
ODDIY YO’LOVCHI (reserv)
Archived
Qullarga rahbarlik qilsangiz quldor bo'lasiz. Shaxslarga rahbarlik qilsangiz hukmdor bo'lasiz
5-6 oydan beri video qo’ymayotgandim. Boya joylagan videom trendga chiqib ketdi shekilli )
Tadbir zo’r bo’ldi. Kanalimizdan ham u bu kim bordimi?
Abduqodir Husanovni duo qlib turinglar. 3000 yillik tariximiz davomida Angliya Premyer Ligasi chempioni bo'lgan yagona o'zbekka aylanish arafasida turibdi. Qattiq duo qilsak, Arsenal yutqazib bersa, chempion bo'ladi
Ertaga kelinglar tadbirga, lutfan taklif etaman. HBR to’plami taqdimoti bo’ladi.
Manzil: Yoshlar ijod saroyi (Mustaqillik metro)
Soat 17:00 da boshlanadi. Teatr, musiqa, shou dasturlari bo’ladi. Kitoblarni arzonlashtirilgan narxda sotib olasiz. Dasxat ham qo’yib beramiz.
Xullas zo’r tadbir bo’ladi.
Zo’r startap g’oya kelib qoldi. Eshitinglar. Startap signal bu. Katta pul keltiradi, lekin xarom pul
😁
Inglizlarda ****market bor ruslarda ***market. Bu qimorxonalarning boshqa qimorxonalardan farqi sport o’yinlariga emas, balki muhim ijtimoiy-siyosiy voqealarga pul tikishda. Deylik “Banan Respublikasida oktabr oyiga qadar oyliklar 10% ga oshadimi?” degan savol bor. Javoblar “Ha-Yo’q”dan iborat. “Ha” javob koeffitsenti 2X, “Yo’q” javib koeffitsenti 1.31X. 10000 so’m “Oyliklar oshishiga pul tikdingiz”, agar rostdan oylik 10% ga oshsa, pulingiz 20.000 so’m bo’ladi. “Oshmaydi” deb puk tikkan bo’lsangiz va haqiqatdan oshmasa, yutug’ingiz 13100 so’m bo’ladi.
Bunday ajoyibotlarni cheksiz qo’shish mumkin. Masalan, iyun oyida yomg’ir yog’sa, metroni suv bosadimi? - degan savolga ham pul tikish mumkin. Yoki “may oyida melisa bilan bog’liq shovshuvli voqea chiqadimi?” va h.k
Bu juda ajoyib bo’lar edi. Dekabrda falon bloger qamalishiga ham pul tikish mumkin. Bunday ****marketlarga maksimal pul tikish miqdorini 20.000 so’m qilib belgilab qo’ysa, o’zining asosiy missiyasi ya’ni, “ijtimoiy bosim o’tkazish”ni a’lo darajada bajargan bo’lardi.
Chumoyevning kelishilgan o’yinlariga pul tikib, o’zini og’ilxonada osib qo’yishdan yaxshi-ku, to’g’rimi? Bundan tashqari xalqning ustidan kulayotganlarning ustidan kulish ham maroqli bo’lar edi.
Eslatma! Qimorning har qanday turi xoram. Qimor o’ynamanglar.
GTA V ishlab chiqaruvchilar va strimerlar uchun haftasiga 8.27 mln dollar daromad keltirar ekan. Shu sababli GTA VI chiqishini bu yil ham kutmasangiz bo’laveradi. GTA VI bu daromadlardan voz kechish va GTA V serverlarning katta qismini yangi o’yinga yo’naltirish degani. Tayyor ishlab turgan va haftasiga 8 mln dollar daromad keltirib turgan biznesdan hech kim voz kechishni xohlamaydi.