Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

"EMMM" DUK | Rasmiy kanal

cemcuz

"Elektromagnit moslashuv markazi"
davlat unitar korxonasi matbuot xizmati
🌐
Veb-sayt:
www.cemc.uz
📱
Instagram:
www.instagram.com/emmmduk
📱
Facebook:
www.facebook.com/emmm.uz
📩
Elektron pochta: info@cemc.uz
📞
Telefon: +998 71 230 41 34

Subscribers
436
Post views
307
ER
69,58%
Posts
3 516
July 11, 13:51
Media unavailable
3
2
Show in Telegram


Jajji farishtalar mamlakatiga tashrif
2025-yil 11-iyul kuni
“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi, faollari hamda markaziy apparat xodimlari
tashabbusi bilan Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan
“Taskin”
nomli bolalar hospisiga tashrif tashkil etildi.
Ushbu tashrifdan asosiy maqsad – og‘ir dard bilan kurashayotgan murg‘ak qalblarga ruhiy ko‘mak ko‘rsatish, ularning yuziga tabassum olib kirish va qalblariga oz bo‘lsa-da quvonch ulashish edi. Shu boisdan, bolajonlar uchun alohida bayramona muhit yaratildi. Ularning sevimli multfilm qahramonlaridan animatorlar taklif etilib, bolalarga quvonchli lahzalar ulashildi. Animatorlar ishtirokidagi qiziqarli chiqishlar, musiqali raqslar va turli sahna ko‘rinishlari bolajonlarga unutilmas taassurotlar hadya etdi.
Tashrif davomida hospis tarbiyalanuvchilariga turli xil kitoblar, rang-barang o‘yinchoqlar, shirinliklar hamda shaxsiy e’tibor va mehr-muhabbat tuhfa etildi. Har bir bolaning quvonchli nigohi, iliq tabassumi va mehrga to‘la nigohlari bu tashrifning nechog‘li muhim va hayotbaxsh bo‘lganini tasdiqlab turardi.
Shuningdek, markaz vakillari hospisdagi mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, u yerda yaratilgan imkoniyatlar va bemorlar uchun yaratilgan qulayliklarni ko‘zdan kechirishdi. Xodimlar va tibbiyot mutaxassislari bilan samimiy suhbatlar olib borilib, kelgusida ham bu kabi ijtimoiy loyihalarni davom ettirishga kelishib olindi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, “Taskin” – O‘zbekiston Respublikasida ilk bor tashkil etilgan va ayni paytda 20 nafar bemor bolaga mo‘ljallangan ixtisoslashgan bolalar hospisi hisoblanadi. Muassasa og‘ir va davolashga muhtoj – asosan onkologik kasalliklarning to‘rtinchi, ya’ni oxirgi bosqichida bo‘lgan bolalar hamda ularning yaqinlariga psixologik va ijtimoiy ko‘mak berishga qaratilgan. Bu yerda bemor bolalarning yashash sharoitlari yaxshilanishi, ularning ruhiy holatini yengillashtirish, eng asosiysi, ularning hayotini oz bo‘lsa-da yorqin ranglar bilan boyitish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
📍
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🌐
Web
I
📩
Telegram
I
📱
Instagram
I
📱
Facebook

July 11, 12:42
Media unavailable
6
1
Show in Telegram

🗣️
Bugun, 11-iyul kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparat bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun ZOOM ilovasi orqali o‘quv soati tashkil etildi.
O‘quv soatida, Radionazorat va texnik rivojlanish xizmati 1-toifali muhandisi T. Valiyev tomonidan
Mobil aloqa sifatini o‘lchash va baholash usullari
haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, Ish yuritishni boshqarish va ijro intizomini nazorat qilish xizmati xodimlari tomonidan
Tashkiliy-Farmoyish hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi
to‘g‘risida tushuntirish ishlari berildi.
📍
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🌐
Web
I
📩
Telegram
I
📱
Instagram
I
📱
Facebook

July 10, 11:20
Media unavailable
1
1
Show in Telegram


Joriy yilning 9-iyul kuni Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati tomonidan Yangiariq tumani hududida radimonitoring tadbirlari amalga oshirildi.
Olib borilgan radiomonitoring tadbirlari davomida Yangiariq tumani Tagan mahallasi hududida mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmasi aniqlanib, “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasining Xorazm viloyati hududiy shu‘basi, Yangiariq tuman IIB, Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati va mobil aloqa operatorlari xodimlari hamkorligida ishchi guruh tashkil qilinib, ushbu aniqlangan mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmasining faoliyati to‘xtatildi.
📍
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🌐
Web
I
📩
Telegram
I
📱
Instagram
I
📱
Facebook

July 08, 13:04
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Joriy yilning 1-iyul kuni Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati muhandislari
hamda
“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Farg‘ona viloyati hududiy sho‘basi bilan hamkorlikda Farg‘ona shahar hududida tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
Hamkorlikda o‘tkazilgan radiomonitoring tadbirlari davomida Farg‘ona shahar Ma’rifat ko‘chasida joylashgan restoran hududida foydalanib kelinayotgan mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmasi aniqlandi. Mazkur mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmasi mobil aloqa tayanch stansiyalariga radioxalaqitlar sodir etib kelgan.
Ushbu radioxalaqitlarni bartaraf etish maqsadida qurilma egalariga ogohlantirish xatlari berildi va ulardan foydalanish to‘xtatildi.
📍
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🌐
Web
I
📩
Telegram
I
📱
Instagram
I
📱
Facebook

July 07, 11:46
Media unavailable
1
1
Show in Telegram


Noqonuniy foydalanilayotgan REVlarni aniqlash bo‘yicha Xo'jayli tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi
Joriy yilning 7-iyul kuni “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasining Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy sho‘basi, Xo‘jayli tuman IIB va
Qoraqalpog'iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari
tomonidan “REV va YuChQlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida sotib olish, sotish yoki o‘rnatish, olib kirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni tashkil etish va radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirliklar va idoralarning o‘zaro hamkorligi yuzasidan 2025-yilda olib boriladigan chora-tadbirlar rejasi”ga asosan Xo'jayli tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Xo'jayli tumani, Jipek-Joli ko‘chasi, 83-uyda tegishli ruxsatnomalarsiz foydalanib kelinayotgan "Motorola GP-518" rusumli, jami
7 dona
radioelektron vositalar
aniqlandi.
Mazkur holat bo‘yicha ishlar nazorat qiluvchi organ tomonidan vakolat doirasida ko‘rib chiqish belgilandi.
📍
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🌐
Web
I
📩
Telegram
I
📱
Instagram
I
📱
Facebook

July 03, 13:34
Media unavailable
8
1
Show in Telegram

🗣️
2025-yil 3-iyul kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparat bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun ZOOM ilovasi orqali o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Mazkur o‘quv mashg‘ulotida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-yanvardagi PQ-14-sonli qarori
mazmun-mohiyatiga ko‘ra, Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimida
“Cyber University” davlat universiteti
tashkil etilgani haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi. Mazkur universitet tomonidan ishlab chiqilgan
targ‘ibot materiallari
onlayn mashg‘ulot davomida xodimlarga namoyish etildi va ushbu materiallar orqali raqamli sohada zamonaviy bilimlarni egallash imkoniyatlari tushuntirildi.
🔹
Shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “O‘zbekiston Respublikasining muhim axborot infratuzilmasi obyektlari kiberxavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori
mazmuni atroflicha sharhlab berildi. Unda davlat axborot tizimlarining kiberxavfsizligini mustahkamlash, axborot resurslarini ishonchli himoya qilish, kiber tahdidlarga qarshi tizimli chora-tadbirlar ko‘rish borasidagi vazifalar haqida to‘xtalib o‘tildi.
🔹
Bundan tashqari,
davlat organlarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish
, ularni amaliyotga tatbiq etish va axborot xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
O‘quv mashg‘uloti yakunida ishtirokchilarning savollariga javob berildi hamda mavzular yuzasidan amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
📍
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🌐
Web
I
📩
Telegram
I
📱
Instagram
I
📱
Facebook

July 02, 07:26
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

Sayohat va Turistik zonalarda mobil aloqa qamrovi
🗣
2025-yil yozgi dam olish mavsumini muvaffaqiyatli o’tkazish maqsadida Namangan viloyatida joylashgan Sayohat va Turistik zonalarda Namangan viloyati EMMX tomonidan hududlarda mobil aloqa va internet signallari qamrovi darajasi o’rganildi.
📍
Namangan viloyatidagi Sayohat va Turistik joylar:
💬
Axsikent - “Osmon ostidagi muzey”;
💬
Afsonalar Vodiysi;
💬
Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog'i;
💬
Chodak dam olish maskani;
💬
Nanay dam olish maskani va boshqa dam olish maskanlari.
Ushbu joylarda olib borilgan mobil aloqa va internet signallari bo’yicha tegishli monitoring natijalarni oldilar.
Monitoring natijalari kelgusida uzluksiz va tezkor mobil aloqani ta’minlashga zamin yaratadi.
📍
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🌐
Web
I
📩
Telegram
I
📱
Instagram
I
📱
Facebook

July 02, 07:06
Media unavailable
8
1
Show in Telegram


Joriy yilning 2-iyul kuni Viloyat Elektromagnit moslashuv xizmatlarida 2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan davra suhbatlari o‘tkazildi
🔰
2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun
munosabati bilan mamlakatimizning barcha hududlarida, xususan,
Viloyat Elektromagnit moslashuv xizmatlarida
targ‘ibot-ma’rifat tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Tadbirlar doirasida tashkil etilgan
davra suhbatlari
yurtimiz ramzlari, ularning ma’nosi va bugungi kundagi ahamiyatiga bag‘ishlandi.
Suhbat davomida 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining yaratilish tarixi, unda mujassam bo‘lgan ramzlar –
xumo qushi
,
quyosh
,
g‘o‘za
,
bug‘doy
,
moviy halqa va yulduz
kabi timsollarning chuqur ma’nosi haqida so‘z yuritildi.
Ma’ruzachilar tomonidan ta’kidlanganidek, davlat ramzlari – bu xalqning mustaqilligi, milliy g‘ururi va o‘zligini aks ettiruvchi muqaddas timsollardir. Shu bois, bu ramzlarga hurmat bilan qarash, ularni yosh avlodga chuqur anglatish har bir fuqarolik burchimizdir.
📌
Davra suhbatlarida ishtirokchilar davlat gerbining xalqaro miqyosdagi nufuzi, huquqiy maqomi, uni to‘g‘ri ishlatish qoidalari, davlat ramzlari bilan bog‘liq qonunchilik normalari haqida ham batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
📍
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🌐
Web
I
📩
Telegram
I
📱
Instagram
I
📱
Facebook

July 02, 04:36
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🇺🇿
2-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun!
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga
33 yil
to‘ldi!
1992-yil 2-iyulda qabul qilingan Davlat gerbimiz xalqimizning tarixiy merosi, boy madaniyati, mustaqilligi va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi muqaddas ramzlardan biridir. Unda ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan qadriyatlar, milliy urf-odatlar va istiqlol ruhi mujassam.
Davlat gerbimiz – har bir yurtdoshimiz qalbida faxr, g‘urur va yurtga sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otadigan muqaddas timsollardan biridir.
Davlatimiz ramzlariga hurmat – Vatanimizga sadoqat ifodasidir!
📍
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🌐
Web
I
📩
Telegram
I
📱
Instagram
I
📱
Facebook

June 30, 10:40
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📖
Joriy yilning 27-iyun kuni Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida o‘quv soati bo‘lib o‘tdi.
O'quv soatida, Xorazm viloyati Urganch shahar IIB profilaktika katta inspektori B. Jumanazarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son Qonunining mazmun-mohiyatini o‘rganish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
📍
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🌐
Web
I
📩
Telegram
I
📱
Instagram
I
📱
Facebook