BuxDUda xalqaro hamkorlik
Ushbu kanalda BuxDU xalqaro hamkorlik bo'limi tomonidan yangiliklar, grant va tanlovlar haqida ma'lumotlar berib boriladi.
Japan Education Fair 2025 | Buxoro
🇯🇵
️
Buxoro davlat universitetida
bo'lib o'tadigan
"Japan Education Fair 2025"
ta'lim ko'rgazmasini o'tkazib yubormang! Ko'rgazmada siz Yaponiya universitetlariga kirish haqida batafsil ma'lumot, universitet rasmiy vakillaridan individual maslahatlar va savollaringizga javob olishingiz mumkin.
✅
Ko'rgazmada sizni turli ta'lim yo'nalishlari (bakalavr, magistratura va doktorantura) uchun grantlar va stipendiyalar taqdim etuvchi universitetlar, bundan tashqari Yaponiyaning nufuzli tashkilotlari vakillari kutmoqda.
Shuningdek, siz Yaponiya universitetlari bitiruvchilari bilan fikr almashishingiz va Yaponiya haqida qiziqarli viktorinada qatnashishingiz mumkin bo'ladi
🎌
🗓
Sana: 5-noyabr
🕰
Vaqti: 09:00 - 13:00
🆓
Kirish bepul (oldindan
ro'yxatdan o'tish
kerak).
Ro'yxatdan o'tish uchun
👈🏻
Sizni ushbu manzilda kutamiz:
📍
Muhammad Iqbol ko'chasi 11, Buxoro davlat universiteti
🌐
www.ujc.uz
☎️
+99878120-73-94
☎️
+99878120-73-95
🕊
Telegram
|
📱
Instagram
📺
YouTube
|
📱
Facebook
#Xalqaro_grantlar
🇺🇿
🌍
🇧🇪
KU Leuven Master Mind Scholarship
KU Leuven universitetida magistratura o‘qishni xohlovchilar uchun ajoyib imkoniyat!
Master Mind Scholarship dasturi orqali siz Belgiyada ingliz tilida o‘qishingiz mumkin
🎓
Grant imtiyozlari:
– Har yili 10 000 yevro stipendiya
– O‘qish to‘lovidan to‘liq ozod qilinadi
– 1 yoki 2 yillik magistratura dasturi
– Turli qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlashlar
Kimlar ariza bera oladi:
Bakalavriatni Flandriya tashqarisida tamomlagan, yuqori akademik ko‘rsatkichga ega va ingliz tilini biladigan nomzodlar.
📅
Ariza muddati: 2026-yil 15-yanvar
🎓
O‘qish boshlanishi: 2026/2027 o‘quv yili
🔗
Batafsil:
https://www.kuleuven.be/scholarships/year/2026-2027/master-mind-scholarship
📣
BuxDUda Xalqaro hamkorlik
#Xalqaro_grantlar
🇺🇿
🌍
🌱
“Environmental and Climate Justice Research Fellowship 2026” dasturiga arizalar qabul qilinmoqda!
Mazkur dastur Global South Opportunities tomonidan ekologiya, iqlim o‘zgarishi va adolat masalalarida ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan.
📚
Dastur doirasi:
Iqlim muvozanati, atrof-muhitni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish bo‘yicha ilmiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;
Tadqiqot uchun grant mablag‘lari ajratish;
Xalqaro hamkor tashkilotlar bilan ishlash imkoniyati.
🎓
Kimlar uchun:
Doktorantura bosqichidagi talabalar;
Mustaqil tadqiqotchilar va ilmiy xodimlar;
Iqlim, ekologiya, siyosat yoki ijtimoiy fanlar yo‘nalishidagi mutaxassislar.
🗓
Ariza topshirish muddati: 2025-yil 15-noyabr oyigacha.
🔗
Batafsil ma’lumot va ariza topshirish uchun:
👉
https://www.globalsouthopportunities.com
📣
BuxDUda Xalqaro hamkorlik
(
https://t.me/buxdu_grantlar
)
Germaniya universitetlarida magistraturani oʻqish uchun DAAD grantlari
DAAD tomonidan taqdim etiladigan
“Master Studies for All Academic Disciplines
” grantlari
deyarli barcha sohalar
boʻyicha magistraturani Germaniyada oʻqish imkonini beradi
(ingliz yoki nemis tilida
oʻqish mumkin).
Universitetni bitirganiga 6 yildan oshmagan yoki 2026-yili bakalavriatni bitiruvchilar ariza berishi mumkin.
Grant imtiyozlari:
– Oyiga 992 yevro stipendiya
– Tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.
– Germaniyaga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
– Oʻqish va tadqiqot xarajatlari uchun bir martalik mablagʻ va boshqalar.
Arizalar
2025-yil 31-oktabrgacha
qabul qilinadi. Oʻqish 2026-yil kuzidan boshlanadi.
Batafsil
👇
https://grantlar.uz/germaniyada-oqish-uchun-daad-grantlari/
@grantlar
Germaniya: Bakalavr va magistrlarga qisqa muddatli nemis tili kurslari uchun grant!
Kurslar
har yili yozda
Germaniya universitetlaridan birida oʻtkaziladi. Davomiyligi – kamida
18 oʻqish kuni.
Ariza topshirish vaqtida nemis tilidan kamida A2 daraja sertifikati talab etiladi.
Dastur imkoniyatlari:
– 450 yevro bir martalik mablagʻ
– Turar joy taʼminlanadi
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ ajratiladi
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi
Arizalar
2025-yil 30-oktabrgacha
qabul qilinadi.
Batafsil
👇
https://grantlar.uz/germaniya-bakalavriat-va-magistratura-qisqa-muddatli-kurslar/
@grantlar
Summer@EPFL: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada haq toʻlanadigan amaliyot dasturi!
Summer@EPFL dasturi bakalavriat va magistratura talabalariga yozgi taʼtilda
Shveytsariyada 2-3 oy davomida
amaliyot oʻtash imkonini beradi.
Dasturga qabul qilinganlarga beriladigan imtiyozlar:
– Oyiga 1800 CHF (taxminan 2261 AQSH dollari) miqdorida stipendiya beriladi.
– Safar xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlanadi.
Nomzodlar
quyidagi sohalardan biri boʻyicha
tahsil olayotgan boʻlishi kerak:
– Kompyuter fanlari
– Kompyuter injiniringi
– Telekommunikatsiyalar
– Elektrotexnika
Arizalar qabuli
2025-yil oktabr oyi oxiridan 30-noyabrgacha
davom etadi (2026-yilgi yozgi amaliyot uchun).
Batafsil
👇
https://grantlar.uz/summerepfl-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-uchun-shveytsariyada-xarajatlar-qoplanadigan-amaliyot/
@grantlar
Hansen Leadership Institute: Bakalavriat, magistratura va PhD talabalari uchun AQSHda barcha xarajatlari qoplanadigan 3 haftalik yozgi maktab!
Dasturga
20-25 yoshli
bakalavriat, magistratura va PhD bosqichi talabalari ariza topshirishi mumkin. Dastur mashgʻulotlar AQSHdagi San Diego universitetida 2026-yil iyul oyida boʻlib oʻtadi (
ingliz tilida
).
Iqtisodiy imtiyozlari:
– AQSHga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi.
– Dasturda ishtirok etish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar qoplanadi.
– Viza uchun barcha kerakli hujjatlar yuboriladi.
Arizalar
2026-yil 15-yanvargacha
qabul qilinadi.
Batafsil
👇
https://grantlar.uz/hansen-leadership-institute/
@grantlar
📢
Hurmatli Buxoro davlat universiteti talabalari!
Turkiyaning EduRank reytingida yuqori o‘rinlarni egallagan
Karamanoğlu Mehmetbey Universiteti
da o‘tkaziladigan 10 kunlik talabalar mobillik almashinuv dasturi bo‘yicha tanlovning 2-bosqichi ham o‘z yakuniga yetdi.
Quyidagi talabalar 2-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tib, 2025-yil 22-oktyabrdan 1-noyabrgacha bo‘lib o‘tadigan dasturda ishtirok etish hamda Turkiyaning Karaman shahri bo’ylab sayohat qilish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar:
✅
Ikromova Ikbol
✅
Jalolova E’zoza
✅
Luqmonova Nargis
✅
Jahongirova Shaxzodabonu
✅
Xusenova Amira
✅
Yuldasheva Nozigul
✅
Utkurova Shaxina
✅
Altiyeva Sevara
✅
Baxshilloyev Javohir
✅
Pulatov Shohjahon
✅
Ostonov Mirfayz
✅
Abdullayeva Sevinch
✅
Alloyeva Sevinch
G‘olib bo‘lgan barcha talabalarni samimiy muborakbod etamiz! Ularga mazkur xalqaro dasturda faol ishtirok etib, yangi bilim va tajribalar orttirishlarini tilaymiz.
BuxDU Xalqaro hamkorlik departamenti
#BukhSU
#Xalqaro_loyiha
BuxDU talabasi Slovakiya milliy stipendiya dasturi (NSP) g‘olibi!
Buxoro davlat universitetining Iqtisodiyot va turizm fakulteti, Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishi talabasi
Orziev Quvonchbek
2025–2026 o‘quv yili uchun Slovakiya milliy stipendiya dasturi (NSP) grantini qo‘lga kiritdi. Hozirda u Slovakiyaning Nitra Qishloq xo‘jaligi universiteti, Iqtisodiyot va menejment fakultetida almashinuv dasturi asosida ta’lim olmoqda.
BuxDU jamoasi Orziev Quvonchbekni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaydi va kelgusidagi o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi!
BuxDU Xalqaro hamkorlik departamenti
Qadrli Buxoro davlat universitetining Xorijiy tillar
hamda Iqtisodiyot va turizm fakulteti talabalari!
Xabaringiz bor, EduRank reytingida yuqori o’rinlarni egallab turgan Turkiyaning
Karamanoğlu
Mehmetbey Universiteti
da 10 kunlik talabalar mobillik almashinuv dasturida ishtirok etish bo’yicha tanlov e’lon qilingan edi. Tanlovning 1-bosqichi o‘z yakuniga yetganini eslatib o‘tmoqchimiz.
Tanlovning 1-turidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar ro‘yxati bilan tanishing:
Xorijiy tillar fakulteti talabalari:
1. Utkurova Shaxina
2. Davlatova Zulxumor
3. Alloyeva Sevinch
4. Luqmonova Nargis
5. Zakiryayeva Malika
6. Barotova Rayxonabonu
7. Hasanova Sevinch
8. Jalolova E’zoza
9. Yuldasheva Nozigul
10. Xusenova Amira
11. Jaxongirova Shaxzodabonu
12. Pulatova Rayxon
13. Sharipov Ma’mur
Iqtisodiyot va turizm fakulteti talabalari:
14. Baxshilloyev Javohir
15. Ostonov Mirfayz
16. Pulotov Shohjahon
17. Altiyeva Sevara
18. Salimova Mushtariy
19. Jabborov Muhammad
Ushbu talabalarni
2025-yil 2-oktyabr kuni soat 10:00 da Universitet bosh binosining 304-xonasiga 2-turda qatnashish uchun kelishlarini so’raymiz.
2-turda talablarning ingliz va turk tillarida og‘zaki til bilish ko‘nikmalari suhbat asosida aniqlanadi.
Suhbat natijasiga ko’ra,
10 nafar talaba
tanlab olinadi hamda
2025-yil 22-oktyabrdan 1 noyabrga
qadar
Turkiyaning
Karamanoğlu Mehmetbey Universiteti
da 10 kunlik talabalar mobillik almashinuv dasturida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Eslatib o’tamiz, dastur quyidagilarni qoplaydi:
- Talabalar yotoqxonasidan bepul turar-joy;
- Uch mahal ovqatlanish xarajatlari;
- Turkiyaning Karaman shahri bo’ylab sayohat;
- Bepul o‘quv almashinuv kursi;
- Sertifikat.
Eslatma: Xalqaro aviachipta xarajatlari talabaning o’zi tomonidan qoplanadi. (Buxoro-Toshkent-Anqara-Buxoro)
BuxDU Xalqaro hamkorlik departamenti