Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

ODDIY YO'LOVCHI

burxonov_lite

Shaxsiy fikrlar

Subscribers
1 130
Post views
230
ER
20,18%
Posts
5 728
October 28, 14:13
Media unavailable
1
Show in Telegram

Men uchun har qanday tushunarsiz holatda Ilon Mask aybdor

October 28, 08:34

🎶
Doxxim - Qahramon Toshkent
Yaqin tariximiz haqida Doxximdan zo'rroq qo'shiq yozgan yigit yo'q.
Toshkentning mudofaasin
Qo'riqlar qahramonlar.
Sariq ma'lun hamlasin
Qaytarar pahlavonlar!
Qirg’iz bo’ldi yondoshim,
Qozoq bovur qondoshim
Tojik yelkama-yelka bo'lib
Turkman bo’ldi safdoshim.

October 27, 11:30
Media unavailable
2
Show in Telegram

Menga "Kiki eltuv xizmati"ning Studio Ghibli usulidagi mangalari yoqadi. Xuddi shu uslubdagi animesini televizorda ham ko'rganmiz. Juda qiziq multfilm edi bolalagimizda.
Ammo asar muallifiga bu narsa yoqmas ekan. Standart kitob shaklida chiqarishga rozi ekan, manga shaklida (ayniqsa Studio Ghibli usulida) chiqarishga mutlaqo qarshi ekan.
Muzokarani davom ettirishdan foyda yo'q menimcha.

October 27, 10:38

Eng qiziqarli jihati, oxirgi 30 kunlik tahlillarga ko'ra, marketpleysda oddiygina YTT ochgan jismoniy shaxsning do'koni Asaxiy Booksdan ko'ra ko'proq kitob sotgan. Albatta, Asaxiy Booksning o'z marketpleysi bor.
Asaxiy.uz
orqali kitob savdosi yuqori. Ammo biz o'rganayotgan marketpleysda, vaziyat shunday ekan. Menimcha bu ko'proq, marketpleysning yirik sotuvchilarga qo'yayotgan talablari hisobiga bo'lsa kerak

October 27, 10:16
Media unavailable
1
Show in Telegram

1 oydan beri tugamaydi tahlillar, har kuni yangi nyuans chiqib keladi.
O'zbekiston kitob savdosi bozorini tahlil qilib kelyapman, yaxshi potensiali bor bozor. Oxirgi 6 oyda o'sish 6.3% ni tashkil etgan.
6 oyda marketpleyslar orqali sotilgan kitoblar umumiy savdosi 2.5 mln dollarni tashkil etgan. Eng ko'p sotilayotgan kitoblar 23% ilmiy janrdagi, ikkinchi o'rinda 16% diniy adabiyotlar bo'lyapti. 3 yil oldin savdoning 30% dan yuqori qismini diniy adabiyotlar, 5% qismini ilmiy adabiyotlar tashkil etgan. O'sish bor sohada. Insonlarda ham, ammo bu savdolarni Toshkentning o'zida 2 karraga o'stirish imkoni bor, butun respublikada esa 5-10 karraga oshirish mumkin.
Solishtirish uchun:
180 kunda kitob savdosi - 2.5 mln dollar
30 kunda kiyim-kechak savdosi - 5.5 mln dollar
Kitob savdosida 6 oylik daromad 250 ming dollar;
Kiyim-kechak savdosida 1 oylik daromad 2.5-3 mln dollar.
Bu ko'rsatgichlarni ko'tarsa bo'ladi.

October 27, 07:29
Media unavailable
3
Show in Telegram

Ular bir birini topishdi. Hayotda hammasi boshqacha bo’ladi )

October 26, 10:11

Gul deb o’ylab ekib qo’ymanglar (
#
)

October 26, 09:53
Media unavailable
2
Show in Telegram

No comment

October 25, 16:02

- Odam, hammada bor bizda yo’q! Odam, hamma yeb ko’rdi, biz hali yemadik! Odam, kecha boshqalar olishibdi, nega biz ololmaymiz! Odam, seni aldashgan, ana boshqalarda bor-ku! Odam, bitta shuni olib berolmasang nima qilarding! Odam, hamma aytyapti-ku yesa bo’larkan. Odam, ana qo’shnilar ham oldi-ku, biz qachon olamiz!
Natija nima bo’ldi? Natija jannatdan quvildik o’rtoqlar
😁

October 25, 15:27

Avval talaba vaqtimda bir masala o’ylantirardi. Shu masala hozir ham UzNetda juda ko’p takrorlanadi. Balki o’zim ham takrorlarman. Masala quyidagicha: “Odamlar o’zlari kurashmaydigan masalalar yuzasidan jurnalistga bosim o’tkazishadi: “Sen jurnalistsan falon mavzuni ko’tarib chiq” deyishadi. Ammo jurnalist shu masala yuzasidan muammoga uchrasa uning himoyasi uchun hech qanday ish qilishmaydi”.
Sizningcha jurnalist odamlarni qiynaydigan, ammo aytishga qo’rqadigan mavzular uchun o’zini qurbon qilishi kerakmi? Men mana shu savolga ayni kunlarda javob topgandekman.
Javob shunday: “Jurnalist o’zini himoya qilishga kuchi yetmaydigan mazlumlarni himoya qilish uchun o’zini qurbon qiladigan shaxs”. Ha albatta, o’zini himoya qilishga kuchi yetmaydigan insonlar uchun ham kimdir kurashishi zarur. Mazlumlar soni 1 ta bo’lsa ham, 38 mln bo’lsa ham kimdir kurashishi kerak. Bu oliyjanob ish. Odamlar bugun boshqacha fikrda bo’lishi mumkin, ammo vaqt o’tishi bilan oliyjanob insonlar baribir xotirlanadi. Taqdir va tarix g’ildiragi shunday aylanadi.
Masalan, 100 yil oldin oliyjanob kam sonli kishilar 14 mln mazlumlar uchun kurashdi. O’sha vaqtda ularni qoralashdi, toshbo’ron qilishdi, xoin deyishdi va otib tashlashdi, ammo baribir haqiqat oshkor bo’ldi. Xatto, hozir ham o’sha insonlardan bir qancha yozgan matnlarni muallifsiz, anonim tarzda e’lon qilsam muallifni toshbo’ron qilib tashlaysiz.