18:33

Men taskin izladim kuygan jonimga,
Suydim balolarga qoldim, yonimga
Kelib sekin holim so'raging kelsa,
Sen odam ekansan, odam ekansan...
Muhammad Yusuf
@boqiy_darbadarr

September 13, 16:25
Media unavailable
1
Show in Telegram

#nimadir
Kuz – yaxshi fasl.
Lekin unda negadir tez-tez yig‘laging kelishi – yomon... Qalbingni huzun qoplashi – yomon...
Ustini kul bosgan, allaqachon unut bo‘lgan og‘riqlaring qo‘zg‘alishi – yomon...
Kuz – yaxshi fasl!
@boqiy_darbadarr

September 13, 12:54
Media unavailable
1
Show in Telegram

Eng ajoyib shahar - bu inson baxtli bo'lgan shahar.
©
Erix Mariya Remark.

September 07, 18:39
Media unavailable
1
Show in Telegram

#nazm
Dunyo ekan…
Ishq degan savdo
Bormi faqat mening boshimda?!
Kimni etmas bu ko‘ngil shaydo,
Kim she’r yozmas mening yoshimda?!
Sevgi ilk bor tushdi-yu qalbga
Hayotimning bo‘ldi mazmuni.
U qo‘limga tutqazib qalam,
Ko‘zlarimdan oldi uyquni.
Oldi butun fikr-u xayolim,
Ketdi dildan orom, halovat.
Sevgi butun borimni olib,
She’r zavqini qoldirdi faqat.
Borliq olam ko‘zimga ming-ming
Go‘zallikka to‘lib ko‘rindi.
Gullar menga oshiq bulbulning
She’r daftari bo‘lib ko‘rindi…
Ayb etmangiz,
Do‘stlar bu savdo
Bormi faqat mening boshimda?
Kimni etmas bu ko‘ngil shaydo,
Kim she’r yozmas mening yoshimda?
©️
Erkin Vohidov
📸
Mohichehra A’zam
@boqiy_darbadarr