
Mohichehra A’zam 📚
Hayotda meni taniganlar Judayam tavakkalchi inson deb atashadi, ba’zilar esa judayam duxi baland. Ammo bu ikki xislat meni Shahlo qilgan.
Agar qachondir bir nimani vaqtida qilib o’xshamasa afsus qilmaganman, ammo bajarmagan bo’lsam afsuslantirgan.
Turk tilini 0 dan boshlab
o’rganmoqchi hamma uchun
“Ochiq dars”
qilib beraman. Faqat, vaqti
19:30 dan 21:00 gacha.
Bir minut ham o’zgarmagan holatda.
Darsda faqat kursda o’qimoqchilarnimas, tilga qiziqqan hammani kutaman:
Link:
https://t.me/+9pn4MlR-a19lODQy
Postni kerakli insonlarga ulashib qo’ying, jonli efirda uchrashamiz !
@quyoshtaraflarda
#nazm
NOGAHON BIR MOVIY RUH INAR
Nogahon bir moviy ruh inar jonga,
Yurak — bir, quyosh — bir, soya — bir.
Uchta goʻzal kirar Oʻzbekistonga —
Sentyabr, oktyabr, noyabr.
Kirar bir-birining qoʻlidan ushlab,
Sen-da ular bilan ketaber.
Seni qaytaradi izingga tushlar —
Noyabr, oktyabr, sentyabr.
Muhammad Solih
@boqiy_darbadarr
Vatan omon, mustaqillik abadiy bo'lsin.
🇺🇿
24.08.2026.
Oilangizga xush kelibsiz, o‘g‘lim.
👼🏻
@boqiy_darbadarr
#nazm
Qaro tunlar oqarib borar,
Jism-u jonim, o, qarib borar.
Borgan sari umrim rangida
Qaro ortar, oq arib borar.
G. Asqarova
@boqiy_darbadarr
#parcha
Ko'klarda ko'k kaptar qushdaymiz jonim,
Qayg'urma, kel, ko'ngil xushlaymiz, jonim
Mening tanishim yo'q narigi dunyoda,
Baribir jannatga tushmaymiz, jonim.
M. Yusuf
@boqiy_darbadarr
Ayolning ayolni qo‘llashi eng go‘zal holat. Turmushga chiqqunimgacha uncha sezilmasdi, lekin endi qizlar bilan ko‘p-ko‘p suhbat qurgim keladigan bo‘lgan. Shu istak sababli faqat qizlar uchun kanal ochdim. O‘tinglar, chaqchaqlashamiz, g‘iybatlashamiz, dardlashamiz))…
#hadya
Menga ayni kerakli kitoblarni sovg'a qilib yuborishdi) Dunyoda qanday yaxshi insonlar bor-a?! Rahmat, qadrdon.
@boqiy_darbadarr
İbrohim G‘ofurov olamdan o‘tibdi. Negadir bu buyuk inson ustoz Ugveydek ko‘rinardi ko‘zimga–sokin, hayot ma'nosini allaqachon anglagan, yetarlicha, hatto keragidan ortiq mehnat qilgan, dono, ulug‘vor. U insondek mutarjim boshqa tug‘iladimi yoki yo‘q yolg‘iz Xudoga ayon. Oxiratlari obod bo‘lsin.
Ko'zimda yosh, ko'nglimda yosh, so'zimda yosh,
Odamizot bu dunyodan o'tib borar...
@boqiy_darbadarr
Yoz dam olish emas, yangi bilimlar o‘zlashtirish va eskilarini mustahkamlash fasli bo'lsinki, kuzgi imtihonlardan Shohsanam kabi yondiragan natija bilan o‘ting.
Aytib qo‘yay, bu narxga bunaqa kursni boshqa topolmaysiz. O‘qiganlar darmonda, o'qimaganlar armonda qolishi aniq.