
"EMMM" DUK | Rasmiy kanal
"Elektromagnit moslashuv markazi"
davlat unitar korxonasi matbuot xizmati
🌐
Veb-sayt:
www.cemc.uz
📩
Elektron pochta: info@cemc.uz
📞
Telefon: +998 71 230 41 34
✔️
TATU talabalari “EMMM” DUK Trening markaziga tashrif
buyurdi
✅
Bugun, 29-oktabr kuni
“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi Trening markaziga
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining
Radio va mobil aloqa fakulteti talabalari tashrif buyurishdi.
✅
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad — talabalar uchun milliy radiomonitoring tizimi, radiochastotalarni taqsimlash va berishda elektromagnit moslashuvni ta'minlash, o‘lchash tizimlari hamda amaliy tajriba jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratishdir.
Dastur davomida “EMMM” DUK mutaxassislari korxona faoliyati, radioaloqa tizimlarining elektromagnit muvofiqligini ta’minlash yo‘nalishidagi ishlar, xalqaro standartlar talablari va ilg‘or texnologik uskunalar haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Shuningdek, talabalar Trening markazining laboratoriya xonalari va o‘quv-uslubiy jihozlari bilan tanishib, o‘lchash jarayonlarini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
⭐️
Tadbir yakunida talabalar va korxona mutaxassislari o‘zaro savol-javob tarzida muloqot olib borishdi. Bunday uchrashuvlar yoshlar uchun amaliy ko‘nikmalarni oshirish, ularni kelajakdagi kasbiy faoliyatga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
📍
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🌐
Web
I
📩
Telegram
I
📱
Instagram
I
📱
Facebook
💫
Keksalar uchun turizm oyligi
✨
Yurtimizda
“Keksalar haftaligi”
doirasida nuroniylarga bo‘lgan e’tibor va ehtiromni yanada oshirish, ularning hayotiy tajribasidan yosh avlodni tarbiyalashda samarali foydalanish maqsadida bir qator amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.
⚡️
Mazkur yo‘nalishdagi ishlarga muvofiq, “
Elektromagnit moslashuv markazi
” davlat unitar korxonasida ham
“Keksalarga hurmat – yoshlarga ibrat”
degan bosh g‘oya asosida qator tashabbuslar tashkil etilmoqda.
Shu jumladan,
“Keksalar haftaligi”
doirasida tasdiqlangan
chora-tadbirlar rejasiga
asosan, korxonada uzoq yillar davomida fidokorona mehnat qilib, bugungi kunda nafaqaga chiqqan faxriy xodimlarimiz uchun
“Keksalar uchun turizm oyligi”
tashkil etildi.
Ushbu tadbir “
EMMM
” DUK
Kasaba uyushmasi qo‘mitasi
tashabbusi bilan amalga oshirilib, nuroniy xodimlarimiz uchun sog‘lomlashtiruvchi va madaniy hordiq vazifasini o‘tovchi sayohat uyushtirildi.
Korxonaning bir guruh mehnat faxriylari
“Oq tosh” dam olish maskaniga
yuborilib, ular uchun qulay sharoitlar yaratildi, mazmunli hordiq chiqarishlari uchun turli madaniy-ma’rifiy dasturlar tashkil etildi.
Mazkur tashabbus keksalarga bo‘lgan yuksak e’tibor va minnatdorlik ifodasi bo‘lib, ularning umr yo‘llari, mehnatdagi fidoyiligi va korxona rivojiga qo‘shgan hissasini yodga olish, yosh xodimlar uchun esa ibrat  manbayi bo‘lib xizmat qiladi.
📍
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🌐
Web
I
📩
Telegram
I
📱
Instagram
I
📱
Facebook
✅
Samarqand viloyati EMMXda “Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish” mavzusida texnik o‘quv mashg‘uloti tashkil qilindi
⛈
Joriy yilning 20-oktabr kuni
Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida
manfaatlar to‘qnashuvining
yuzaga kelish xavflari va ularni oldini olish yo‘nalishida xodimlarning bilim va ko‘nikmalarni oshirish maqsadida
“Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish”
mavzusida
texnik o‘quv mashg‘uloti
bo‘lib o‘tdi.
Texnik o‘quv mashg‘uloti davomida xodimlarga “EMMM” DUK ning “EMMM” DUK xodimlari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish tartibi to‘g‘risida nizomi asosida korxonada ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari, manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining ko‘rinishlari hamda ushbu holatlar to‘g‘risida xabar berish tartibi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, yuqoridagi nizom bilan manfaatlar to‘qnashuvlarining oldini olish bo‘yicha choralar “EMMM” DUKning mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan bajarilishi majburiyligi, ushbu holatlarning oldini olish bo‘yicha xodimlarning majburiyatlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.
📍
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🌐
Web
I
📩
Telegram
I
📱
Instagram
I
📱
Facebook
✍🏻
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”
2025-yil 22-oktabr
dagi PF–189-son Farmoni imzolandi.
Farmon sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasiga muvofiq mamlakatimizda zamonaviy texnologiyalarning jadal rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, sun’iy intellektni keng joriy qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, ushbu yo‘nalishga qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilish hamda malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida qabul qilindi.
✅
Farmonga muvofiq:
–
2026-yil
yakuniga qadar davlat boshqaruvi organlari, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy qilish bo‘yicha kamida
100 ta loyiha
amalga oshiriladi;
–
2030-yil
yakuniga qadar zamonaviy sun’iy intellekt infratuzilmasini rivojlantirishga
1 milliard AQSh dollari
dan ortiq xorijiy investitsiyalar jalb qilinadi;
–
2026/2027
o‘quv yilidan boshlab
umumiy o‘rta ta’lim hamda oliy ta’lim tizimining o‘quv dasturlari va darsliklariga sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘qitish bo‘yicha mavzular kiritiladi
;
–
2026-yil
yakuniga qadar mamlakatda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalarida
15 ta sun’iy intellekt laboratoriyasi ishga tushiriladi.
⛈
Farmonga koʻra, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilishda institutsional bazani takomillashtirish bo‘yicha davlat organlari xodimlari, tadbirkorlik subyektlari, xorijdagi vatandoshlar va chet ellik mutaxassislardan iborat tarkibda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzurida
Maslahatlashuv kengashi
tashkil etiladi.
2025-yil
yakuniga qadar sun’iy intellekt yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalar, dasturlar va startaplar va bepul onlayn kurslar haqidagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi
“
ai.gov.uz
” milliy portali
ishga tushiriladi.
2026-yil 1-yanvar
dan boshlab yoshlarning sun’iy intellekt texnologiyalariga qiziqishini yanada oshirish va rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun
“Sun’iy intellekt yo‘nalishida eng yaxshi startap”
(President AI Award) tanlovi o‘tkaziladi.
⛈
Shuningdek, yoshlarning sun’iy intellekt texnologiyalariga qiziqishini oshirish va startap ekotizimini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida
“Umummilliy sun’iy intellekt xakatoni”
yo‘lga qo‘yiladi.
⚙️
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklarida raqamli texnologiyalar hamda
sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan
maslahatchi
lavozimi joriy etiladi.
📍
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🌐
Web
I
📩
Telegram
I
📱
Instagram
I
📱
Facebook
⚡️
Oʻzbekiston olis hududlarida yoʻldosh aloqa texnologiyalari joriy etiladi
✍️
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
“Respublikaning olis hududlarida aloqa qamrovini oshirishda yoʻldosh aloqa texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”
2025-yil 21-oktabrdagi
PQ-313-son
qarori qabul qilindi.
❗️
Hujjat respublikada raqamli infratuzilmani jadallik bilan rivojlantirish, shahar va qishloq hududlari oʻrtasidagi raqamli tafovutni qisqartirish, olis hududlarda aloqa xizmatlari qamrovini kengaytirish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish hamda
“Raqamli Oʻzbekiston – 2030”
strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan.
➡️
Qarorga muvofiq, yoʻldosh aloqa texnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi:
– oʻrta va past orbitali yoʻldosh aloqa tizimlarini joriy etish va foydalanishning normativ-huquqiy asoslarini yaratish;
– olis hududlar va yer usti tarmoqlari qamrovidan tashqari hududlarda telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish uchun qulay sharoitlar yaratish;
– yoʻldosh aloqa orqali tarmoqlar ishonchliligini va favqulodda holatlarda zaxirali aloqani ta’minlash;
🏷
Qarorda yo‘ldosh aloqa tizimini joriy etish va yo‘ldosh internet xizmatlarini ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi hududida telekommunikatsiyalar sohasida litsenziyalanadigan faoliyat turlari sifatida belgilandi.
Radiochastota ajratilishi va radioelektron vositalardan foydalanish uchun ruhsatnomalarni rasmiylashtirish, respublika hududida yuridik shaxs tashkil etish yoki mahalliy telekommunikatsiya operatorlari bilan hamkorlik qilish, markaziy yer stansiyasi (Gateway)ni mamlakat hududida qurish va axborot xavfsizligi talablariga rioya etish va foydalanuvchi ma'lumotlarini respublika hududida saqlash talab etiladi.
❕
Qarorga koʻra,
2026-yil 1-yanvardan
boshlab
5 yil
muddatga oʻrta va past orbitali yoʻldosh aloqa tarmoqlarini Oʻzbekiston hududida markaziy yer stansiyasi orqali tashkil qilish bilan bogʻliq loyihalar doirasida bir qator imtiyoz va yengilliklar belgilandi.
Jumladan:
- telekommunikatsiya operatorlarining yo‘ldosh aloqa tarmoqlariga tegishli qurilmalar, dasturiy mahsulotlar, ehtiyot va butlovchi qismlarni sotib olish va ularga xizmatlar ko‘rsatish yo‘ldosh aloqa qurilmalari ishlab chiqaruvchilar va (yoki) yetkazib beruvchilar bilan tender (tanlov) savdolarini o‘tkazmasdan muzokaralar asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish orqali amalga oshiriladi;
- import qilinadigan qurilmalar, dasturiy mahsulotlar, ehtiyot va butlovchi qismlar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno);
- telekommunikatsiya operatorlari o‘rta va past orbitali yo‘ldosh aloqa tarmoqlari tomonidan radiochastota spektridan foydalanganlik uchun to‘lovlardan ozod qilinadi (harakatdagi yo‘ldosh aloqa tarmog‘ida yo‘ldoshdan bevosita yakuniy foydalanuvchi qurilmasiga (Direct-to-Device) hamda yo‘ldoshdan bevosita mobil aloqa terminaliga (Direct-to-Cellular) to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishlarni, shuningdek, avtomobil va poyezdlarda harakatdagi yer stansiyasi (ESIM) tizimlarini tashkil qilish bilan bog‘liq to‘lovlar bundan mustasno);
- yo‘ldosh aloqa tarmoqlari operatorlari tomonidan yo‘ldosh aloqa tizimi orqali ko‘rsatilgan xizmatlar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi.
- markaziy yer stansiyalari, terminallar va yo‘ldosh aloqa infratuzilmasining boshqa aktiv qurilmalari joylashtirilgan telekommunikatsiya inshootlari va ularning yer maydonlari mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan ozod etiladi;
- yo‘ldosh aloqa tarmoqlari operatorlari yaratilgan yo‘ldosh aloqa tizimi orqali ko‘rsatgan xizmatlari uchun foyda solig‘idan ozod qilinadi.
2030-yil 31-dekabrgacha
yo‘ldosh aloqa tarmoqlariga ega telekommunikatsiya operatorlariga yo‘ldosh aloqa xizmatlarini joriy etish bo‘yicha telekommunikatsiyalar sohasida litsenziya olgan sanadan boshlab
6 oy
muddatga loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarini “fast-track” usuli bilan amalga oshirishga ruxsat berildi.
📩
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
Youtube
🌐
LinkedIn
🐦
X
✅
”
EMMM” DUKda navbatdagi o‘quv soati o‘tkazildi
Joriy yilning 23-oktabr kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparat bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun ZOOM ilovasi orqali huquqiy o‘quv soati tashkil etildi.
O’quv soatida,
Monopoliyaga qarshi komplayens bo‘yicha yetakchi mutaxassis V.L.Guseinov
tomonidan “
2024-yilda O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaviy jinoyatlarga qarshi kurash”
haqida hamda “
EMMM“ DUKda Raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi xavfini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining amalga oshirilishini
ko‘rib chiqish bo‘yicha
batafsil ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, Radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish va hisobga olish xizmati yetakchi muhandisi
M.V. Zaytseva
so‘zga chiqib,
“Butunjahon radioaloqa konferensiyasi – 2023”
(WRC-23) yakunlariga bag‘ishlangan ma’ruza bilan chiqish qildi.
Ma’ruzada u konferensiya doirasida ko‘rib chiqilgan asosiy masalalar, jumladan, radiochastota spektridan samarali foydalanish, yangi avlod aloqa texnologiyalarini joriy etish, sun’iy yo‘ldosh tizimlarini tartibga solish va xalqaro radioaloqa xizmatlarida muvofiqlashtirish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
📍
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🌐
Web
I
📩
Telegram
I
📱
Instagram
I
📱
Facebook
✅
Toshkent shahrida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi
🔘
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli Qarori
ijrosini ta’minlash maqsadida,
“Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi mutaxassislari
Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 4-son IIB HPB xodimlari bilan hamkorlikda joriy yilning oktabr oyida
Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Damariq MFY hududida tezkor tadbir
o‘tkazishdi.
✅
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro J.B. tomonidan
5 dona “Baofeng” rusumli radioelektron vositalaridan
radiochastota organining tegishli ruxsatnomalarisiz
noqonuniy foydalanayotganligi aniqlandi
va daliliy ashyolar
Yakkasaroy tumani 4-sonli IIB HPB
xodimi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, xolislar ishtirokida vaqtinchalik olib qo‘yildi.
🤔
Aniqlangan qoidabuzarlik  yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasining Toshkent shahar hududiy bo‘limiga yuborildi.
📍
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🌐
Web
I
📩
Telegram
I
📱
Instagram
I
📱
Facebook
Prezident Shavkat Mirziyoyev "IT-Park" loyihasining ikkinchi bosqichini boshlab berdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев дал старт второму этапу проекта "IT-Park".
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
🇺🇿
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni
Aziz yurtdoshlar!
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil
to‘lishi hamda
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni
munosabati bilan barchangizni muborakbod etamiz!
Bu qutlug‘ sana — milliy g‘ururimiz, o‘zligimiz va ma’naviyatimiz timsoli bo‘lgan o‘zbek tilining yuksak qadri va nufuzini e’zozlash, uni asrab-avaylash, kelajak avlodga sof va boy holda yetkazish burchimizni yana bir bor yodga soladi.
Har bir so‘zimiz, har bir yozgan satrimiz ona tilimizga hurmat, mehr va sadoqat ifodasi bo‘lsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
📍
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🌐
Web
I
📩
Telegram
I
📱
Instagram
I
📱
Facebook
2025-yil 17-oktabr sanasida Jizzax viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida “Biz-korrupsiyaga qarshimiz” deb nomlangan davra suhbati tashkil etildi.
🤔
Davra suhbatida, korrupsiya illatiga qarshi kurashish va oqibatlarining oldini olishda amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar, targ‘ibot tadbirlari haqida so‘z yuritildi. Jumladan,
“poraxo‘rlik”, “korrupsiya”
deb atalmish mohiyat – hayotning barcha sohalari rivojiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatishi va biz unga qarshi kurashish uchun bu kasallikning kelib chiqish manbayini bilishimiz kerakligi ta’kidlandi.
Shuningdek, Korrupsion harakatlarga barham berish maqsadida hukumat, vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar va ularning hayotga tadbiq etilishi yuzasidan fikr va mulohazalar tinglandi.
📍
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🌐
Web
I
📩
Telegram
I
📱
Instagram
I
📱
Facebook