Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

BuxDUda xalqaro hamkorlik

buxdu_grantlar
Ushbu kanalda BuxDU xalqaro hamkorlik bo'limi tomonidan yangiliklar, grant va tanlovlar haqida ma'lumotlar berib boriladi.
Subscribers
1 474
24 hours
-2
30 days
-20
Post views
687
ER
46,61%
Posts (30d)
4
Characters in post
1 149
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Study Abroad
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Research & Academia
Summary
September 09, 11:16

🎓
“Qishki universitet” xalqaro ta’lim loyihasi — talabalar uchun imkoniyat!
🇷🇺
Sankt-Peterburg politexnika universiteti
Rossiya Federatsiyasi Ta’lim va fan vazirligi ko‘magida
“Qishki universitet — muhandislik fanlari”
xalqaro ta’lim loyihasini tashkil etmoqda.
📅
Loyiha muddati:
23-noyabr – 6-dekabr 2026-yil
📍
Manzil:
Sankt-Peterburg politexnika universiteti kampusi
🎯
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
⚠️
Faqat muhandislik va texnik yo‘nalishlarda tahsil olayotgan 3–4-bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.
🇺🇿
Buxoro davlat universiteti talabalari uchun
5 ta o‘rin
ajratilgan.
✈️
Ishtirokchilar uchun:

Sankt-Peterburgga borish va qaytish yo‘l xarajatlari;

yashash;

tadbir davomida ovqatlanish xarajatlari
tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.
📝
SARALASH TARTIBI
1️⃣
Google Formani to‘ldirish
Ishtirok etish istagidagi talabalar quyida biriktirilgan
Google Formani to‘liq va aniq to‘ldirishlari shart.
📌
Google Formani to‘ldirish —
tanlovda ishtirok etishning majburiy sharti.
2️⃣
Suhbat
Google Formani to‘ldirgan nomzodlar dastlabki ko‘rib chiqishdan so‘ng
Buxoro davlat universiteti Xalqaro hamkorlik departamenti hamda komissiya tomonidan suhbatga chaqiriladi.
🎤
Suhbat davomida nomzodlarning
motivatsiyasi, bilim darajasi, xorijiy til ko‘nikmalari va xalqaro loyihada ishtirok etishga tayyorgarligi
baholanadi.
🏆
Suhbat natijalariga ko‘ra 5 nafar eng munosib nomzod
saralab olinadi.

Google Formani to‘ldirishning oxirgi muddati: 20-sentabr 2026-yil.
🔗
Google Formani to‘ldirish:
👇
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeCgzPfXoH5a2BulAr_CZlct-LvbE4BKsxf82ndsdLWFHRi9g/viewform?usp=dialog
⚠️
Eslatma:
Faqat
muhandislik va texnik yo‘nalishlarning 3–4-bosqichida
tahsil olayotgan talabalar ariza topshirishlari mumkin.
🌍
Xalqaro ta’lim — yangi bilim, tajriba va imkoniyatlar sari qadam!

August 22, 11:16
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇸
AQShning “English Language Fellows” dasturiga qabul boshlandi!
AQShning Toshkentdagi Elchixonasi tomonidan
2027/2028-o‘quv yili uchun “English Language Fellows” (ELF)
stipendiya dasturiga qabul boshlangan.
📚
Dasturda ishtirok etishga qiziqish bildirgan
ta’lim muassasalari
quyidagi tartibda ariza topshirishlari mumkin:
📌
Arizalar
18-sentabrgacha
to‘ldirilgan holda joriy yilning
18-sentabrigacha
quyidagi elektron pochta manziliga yuborilishi talab etiladi:
📧
RELOCentralAsia@state.gov
💰
Shuningdek, dastur doirasida moliyaviy va boshqa shakldagi hissalar orqali muassasaning xarajatlariga ko‘mak ko‘rsatishga tayyor tashkilotlar takliflariga ustuvorlik berilishi ta’kidlangan.
📩
Qo‘shimcha savollar uchun:
AQSh Elchixonasi vakili
U. Boltayeva
bilan bog‘lanishingiz mumkin:
RELOCentralAsia@state.gov
🌐
Dasturda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
#EnglishLanguageFellows
#ELF
#AQShElchixonasi
#Grant
#Stipendiya
#EnglishLanguage
#InternationalCooperation
BuxDU Xalqaro hamkorlik departamenti

August 22, 11:14
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇬🇧
“Chevening” stipendiya dasturiga qabul boshlandi!
Buyuk Britaniya hukumatining
“Chevening” stipendiya dasturi
uchun arizalar qabul qilinishi boshlandi.
📅
Ariza topshirish muddati:
4-avgustdan 6-oktabrgacha.
🎓
Dasturda ishtirok etish shartlari va ariza topshirish tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar ilova qilinadi.
📢
Mazkur dasturga qiziqish bildirgan professor-o‘qituvchilar va talabalarni belgilangan tartibda xabardor qilishingizni so‘raymiz.
🌍
Xalqaro imkoniyatlardan foydalaning va kelajagingizga sarmoya kiriting!
#Chevening
#Scholarship
#BuyukBritaniya
#Stipendiya
#BuxDU
#XalqaroHamkorlik
BuxDU Xalqaro hamkorlik departamenti

August 14, 05:11
Media unavailable
1
Show in Telegram

📢
DIQQAT, XALQARO MUKOFOT TANLOVI E’LON QILINDI!
Misr Arab Respublikasi Prezidenti homiyligida Iskandariya kutubxonasi tomonidan tashkil etilgan xalqaro mukofot tanlovining ikkinchi bosqichi e’lon qilindi.
🎯
Joriy yilgi mavzu: “Bilimlar jamiyatini barqaror rivojlantirish va insonlar farovonligini oshirish uchun kvant intellektidan foydalanish” (Quantum Intelligence Applications for the Sustainability of the Knowledge Society and the Improvement of Human Wellbeing).
🏆
Mukofot quyidagi yo‘nalishlarda ilm-fan va jamiyat rivojiga hissa qo‘shgan olimlar hamda muassasalarga beriladi.
🔹
tabiiy fanlar
🔹
amaliy fanlar
🔹
san’at va adabiyot
🔹
ijtimoiy fanlar
📌
Qo‘shimcha ma’lumot:
🌐
https://www.bibalex.org/en/Default
🗓
Arizalarni topshirishning oxirgi muddati:
2026-yil 31-avgust.
Universitet barcha professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar ushbu nufuzli xalqaro tanlovda faol ishtirok etishga chorlaydi.
BuxDU Xalqaro hamkorlik departamenti

August 10, 11:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

📢
XALQARO O‘QUV KURSI IMKONIYATI!
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) huzuridagi COMSTECH tomonidan
eshitish va ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga ta’lim beradigan o‘qituvchilar
uchun maxsus 45 kunlik xalqaro o‘quv kursi tashkil etilmoqda.
📍
O‘tkazilish joyi:
Karachi shahri, Pokiston
📅
Boshlanish sanasi:
2026-yil 15-oktabr
Tashkilotchilar tomonidan qoplanadi:
✈️
xalqaro aviachiptalar
🛂
viza xarajatlari
🏨
turar joy
💰
stipendiya
📚
o‘quv materiallari va boshqa zarur xarajatlar
🔗
Batafsil ma’lumot:
https://comstech.org/comstech-ida-rieu-schools/
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
🔹
40 yoshdan oshmagan bo‘lishi
🔹
Mustaqil ravishda ro‘yxatdan o‘tishi
📝
Ariza topshirish havolasi:
https://form.jotform.com/243451523224448

Arizalar 2026-yil 15-avgustgacha qabul qilinadi.
BuxDU Xalqaro hamkorlik departamenti

August 06, 06:30
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🔊
🔊
🔊
🔊
SUN WRICOS 2025–2026 xalqaro yozma ishlar tanlovi e’lon qilindi!
📝
Tanlov yo‘nalishlari:
She’r: “Voices of the Silk Roads: Bridging Cultures”
Esse (Insho): “Zamonaviy sivilizatsiya barqarorligiga eng katta tahdid nima?
Nega aynan shu tahdid eng muhim deb hisoblanadi? Universitet talabalari sifatida biz qanday rol o‘ynashimiz va qanday amaliy choralarni ko‘rishimiz kerak?”
📅
Arizalar qabul qilish muddati:
2026-yil 7-sentabr (23:59 GST gacha)
📢
Natijalar e’lon qilinadi:
2026-yil 28-sentabr
👥
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Universitet talabalari
🏆
Mukofotlar
:
🥇
Bosh mukofot (Grand Prize) — she’r va esse yo‘nalishlari bo‘yicha 1 nafardan g‘olib
.
G‘oliblar Jazoir (Algeria)da o‘tkaziladigan 11-SUN Bosh Assambleyasi va taqdirlash marosimida ishtirok etadilar.
Aviachipta, mehmonxona, ovqatlanish va rasmiy madaniy dastur xarajatlari to‘liq qoplanadi.
🥈
A’lo darajadagi mukofot (Award of Excellence) — she’rlar uchun 2 nafar, esselar uchun 2 nafar
G‘oliblar yuqoridagi imtiyozlarga ega bo‘ladilar, biroq aviachipta xarajatlarini o‘zlari qoplaydilar.
🌟
Tanlov mukofoti (Award of Selection) — she’rlar uchun 7 nafar, esselar uchun 7 nafar
Tashkilotchilar tomonidan rasmiy madaniy dastur va ovqatlanish xarajatlari qoplanadi.
📖
G‘olib asarlar turli tillarga tarjima qilinadi, elektron kitob shaklida nashr etiladi hamda bir yil davomida SUN rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
📧
Murojaat uchun:
wricos@sun0822.org (Please CC both secretariat@sun0822.org and ussunstudents@gmail.com)
🌐
Batafsil ma’lumot:
www.sun-silkroadia.org
BuxDU Xalqaro hamkorlik departamenti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐
BuxDU.uz
|

Telegram
|
🌐
Instagram
|

Facebook
|
📹
Youtube

August 06, 06:21
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🔊
🔊
🔊
🔊
📸
PHOCOS 2025–2026 xalqaro fototanlovi e’lon qilindi!
🌏
Silk-Road Universities Network (SUN) tomonidan tashkil etilayotgan 9-xalqaro fototanlovda ishtirok etishga taklif qilamiz!
🏷
Tanlov mavzusi: Ipak yo‘llari ta’mi: Ipak yo‘llari bo‘ylab umumiy ovqat, dasturxon va madaniyat
📅
Arizalar qabul qilish muddati:
2026-yil 31-avgust
📢
Natijalar e’lon qilinadi:
2026-yil 21-sentabr
🏆
Mukofotlar
:
🥇
Bosh mukofot (Grand Prize) — 1 nafar g‘olib
G‘olib Jazoir (Algeria) davlatidagi Abdelhamid Mehri Constantine universitetida o‘tkaziladigan 11-SUN Bosh Assambleyasida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Tashkilotchilar tomonidan
aviachiptalar
,
turar joy
va
mahalliy xarajatlar
qoplanadi.
🥈
A’lo darajadagi mukofot (Excellence Award) — 2 nafar g‘olib
Ushbu mukofot egalari Bosh mukofot sovrindori bilan bir xil e’tirofga sazovor bo‘ladilar.
🌟
Maxsus tanlov mukofoti (Special Selection) — 5 nafar g‘olib
G‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan SUN maxsus sovg‘alari taqdim etiladi.
📜
Faxriy yorliq (Citation) — 10 nafar g‘olib
Faxriy yorliq bilan taqdirlanadi.
📖
Barcha mukofotlangan fotosuratlar buklet yoki elektron kitobda nashr etiladi hamda SUN Bosh Assambleyasi ko‘rgazmasida va SUN rasmiy veb-saytida namoyish etiladi.
📧
Murojaat uchun:
phocos@sun0822.org
(Please CC both secretariat@sun0822.org and
ussunstudents@gmail.com)
🌐
Batafsil ma’lumot:
www.sun-silkroadia.org
BuxDU Xalqaro hamkorlik departamenti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐
BuxDU.uz
|

Telegram
|
🌐
Instagram
|

Facebook
|
📹
Youtube

August 03, 09:32
Media unavailable
1
Show in Telegram

📢
Yaponiyada magistratura uchun grant imkoniyati!
🇯🇵
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Yaponiyaning Tokio shahridagi Milliy siyosiy tadqiqotlar oliy instituti (GRIPS) tomonidan 2027–2028 o‘quv yili uchun Davlat siyosati (Public Policy) yo‘nalishidagi magistratura dasturlariga qabul jarayoni 2026-yil avgust oyidan boshlanadi.
🎓
Dasturlar:
🔹
MP1 — 1 yillik magistratura
🔹
MP2 — 2 yillik magistratura
📚
O‘quv jarayonito‘liq ingliz tilida olib boriladi.
💰
Munosib nomzodlar uchun to‘liq stipendiya ajratiladi.
🎯
👥
Dastur quyidagilar uchun mo‘ljallangan:

Davlat xizmatchilari,

Davlat sektori mutaxassislari,

Istiqbolli yosh kadrlar.
📌
Qabul talablari va ariza topshirish tartibi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
🔗
http
://www.grips.ac.jp/en/admissions/index/
Barcha qiziquvchi talabalar va mutaxassislarni ushbu xalqaro grant dasturida ishtirok etishga chorlaymiz!

BuxDU Xalqaro hamkorlik departamenti

July 14, 08:04

📢
Xalqaro imkoniyat: UNESCO "Youth for Peace" dasturiga arizalar qabul qilinmoqda!
🌍
YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi
"Yoshlar tinchlik uchun: Xalqaro yetakchilik dasturi" (Youth for Peace: International Leadership Programme)
tanlovining
2-mavsumi
uchun arizalar qabuli boshlanganini ma’lum qildi.
💡
2026-yil mavzusi:
"Sun’iy intellekt davrida insoniy aloqalar va muloqot"
Dastur sun’iy intellekt rivojlanayotgan davrda:

insonlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash;

samarali muloqotni rivojlantirish;

madaniyatlararo hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan.
👥
Agar siz xalqaro tajriba orttirish, yetakchilik ko‘nikmalaringizni rivojlantirish va dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan yoshlar bilan hamkorlik qilishni istasangiz, ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
🗓
Arizalar qabuli:
2026-yil 19-iyul
gacha.
📌
Arizalar
ingliz tilida
onlayn tarzda topshiriladi.
🔗
Dastur haqida batafsil:
https://www.unesco.org/en/interculturaldialogue/youthforpeace?hub=181405
📝
Ariza topshirish:
https://surveys.unesco.org/171854?lang=en
#UNESCO
#YouthForPeace
#Leadership
#AI
#Yoshlar
#XalqaroImkoniyatlar
#Oʻzbekiston
BuxDU Xalqaro hamkorlik departamenti

July 11, 05:13
Media unavailable
1
Show in Telegram

📢
Yaponiyada magistratura va to‘liq stipendiya imkoniyati!
🇯🇵
🎓
Yaponiyaning
National Graduate Institute for Policy Studies (GRIPS)
tomonidan 2027–2028 o‘quv yili uchun
Davlat siyosati (Public Policy)
yo‘nalishidagi magistratura dasturlariga qabul boshlanmoqda.
🔹
Dasturlar:
MP1
– 1 yillik magistratura
MP2
– 2 yillik magistratura
🔹
Kimlar uchun?
OTMlar bitiruvchilari, Davlat organlari xodimlari, davlat sektori mutaxassislari hamda davlat siyosati yo‘nalishida faoliyat yuritishni rejalashtirayotgan istiqbolli nomzodlar.
🔹
Afzalliklari:

Ta’lim to‘liq
ingliz tilida

Munosib nomzodlar uchun
to‘liq stipendiya

Xalqaro darajadagi ta’lim va professional tarmoq
📅
Arizalar qabuli:
2026-yil
avgust
oyidan boshlanadi.
📌
Batafsil ma’lumot va qabul tartibi bilan quyidagi sahifada tanishishingiz mumkin:
🌐
https://www.grips.ac.jp/en/admissions/apply/
BuxDU Xalqaro hamkorlik departamenti